Xodimlar soni yoki shtatlar qisqartirilayotganda xodimga ogohlantirish berish
Ogohlantirish xati chiqarilgan sana |
|
Ogohlantirish xati raqami |
Ogohlantrish xati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasiga binoan,
Ish beruvchi o‘zining mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni quyidagi muddatlarda yozma shaklda (imzo qo‘ydirib) ogohlantirishi shart:
1) mehnat shartnomasi:
tashkilot o‘z muassislarining yoxud ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi;
texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishiga, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishiga bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi;
tashkilot rahbariga, uning o‘rinbosarlariga, bosh buxgalterga va tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbariga nisbatan tashkilot mulkdorining o‘zgarganligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki oy oldin;
2) mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli bajarayotgan ishiga muvofiq emasligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki hafta oldin;
3) mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) munosabati bilan bekor qilinganda kamida uch kun oldin.
Xodimni mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra kelgusida bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlari barcha hollarda qo‘llaniladi, bundan ushbu Kodeksning ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan boshqa ogohlantirish muddatlari belgilangan hollar mustasno.
Mehnat kodeksi talablariga muvofiq Xodim ishlab turgan tashkilot nomi va uning (tashkilotning) tashkiliy huquqiy shaklining Xodim ishlayotgan bo‘lim (tarkibiy tuzulma) nomi bo‘limida Xodimning lavozimi lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgan Xodimning F.I.O.siga:
Shtatlar soni qisqarayotganligi sababli siz egallab turgan Xodimning lavozimi vazifasidan Xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi lozim bo‘lgan sana kunidan boshlab mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Vazifangizdan ozod etilayotganligingiz sababli hozirgi kunda korxonadagi quyidagi bo‘sh vazifalarda ishlash taklif etiladi:
Xodimga taklif qilingan bo‘sh ish o‘rni
Ko‘rsatilgan vazifalardan biriga o‘tib ishlashga roziligingiz haqida tegishli ariza bilan xodimlar bo‘limiga murojaat qilish orqali ma’muriyatni xabardor qilishingiz lozim.
Ogohlantirish xati chiqargan shaxsning lavozimi |
|
Ogohlantirish xati chiqargan shaxsning F.I.O.si |
Ogohlantirish xatini oldim: