O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mehnat ta’tilini boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risida buyruq

Hujjat tavsifi
Buyruq rekvizitlari
Taraflar

Yuklab oling

BUYRUQ

Buyruq qabul qilingan sana

Buyruq raqami

Buyruq qabul qilingan joy

Mehnat ta’tilini boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risida

Mehnat kodeksi 229-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirish tartibi belgilangan.

Xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;

homiladorlik va tug‘ish ta’tilining muddati boshlanganda;

har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;

davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa;

jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Agar har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabablar ta’til boshlanguniga qadar kelib chiqqan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ta’tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta’til davrida kelib chiqqan hollarda ta’til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko‘ra ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasiga muvofiq,

BUYURAMAN

1. Xodimning F.I.O.si - Tashkilot nomi Xodimning lavozimining Mehnat ta’tili beriladigan yil-yil uchun tuzilgan mehnat ta’til grafigiga asosan Xodimning ta’til grafigiga asosan mehnat ta’tiliga chiqadigan oyi oyidagi mehnat ta’tili oilaviy sharoitini inobatga olgan holda Xodimning mehnat ta’tili ko‘chiriladigan oyi oyiga ko‘chirilsin.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasi, Xodimning F.I.O.sining rozilik arizasi.

Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi

_________________

Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si

(imzo)

 

Mehnat ta’tilini boshqa vaqtga ko‘chirish to‘g‘risida buyruq