QAYTA ISHLASH JARAYONIDA BO‘LGAN TOVARLARNI GAROVGA QO‘YISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Bundan buyon matnda “Garovga oluvchi” deb yuritiluvchi Garovga oluvchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli nomidan Garovga oluvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga oluvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O bir tomondan, bundan buyon matnda “Garovga qoʻyuvchi” deb yuritiluvchi Garovga qo‘yuvchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli nomidan Garovga qo‘yuvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Garovga qo‘yuvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1. Mazkur shartnomaga asosan Garovga oluvchi Asosiy shartnoma imzolangan sana kunidagi Asosiy shartnomaning mazmuni to‘g‘risidagi shartnomaga (keyingi o‘rinlarda “Asosiy shartnoma” deb yuritiladi) muvofiq, Garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, quyidagi shartlar asosida garovga qo‘yilgan mulk hisobidan qanoatlanish olish huquqiga ega bo‘ladi:
2. GAROV BILAN TA’MINLANGAN MAJBURIYAT
2.1. Asosiy shartnoma bo‘yicha qarzdor bo‘lgan Asosiy shartnoma bo‘yicha qarzdor bo‘lgan tashkilot nomi,ushbu shartnoma bo‘yicha Garovga qo‘yuvchi hisoblanadi va o‘z navbatida asosiy shartnoma bo‘yicha kreditor bo‘lgan Asosiy shartnoma bo‘yicha kreditor bo‘lgan tashkilot nomi,ushbu shartnoma bo‘yicha Garovga oluvchi hisoblanadi.
2.2. Asosiy shartnomaga muvofiq, garov bilan ta’minlangan talabning miqdori Asosiy shartnomaga muvofiq, garov bilan ta’minlangan talabning miqdori so‘mni tashkil etadi.
2.3. Garovga qo‘yuvchining mazkur shartnoma bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati Garovga qo‘yuvchining mazkur shartnoma bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddatigacha belgilanadi.
3. GAROV NARSASI
3.1. Garov narsasi mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan 1-sonli tafsilotli ro‘yxat (spesifikatsiya)da ko‘rsatilgan qayta ishlash jarayonida bo‘lgan tovarlar (keyingi o‘rinlarda “Tovar” deb yuritiladi) hisoblanadi.
3.2. Garovga qo‘yilayotgan tovar bahosi mustaqil ekspert tomonidan baholangan va taraflar tomonidan ma’qullangan bo‘lib, Garovga qo‘yilayotgan tovar bahosi so‘mni tashkil etadi.
3.3. Garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mutanosib miqdorda garovga qo‘yilgan mulk qiymati kamaytiriladi.
3.4. Garovga qo‘yilgan tovar quyidagi manzilda: Garovga qo‘yilgan tovar joylashgan manzil joylashgan bo‘lib, Garovga qo‘yuvchining tasarrufida qoladi.
4. GAROVGA QO‘YUVCHINING HUQUQLARI
4.1. Garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan tovarni o‘z korxonasida qayta ishlashga haqli.
4.2. Garovga qo‘yuvchi navbatdagi garovga oluvchilarga mazkur shartnoma haqidagi ma’lumotlarni bildirishi lozim va bu majburiyatni bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan zararlar uchun javobgardir.
4.3. Garovga qo‘yuvchi o‘z hisobidan garovga qo‘yilgan tovarning yo‘qotilishi, kamomadi yoki shikastlanishi xavfidan uning to‘liq qiymati bo‘yicha sug‘urtalashi shart.
4.4. Garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan tovarning yo‘qotilishi, kamomadi yoki shikastlanishi oqibatida yetkazilgan zararni Garovga oluvchiga to‘la hajmda qoplaydi.
5. GAROVGA OLUVCHINING HUQUQLARI
5.1. Garovga oluvchi garovga qo‘yilgan mulkning asralishi, qayta ishlanishi va harakati to‘g‘risida Garovga qo‘yuvchidan hisobot talab qilishga haqli.
6. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
6.1. Shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan bo‘lib, taraflarga bir nusxadan beriladi.
6.2. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar taraflarning kelishuvi bilan kiritiladi va ushbu shartnomaga ilovalar tariqasida rasmiylashtirilib, uning ajralmas qismi hisoblanadi.
7. TOMONLARNING REKVIZITLARI
Garovga oluvchi: |
|
Garovga qoʻyuvchi: |
Yuridik manzil:Garovga oluvchi tashkilotning manzili |
|
Yuridik manzil: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning manzili |
H/r: Garovga oluvchi tashkilotning hisob raqami |
|
H/r: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning hisob raqami |
Bank nomi: Garovga oluvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank nomi: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank kodi: Garovga oluvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi |
|
Bank kodi: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi |
STIR: Garovga oluvchi tashkilotning STIR raqami |
|
STIR: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning STIR raqami |
Telefon raqami: Garovga oluvchi tashkilotning aloqa uchun telefon raqami |
|
Telefon raqami: Garovga qo‘yuvchi tashkilotning aloqa uchun telefon raqami |
|
|
|
|
|
|