|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shikoyat berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga |
|
Shikoyat beruvchining manzilida yashovchi |
|
Shikoyat beruvchi shaxsning F.I.Osi tomonidan |
KASSATSIYA SHIKOYATI
Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudining Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sanadagi hal qiluv qarori yuzasidan
Da’vogar Ish bo‘yicha da’vogar javobgar Ish bo‘yicha javobgarga nisbatan Da’vo talabi mazmuni to‘g‘risidagi da’vo ariza bilan fuqarolik ishlar bo‘yicha Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudiga murojaat qilgan. Sud Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sana kuni Sudning hal qiluv qarori mazmuni to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Men quyidagilarga asosan ushbu qarordan noroziman:
Shikoyat muallifining fikriga ko‘ra sudning hal qiluv qarori qaysi asoslarga ko‘ra noqonuniy?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 403-moddasiga ko‘ra, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli.
Mazkur Kodeksning 405-moddasiga ko‘ra, kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.
Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Ushbu Kodeksning 419-moddasiga koʼra kassatsiya instantsiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʼrish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga, hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga haqli.
Biroq birinchi instansiya sudi yuqoridagi qonun talablariga rioya qilmagan. Chunki sud ish holatlarini o‘rganmadi.
Shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksining 72-moddasida har bir taraf o‘zining talablari va eʼtirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Biroq sud ushbu qonun talabiga rioya qilmadi.
Ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi, sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qoʼllanilganligi sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘ladi.
Yuqoridagilardan hamda Fuqarolik protsessual Kodeksning 72, 3722,403-moddalaridan kelib chiqqan holda
SO‘RAYMAN:
1. Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudining Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sana kunidagi hal qiluv qarorini bekor qilishingizni;
2. Hal qiluv qarori bekor qilinib, o‘rniga qabul qilinishi so‘ralayotgan yangi hal qiluv qarorining qisqacha mazmuni haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilishingizni;
Ilova: Shikoyatga ilova qilinayotgan hujjatlar nomi
Shikoyat beruvchi shaxsning F.I.Osi
Shikoyat berilgan sana