Vaqtinchalik ishlaydigan xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqdan namuna
BU Y R U Q
Buyruq qabul qilingan sana |
Buyruq raqami -son |
Buyruq qabul qilingan joy sh. |
Ishga qabul qilish to‘g‘risida
Tashkilotda mavsumiy ishlar mavjud bo‘lganligi sababli, vaqtinchalik shartnoma imzolagan holda yangi xodimlarni ishga olish zaruriyati vujudga kelmoqda.
Mehnat qonunchiligiga muvofiq uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkinligi belgilangan.
Mehnat kodeksining 112-moddasida muddatli mehnat shartnomasi quyidagi hollarda tuziladi:
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan, yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun;
vaqtinchalik (ikki oygacha) ishlarni bajarish vaqti uchun;
tabiiy sharoitlar tufayli ish faqat muayyan davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin bo‘lganda mavsumiy ishlarni bajarish uchun;
ish beruvchining odatdagi faoliyati doirasidan tashqariga chiqadigan ishlarni (rekonstruksiya qilish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlar), shuningdek ishlab chiqarishni yoki ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmini oldindan ma’lum bo‘lgan vaqtinchalik (bir yilgacha) kengaytirish bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun;
ta’sis hujjatlariga binoan oldindan belgilangan muddatga tashkil etilgan tashkilotlarga ishga kirayotgan shaxslar bilan;
ishning tamomlanishi aniq sana bilan belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda muddatli xususiyatga ega bo‘lgan, oldindan belgilangan ishlarni bajarish uchun qabul qilinadigan shaxslar bilan;
ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini yoki stajirovkani o‘tash uchun;
mehnat organlari tomonidan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ishlarga yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan shaxslar bilan;
muqobil xizmatni o‘tash uchun yuborilgan fuqarolar bilan;
O‘zbekiston Respublikasiga uning hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda kirib kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan tuziladi.
Muddatli mehnat shartnomasi mehnat Kodeksiga yoki boshqa qonunga muvofiq o‘zga hollarda ham tuzilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 110 va 112-moddalariga asoslangan holda, mavsumiy ishchilarga ehtiyojning mavjudligidan kelib chiqib,
BUYURAMAN
1. Xodimning F.I.O.si – mavsumiy ishchi lavozimiga muddatli mehnat shartnomasi asosida Xodimning ishni boshlash sanasidan Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sanagacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilinsin.
2. Moliya iqtisod bo‘limi Moliya iqtisod bo‘limi ma’sul xodimi Xodimning F.I.O.siga tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin.
Asos: Buyruqni asoslantiruvchi hujjatlar ro‘yxati
Tashkilot rahbarining lavozimi |
_____________
|
Tashkilot rahbarining F.I.O.si |
|
|
|
Buyruq bilan tanishdim Xodimning lavozimi |
_____________
|
Xodimning F.I.O.si |