O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mualliflik kontenti tayyorlab berish

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari

Yuklab oling

Mualliflik kontenti tayyorlab berish

SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Muallifning lavozimi va to‘liq ismi,keyingi o‘rinlarda “Muallif” deb yuritiladi, bir tomondan, va Foydalanuvchining lavozimi va to‘liq ismi,bundan keyin “Foydalanuvchideb yuritiladi, ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani (keyingi o‘rinlarda — Shartnoma deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:

 

SHARTNOMANING PREDMETI

1.1. Muallif Foydalanuvchiga mualliflik huquqi ob’ekti bo‘lgan Mualliflik huquqi ob’ekti nomidan,bundan keyin “mualliflik asari” deb yuritiladi, quyidagi yo‘llar orqali foydalanishi uchun beradi:

1.1.2. asarni takrorlash (takrorlash huquqi);

1.1.3. asarning asl nusxasini yoki nusxalarini sotish yoki mulk huquqini o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga o‘tkazish yo‘li bilan tarqatish (tarqatish huquqi);

1.1.4. asarni barchaning e’tiboriga yetkazish (barchaning e’tiboriga yetkazish huquqi);

1.1.5. asarning asl nusxasini yoki nusxalarini prokatga berish (prokatga berish huquqi);

1.1.6. tarqatish maqsadida asarning nusxalarini, shu jumladan mutlaq mualliflik huquqlari egasining ruxsati bilan tayyorlangan nusxalarini import qilish (import qilish huquqi);

1.1.7. asarni sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida uzatish yo‘li bilan barchaning e’tibori uchun yuborish (kabel orqali yuborish huquqi);

1.1.8. asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash (qayta ishlash huquqi);

1.1.9. asarni omma oldida namoyish etish (omma oldida namoyish etish huquqi);

1.1.10. asarni omma oldida ijro etish (omma oldida ijro etish huquqi);

1.1.11. asarni simsiz vositalar yordamida uzatish yo‘li bilan barchaning e’tibori uchun yuborish (efirga uzatish huquqi);

1.1.12. asarni tarjima qilish (tarjima qilish huquqi);

1.1.13. asarni barchaning e’tiboriga takroran yuborish, agar bunday yuborish dastlabki yuborishni amalga oshirgan tashkilotdan boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa (barchaning e’tiboriga takroran yuborish huquqi).

 

2. MUALLIFLIK HUQUQLARINI TOPSHIRISH SHARTLARI

2.1. Mazkur shartnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan huquqlar Muallif tomonidan Foydalanuvchiga ushbu shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab o‘tkaziladi va Foydalanuvchiga topshirilgan mualliflik huquqlarining amal qilish muddati yil davomida amal qiladi.

 

3. MUALLIFLIK HUQUQLARIDAN FOYDALANISH DOIRASI

3.1. Foydalanuvchi ushbu shartnoma bo‘yicha unga berilgan mualliflik huquqlaridan Foydalanuvchiga berilgan mualliflik huquqlari amal qiladigan hudud hududida foydalanish huquqiga ega.

 

4. SHARTNOMA BAHOSI VA TO‘LOV SHARTLARI

4.1. Asardan Mazkur shartnomaning 1-bandida ko‘rsatilgan mualliflik huquqlari asosida har qanday yoki bir necha marotaba foydalanganlik yoki barcha mualliflik huquqlaridan foydalanganlik uchun Foydalanuvchi Muallifga asardan foydalanish orqali topilgan daromadning Mualliflik huquqidian foydalangan natijasida topilgan daromaddan Muallifga berilishi kerak bo‘lgan foiz miqdori%i miqdorida to‘lov to‘lash majburiyatini oladi.

4.2. To‘lov To‘lov amalga oshiriladigan oydan kechiktirmasdan keyingi oyning To‘lov amalga oshiriladigan oyning aniq sanasi-sanasigacha amalga oshirilishi lozim.

4.3. Foydalanuvchi Muallifning iltimosiga binoan ushbu Shartnomaning 4.1-bandiga binoan Muallifga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

 

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

5.2. Tomonlar mazkur shartnomaga binoan o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni boshqa tomonning yozma ravishdagi roziligi bo‘lmagan hollarda bajarmaslikka haqqi yo‘q. Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan fors-major holatlar vujudga kelishi bundan mustasno.

5.3. Foydalanuvchi shartnomada belgilangan muddatni buzganligi uchun kechiktirilgan har bir kunga taraflar o‘rtasida kelshilgan umumiy summaning 0,5% miqdorida, biroq bajarilmagan ish qiymatining 50% dan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.

5.4. Neustoykani to‘lash taraflarni shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.

 

6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

6.1. Taraflar o‘rtasida mazkur shartnoma bo‘yicha yoki unda belgilangan majburiyatlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlarning o‘zaro muzokaralar olib borishi yo‘li bilan hal qilinadi.

6.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yo‘li bilan hal qilib bo‘lmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tartibida ko‘riladi.

 

7. SHARTNOMAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI

7.1. Shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, shartnomani bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.

7.2. Shartnomani bir taraflama rad etish, uning shartlariga o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi, amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

8. FORS-MAJOR HOLATLARI

8.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi.

8.2. Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni ijro etishga imkoni bo‘lmagan taraf majburiyatlarning ijro etilishiga to‘sqinlik qiluvchi vaziyatlar sodir bo‘lgani yoki tugaganligi haqida ikkinchi tarafga bildirishi kerak.

 

9. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

 Muallif:

Manzil: Muallifning to‘liq manzili

Bank: Muallifning Banki joylashgan manzil

H/R: Muallifning bank hisobraqami

STIR: Muallifning STIRi

Telefon: Muallifning telefon raqami

F.I.Sh: Muallifning lavozimi va F.I.O.si

____________________

Foydalanuvchi:

Manzil: Foydalanuvchining to‘liq manzili

Bank: Foydalanuvchining Banki joylashgan manzil

H/R: Foydalanuvchining bank hisobraqami

STIR: Foydalanuvchining STIRi

Telefon: Foydalanuvchining telefon raqami

F.I.Sh: Foydalanuvchining lavozimi va F.I.O.si

____________________

 

Mualliflik kontenti tayyorlab berish