O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yuridik xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ishonch bildiruvchi shaxs
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma shartlari
Advokat

Yuklab oling

 

YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi nomi hududiy boshqarmasi Advokat tuzilmasining tashkiliy huquqiy shakli va nomi Advokati Advokatning F.I.O.si,Advokatlik guvohnomasining rekvizitlari (bundan keyingi o‘rinlarda “Advokat” deb yuritiladi) va Ishonch bildiruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs Ishonch bildiruvchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (bundan keyingi o‘rinlarda “Ishonch bildiruvchi shaxs” deb yuritiladi) birgalikda Taraflar deb ataluvchilar quyidagi mazmunda mazkur Shartnomani tuzdilar.

 

1. SHARTNOMANING PREDMETI

 

1. Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitim (shartnoma) shartlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Advokat tomonidan Ishonch bildiruvchi shaxsga yuridik yordam ko‘rsatilishi shartnomaning predmetidir,

Yuridik xizmat ko‘rsatish turlari quyidagilardan iborat: Yuridik yordamning asosiy mazmuni.

 

2.TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. Advokatning huquqlari:

yuzaga kelgan munosabatlarga huquqiy baho berish, ushbu soha bo‘yicha qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotining materiallarini saralab to‘plashni amalga oshirishga;

Ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan zarur ma’lumotlar va hujjatlar taqdim qilinmagunga yoxud mazkur shartnoma bo‘yicha haq hisobiga avans to‘lanmagunga qadar o‘z vazifalarini yoki ularning qismini bajarishga kirishmaslik;

mazkur shartnomaga muvofiq ko‘rsatilayotgan yuridik yordam uchun to‘lanadigan haqni Ishonch bildiruvchi shaxsdan o‘z vaqtida to‘lashni talab qilish;

agarda ish hajmi mazkur shartnoma tuzilishi paytida mo‘ljallangan ish hajmiga nisbatan jiddiy ko‘payganida mazkur shartnomaning tarkibiy va ajralmas qismi bo‘lgan qo‘shimcha shartnoma tuzish yo‘li bilan haqni mutanosib ko‘paytirishni talab qilish huquqiga ega.

Advokatning boshqa huquqlari

2.2. Advokatning majburiyatlari:

mazkur shartnomaga muvofiq o‘z vazifalarini shaxsan bajarishi;

Ishonch bildiruvchi shaxsga ish bo‘yicha barcha holatlar va kelib chiqishi ehtimoli bo‘lgan oqibatlarni tushuntirishi;

ish bo‘yicha o‘zining pozitsiyasini hamda mo‘ljallanayotgan harakatlarni Ishonch bildiruvchi shaxs bilan kelishishi;

mazkur shartnomada nazarda tutilgan vazifalarining ijrosi jarayoni haqida Ishonch bildiruvchi shaxsga ma’lum qilishi;

ushbu ish bo‘yicha Advokatlik dosesini olib borishi, zarurat bo‘lganda uni Ishonch bildiruvchi shaxsga tanishtirishi;

zarur hujjatlar - ariza, shikoyat, iltimosnoma va h.k. tuzishi;

mazkur shartnoma bekor qilinganda darhol Ishonch bildiruvchi shaxsga ish bo‘yicha undan olingan barcha hujjatlarni, jumladan asl nusxalarini qaytarishi;

qonun hujjatlari talablariga, Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga, Advokatlik siri va Advokat qasamyodiga rioya etishi, Ishonch bildiruvchi shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonun bilan taqiqlanmagan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.

Advokatning boshqa majburiyatlari

2.3. Ishonch bildiruvchi shaxsning huquqlari:

Advokatdan mazkur shartnomada nazarda tutilgan vazifalarini aniq va o‘z vaqtida bajarishini talab qilish;

Advokat tomonidan ish bo‘yicha ishlab chiqilgan pozitsiyaga o‘z takliflarini va tuzatishlarini kiritish;

advokatlik dosesida bo‘lgan materiallar bilan tanishish;

mazkur shartnomada nazarda tutilgan Advokatning vazifalari ijrosi jarayoni yuzasidan axborot olish huquqiga ega.

Ishonch bildiruvchi shaxsning boshqa huquqlari

2.4. Ishonch bildiruvchi shaxsning majburiyatlari:

ish bo‘yicha unga ma’lum bo‘lgan barcha holatlarni Advokatga xabar qilishi;

mazkur shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarishga kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni (zarur bo‘lganda asl nusxalarini) Advokatga taqdim etishi;

mazkur shartnomada nazarda tutilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan Advokatning barcha, shu jumladan, transport (sutkalik va h.k.) xarajatlarini o‘z vaqtida to‘lashi (kompensatsiya qilishi);

mazkur shartnomada nazarda tutilgan haq summasini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda Advokatga to‘lashi shart.

Ishonch bildiruvchi shaxsning boshqa majburiyatlari

 

3. KO‘RSATILAYOTGAN YURIDIK YORDAM UCHUN ISHONCH BILDIRUVCHI SHAXS TOMONIDAN HAQ TO‘LASH SHARTLARI. ADVOKATNING SHARTNOMANI BAJARISH BILAN BOG‘LIQ XARAJATLARINI KOMPENSATSIYA QILISH TARTIBI VA MIQDORI

 

3.1. Mazkur shartnoma bilan belgilangan tartib va miqdorlarda Ishonch bildiruvchi shaxs Advokatga haq to‘laydi hamda xarajatlarini kompensatsiya qiladi.

3.2. Advokatning haq olishi hamda mazkur shartnomani bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.

3.3. Advokat haqining summasi Advokat haqining umumiy summasi so‘mni tashkil qiladi. Shartnoma tuzishda avansning miqdori Shartnoma tuzishda to‘lanadigan avansning umumiy miqdori so‘mni tashkil qiladi.

3.4. Ishonch bildiruvchi shaxs Advokatdan qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni olgan paytdan boshlab 3 (uch) kun ichida to‘liq hajmda unga mazkur shartnomani bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qiladi.

Ishonch bildiruvchi shaxs Advokat xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun avans to‘laydi.

3.5. Kompensatsiya qilinadigan xarajatlar yo‘lkira uchun to‘lov, shaxsiy avtomobildan foydalanish uchun amortizatsion xarajatlar, taksida (yoxud yollangan avtomobilda)gi yo‘lkira uchun to‘lov, telefon so‘zlashuvlariga to‘lov, kanselyariya, pochta xarajatlari, shuningdek mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.

3.6. Xizmat safariga oid xarajatlarning (sutkalik xarajatlar, yashash uchun (turar joy ijarasi bo‘yicha) xarajatlar, transport xarajatlari, ko‘zda tutilmagan xarajatlar va h.k.) miqdori bir sutkasiga Xizmat safariga oid xarajatlar miqdori so‘mni tashkil qiladi.

3.7. Advokatga haq to‘lash va mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kompensatsiya qilish Ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tashkiliy tuzilmasining bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

 

4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI, NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

4.1. Ishonch bildiruvchi shaxs aybi bilan mazkur shartnoma bajarilishining imkoniyati, shu jumladan, mazkur shartnomaning 2- bandi uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ham bo‘lmasa, yoxud Ishonch bildiruvchi shaxs mazkur shartnomaning 5 - bandida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa (chetga chiqsa), Advokat mazkur shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarishdan bosh tortishi hamda unga tegishli haqni to‘lashni, shuningdek mazkur shartnomaning 8-bandiga muvofiq u tomonidan qilingan xarajatlarni qoplashni talab qilishi mumkin.

4.2. Mazkur shartnomani bajarishining imkonsizligi taraflarning biri ham javob bermaydigan holatlar bo‘yicha yuzaga kelsa, Ishonch bildiruvchi shaxs mazkur shartnomaning 10-11- bandlariga muvofiq Advokatga amalda bajarilgan ishlarning qismiga haqni hamda u tomonidan amalda qilingan xarajatlarni qoplaydi.

4.3. Taraflar Ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan mazkur shartnomaning 10-11-bandlarida nazarda tutilgan to‘lovning summasini o‘z vaqtida to‘lamaslik yoki umuman to‘lamaslik, shuningdek u tomonidan mazkur shartnomaning 5-bandida nazarda tutilgan o‘z vazifalarini bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik, Advokat ixtiyoriga qarab mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarishdan uni ozod qilish deb hisoblashi mumkinligiga kelishishdi. Bunda, agarda Ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni to‘xtatish niyati tasdiqlanmasa, Advokat mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishini davom ettirishga haqdi (lekin majbur emas). Bu hollarda Ishonch bildiruvchi shaxs mazkur shartnomada nazarda tutilgan shartlarga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

 

5. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

 

5.1. Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar yuzasidan Taraflar o‘rtasida nizo kelib chiqqan holda murojaat qilinadigan sud nomiga murojaat qilinadi.

5.2. Taraflar o‘rtasida mavjud bo‘lgan har qanday og‘zaki, lekin mazkur shartnomada nazarda tutilmagan kelishuvlar, mazkur shartnoma imzolangan paytdan boshlab yuridik kuchini yo‘qotadi. Shu paytdan boshlab mazkur shartnoma bajarilishi bilan bog‘liq nizolar yuzaga kelganida Taraflar mazkur shartnoma bo‘yicha shunday kelishuvlarni dalil qilish huquqidan mahrum qilinadilar.

5.3. Mazkur shartnoma Ishonch bildiruvchi shaxs tomonidan mazkur shartnomaning 8-bandida nazarda tutilgan haq yoki avans to‘liq hajmda kirim qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

5.4. Mazkur shartnoma o‘zgartirish va bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari bobiga (28-bob) asosan amalga oshiriladi.

Shuningdek, shartnomani muddatidan oldin quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

Ishonch bildiruvchi shaxs mazkur shartnomani bajarishdan bir taraflama bosh tortganda;

Advokat maqomi to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda;

qonunchilik va mazkur shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.

5.5. Mazkur shartnoma tomonlar imzo chekkan kundan boshlab, Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana sanasiga qadar amal qiladi.

Ushbu shartnoma ikki asl nusxalarda tuzildi, ulardan biri Ishonch bildiruvchi shaxs, ikkinchisi Advokatning ixtiyorida bo‘ladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

Advokat

 

Ishonch bildiruvchi shaxs:

Yuridik manzil: Advokatning yuridik manzili

 

Yuridik manzil: Ishonch bildiruvchining yuridik manzili

Hisob-kitob raqami: Advokatning hisob raqami

 

Hisob-kitob raqami: Ishonch bildiruvchining hisob raqami

Valyuta hisob raqami Advokatning valyuta hisob raqami

 

Valyuta hisob raqami Ishonch bildiruvchining valyuta hisob raqami

Bank nomi Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning nomi

 

Bank nomi Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

bank kodi: Pul operatsiyasini amalga oshiruvchi bank kodi

 

Bank kodi Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank kodi

STIR: Advokatning STIR raqami

 

STIR: Ishonch bildiruvchining STIR raqami

Telefon raqami:Advokatning telefon aloqa raqami

 

Telefon raqami: Ishonch bildiruvchining telefon aloqa raqami

Advokatning F.I.O.si

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

________

 

 

 

 

Ishonch bildiruvchi vakili sifatida shartnomaga imzo chekishga vakolatli bo‘lgan shaxsning F.I.O.si

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

________

 

 

(imzo, M.O‘)

 

 

(imzo, M.O‘)

 

Yuridik xizmat ko‘rsatish shartnomasi