O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Lombardda garovga qo‘yish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Lombardda garovga oluvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Garovga qo‘yuvchi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

Lombardda garovga qo‘yish

ShARTNOMASI

 

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Lombardda garovga oluvchi” deb yuritiluvchi Lombardda garovga oluvchining tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Garovga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Lombardda garovga oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, bundan buyon matnda “Garovga qo‘yuvchi” deb yuritiluvchi Garovga qo‘yuvchi shaxsning manzilida yashovchi Garovga qo‘yuvchining F.I.O.si ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

1. ShARTNOMA PREDMETI

1.1 Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 264 – 289-moddalariga shuningdek, “Garov to‘g‘risida”gi Qonun shartlariga muvofiq tuzilgan.

1.2. Ushbu shartnomaga asosan Garovga qo‘yuvchi Taraflar o‘rtasidagi garov shartnomasini imzolashiga sabab bo‘lgan munosabatga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, shartnomaga muvofiq garovga qo‘yilayotgan garov ob’ekti bilan o‘z majburiyatlarini ta’minlaydi.

 

2. GAROV BILAN TA’MINLANGAN MAJBURIYaT

 

2.1. Ushbu shartnomaga ko‘ra garov bilan ta’minlangan majburiyatlar asosi bo‘lib Garovga qo‘yuvchi va Lombardda garovga oluvchi o‘rtasida quyidagi shartlarda tuzilgan Garov shartnomasi tuzilishga asos bo‘lgan taraflarning kelishuvi mazmuni shartnomasi (keyingi o‘rinlarda “dastlabki shartnoma” deb yuritiladi) hisoblanadi:

-Dastlabki shartnomaning umumiy miqdori Dastlabki shartnomada taraflar kelishgan shartlarning umumiy summasi.so‘mni tashkil qiladi.

-Dastlabki shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajarish muddati Dastlabki shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajaradigan muddat .

2.2. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq garov talabning amalda qondirish paytidagi hajmini ta’minlaydi, xususan foizlar, neustoyka, ijroni kechiktirib yuborish natijasida yetkazilgan zarar to‘lanishini, shuningdek lombardda garovga oluvchining garovga qo‘yilgan ashyoni saqlashga qilgan zarur xarajatlari va undiruv xarajatlari to‘lanishini ta’minlaydi.

Yuqoridagi talablarga ko‘ra, mazkur shartnoma qarzdor tomonidan olingan majburiyatlarning bajarilmasligi oqibatida hisoblanadigan neustoyka hamda undiruv xarajatlari qoplanishini ta’minlaydi.

 

3. GAROV NARSASI

 

3.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha garov narsasi bo‘lib Garovga qo‘yuvchi tomonidan qo‘yilayotgan garov ob’ekti nomi.hisoblanadi.

3.2. Garov narsasi sifatida qo‘yilgan garov ob’ekti: Garov ob’ekti sifatida qo‘yilgan moddiy qiymatdagi tovarning turi (garovga qo‘yilgan moddiy qiymatdagi boylik avtomashina bo‘lsa uning modeli, ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi. Ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bo‘lsa uning manzili o‘lchamlari ko‘rsatiladi)dan iborat

3.3. Dastlabki shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajaradigan muddat ning bozor qiymatdagi narxi Garov ob’ektining bozor qiymatdagi narxi so‘mni tashkil qiladi.

 

4. GAROVGA QO‘YuVChINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

 

4.1. Garovga qo‘yuvchining huquqlari:

lombardda garovga oluvchining roziligi bilan garov narsasini almashtirish;

“Garov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq garov narsasini oqilona muddatda tiklash va uni boshqa teng qimmatli mol-mulkka almashtirish;

“Garov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq undiruv qaratilgan garov narsasi sotilgunga yoki garovga qo‘yilgan mulkiy huquqlar realizatsiya qilingunga qadar istalgan vaqtda garov bilan ta’minlangan majburiyatni yoki uning bajarilishi kechiktirilgan qismini bajarib, ularga undiruvni qaratishni to‘xtatish;

garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni lombardda garovga oluvchining roziligi bilan boshqa shaxsga o‘tkazish;

lombardda garovga oluvchi tomonidan quyidagi holatlar qo‘pol ravishda buzilsa garov shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishi mumkin:

1) garovga qo‘yilgan mol-mulkning asralishini ta’minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishi;

2) garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi.

Garovga qo‘yuvchining boshqa huquqlari

4.2. Garovga qo‘yuvchining majburiyatlari:

har bir navbatdagi lombardda garovga oluvchiga garovga qo‘yilgan mol-mulkning barcha mavjud garovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi;

lombardda garovga oluvchida garov bilan ta’minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilish va undiruvni garovdagi mol-mulkka qaratish huquqi vujudga kelganida lombardda garovga oluvchining talablarini qanoatlantirishi shart;

garovga qo‘yilgan huquqning haqiqiyligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan harakatlarni qilishi;

garovga qo‘yilgan huquq bekor bo‘lishiga yoki uning qiymati kamayishiga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlar qilmasligi;

garovga qo‘yilgan huquqni uchinchi shaxslar tomonidan bo‘ladigan tajovuzlar va talablardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rishi;

lombardda garovga oluvchiga garovga qo‘yilgan huquqda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi, uning uchinchi shaxslar tomonidan buzilganligi haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi;

o‘z qarzdorini huquqlar garovi sodir etilgani to‘g‘risida xabardor qilishi shart.

Garovga qo‘yuvchining boshqa majburiyatlari

 

5. LOMBARDDA GAROVGA OLUVChINING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

 

5.1 Lombardda garovga oluvchining huquqlari:

uchinchi shaxslarni garov narsasiga bo‘lgan o‘z huquqlari to‘g‘risida garov reestriga tegishli yozuvni kiritish orqali xabardor qilish;

garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda undiruvni garov narsasiga qaratish;

garov to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish;

garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolganligi va shikastlanganligi uchun u kimning foydasiga sug‘urta qilinganidan qat’i nazar, agar yo‘qolish yoki shikastlanish lombardda garovga oluvchi javob beradigan sabablarga ko‘ra sodir bo‘lmagan bo‘lsa, o‘sha asoslarga sug‘urta tovonidan qanoatlanish olish;

davlat boshqaruv organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining lombardda garovga oluvchining huquqlari buzilgan hujjatlarini haqiqiy emas deb e’tirof etish xususida sudda da’vo qo‘zg‘atish va hujjatlar chiqarish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini tegishli organlardan talab qilish;

garovga qo‘yuvchining garov narsasiga mulk huquqi ushbu Qonunga muvofiq tugatilgan taqdirda, o‘z talabini garovga qo‘yuvchiga berilishi lozim bo‘lgan summadan imtiyozli qanoatlantirish;

qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatning bir qismini bajargan taqdirda, garovdagi barcha mol-mulk uchun huquqini saqlab qolish;

qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda, garov bilan ta’minlangan majburiyatning muddatidan oldin bajarilishini talab qilish yoki undiruvni garov narsasiga qaratish;

garovga qo‘yuvchi shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish.

Lombardda garovga oluvchining boshqa huquqlari

5.2. Lombardda garovga oluvchining majburiyatlari:

Shartnoma shartlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishi;

garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishi tufayli garov bekor bo‘lganda yoxud majburiyatlar o‘zi tomonidan garovdagi mol-mulkning yo‘qolishi yoki shikastlanishi xavfini tug‘diradigan tarzda qo‘pol buzilganda garovga qo‘yuvchining talabiga binoan garovdagi mol-mulkni garovga qo‘yuvchiga zudlik bilan qaytarib berishi;

o‘z aybi bo‘lgan taqdirda, garov narsasi to‘liq yoki qisman yo‘qolgani yoki shikastlangani tufayli yetkazilgan zararni garovga qo‘yuvchiga “Garov to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan miqdorda qoplashi shart.

Shartnomada nazarda tutilgan hollarda lombardda garovga oluvchi:

asosiy majburiyatni bajarish maqsadida yoki garovga qo‘yuvchi manfaatlarini ko‘zlab garov narsasidan samara va daromadlar chiqarib olishi;

garovga qo‘yuvchi hisobidan garovga egalik qilish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar to‘lashi shart.

Qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajargan taqdirda, lombardda garovga oluvchi garov to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga reestrga tegishli o‘zgartishlarni kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etishi shart.

Lombardda garovga oluvchi ko‘rsatilgan talabni buzgani taqdirda, garovga qo‘yuvchi undan bu majburiyatni bajarmaslik tufayli o‘ziga yetkazilgan zararni to‘liq hajmda qoplashni talab qilishga haqli.

Lombardda garovga oluvchining boshqa majburiyatlari

6. ShARTNOMANING AMAL KILISh MUDDATI, ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh TARTIBI.

 

6.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan e’tiboran kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatiga qadar amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugasada, taraflar shartnomaning amal qilish muddati davomida zimmalariga olgan majburiyatlarni to‘liq bajaradilar.

6.2. Ushbu shartnomaning shartlarini o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish yoki uni bekor qilish qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qo‘shimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, taraflar imzolaganidan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. Barcha o‘zgartirish, qo‘shimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.

 

7. FORS-MAJOR HOLATLARI

 

7.1. Agarda yengib bo‘lmas kuch bilan bog‘liq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yong‘in, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

7.2. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

7.3. Agar fors-major holati garov shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan ko‘p muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.

 

8. ShARTNOMANING BOShQA ShARTLARI

 

8.1. Garovga qo‘yilgan garov ob’ektiga undiruv Lombardda garovga oluvchining talabiga asosan sudga murojaat qilinmasdan amalga oshiriladi.

8.2. Garov narsasi sifatida qo‘yiladigan garov ob’ekti Garov ob’ekti saqlanadigan joyda saqlanadi.

Mazkur shartnomaga asosan navbatdagi garov ta’qiqlanadi. Garov narsasini almashtirishga Lombardda garovga oluvchining yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

8.3. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilmagan hollarda taraflar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya qiladilar.

8.4. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikkita nusxada tuzilib, tomonlarning har biriga bir nusxadan beriladi.

 

9. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

 

Lombardda garovga oluvchi:

 

Garovga qo‘yuvchi:

Yuridik manzil:Lombardda garovga oluvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Garovga qo‘yuvchi shaxsning manzili

H/r: Tashkilotning hisob raqami

 

Pasport seriya va raqam: Garovga qo‘yuvchining pasport seriyasi va raqami

Bank nomi Tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Berilgan sana: Garovga qo‘yuvchiga pasport berilgan sana

Bank kodi: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi

 

Garovga qo‘yuvchiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

STIR: Tashkilotning STIR raqami

 

 

Aloqa uchun raqam Tashkilotning aloqa raqami

 

STIR: Garovga qo‘yuvchining STIR raqami

 

 

Aloqa uchun raqam Garovga qo‘yuvchining aloqa uchun raqami

 

Boshqaruvchi tashkilot: Lombardda garovga oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si ___

 

M.O‘.

 

 

 

Garovga qo‘yuvchi:

Garovga qo‘yuvchining F.I.O.si _______

 

M.O‘.

 

 

 

 

Lombardda garovga qo‘yish shartnomasi