O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish to‘g‘risida Shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (туман (шаҳар) кўрсатилади)
Taraflar to‘g‘risida maʼlumot
  • (tuman (shahar) IIB ko‘rsatiladi)
Shartnoma mazmuni
Gaz taʼminoti tashkiloti to‘g‘risida maʼlumotlar
Isteʼmolchi to‘g‘risida maʼlumotlar

Yuklab oling

Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyichaNAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma raqami-son Shartnoma tuzilgan hudud

 

Ustav va Ishonchnoma berilgan sanada berilgan Ishonchnoma raqami-son Ishonchnomaga asosan ish koʻruvchi «Filialning nomi gaz» filiali (keyingi oʻrinlarda gaz taʼminoti tashkiloti deb ataladi) nomidan uning rahbari Filial rahbarining F.I.O. bir tarafdan, Isteʼmolchining yashash viloyati viloyati, Isteʼmolchining yashash tumani (shahri),Isteʼmolchining yashash ko‘chasi koʻchasi, Isteʼmolchining uy raqami-uy, Isteʼmolchining xonadon raqami-kvartira egasi fuqaro Isteʼmolchining F.I.O. (keyingi oʻrinlarda isteʼmolchi deb ataladi), Isteʼmolchiga pasport berilgan sanada Isteʼmolchiga pasport bergan IIB (hudud) tomonidan berilgan pasport Isteʼmolchining pasport seriyasi seriyasi Isteʼmolchining pasport seriya raqami raqami, Isteʼmolchining pasport seriya raqami,ikkinchi tarafdan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu Shartnomani tuzishdi:

I. Shartnomaning predmeti

1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-avgust 2018-yildagi “Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 646-sonli qarori talablariga muvofiq gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.

II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod

gazining sifati va hajmi

2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 202448-90 “Gazы uglevodorodnыe sjijennыe toplivnыe dlya kommunalno-bыtovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi.

2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda Yetkazib beriladigan gaz miqdori kg (m3)suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi. Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.

III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:

a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish;

a1)tasdiqlangan tariflarga muvofiq xizmat koʻrsatish orqali suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berish va almashtirish;

b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega.

3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti: 

a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga;

b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga;

v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchi manziligacha yetkazishga;

g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;

d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka;

ye) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga; 

j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga;

z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga;

i) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona foydalanish hamda amaldagi meʼyoriy talablarga rioya qilish boʻyicha isteʼmolchilarga targʻibot va tashviqot ishlarini olib borishga;

k) gazdan foydalanish uskunasi tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili texnik va profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etishga;

l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga;

m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir.

3.3. Isteʼmolchi:

a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga;

a1)suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini loyiha yoki eskiz asosida oʻrnatib berish va almashtirish uchun tasdiqlangan tariflarga muvofiq gaz taʼminoti tashkilotining xizmatidan foydalanishga;

b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga;

v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga;

v1)isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotidan gaz ballonlarida sotib olingan suyultirilgan uglevodorod gazini faqat gaz taʼminoti tashkilotining xodimi tomonidan tegishli yoʻriqnomadan oʻtkazilganidan keyin mustaqil almashtirishga;

g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.

3.4. Isteʼmolchi:

a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga;

b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga;

v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga;

g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga;

d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni taʼminlashga;

ye) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga;

j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga;

j1)gazdan foydalanish uskunasini gaz taʼmonti tashkiloti tomonidan tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili texnik va profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishida amaliy yordam berishga;

z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.

IV. Hisob-kitoblar tartibi

4.1. Yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi 1 kg (m3)uchun Yetkazib beriladigan gaz narxi soʻmni tashkil etadi. Hisob-kitob oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi.

4.2. Isteʼmolchi yetkazib berilgan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun olish holati boʻyicha 100 foiz haq toʻlaydi. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazi uchun oldindan haq toʻlashi mumkin. Bunda uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin yetkazib berish sanasida oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha bajariladi. Olingan suyultirilgan uglevodorod gaziga haq toʻlash isteʼmolchilarning tanloviga koʻra toʻlovlarni qabul qilishning istalgan punktlari orqali amalga oshiriladi.

4.3. Isteʼmolchi gaz taʼminoti tashkilotiga suyultirilgan uglevodorod gazini olish uchun toʻlovni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim etadi.

V. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi.

5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

VI. Taraflarning javobgarligi

6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

VII. Fors-major

7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) – bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat.

7.2. Taraflar, agar majburitlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar.

7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.

VIII. Nizolarni hal etish tartibi

8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

 

IX. Yakunlovchi qoidalar

9.1. Ushbu Shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yoki Shartnoma qoidalari buzilgan taqdirda bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.

9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

X. Taraflarning rekvizitlari

 

Gaz taʼminoti tashkiloti

Isteʼmolchi

Gaz taʼminoti tashkiloti nomi

Isteʼmolchining F.I.O.

Pochta manzili: Gaz taʼminoti tashkiloti manzili

Yashash manzili: Isteʼmolchining yashash manzili

KTUT kodi: Gaz taʼminoti tashkiloti kodi

Aloqa qilinadigan telefonlar:

XXTUT: Gaz taʼminoti tashkiloti mulkchilik shakli

mobil telefoni: Isteʼmolchining mobil telefon raqami

Aloqa qilinadigan telefon: Gaz taʼminoti tashkiloti telefon raqami

uy telefoni: Istyemolchining uy telefon raqami

Toʻlovlar uchun bankdagi hisob-kitob raqami: Gaz taʼminoti tashkiloti hisob raqami

Pasportga oid maʼlumotlar: Isteʼmolchining pasport maʼlumotlari

Bank nomi: Gaz taʼminoti tashkiloti bank nomi

Shaxsiy hisob raqami: Isteʼmolchining hisob raqami

MFO: Gaz taʼminoti tashkiloti bank kodi MFO

 

STIR: Gaz taʼminoti tashkiloti STIR raqami

 

Rahbar: Gaz taʼminoti rahbarining F.I.O

 

 

________________(imzo) M.Oʻ

 

(imzo)___________________________

 

Aholiga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish to‘g‘risida Shartnoma