O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

To‘liqsiz ish kuni bilan ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq

Hujjat tavsifi
To‘liqsiz ish kuni bilan ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rekvizitlari
Taraflar
Buyruq mazmuni

Yuklab oling

To‘liqsiz ish kuni bilan ishga qabul qilish to‘g‘risida

 

BU Y R U Q

 

Buyruq qabul qilingan sana

Buyruq raqami -son

Buyruq qabul qilingan joy sh.

 

 

Ishga qabul qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 186-moddasida to‘liqsiz ish vaqti va uni berish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan unga ko‘ra:

Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) to‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bo‘lgan holda) belgilanishi mumkin. To‘liqsiz ish vaqti ham muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin.

Ish beruvchi:

ushbu Kodeksning 398-moddasiga muvofiq homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bola (o‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bola) ota-onasidan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra tibbiy xulosaga binoan;

nogironligi bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, agar mazkur shaxs uchun ish vaqtini belgilash ushbu Kodeks 424-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalarida nazarda tutilgan bo‘lsa;

ushbu Kodeksda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda to‘liqsiz ish kunini belgilashi shart.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab o‘tilgan shaxslar uchun to‘liqsiz ish vaqti xodim uchun qulay bo‘lgan muddatga, biroq to‘liqsiz ish vaqtini majburiy ravishda belgilash uchun asos bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lgan davrdan ortiq bo‘lmagan muddatga belgilanadi, ish vaqtining va dam olish vaqtining rejimi, shu jumladan har kungi ishning (smenaning) davomiyligi, ishning boshlanish va tugash vaqti, ishdagi tanaffuslar vaqti esa ushbu ish beruvchidagi ishlab chiqarish (ish) sharoitlari hisobga olingan holda xodimning istaklariga muvofiq belgilanadi. Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘liqsiz ish vaqtining davomiyligi va ish rejimi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanishi kerak.

To‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq to‘lash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi.

To‘liqsiz ish vaqti shartlarida ishlash xodimlar uchun har yilgi asosiy mehnat ta’tili davomiyligining, mehnat stajini hisoblab chiqarishning va boshqa mehnat huquqlarining biror-bir cheklanishlariga sabab bo‘lmaydi.

Mehnat kodeksining 186-moddasiga asosan xodimlarga to‘liqsiz ish vaqtini yaratish zaruriyatidan kelib chiqib,

BUYURAMAN

Xodim ishga qabul qilinayotgan tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Xodim ishga qabul qilinayotgan bo‘lim nomida Xodimning lavozimi lavozimiga Xodimning F.I.O.sini to‘liqsiz ish haftasi va Xodimga belgilangan sinov muddati sinov mudati bilan ishga qabul qilinsin.

Ishni boshlash vaqti Xodimning ishga chiqish sanasi etib belgilansin.

Xodimning F.I.O.siga to‘liqsiz ish kunlari Xodimning to‘liqsiz ish kuni etib belgilansin.

2. Moliya iqtisod bo‘limi (Moliya iqtisod bo‘limining ma’sul xodimi) Xodimning F.I.O.siga tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin.

 

Asos:Asoslantiruvchi hujjatlar ro‘yxati.

 

 

Tashkilot rahbarining lavozimi

_____________

 

Tashkilot rahbarining F.I.O.si

 

 

 

Buyruq bilan tanishdim Xodimning lavozimi

 

_____________

 

 

Xodimning F.I.O.si

 

 

 

 

To‘liqsiz ish kuni bilan ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq