O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq

Hujjat tavsifi
Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq rekvizitlari
  • (календар)
Taraflar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruqdan namuna

 

 

BU Y R U Q

 

Buyruq chiqarilgan sana

Buyruq raqami-son

Buyruq qabul qilingan joy sh.

 

 

Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasiga muvofiq, Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:

qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;

alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;

mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;

xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;

tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;

xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.

Mehnat kodeksining 153-moddasiga ko‘ra esa, xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, buyruq ushbu Kodeks 151-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan, xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan aniq sabab ko‘rsatilishi kerak.

Ish beruvchining ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘i ishdan chetlashtirilgan xodimga imzo qo‘ydirib yetkaziladi. Xodimning ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini unga xodim murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay xodimning talabiga ko‘ra berishi shart.

Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodimga tegishli buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida buyruqning ko‘chirma nusxasini bildirish xati bilan yuborishi shart.

Ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruqda chetlashtirish amalga oshirilayotgan muddat belgilanishi kerak. Xodimni ishdan chetlashtirish davri tugaydigan aniq sanani oldindan aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda, qaysi hodisa boshlanishi bilan xodimni ishdan chetlashtirish muddati tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisa (xodimning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va boshqalar) ish beruvchining buyrug‘ida ko‘rsatiladi.

Ishdan chetlashtirilgan xodim chetlashtirish muddati yoki chetlashtirish qaysi holatlar sababli amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha holatlar tamom bo‘ladigan muddat tugaganidan keyingi birinchi ish kunida ishga kirishishi shart.

Mazkur kodeksning 151 va153-moddalariga muvofiq,

BUYURAMAN

1. Xodim ishlab turgan tashkilot nomi va uning (tashkilotning) tashkiliy huquqiy shaklining Xodim ishlayotgan bo‘lim (tarkibiy tuzulma) nomi bo‘limida Xodimning lavozimi lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgan Xodimning F.I.O.si ish vaqtida Xodimning ish vaqtidagi nojo‘ya xatti harakati harakatlari sababli Xodimni ishdan chetlatish sanasi kunidan ishdan chetlashtirilsin.

 

Asos: Buyruqni asoslantiruvchi hujjatlar ro‘yxati

 

Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi

_____________

 

Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si

 

 

 

 

Buyruq bilan tanishdim

Xodimning lavozimi

 

_____________

 

Xodimning F.I.O.si

 

 

Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq