O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xodim tanlovdan o‘tmaganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq

Hujjat tavsifi
Buyruq rekvizitlari
Taraflar

Yuklab oling

BUYRUQ

Buyruq qabul qilingan sana

Buyruq raqami

Buyruq qabul qilingan joy

 

Xodim tanlovdan o‘tmaganligi uchun mehnat

shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida

 

Mehnat kodeksining 169-moddasi. Mehnat shartnomasini yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylashda, tanlovda ishtirok etishni rad etganlik munosabati bilan bekor qilish

Agar qonunda xodimni muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan lavozimga saylash yoki muayyan lavozimni egallash uchun davriy tanlov o‘tkazish nazarda tutilgan bo‘lsa, tegishli lavozimni egallab turgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi muddatga saylanmaganligi yoki tanlovdan o‘tmaganligi yoxud saylashda, tanlovda ishtirok etishni rad etganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.

Agar saylov yoki tanlov bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etilsa, tegishli lavozimni egallagan xodim bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar davom etadi. Bunday holda saylov yoki tanlov bo‘lib o‘tmagan deb topilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay (agar qonunda boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa) yangi saylov yoxud tanlov o‘tkazilishi kerak.

Avval saylangan yoki tegishli lavozimga tanlov bo‘yicha o‘tgan xodim, agar u saylashda yoki tanlovda ishtirok etish uchun qonunchilikka muvofiq zarur bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatda topshirmagan bo‘lsa, saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad qilgan deb e’tirof etiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 169, 172-moddalariga muvofiq,

 

BUYURAMAN

 

1. Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismiTashkilot nomi Xodimning lavozimi belgilangan tartibda majburiy tanlovdan o‘tmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sanadan bekor qilinsin.

 

2. Buxgalteriya bo‘limiga: xodim Xodimning familiyasi, ismi, otasining ismiga tegishli toʻlovlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 169, 172-moddalari, xodimning tanlovdan o‘tmaganligi to‘g‘risidagi tanlov komissiyasining bayonnomasi.

 

Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi

_______________

Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si

(imzo)

 

Xodim tanlovdan o‘tmaganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruq