O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ma’muriy ish yuzasidan kelishuv bitimi

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Ariza beruvchi
Ariza mazmuni

Yuklab oling

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Ariza berilgan ma’muriy sudi nomisudiga

 

Ariza beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

Ariza beruvchi shaxsning F.I.Osidan

 

 

AR I Z A

kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida

 

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Ariza berilgan ma’muriy sudi nomi sudining ish yurituvida mening javobgar Ish bo‘yicha javogarning F.I.Osiga nisbatan Da’vo ariza mazmuni haqidagi da’vo arizam yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishi mavjud.

Men o‘z da’vo arizamda Da’vo ariza mazmunini so‘raganman.

Ishni sudda ko‘rish davomida javobgar men bilan kelishib, da’vo arizamda ko‘rsatilgan talablarimni ixtiyoriy ravishda qanoatlantirdi. Biz bu to‘g‘rida kelishuv bitimi tuzdik.

Javobgar bilan kelishuv bitimini ixtiyoriy ravishda tuzdik, kelishuv bitimi mazmuni bizga tushunarli.

Menga kelishuv bitimi tuzish oqibatlari sud tomonidan tushuntirildi. Mazkur kelishuv bitimining tuzilishi boshqa shaxslarning huquq va manfaatlariga daxl qilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 1261-moddasiga ko‘ra, taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.

Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskresion vakolat) mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.

Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar sub’ekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bo‘lishi hamda taraflarning o‘zaro yon berishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.

Yuqoridagilarga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 1261-1265-moddalariga asoslanib, men bilan javobgar Ish bo‘yicha javogarning F.I.Osi o‘rtasida mazkur ma’muriy ishi yuzasidan tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni va ma’muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so‘rayman.

 

Ilova:

Ariza nusxasi

Kelishuv bitimi nusxasi

 

Ariza beruvchi shaxsning F.I.Osi

 

 

 

Ariza berilgan sana yil

 

Ma’muriy ish yuzasidan kelishuv bitimi