O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Fyuchers shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Buyurtmachi” (Klaster) taraf to‘g‘risida ma’lumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
“Xo‘jalik” (Fermer) taraf to‘g‘risida ma’lumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Masalan 15 noyabr, 20 dekabr yoki boshqa

Yuklab oling

Paxta xom ashyosi va urug‘lik paxtani yetkazib berish xamda

xarid qilish bo‘yicha fyuchers

ShARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami -son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bir tomondan Klasterning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Klaster vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Klaster nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon–“Buyurtmachi”) va ikkinchi tomondan Fermer xo‘jaligining nomi va tashkiliy huquqiy shakli fermer xo‘jaligi nomidan Fermer vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Fermer nomidan icsh olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon–“Xo‘jalik”) birgalikda “Taraflar” ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar.

1. ShARTNOMANING PREDMETI

Xo‘jalik” o‘zining Fermer xo‘jaligining biznes rejasi mo‘ljallangan sana yil uchun Biznes rejasining nomi (biznes-rejasi)ga asosan Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan yer miqdori (gektar) gektar yer maydondan Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi navi navli, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi og‘irligi (tonna) tonna paxta xom ashyosini “Buyurtmachi”ga yetkazib berishi, “Buyurtmachi”esa ushbu mahsulotni qabul qilib olish va shartnomaning 4.1.-bandiga muvofiq haqini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

 

Seleksion

nav nomi

Reproduksiya

Urug‘lik paxta xomashyosi miqdori, (tonna)

Urug‘lik paxta topshirishning so‘nggi muddati

Seleksion (urug‘lik) paxta navi

Urug‘lik paxtaning reproduksiya turi nomi

Yig‘ib olinishi mo‘ljallangan urug‘lik paxta miqdori (tonna)

Yig‘ib olinadigan urug‘lik paxta xom ashyosini topshirishning oxirgi muddati

 

 

 

 

 

“Xo‘jalik” Paxta hosilini yig‘ib olish mo‘ljallangan yil yil xosilidan Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan yer miqdori (gektar) gektar yer maydondan Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi navi seleksion navli, Reproduksiya turi reproduksiyali, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi og‘irligi (tonna) tonna paxta xom ashyosini hamda Urug‘lik paxtani yig‘ib olishga mo‘ljallangan yer maydoni (gektar) gektar yer maydondan, Seleksion (urug‘lik) paxta navi seleksion navli, Urug‘lik paxtaning reproduksiya turi nomi reproduksiyali, Yig‘ib olinishi mo‘ljallangan urug‘lik paxta miqdori (tonna) tonna urug‘lik paxtani hosil yilining Barcha turdagi paxta hosilini topshirish uchun belgilangan muddatning oxirgi sanasi sanasigacha yetkazib berish, “Buyurtmachi” esa mazkur shartnomaning 4.1.-bandida belgilangan narxdarda ushbu mahsulotlarni haqini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

“Xo‘jalik” tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi va urug‘lik paxta uchun “Buyurtmachi” tomonidan ushbu shartnomaning 4-bo‘limida ko‘rsatilgan tartibda hisob kitoblar amalga oshiriladi.Ob-havo sharoitlaridan kelib chiqib, urug‘lik paxtani yetkazib berishda navlar bo‘yicha miqdoriy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda, taraflar oqilona muddatda o‘zgartirish kiritilishi to‘g‘risida biri-biriga xabarnoma yuborishlari lozim.

Paxta xom ashyosini va urug‘lik paxtani terib olishdan oldin “Buyurtmachi” jalb qilingan mutaxascislar tomonidan paxta maydonlari o‘rganib chiqilib, aprobatsiya qilinadi va shu asosida unga miqdoriy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Paxta xom ashyosining sifati O‘zR.ST-615:2008-paxta “Texnikaviy shartlar” talablariga hamda urug‘lik paxta xom ashyosi sifati O‘zR.ST-642:2013 talablariga javob berishi shart.

“Buyurtmachi” tomonidan moliyalashtirilgan xududda “Xo‘jalik” tomonidan yetishtiriladigan paxta xom ashyosi to‘liq hajmda “Buyurtmachi”ga yetkazib beriladi.

 

2. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI

2.1. “Xo‘jalik” quyidagi huquqlarga ega:

ushbu shartnomaning 2.4-bandiga asosan urug‘lik bilan ta’minlashni “Buyurtmachi”dan talab qilish;

mazkur shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;

mahsulotni topshirish, sifatini aniqlash yuzasidan “PK-17” shaklini to‘ldirishda qatnashish;

mahsulotlar “Xo‘jalik”ning hisobidan tashilganda transport harajatlarini qoplashni belgilangan me’yoriy tariflar doirasida “Buyurtmachi”dan talab qilish;

“Buyurtmachi” tomonidan urug‘lik materiallari o‘z vaqtida yetkazib berilmaganda, shuningdek terim pullari, bo‘nak (avans) mablag‘lari va yakuniy hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish;

shartnomaning 1.1-bandida belgilangan majburiyatdagi Isortga nisbatan ortiqcha topshirilgan xar bir tonna paxta xom ashyosi uchun belgilangan narxga qo‘shimcha ravishda 15 foiz, majburiyatdagi II sortga nisbatan ortiqcha topshirilgan xar bir tonna paxta xom ashyosi uchun belgilangan narxga qo‘shimcha ravishda 10 foiz miqdorida ustama to‘lashni “Buyurtmachi”dan talab qilish;

“Buyurtmachi”dan taqdim etilgan talabnoma asosida yig‘im-terim mavsumi uchun zarur miqdorda kerakli materiallar Buyurtmachi”dan taqdim etilgan talabnoma asosida yig‘im-terim vaqtida beriladigan zaruriy materiallar nomi bilan ta’minlashni talab qilish;

paxta xom ashyosini yetishtirishda maxsulot qiymatini ixtiyoriy sug‘urtalash;

Fermer xo‘jaligining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari“Buyurtmachi”dan yig‘im-terim vaqtida terim pulini o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish.

2.2. “Xo‘jalik” quyidagilarga majbur:

mazkur shartnomaning 2.4-bandi, birinchi xatboshisida belgilangan miqdordagi urug‘likni “Buyurtmachi”dan qabul qilib olish;

ushbu shartnomaning 1.2-bandida ko‘rsatilgan ekish uchun talab etiladigan urug‘lik chigit uchun navi, avlodi, miqdori va muddati ko‘rsatilgan buyurtmanoma taqdim etish;

“Xo‘jalik” Fermer xo‘jaligi tomonidan paxta hosili yetishtirilayotgan yil yilgi paxta xosili yetishtirish uchun “Buyurtmachi”ga agrotexnik tadbirlardan kelib chiqqan holda harajatlar turi va muddati bo‘yicha moliyalashtirish yuzasidan agrotexnika tadbirlari boshlanishidan avval kamida 15 kun oldin talabnoma taqdim etadi. Talabnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘lari shartnomaning umumiy qiymatining 60 %dan oshib ketmasligi lozim;

“Buyurtmachi”dan qabul qilib olingan seleksion navli urug‘lik chigitni shartnomaning ilovasidagi ma’lumotnomada xaqiqatda ekilishi nazarda tutilgan konturlardagi yer maydoniga to‘liq ekishni ta’minlash;

shartnomada ko‘rsatilgan paxta xom ashyosini “Buyurtmachi”ning Buyurtmachining paxta xom ashyosini qabul qilish manzili qabul qilish manziliga Paxta xom ashyosini buyurtmachiga topshirishning oxirgi muddati sanasigacha yetkazib berish;

shartnomaning 1.2-bandlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni to‘liq bajarish;

topshirilayotgan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos yetkazib berilishini ta’minlash;

“Buyurtmachi”dan olingan urug‘lik, yig‘im-terim mavsumi uchun kerakli materiallar va bo‘nak (avans) mablag‘laridan agrotexnologik xaritasiga muvofiq maqsadli foydalanish;

“Buyurtmachi”dan agrotexnik tadbirlar uchun olingan yoqilg‘i moylash materiallari va mineral o‘g‘itlardan belgilangan me’yor asosida hamda suv resurslaridan tejamli foydalanish;

shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda “Buyurtmachi”ga yetkazilgan zararni qoplash;

agar “Xo‘jalik” mazkur shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatni uzrli sabablarga ko‘ra bajara olmasa, bu to‘g‘risida asoslantiruvchi hujjatlar bilan oldindan oqilona muddatda “Buyurtmachi”ni habardor qilish;

paxta yig‘im-terim ishlariga terimchilarni jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalari, shu jumladan Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi va “Zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat to‘g‘risida”gi konvensiyalari talablariga qat’iy rioya qilish.

Fermer xo‘jaligining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

2.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

topshiradigan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini “Xo‘jalik”dan talab qilish;

ushbu shartnomada ko‘rsatilgan mahsulotni o‘z vaqtida qabul qilish joyiga topshirishni “Xo‘jalik”dan talab qilish;

“Xo‘jalik” tomonidan paxta joylashtirilgan maydonlarni to‘g‘ri ko‘rsatilganligini nazorat qilish;

mahsulot yetkazib berilmaganligi yoki sifatsiz mahsulot yetkazib berilganligi uchun yetkazilgan zararlarni qoplashni “Xo‘jalik”dan talab qilish;

tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq tegishli chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini “Xo‘jalik”dan talab qilish.

Buyurtmachining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

2.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Xo‘jalik”ka ekish uchun ushbu shartnomada ko‘rsatilgan urug‘ligidan Buyurtmachi tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan paxta urug‘i navi navli Yetkazib berilishi lozim bo‘lgan paxta urug‘i miqdori (tonna) tonnani Paxta urug‘i yetkazib berilishi lozim bo‘lgan sanagacha yoki “Xo‘jalik” tomonidan berilgan buyurtmanomada ko‘rsatilgan muddatda va miqdorda yetkazib berish;

“Xo‘jalik” tomonidan shartnomaning 1.2.-bandiga muvofiq yetkazib berilgan urug‘lik va paxta xom ashyosini qabul qilish va uni xaqini mazkur shartnomaning 4-bo‘limida belgilangan tartibda to‘lash;

“Xo‘jalik” bilan kelishilgan xolda yig‘im-terim mavsumida terim pullarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;

“Xo‘jalik”ni ushbu shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi tegishli davlat standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash;

“Xo‘jalik” tomonidan yetkazib berilgan mahsulotga to‘lov yoki tovar-transport hujjatini mahsulotni qabul qilganidan keyin 24 soat ichida rasmiylashtirib berish;

mahsulot tayyorlov maskaniga “Xo‘jalik”ning transport vositasida tashilganda “Xo‘jalik”ka transport haqini haqiqiy vazn bo‘yicha to‘liq masofa uchun belgilangan me’yoriy tariflar doirasida hosil yilining 31 dekabr sanasiga qadar to‘lash;

“Xo‘jalik” tomonidan shartnomada belgilangan rejadan ortiqcha topshirilgan I va II sort paxta xom ashyosi uchun shartnomaning 2.1.-bandining oltinchi xatboshisida belgilangan tartibda qo‘shimcha ustamalarni to‘lab berish;

paxta terimi boshlangunga qadar “Xo‘jalik” tomonidan berilgan talabnoma asosida “Xo‘jalik”ni zarur miqdordagi yig‘im-terim mavsumi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlash;

Shartnomaning 2.1.-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan berilgan talabnoma bo‘yicha “Xo‘jalik”ni agrotexnik tadbirlar uchun bo‘nak mablag‘lari, shu jumladan yoqilg‘i moylash materiallari, mineral o‘g‘it va boshqa zarur narsalar bilan ta’minalash;

shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Xo‘jalik”ka ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaning bir nusxasini taqdim etish;

“Xo‘jalik”ka yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar va boshqa zarur tovarlarni xarid qilish va texnologiyalarni joriy qilishda ko‘maklashish.

Buyurtmachining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

 

3. SHARTNOMANING BAJARILISHI

3.1. Majburiyatlar mazkur shartnoma shartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak. Agar taraflar o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan hisoblanadi.

3.2. Ushbu shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi mahsulotni qabul qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar tuzilgan sana “Xo‘jalik” tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi. Yakuniy hisob-kitoblarning to‘lov hujjatidagi ko‘rsatilgan sana mahsulotga haq to‘lash bo‘yicha “Buyurtmachi” tomonidan majburiyatlar bajarilgan sana xisoblanadi.

3.3. Mahsulot “Buyurtmachi”ning Buyurtmachining mahsulotni qabul qilib olish manzili manzildagi tayyorlov maskaniga Mahsulotni o‘z transportida yetkazilishiga ma’sul taraf ( Klaster yoki fermer xo‘jaligi)ning transportida yetkazib beriladi.

3.4. “Buyurtmachi” tomonidan “Xo‘jalik”ka ekish materiallari (urug‘lik) ushbu shartnomada hamda buyurtmanomada ko‘rsatilgan muddat va miqdorda yetkazib beradi.

“Xo‘jalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga ekish materiallari (urug‘lik) turkumlarini hamda yetkazib berish sanasini o‘zgartirish zarurati mavjud bo‘lsa, 10 kun oldin taraflar uchun maqbul bo‘lgan aloqa vositalari (chopar, pochta, elektron pochta) orqali xabarnoma yuborilishi lozim.

4. MAHSULOT BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI

4.1. “Xo‘jalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga yetkazib beriladigan paxta xom ashyosining o‘rtacha xarid narxi 1 (bir) tonnasi uchun Buyurtmachiga yetkazib beriladigan paxta xom ashyosining bir tonnasi uchun o‘rtacha xarid summasi (raqam va so‘z bilan ) so‘mni tashkil qiladi

Shartnomaning umumiy summasi Shartnomaning umumiy summasi (raqam va so‘z bilan ) so‘mni tashkil qiladi.

4.2. Yig‘im-terim mavsumida “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka topshirilgan paxta xom ashyosi uchun mutanosib ravishda (qo‘l terimi uchun) terim pullarini belgilangan narxlarda to‘lab boradi.

4.3. Urug‘lik paxta uchun urug‘likning unuvchanligi 90 % dan yuqori bo‘lganda harid narxiga quyidagi miqdorda ustama haq to‘lanadi.

Elita va super elita chigit uchun 100 %,

1 -  reproduksiyali chigit uchun (R1) 75 %,

2 - reproduksiyali chigit uchun (R2) 50 %,

3 - reproduksiyali chigit uchun (RZ) 25 %

4.4. “Buyurtmachi” tomonidan “Xo‘jalik”ning yetkazib berilgan paxta xom ashyosi qiymatining yakuniy xisob-kitoblari terim uchun o‘tkazilgan pullar va boshqa harajatlar chegirilganidan qolgan qismi hosil yilining 31 dekabr sanasiga qadar, urug‘lik paxtaning 1-bosqichda topshirilgan urug‘lik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta xom ashyosini “Byurtmachi”ga topshirgan vaqtda to‘lovlar amalga oshiriladi.

4.5. Mahsulotni transportda tashish va tushirish harajatlari “Buyurtmachi” hisobidan haqiqiy vazn bo‘yicha va butun masofa uchun hosil yilining 31 dekabriga qadar amalga oshiriladi.

4.6. Ushbu shartnoma bo‘yicha olinadigan urug‘lik bahosi Shartnoma bo‘yicha fermer xo‘jaligiga yetkazib beriladigan urug‘lik bahosi so‘mni tashkil etib, bo‘nak hisobiga yetkazib beriladi.

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Mahsulotni mazkur shartnomada belgilangan nav, sifat va miqdorda o‘rnatilgan muddatlarda qabul qilinishi rad etilishining har bir holati uchun “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka ustamalar to‘lanishi hisobga olinmagan holda amalda shakllangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xo‘jalik ko‘rgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham to‘lanadi.

5.2. Shartnomada belgilangan nav, sifat va miqdorda mahsulot topshirishdan asossiz bosh tortganligi uchun “Xo‘jalik” “Buyurtmachi”ga topshirilmagan mahsulot qiymatining 30 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Jarima xarid narxiga belgilangan ustamalar to‘lanishi hisobga olinmagan holda o‘tgan davrda (oy, yil choragi, yil) mahsulotning amalda shakllangan o‘rtacha narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham to‘lanadi.

5.3. “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasiga asosan, “Xo‘jalik” ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmlarda mahsulotning yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-mulki bilan javob beradi. “Xo‘jalik”ning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlar bo‘yicha “Xo‘jalik” boshlig‘i o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.

5.4. Mazkur shartnomaga muvofiq belgilangan muddatlarda bo‘nak (avans) mablag‘larini, topshirilgan (yuklab jo‘natilgan) paxta xom ashyosi haqini to‘lashdan asossiz bo‘yin tovlaganligi uchun “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka belgilangan ustamalar to‘lanishi inobatga olinmagan xolda asossiz to‘lashdan bo‘yin tovlagan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.

Jarimadan tashqari “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.

5.5. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bazaviy hisoblash miqdorida jarima to‘laydi.

5.6. “Xo‘jalik”ni mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda standart va texnik shartlar talablariga javob beradigan urug‘lik bilan ta’minlanmaganligi uchun “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka mahsulot yetkazib berish paytida amalda bo‘lgan urug‘lik, qiymatining 2 baravari miqdorida jarima to‘laydi.

5.7. “Buyurtmachi” tomonidan mahsulot sifati, miqdori noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi hollari aniqlangan taqdirda “Buyurtmachi” mahsulot sifatini, shuningdek, ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta to‘liq hisob-kitob qiladi hamda “Xo‘jalik” ko‘rgan zararni qoplab beradi.

5.8. “Xo‘jalik” tomonidan sarflangan transport xarajatlarini to‘lamaganlik uchun “Buyurtmachi” “Xo‘jalik”ka to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda to‘lanmagan so‘mmaning 0,4 foizi, biroq to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan summaning 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.

5.9. Mazkur shartnoma bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikka tortishda “Xo‘jalik” tomonidan mazkur shartnoma bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligiga aybdor bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning aybi bilan mazkur shartnomaning “Xo‘jalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda ushbu tashkilotlar tomonidan qoplanadi yoki sud orqali undiriladi.

 

6. FORS-MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH

6.1. Taraflardan biri shartnomani yengib bo‘lmaydigan kuch holat (fors-major)lari (zilzila, qurg‘oqchilik, suv toshqini, yong‘in, sel, do‘l, jala va boshqa tabiiy ofatlar) sababli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi.

6.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi to‘g‘risida tomonlar zudlik bilan bir-birlarini hamda yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiyani yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya bunday holatlar oqibatida yoki “Buyurtmachi”ning aybi bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Xo‘jalik”ni javobgarlikdan ozod qilish bo‘yicha xulosa berishlari mumkin.

6.3. Fors-major holatlari bo‘yicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoki tuman (shaxar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash bo‘yicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini ko‘radilar. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.

7. KORRUPSIYAGA QARSHI QO‘SHIMCHA SHARTLAR

7.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan so‘ng, shartnoma bilan bog‘liq korrupsiyaviy harakatlarni sodir qilmaslikka kelishib oladilar.

7.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydilar.

7.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytida bevosita o‘zi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bog‘liq holda qonunga xilof ravishda pul, moddiy qimmatliklar berilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga va’da qilinmamaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi yoki qilishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi.

Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning ushbu harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar ko‘radi.

7.4. Taraflar ularning nazorati ostida bo‘lgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi faktlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq o‘tkazmasligini va boshqa salbiy oqibatlar keltirmasligini kafolatlaydilar.

7.5. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlarda belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yo‘l qo‘yganligi ma’lum bo‘lib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan oqilona muddat ichida tegishli choralar ko‘rilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart.

Tarafning talabi bo‘yicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha oqilona muddat ichida tegishli choralar ko‘rilmaganda, ushbu taraf shartnomani bir taraflama to‘xtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni to‘liq qoplab berishni talab qilishga haqli.

8. SHARTNOMANING AMAL QILISHI

8.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, hududiy vakolatli organdan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin kuchga kirib, Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana sanasigacha amalda bo‘ladi.

9. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

9.1. Shartnoma shartlari bo‘yicha taraflar o‘rtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.

Taraflar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda taraflar murojaat etadigan sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

10. YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga ko‘ra yoki taraflarning birini talabi asosida sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

10.2. Mazkur shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda amalga oshirilib taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

10.3. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga hamda ro‘yxatga oluvchi organ uchun bir nusxadan (uch nusxa) tuziladi.

10.4. “Buyurtmachi” mazkur shartnoma to‘g‘ri tuzilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lib, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda shartnomani aslini “Xo‘jalik”ka yetkazilishi majburiyatini oladi.

11. TARAFLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI

Buyurtmachi. (Klaster)

 

Xo‘jalik (Fermer)

Manzil: Klasterning manzili

 

Manzil: Fermer xo‘jaligining yuridik manzili

Bank Klasterning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank Fermer xo‘jaligining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Klasterning hisob raqami

 

H/R: Fermer xo‘jaligining hisob raqami

STIR: Klasterning STIR raqami

 

STIR: Fermer xo‘jaligining STIR raqami

Telefon: Klasterning telefon raqami

 

Telefon: Fermer xo‘jaligining telefon raqami

Pochta: Klasterning pochta manzili

 

Pochta: Fermer xo‘jaligining pochta manzili

Elektron manzil: Klasterning elektron manzili

 

Elektron manzil: Fermer xo‘jaligining elektron manzili

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

 

Fyuchers shartnomasi