O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida

Hujjat tavsifi
Шартнома реквизитлари
Xўжалик
Хизмат кўрсатувчи:
Шартнома шартлари
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 0,5 % dan oshmasligi lozim.
  • 1. Naqt pul 2. Pul ko‘chirish 3. Qarzni hisobdan chiqarish
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 0,5 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 50 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 0,5 % dan oshmasligi lozim.
  • Izoh: Undiriladigan penya miqdori 50 % dan oshmasligi lozim.

Yuklab oling

ShARTNOMA

(avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida)

 

Shartnoma tuzilgan joy tumani

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan vaqt (kalendar) yil

 

Xo‘jalik qanday hujjat asosida faoliyat yuritadi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xo‘jalik rahbarining lavozimi Xo‘jalik rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi o‘rinlarda «Xo‘jalik» deb yuritiladi) bir tomondan va Xizmat ko‘rsatuvchi qanday hujjat asosida faoliyat yuritadi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi, Xizmat ko‘rsatuvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xizmat ko‘rsatuvchi rahbarining lavozimi Xizmat ko‘rsatuvchi rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi o‘rinlarda «Xizmat ko‘rsatuvchi» deb yuritiladi

 

I. Shartnoma predmeti

 

1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha «Xizmat ko‘rsatuvchi» «Xo‘jalik»ka Texnik xizmat ko‘rsatiladigan avtotransport vositalarining nomi va turi turdagi avtotransport vositalarini ta’mirlash xizmatini (keyingi o‘rinlarda «Xizmatlar» deb yuritiladi) ko‘rsatish, «Xo‘jalik» esa ularni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

«Xizmatlari»ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.

 

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

 

2.1. «Xo‘jalik»ning huquqlari:

«Xizmat ko‘rsatuvchi»dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish;

«Xizmatlari» «Xo‘jalik»ning hisobidan transportda tashilganda «Xizmat ko‘rsatuvchi»dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;

«Xizmat ko‘rsatuvchi»dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat va assortimentdagi «Xizmatlar» yetkazib berilishini talab qilish;

zarur sifatga ega bo‘lmagan «Xizmatlari» yetkazib berilmagan taqdirda o‘z tanlashiga ko‘ra:

zarur sifatga ega bo‘lmagan «Xizmatlar» shunga o‘xshash «Xizmatlar» bilan almashtirilishini;

kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar «Xo‘jalik» yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilanishi xarajatlarini qoplashni;

bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;

mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini «Xizmat ko‘rsatuvchi»dan talab qilish.

«Xo‘jalik»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari

2.2. «Xo‘jalik»ning majburiyatlari:

o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha ko‘rsatilgan «Xizmatlari»ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;

«Xizmatlar»ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash muddati kun mobaynida haq to‘lash.

«Xo‘jalik»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari

2.3. «Xizmat ko‘rsatuvchi»ning huquqlari:

Ko‘rsatilgan «Xizmatlar» uchun oldindan haq to‘lanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xo‘jalikdan talab qilish;

berilgan buyurtmanomaga muvofiq ko‘rsatilgan «Xizmatlari»ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini «Xo‘jalik»dan talab qilish.

«Xizmat ko‘rsatuvchi»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlari

2.4. «Xizmat ko‘rsatuvchi»ning majburiyatlari:

«Xo‘jalik»ka «Xizmatlar»ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki «Xo‘jalik» tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;

agar «Xizmatlar»ni yetkazib berish jarayonida «Xizmat ko‘rsatuvchi» shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, «Xo‘jalik»ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni Ko‘rsatilgan «Xizmatlar»da aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati kun muddatda tekin tuzatib berish.

«Xizmat ko‘rsatuvchi»ning shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa majburiyatlari

 

III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi

 

3.1. Mazkur shartnomaning bahosi Shartnomaning umumiy qiymati so‘mni tashkil etadi. Yetkazib beriladigan «Xizmatlar»ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada ko‘rsatilgan.

3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish bo‘yicha barcha xarajatlarni «Xizmat ko‘rsatuvchi» ko‘taradi.

Mahsulot «Xo‘jalik»ning transporti bilan ko‘rsatilgan taqdirda «Xizmat ko‘rsatuvchi» transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham o‘z ichiga olgan holda amaldagi massa bo‘yicha).

3.3. «Xo‘jalik» yetkazib beriladigan «Xizmatlar» summasining Yetkazib beriladigan «Xizmatlar» uchun oldindan to‘lanadigan summa umumiy summaning qancha foizini tashkil etadi foizi miqdorida oldindan haq to‘laydi. Ko‘rsatilgan «Xizmatlar» uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin «Xizmatlar» uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin necha kunda uzil-kesil hisob-kitob qilinishi lozim kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.

