O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Noturar joy (yerto‘la)ni bepul foydalanishga berish to‘g‘risida

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Foydalanishga topshiruvchi
Foydalanuvchi
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

SH A R T N O M A

(Noturar joy (yerto‘la)ni bepul foydalanishga berish to‘g‘risida)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi, “Ijara to‘g‘risidagi” gi hamda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunlariga, 17-uyning bir qator uy-joy mulkdorlari tashabusiga ko‘ra chaqirilgan shirkat a’zolari umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq, kelgusida “FOYDALANIShGA TOPShIRUVChI” deb ataluvchi Foydalanishga topshiruvchisining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli Foydalanishga topshiruvchisi rahbarining lavozimi Foydalanishga topshiruvchisi rahbarining F.I.O.si bir tomondan va kelgusida “FOYDALANUVChI” deb ataluvchi, shirkat a’zosi, umumiy uy-joy mulkdori Foydalanish munosabati ob’ekti joylashgan manzil ikkinchi tomondan quyidagilar haqida shartnoma tuzdik,

 

1.Shartnoma predmeti

 

1.1.“Foydalanishga topshiruvchi” mazkur shartnomasiga asosan “Foydalanuvchi”ga Foydalanuvchining pasport seriya va raqami manzilida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosining o‘ziga mulk huquqiga asosan tegishli bo‘lgan qismi ya’ni 14 va 21 xonadonlari ostidagi jami 180 (bir yuz sakson) kv.mdan iborat, shartnoma tuzilgan paytda foydalanilmay kelinayotgan joriy va kapital ta’mirlanmagan, foydalanishga yaroqsiz holatdagi noturar yerto‘lani (keyingi o‘rinlarda “Foydalanish munosabati ob’ekti” deb ataladi) 2023 yil 10-sentabr kunidan boshlab, ob’ektni to‘liq eksplutatsiya qilish davrida foydalanish va egalik qilish uchun beradi.

1.2.“Foydalanishga topshiruvchi” shartnomaga asosan “Foydalanuvchi”ga, olingan mol-mulk tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlarni mustaqil ravishda kiritish, mol-mulkni rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish huquqini beradi. “Foydalanuvchi” mol-mulk tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlarni amalga oshirish, mol-mulkni rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish masalasini va ushbu ishlarga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini, ishlarni bajarish mudatlarini “Foydalanishga topshiruvchi” va boshqa shaxslardan mustaqil holda hal qiladi. “Foydalanish munosabati ob’ekti” da “Foydalanuvchi” tomonidan bajarilgan ishlarning qiymati, sifati va hajmi mutaxassislar tomonidan xisoblanib, taraflar o‘rtasida tuziladigan ikki tomonlama dalolatnoma orqali rasmiylashtiriladi.

1.3.Ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulk hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan uskuna va qurilmalarning “Foydalanish munosabati ob’ekti” ga tegishi qismini soz holda saqlash va ta’mirlash “Foydalanishga topshiruvchi” tomonidan amalga oshiriladi.

1.4.“Foydalanuvchi” “Foydalanish munosabati ob’ekti” va unday foydalanish uchun zarur bo‘lgan hududdan O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida” gi 1991 yil 19 noyabrdagi 427-XII-sonli, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2019 yil 7 noyabrdagi 581-sonli Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15-oktabrdagi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-sonli qarorida belgilangan tartib va maqsadda foydalanadi.

1.5.“Foydalanuvchi” “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2019 yil 7 noyabrdagi 581-sonli Qonunga muvofiq, yerto‘ladan foydalanganlik uchun shirkat hisob raqamiga umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori bilan umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun, belgilangan muddatda majburiy badallarini to‘lab keladi.

1.6. Majburiy badallarining yoki to‘lovlarining miqdori bir yilda bir marotaba umumiy yig‘ilish qarori bilan belgilanadi.

1.7. Majburiy badallar miqdori yil davomida muhokama qilinmaydi va oshirilmaydi. Majburiy badallar miqdorini taraflar bir tomonlama o‘zgartirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

1.8. O‘zbekiston Respublikasining 07.11.2019 yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 581-sonli Qonunidan kelib chiqqan holda joriy yil uchun majburiy badallar kelgusi yilning 1-fevral kuniga qadar “Foydalanuvchi” tomonidan to‘lanadi.

Majburiy badallar to‘lash usuli taraflarning kelishuviga asosan belgilanadi.

2.Taraflarning huquq va majburiyatlari

 

“Foydalanishga topshiruvchi” ning huquqlari:

2.1.1. “Foydalanish munosabati ob’ekti” ning «Foydalanuvchi” tomonidan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini, uni ozoda saqlanishi, yong‘inga qarshi va sanitariya qoidalariga amal qilinishini ko‘zdan kechirib borish, zaruratga asosan «Foydalanuvchi” bilan birgalikda dalolatnoma yoki boshqa hujjatlar tuzish;

2.1.2. “Foydalanuvchi” bilan birgalikda o‘zaro hisob-kitoblarni hisoblab chiqish, solishtirish dalolatnomalarini tuzish;

2.1.3. “Foydalanuvchi” ning faoliyatiga aralashmagan holda “Foydalanish munosabati ob’ekti”ga kelgan holda ob’ektdan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;

2.1.4. Shartnoma shartlarini o‘zaro kelishuv asosida yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali o‘zgartirish va (yoki) bekor qilish;

“Foydalanishga topshiruvchi” ning boshqa huquqlari “Foydalanishga topshiruvchi” ning majburiyatlari:

2.2.1. “Foydalanish munosabati ob’ekti” ni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15-oktabrdagi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-sonli qarorida belgilangan tartibda «Foydalanuvchi” ga topshirish;

2.2.2. “Foydalanish munosabati ob’ekti” nizosiz ekanligini va uni foydalanishga berish uchun uy-joy mulkdorlari umumiy yig‘ilish qaroriga asosan o‘ziga huquq berilganligini tegishli hujjatlar bilan asoslash;

2.2.3. Shartnoma tuzilganidan so‘ng 3 kunlik muddatda “Foydalanish munosabati ob’ekti” ni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi orqali «Foydalanuvchi”ga topshirish;

2.2.4. “Foydalanish munosabati ob’ekti” ni “Foydalanuvchi”ning roziligisiz biror bir tarzda begonalashtirmaslik (sotmaslik, qarz evaziga bermaslik, hadya qilmaslik va hokazo) va bank yoki boshqa idoralarda garovga qo‘ymaslik.

2.2.5. “Foydalanish munosabati ob’ekti” ga tutash yerto‘la yoki boshqa hududlar sotilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishida Foydalanuvchi”ga imtiyozli huquq asosida taklif kiritish.

2.2.5. Tekin foydalanish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda, «Foydalanuvchi” tomonidan “Foydalanish munosabati ob’ekti” ga qilingan barcha sarf-xarajatlarni mazkur shartnomaning 4.2-bandida belgilangan tartibda «Foydalanuvchi” ga to‘liq to‘lab berish;

2.2.6. “Foydalanishga topshiruvchi” ning huquqiy maqomi, mulkchilik shakli va bo‘ysinuvining o‘zgarishi, uni yoki uning huquqiy vorisini huquq va majburiyatlardan ozod etmaydi. “Foydalanish munosabati ob’ekti” “Foydalanishga topshiruvchi” tomonidan garovga qo‘yilishi yoki uning mulkiy ahvoli yomonlashganligi sabab sifatida ko‘rsatilgan holda sotilishi yohud boshqacha tarzda begonalashtirilishi mumkin emas.

“Foydalanishga topshiruvchi” ning boshqa majburiyatlari

«Foydalanuvchi” ning huquqlari:

2.3.1.“Foydalanish munosabati ob’ekti”dan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15-oktabrdagi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda foydalanish;

2.3.2.“Foydalanish munosabati ob’ekti” dan ushbu shartnomada belgilangan muddatda va tegishli maqsadga muvofiq foydalanish;

2.3.3.Shartnomani bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotnomalar va boshqa xujjatlarni talab qilish va olish;

2.3.4.Keyinchalik “Foydalanishga topshiruvchi” ning mulki bo‘lib qolish sharti bilan “Foydalanish munosabati ob’ekti” ning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlarni qilish masalasini mustaqil ravishda hal qilish, o‘zgartirishlarni kiritish, mol-mulkni rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan yangilash.

2.3.5.“Foydalanish munosabati ob’ekti” tarkibiga uning qiymatini oshiradigan, mol-mulkni rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish xarajatlarini o‘zaro kelishuv asosida yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali undirish bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish;

“Foydalanuvchi”ning boshqa huquqlari:

“Foydalanuvchi” ning majburiyatlari:

2.4.1.“Foydalanish munosabati ob’ekti”dan shartnomada belgilangan maqsadda foydalanish;

2.4.2.“Foydalanish munosabati ob’ekti”dan, asbob uskunalar va inventarlardan maqsadli foydalanish va ularni asrab-avaylash;

2.4.3.“Foydalanish munosabati ob’ekti” va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tutash hududlarni ozoda saqlash, barcha sanitar, yong‘inga qarshi va elektr energiyadan foydalanish qoidalariga amal qilish;

2.4.4.“Foydalanish munosabati ob’ekti” xavfsizligini ta’minlash;

2.4.5.Mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugagach yoki o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilingach “Foydalanish munosabati ob’ekti”da foydalanish uchun “Foydalanishga topshiruvchi” tomonidan taqdim etilgan inventarlarni, asbob uskunalari va boshqa mulklarni “Foydalanishga topshiruvchi” ga to‘liq ravishda topshirish;

2.4.6.“Foydalanuvchi” O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabrdagi “Ijara to‘g‘risida” gi 427-XII-sonli Qonunidan kelib chiqqan holda “Foydalanish munosabati ob’ekti”ni yoki uning bir qismini «Foydalanishga topshiruvchi”ning ruxsati bilan tekinga foydalanishga yoki ijaraga topshirishga haqli.

2.4.7.Taraflarga “Foydalanish munosabati ob’ekti”ni boshqa shaxslarga garovga qo‘ymaslik, sotmaslik, hadya qilmaslik va boshqacha tarzda begonalashtirmaslik majburiyati yuklanadi.

“Foydalanuvchi” ning boshqa majburiyatlari:

 

3.Majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik

 

3.1. Taraf shartnoma tuzish tartibi va shartlarini buzganda, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganda, shartnomani o‘zgartirish va to‘xtatish tartibi hamda shartlarini buzganda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.

3.2. “Foydalanuvchi” majburiy badallarni o‘z vaqtida to‘lamaganda O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasidan kelib chiqqan holda har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4 foizdan, biroq qarzdorlikning 50 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.

3.3. “Foydalanishga topshiruvchi” mazkur shartnomaning 2.2.4 hamda 2.2.5 bandlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaganligi uchun “Foydalanuvchi” ko‘rgan barcha zararlarni hamda boy berilgan foydani to‘liq hajmda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

3.4. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari, xususan tekin foydalanishga oid qonunchilikni o‘zgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik ko‘zda tutilishi mumkin.

3.5. Taraflar uchun ushbu shartnomada belgilanmagan javobgarlik masalasi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ktlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida” gi, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunlari, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15-oktabrdagi “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-sonli qarori hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

4. “Foydalanish munosabati ob’ekti”ni

yaxshilash va ta’mirlash

 

4.1. “Foydalanuvchi”, basharti shartnomada o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, “Foydalanish munosabati ob’ekti” tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlarni mustaqil ravishda kiritish, mol-mulkni rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirishga haqli.

4.2. “Foydalanish munosabati ob’ekti” basharti, «Foydalanuvchi” tomonidan yaxshilangan bo‘lib, mazkur shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach, “Foydalanuvchi” ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlari qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.

“Foydalanishga topshiruvchi” “Foydalanuvchi”ning “Foydalanish munosabati ob’ekti” da qilingan xarajatlarni qaytarish to‘g‘risidagi talabi kelib tushgandan so‘ng u tomonidan sarflangan mablag‘larni bir oylik muddatda to‘lab beradi.

4.3. “Foydalanishga topshiruvchi” ning ruxsatisiz amalga oshirilgan yaxshilashlarni “Foydalanish munosabati ob’ekti”ga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa, “Foydalanishga topshiruvchi” ularning tannarxini to‘lashga rozi bo‘lmasa, bunday holda “Foydalanuvchi” ularni o‘ziga olishi mumkin.

5. Fors-major holatlari

 

5.1. Agarda yengib bo‘lmas kuch bilan bog‘liq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yong‘in, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

5.2. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

5.3. Agar “Foydalanuvchi” fors-major holati natijasida “Foydalanish munosabati ob’ekti”dan foydalanish imkoniyatilari yo‘qolgan deb hisoblaganda shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilish huquqiga ega.

 

6. Shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va to‘xtatish asoslari

 

6.1.Mazkur shartnoma shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va to‘xtatilishiga faqatgina tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.

6.2.Shartnoma faqatgina “Foydalanuvchi” tomonidan “Foydalanish munosabati ob’ekti” ni yo‘q qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilganda sud tartibida bir tomonlama o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi.

