Jinoyat ishlari boʼyicha Iltimosnoma berilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning nomi sudiga Iltimosnoma muallifining F.I.Sh.dan |
||
|
|
|
ILTIMOSNOMА
(Sud ekologik ekspertizasi tayinlash to‘g‘risida)
Jinoyat ishlari bo‘yicha Iltimosnoma berilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning nomi sudining ish yurituvida Iltimosnoma muallifining F.I.Sh.ga nisbatan Аyblanuvchi(lar)ga nisbatan jinoyat ishi yuritilayotgan modda(lar) raqami moddasi bilan jinoyat ishi ko‘rilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy, asosli va adolatli qaror qabul qilish uchun Sud ekologik ekspertizasi tayinlash yo‘li bilan aniqlanishi lozim bo‘lgan holatning qisqacha tafsiloti holati aniqlanishi lozim. Chunki ushbu jinoyat ishi bo‘yicha ishning eng asosiy masalalari ekologiyaga salbiy ta’sir darajasi qanchalik ekanligiga bevosita bog‘liq. Ushbu holat esa sud ekologik ekspertizasini o‘tkazish orqali aniqlashtirilishi lozim. Dastlabki tergov davomida ekologik ekspertizasi o‘tkazilishini qayta-qayta so‘ragan boʼlsakda, tergov organi tomonidan ushbu turdagi ekspertiza o‘tkazilmadi.
Shu sababli holat aniqlanishi uchun sud ekologik ekspertizasi tayinlanishi, ekspertiza malakali mutaxasislar tomonidan o‘tkazilishi, ekspert xulosasidan kelib chiqqan holda qonuniy to‘xtamga kelish lozim boʼladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 172-moddasiga ko‘ra, ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni fan, texnika, sanʼat yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs otkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
Mazkur Kodeksning 180-moddasiga ko‘ra, ekspertiza tayinlash to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar yoki boshqa obyektlar, ularning qachon, qaerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza o‘tkazish topshirilgan shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 95, 172,173, 180-moddalariga asoslanib,
SOʼRАYMАN:
1. Mening sud ekologik ekspertizasi tayinlash haqidagi iltimosnomamni qanoatlantirishingizni;
2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Iltimosnoma berilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning nomi sudining ish yurituvidagi Jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi(lar)ning F.I.Sh.ga nisbatan Аyblanuvchi(lar)ga nisbatan jinoyat ishi yuritilayotgan modda(lar) raqami moddasi bilan yuritilayotgan jinoyat ishi yuzasidan sud ekologik ekspertizasi tayinlashingizni;
3. Ekspertiza o‘tkazishni malakali ekspertga yuklashingizni.
Iltimosnoma muallifining F.I.Sh. |