Shartnoma
Shartnoma tuzilgan sana №Shartnoma raqami Shartnoma tuzilgan hudud
Bizlar kim, bir tomondan Ish bajaruvchi korxonaning nomi va shakli korxonasi rahbari Ish bajaruvchi korxona rahbarining F.I.O.,keyinchalik “Ish bajaruvchi” deb nomlanadi va ikkinchi tomondan Buyurtmachi korxonaning nomi va shakli Buyurtmachi korxona rahbarining F.I.O. kelgusida “Buyurtmachi” deb nomlanadi hamda “Ish bajaruvchi” taqdim etgan toʻlov xujjatlariga asosan belgilangan toʻlov ketma-ketligiga rioya qilgan holda byudjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻ doirasida belgilangan tartibda gʻazna xisob-raqamidan toʻlovlarni amalga oshiruvchi Moliya g‘azna bo‘limi hududi Moliya boshqarmasi gʻazna ijrosi boʻlimi “Toʻlovni amalga oshiruvchi” deb nomlanadi uchinchi tomon xisoblanib, oʻrtada ushbu shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
I. Shartnoma mazmuni
1.1. “Ish bajaruvchi” oʻzida tayyorlangan mahsulotni “Buyurtmachi”ga haqini toʻlagandan soʻng yetkazib beradi.
1.2. “Buyurtmachi” esa oʻz navbatida mahsulotni amaldagi qoidalar boʻyicha “Ish bajaruvchi” dan qabul qilib oladi va kerakli hujjatlarni “Toʻlovni amalga oshiruvchi”ga taqdim qiladi.
II. Shartnomaning umumiy qiymati va xisob-kitob qilish tartibi
2.1. “Ish bajaruvchi” umumiy qiymati Shartnoma umumiy qiymati boʻlgan quyidagi miqdordagi kislorod mahsuloti bilan yil davomida taʼminlab borishni oʻz zimmasiga oladi:
№ |
Yetkazib beriladigan mahsulot nomi |
Oʻlchov birligi (metr kub) |
Miqdori |
Narxi |
Summasi |
Yillik pul miqdori |
Izox |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2.2. “Toʻlovni amalga oshiruvchi” “Ish bajaruvchi” tomonidan taqdim etilgan kislorod mahsuloti uchun qonunda belgilangan tartibdagi toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
III. Tomonlarning xuquqlari va majburiyatlari
3.1. “Ish bajaruvchi” ning xuquq va majburiyatlari:
Kislorod yetkazib berishni “Buyurtmachi” bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.
Mahsulot yetkazib berishni shartnomada belgilangan tartibda va muddatda amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.
“Buyurtmachi” ning xuquq va majburiyatlari:
“Ish bajaruvchi”ga olinadigan mahsulot uchun avvaldan Avvaldan to‘lanidigan avans foizi%miqdorida avans toʻlaydi.
Olingan mahsulotning qolgan pulini bir oylik muddat ichida toʻlab berish kafolatini beradi.
Mahsulotni oʻz vaqtida qabul qilib oladi.
Kislorod mahsulotini maxsus jihozlangan transport vositalarida tashish va xavfsizlik texnikasi qonun-qoidalarini toʻla taʼminlashni oʻz zimmasiga oladi.
IV. Tomonlarning javobgarligi
4.1. Tomonlar ushbu shartnoma bilan oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmasalar yoki bajarishni kechiktirsalar, har bir kun uchun shartnomani umumiy qiymatining Penya foizi foizi miqdorida penya (boqimandalik) xamda majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun Majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori % miqdorida jarima toʻlaydi, lekin penyaning miqdori shartnomani umumiy qiymatining Penya maksimal foizi (miqdori, shartnoma summasidan) foizidan ortib ketmasligi shart.
4.2. Mazkur shartnoma imzolashga tayyorlash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy xuquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonun talablariga rioya qilishi shart.
4.3. Neustoyka (jarima, penya) toʻlaganligidan qatʼi nazar, shartnoma majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga ana shu zarar oqibatida oʻzi yetkazgan zarar qismini ham qoplaydi.
Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlar, shuningdek agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi.
V. Fors-major xolatlari
5.1. Shartnoma muddati davomida fors-major holatlari, yaʼni favqulodda vaziyat xolatlari, tabiiy ofatlar, jamoa tartibsizliklari va xokazolar yuz bergan holatlarda shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini soqit qilinadi.
5.2. Yuzaga kelgan fors-major xolatlari boʻyicha tomonlar bir-birlarini zudlik bilan xabardor qilishlari shart.
VI. Nizolarni xal qilish tartibi
6.1. Taraflar oʻrtasida ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻlik yuzaga kelgan barcha kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokara yoʻli bilan xal qilinadi.
6.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan xal qilib boʻlmasa, ular qonun xujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sudi orqali xal qilinadi.
VII. Shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish tartibi
7.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha qoʻshimcha va oʻzgartirishlar fakat ikkala tomondan yozma ravishda imzo qoʻyilgandan keyingina yuridik kuchga ega boʻladi.
7.2. Shartnomani taraflar oʻzaro kelishuviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi "Fuqarolik Kodeksi" va amaldagi qonun xujjatlari meʼyorlariga binoan keltirilgan zararni toʻlagan xolda muddatidan ilgari bekor qilish mumkin.
VIII. Qoʻshimcha shartlar
Qo‘shimcha shartlar
IX. Tomonlarning rekvizitlari:
“Ish bajaruvchi” |
“Buyurtmachi” |
Ish bajaruvchining nomi va shakli |
Buyurtmachining nomi va shakli |
X/r: Ish bajaruvchining hisobraqami, |
X/r: Buyurtmachining hisobraqami, |
Bank Ish bajaruvchining bank nomi, |
Bank: Buyurtmachining bank nomi, |
MFO: Ish bajaruvchining bank MFO raqami, |
MFO: Buyurtmachining bank MFO raqami, |
INN: Ish bajaruvchining STIR raqami, |
INN: Buyurtmachining STIR raqami, |
OKONX: Ish bajaruvchining OKONX raqami, |
OKONX: Buyurtmachining OKONX raqami |
Manzil: Ish bajaruvchining yuridik manzili |
Manzil: Buyurtmachining yuridik manzili |
Raxbar: Ish bajaruvchi rahbarining F.I.O. |
Raxbar: Buyurtmachi rahbarining F.I.O. |
“Byudjetdan mablagʻ oluvchilarning shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish va xarajatlari toʻlovini nazorat qilish boʻlimi”
Sharnomani ro‘yxatga oluvchi bo‘limning rekvizitlari