6.3.“Foydalanuvchi” nogiron bo‘lib qolganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kelgusida shartnomani bajara olishiga imkon bo‘lmaydigan boshqa hollarda yoxud vafot etganda shartnomaning amal qilishi aynan shu shartlarda davom ettiriladi.

Bunday hollarda, «Foydalanuvchi”ning xomiysi, vasiysi yoki merosxo‘rlari shartnoma tarafi hisoblanadi.

 

7.Shartnomaning boshqa shartlari

 

7.1.“Foydalanish munosabati ob’ekti”ga egalik qilish huquqi yoki O‘zbekiston Respublikasi mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchiligida sanab o‘tilgan huquqlar “Foydalanishga topshiruvchi”dan boshqa shaxsga o‘tganda ilgari tuzilgan shartnoma, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa yangi mulk egasiga nisbatan ham o‘z kuchini saqlab qoladi.

7.2.Mulk egasi bo‘lmagan yuridik shaxs qayta va yangitdan tashkil etilgan hollarda, uning ijaraga beruvchi sifatidagi majburiyatlari va huquqlari huquqiy vorislarga o‘tadi.

 

8.Shartnomaning kuchga kirishi, amal qilishi, shartnomani davom ettirish va nizolarni hal qilish tartibi

 

8.1. Shartnoma 1.1. bandida belgilangan muddat davomida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

8.2. Mazkur shartnoma 2 nusxadan iborat bo‘lib, ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega.

8.3. Shartnomaning amal qilish muddati ob’ektning to‘liq eksplutatsiya davrini qamrab olganligi munosabati bilan, shartnomaning majburiy badallarni to‘lovi qismi «Foydalanuvchi” “Foydalanish munosabati ob’ekti”dan amalda foydalanishni davom ettiraversa, hamda “Foydalanishga topshiruvchi” tomonidan shartnoma shartlari yuzasidan e’tiroz bildirmasa, ushbu shartnoma uzaytirish tartibi saqlanib qolgan holda, shu shartlarda, uzaytirilgan hisoblanadi.

8.4. Shartnoma qayta tuzilganida yoki shartlari o‘zgartirilganida, «Foydalanuvchi” shartnomani qayta tiklashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqka ega bo‘ladi.

8.5. Shartnomaviy munosabatlar tugaganidan so‘ng «Foydalanuvchi” “Foydalanish munosabati ob’ekti”ni dastlab unga topshirilgan holda qaytaradi.

Agarda, «Foydalanishga topshiruvchi” “Foydalanish munosabati ob’ekti” ni bir tomonlama shartnomada belgilangan muddatdan oldin qaytarishni talab etsa yoki sud tartibida qaytarib olsa, «Foydalanuvchi” “Foydalanish munosabati ob’ekti” tarkibiga uning qiymatini oshiradigan, o‘zgartiradigan, rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarini qaytarish talab etilgan kundagi bozor qiymatida, qilingan xarajatlarini o‘zaro kelishuv yoki sud tartibida talab qilish huquqiga ega.

8.6. Ushbu shartnoma bo‘yicha kelib chiqqan nizolar taraflarning kelishuviga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tarzda sud tartibida hal qilinadi.

Ushbu shartnoma 2 (ikki) nusxada tuzilgan bo‘lib, har biri bir xil mazmunni ifoda etadi.

 

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

Foydalanishga topshiruvchi:

Foydalanuvchi:

 

Foydalanishga topshiruvchisining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Foydalanishga topshiruvchisining manzili

H.R: Foydalanishga topshiruvchisining hisob raqami

STIR: Foydalanishga topshiruvchisining STIR raqami

MFO: Foydalanishga topshiruvchisining MFO raqami

OKED: Foydalanishga topshiruvchisining OKED raqami

Foydalanishga topshiruvchisi rahbarining lavozimi Foydalanishga topshiruvchisi rahbarining F.I.O.si ________

 

Muhr

 

Foydalanuvchining F.I.O.si

Manzil: Foydalanuvchining manzili

Pasport: Foydalanuvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Foydalanuvchiga pasport berilgan sana kuni berilgan Foydalanuvchining pasport seriya va raqami

STIR: Foydalanuvchining STIR raqami

Foydalanuvchining F.I.O.si ________

 

 

 

 

Noturar joy (yerto‘la)ni bepul foydalanishga berish to‘g‘risida