3.4. Ko‘rsatilgan «Xizmatlari» uchun Ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lov yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.

IV. Shartnomaning bajarilishi

 

4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.

Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.

4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.

4.3. «Xizmatlar» qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.

4.4. «Xo‘jalik»ning roziligi bilan «Xizmatlar» muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Ko‘rsatilgan va «Xo‘jalik» tomonidan qabul qilingan «Xizmatlar» uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan «Xizmatlar» hisobiga haq to‘lanadi va ular hisobiga o‘tkaziladi.

4.5. «Xo‘jalik» muddatlar buzilgan holda ko‘rsatilgan «Xizmatlar»ni qabul qilishni rad etishga haqli.

4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda «Xizmatlar» yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan «Xizmatlar» o‘rnini to‘ldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan «Xizmatlar»ning o‘rni to‘ldirilishi kerak, bunday «Xizmatlar» yetkazib berish «Xo‘jalik»ning oldindan berilgan yozma roziligi bo‘yicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.

4.7. Ko‘rsatilgan «Xizmatlar» bevosita «Xo‘jalik»ning mas’ul xodimi tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada ko‘rsatilgan «Xizmatlari» miqdori, ularning sifati ko‘rsatiladi.

4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan «Xizmatlar» yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki «Xo‘jalik»ning buyurtmanomasida ko‘rsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada ko‘rsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.

 

V. Tomonlarning javobgarligi

 

5.1. Tomonlar o‘rtasida kelishilgan jadval bo‘yicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni to‘laydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar o‘rtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.

5.2. Agar ko‘rsatilgan «Xizmatlar»ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon ko‘rsatilgan, sifati zarur darajada bo‘lmagan «Xizmatlar» qiymatining Ko‘rsatilgan Xizmatlarining sifati, assortimenti shartnomada belgilanganidan farq qilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima foizi foizi miqdorida jarima to‘laydi.

5.3. «Xizmatlar»ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmagan taqdirda «Xizmat ko‘rsatuvchi» «Xo‘jalik»ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining Xizmatlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun bir kunda to‘lanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan «Xizmatlar» qiymatining Xizmatlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki to‘liq yetkazib berilmaganligi uchun jami to‘lanadigan penya miqdori foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va «Xizmatlar»ni yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki to‘liq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.

5.4. Ko‘rsatilgan «Xizmatlar» uchun o‘z vaqtida haq to‘lanmaganda «Xo‘jalik» «Xizmat ko‘rsatuvchi»ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining Xizmatlarr uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun to‘lanadigan bir kunlik penya miqdori. (foizda, qo‘lda to‘ldiriladi) foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov summasining Xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undiriladigan penyaning umumiy miqdori foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.

5.5. «Xo‘jalik» tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun «Xo‘jalik»ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) «Xo‘jalik» tomonidan kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan «Xizmat ko‘rsatuvchi»ning javobgarligi ham ko‘rib chiqiladi.

«Xizmat ko‘rsatuvchi»ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining «Xo‘jalik» tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda «Xizmat ko‘rsatuvchi» tomonidan qoplanadi.

5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qo‘llaniladi.

 

VI. Nizolarni hal etish tartibi

 

6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.

6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita Nizolar qaysi sudga murojaat qilish yo‘li bilan hal qilinadi? sudiga murojaat qilishga haqlidir.

 

VII. Shartnomaning amal qilishi

 

7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.

 

VIII. Yakuniy qoidalar

 

8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xo‘jaligi bo‘limi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.

8.4. Mazkur shartnoma, unga o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) «Xo‘jalik» joylashgan joy bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bajarilishi kerak.

 

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:

Xo‘jalik:

Xizmat ko‘rsatuvchi:

 

Xo‘jalikning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Xo‘jalikning manzili

Xo‘jalikning hisob raqami

Xo‘jalikning STIR raqami

Xo‘jalikning MFO raqami

Xo‘jalikning OKED raqami

Xo‘jalik rahbarining lavozimi______ (Imzo)

Muhr

Xizmat ko‘rsatuvchining to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Xizmat ko‘rsatuvchining manzili

Xizmat ko‘rsatuvchining hisob raqami

Xizmat ko‘rsatuvchining STIR raqami

Xizmat ko‘rsatuvchining MFO raqami Ko‘rsatilgan «Xizmatlar»da aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati

Xizmat ko‘rsatuvchining OKED raqami

Xizmat ko‘rsatuvchi rahbarining lavozimi______ (Imzo)

Muhr

Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida