O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Loyiha ishlari pudrati shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

LOYIHA-QIDIRUV ISHLARI PUDRATI SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Kelgusida “Buyurtmachi” deb nomlanuvchi Buyurtmachining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Buyurtmachi nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan, kelgusida “Loyihachi” Loyihachining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Loyihachi nomidan harakat qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan Loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladigan joy nomi obyekti bo‘yicha loyiha qidiruv ishlarini ishlab chiqarishga doir ushbu shartnomani tuzdilar.

 

1. SHARTNOMANING MAZMUNI

1.1. Loyihachi Buyurtmachining Loyihalash topshirig‘i bo‘yicha ishchi Loyiha-qidiruv ishlarini (LQl)ni ishlab chiqish majburiyatini oladi.

1.2. Buyurtmachi Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriq berish, zarur bo‘ladigan boshlang‘ich ma’lumotlarni berish, bajarilgan ishlarni qabul qilib olish, belgilangan tartibda va miqdorda haqini to‘lash majburiyatini oladi.

1.3. Loyihachi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni “Korxona, bino va inshootlari Loyiha-qidiruv ishlari tarkibi, ishlab chiqish tartibi va tasdiqlash” haqidagi 1.03.01-03 SHNQ qoida va qo‘llanmalari va mazkur Shartnomaning hujjatlariga asoslanib bajaradi va tugallaydi.

1.4. Loyihachi ushbu LQI bo‘yicha barpo etilayotgan obyekt to‘liq qurilib, foydalanishga topshirilib, kafolat muddati tugaguncha SHNQ 1.03.07-2010 talablari asosida mualliflik nazoratini olib borish majburiyatini oladi.

1.5. “Loyihachi” mazkur ishlarni bajarishga Shartnoma imzolangan kundan boshlab kirishadi.

 

2. ISHLARNI BAJARISH MUDDATI

2.1 Mazkur Shartnomada LQlni tayyorlash muddati, Loyiha-qidiruv ishlarini tayyorlash muddati sanasi etib belgilanadi.

2.2 Buyurtmachi tomonidan topshiriq, birlamchi ma’lumotlarni berish va Loyihachi tomonidan Buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha ishchi LQI ishlab chiqish, amaldagi tartib qoidalar bo‘yicha topshirish muddatlarini tomonlar kalendar jadvalda belgilaydilar va u Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

2.3 Loyihachi Shartnomani 2.1 bandida ko‘rsatilgan muddatida Loyiha-qidiruv (LQI) ishlarini to‘liq yakunlab buyurtmachiga taqdim qilmasa, Shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

3.SHARTNOMA BAHOSI

3.1 Mazkur Shartnoma bo‘yicha Loyihachi tomonidan bajarilgan tanlov natijasida aniqlangan va tanlov komissiyasining qaroriga binoan barcha soliqlar, yig‘imlar va ajratmalarini o‘z ichiga olgan hołda Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan summa so‘mni tashkil qiladi.

4. TO‘LOV SHARTLARI

4.1 Shartnomada milliy valyuta “so‘mda” o‘zaro hisob-kitob qilinishi belgilanadi, to‘lovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Loyihachi hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

4.2. Mazkur Shartnoma bo‘yicha maqsadli avans, ishlar umumiy qiymatining Shartnoma bo‘yicha maqsadli avans miqdori foizini tashkil qiladi.

4.3. Buyurtmachi mazkur Shartnomada belgilangan ishlar to‘laligicha bajarilib, hajmi, sifati va Loyihachining hisoboti tekshirilib, Davlat ekspertizalaridan o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va xatolar, bildirilgan e’tirozlar bartaraf qilinib, ijobiy xulosalar olingandan keyin Shartnoma qiymati doirasida ilgari berilgan avansni hisobga olgan holda yakuniy to‘lovni amalga oshiradi.

5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Loyihachining majburiyatlari:

5.1. Loyihalash haqidagi topshiriqqa va boshqa boshlang‘ich ma’lumotlarga muvofiq ishlarni bajarish va natijasini Shartnomada belgilangan muddatda Buyurtmachiga topshirish majburiyatlarini oladi.

5.2 Tayyor bo‘lgan LQI hujjatlarini Buyurtmachi bilan birgalikda foydalanish tashkilotlari (elektr tarmoqlari korxonasi, vodokanal, raygaz, yong‘in xavfsizligi nazorati), tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib olish.

5.3 Buyurtmachining roziligisiz LQI hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermaslik.

5.4 Ishlab chiqilgan LQI hujjatlari asosida quriladigan obyektning qurilishi boshlanishidan qurilishi tugallanib foydalanishga topshirilgandan keyin kafolat muddati tugagunga qadar to‘laligicha, mualliflik nazoratini olib borish majburiyatini oladi. Ushbu grafik Buyurtmachiga Loyihachi tomonidan ishlar boshlangan kuni taqdim qilinadi. Loyihachi qurilish maydonida ko‘rinmas ishlar bajarilayotgan paytda qatnashishni kafolatlaydi.

Ushbu ko‘rinmas ishlar ro‘yxati amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan ishchi Loyihada ko‘rsatilishi shart.

5.5 Buyurtmachi bilan birgalikda ishlab chiqilgan LQlni Davlat va ekologik ekspertizalardan o‘tkazish, ularning qayd qilgan xato va kamchiliklarini, bildirgan e’tirozlarini beg‘araz bartaraf qilish majburiyatini oladi.

5.6 Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan dastlabki va birlamchi ma’lumotlarni, muhandislik qidiruv xulosalarini, Buyurtmachining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermaslik va ulardagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, ulardan faqat ushbu Shartnomadagi predmetda foydalanish majburiyatini oladi.

5.7 Loyihachi atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi Loyihasini ishlash (Zvos) majburiyatini oladi.

5.8 Loyihachi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-sonli va 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-son qarorlarini so‘zsiz bajarish majburiyatini oladi.

5.9 Loyihachi, Buyurtmachi tashkilotiga har bir obyekti bo‘yicha Mualliflik nazoratini yuritishga mas’ul qilib belgilangan hujjatlarini berish majburiyatini oladi.

Buyurtmachining majburiyati:

5.10. Loyihachidan olingan LQI hujjatlaridan faqat mazkur Shartnomada nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanish, LQI hujjatlarini Loyihachining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermaslik va ulardagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.

5.11. Shartnomada belgilangan miqdorda va muddatda Shartnomani 1.1-bandida nazarda tutilgan ishlarni qabul qilib olish va bajarganlik uchun Loyihachiga haq to‘lash.

5.12. Loyihachiga Loyiha ishlarini bajarishda ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda xizmat ko‘rsatish.

5.13. Tayyor bo‘lgan LQI hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda Loyihachi bilan birga qatnashish.

5.14. Loyihachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sababli Loyiha ishlarini bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar o‘zgarishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni Loyihachiga to‘lash.

5.15. Tayyorlangan LQI hujjatlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan Buyurtmachiga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo yuzasidan ishga qatnashishga Loyihachini jalb qilish.

5.16. Loyihachining huquqlari:

LQI hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida zarurat bo‘lsa ayrim maxsus qismlarini bajarish uchun yordamchi (subpodryadchiklarni) jalb qilishga haqlidir.

 

6. ISHLARNI TOPSHIRISH VA QABUL QILISH TARTIBI

6.1. Bajarilgan ishlarni baholash va qabul qilib Olish texnik topshiriq talablari asosida kalendar jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

6.2. Loyihachi tomonidan topshiriladigan va rasmiylashtiriladigan hujjatlar ro‘yxati texnik topshiriqda aniqlanadi.

6.3. Loyihachi ishlarni bajarib bo‘lgach, Buyurtmachiga texnik topshiriqda ko‘rsatilganidek topshirish – qabul qilish dalolatnomasi taqdim etadi.

6.4. Buyurtmachi mazkur Shartnomada ko‘rsatilganidek, topshirish – qabul qilish dalolatnomasini va hisobot hujjatlari bajarilgan ishlarni 5 kun mobaynida qabul qilish majburiyatini oladi va Loyihachiga imzolangan yoki asosli e’tiroz bildirilgan topshirish – qabul qilish dalolatnomasini jo‘natadi.

6.5. Bajarilgan ishlarni topshirish – qabul qilish davomida buyurtmachining asosli e’tirozi bo‘lsa, kamchiliklarning ro‘yxati va ularni bartaraf etishning aniq muddatini belgilovchi ikki tomonlama dalolatnoma tuziladi.

6.6. Agar ishlarni bajarish jarayonida, keyinchalik uni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi ma’lum bo‘lib qolsa, tomonlar 5 kun mobaynida bir-birlarini ishlar to‘xtatilganligi haqida xabardor qilishlari shart va 10 kun mobaynida ishlarni davom ettirish uchun maqsadga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlarini oydinlashtiruvchi masalalarni ko‘rib chiqishlari kerak. Ishlar to‘xtatilgan hollarda tomonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan majburiyatlar yuklanadi.

6.7. O‘zaro hisob-kitoblar qilishning muddati kelganligi, tomonlarning biri mazkur Shartnomadagi ishlarni to‘xtatish haqidagi yozma xabarnoma bergan sanadan hisoblanadi.

6.8.Bajarilgan ishlar (bosqichlar)da kamchilik va nuqsonlar aniqlanganda Loyihachi ularni beg‘araz bartaraf etadi.

6.9.Agar Loyihachi o‘tgan bosqich uchun hisobot bermasa, keyingi bosqich uchun moliyalashtirish ishlari bajarilmaydi.

 

7. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

7.1.Loyihachi LQI hujjatlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek tayyorlangan LQI hujjatlari ma’lumotlari asosida barpo etilgan obyektdan foydalanish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgardir va kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qilingan xarajatlarni qoplaydi.

7.2.LQI hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda Loyihachi Buyurtmachining talabi bilan LQI hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va buning oqibatida keltirilgan zararni to‘lashi shart.

7.3.Penyaning to‘langanligi va zararning qoplanganligi taraflarni o‘z majburiyatlarini bajarish yoki kamchiliklarni bartaraf etishdan ozod etmaydi.

7.4.Mazkur Shartnomada ishlarni bajarish grafigidagi majburiyatlarni buzganligi uchun ko‘rsatilgan o‘z majburiyatlariga rioya qilmaganligi va Shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun “Loyihachi” “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining “Loyihachi” “Buyurtmachi”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining foiz miqdorida to‘laydigan penya miqdori foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki ko‘rsatilmagan xizmatlar qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim.

7.5.Mazkur Shartnoma bilan nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

8. BARTARAF ETIB BO‘LMAYDIGAN KUCH HOLATI (FORS-MAJOR)

8.1. Agar tomonlar majburiyatlarining qisman yoki to‘la ijro etilmay qolishi tabiiy hodisalar, harbiy harakatlar va boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan boshqa kuchlar sababli sodir bo‘lgan bo‘lsa, hamda bu holat mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, tomonlar mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarining qisman yoki to‘la ijro etilmay qolgani uchun javobgarlikdan ozod bo‘ladilar.

Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning ijro muddati bartaraf etib bo'lmaydigan vaziyat, shuningdek shu vaziyat keltirib chiqargan oqibat xukm surgan vaqtga mos ravishda orqaga suriladi.

8.2.Agar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch vaziyati yoki uning oqibatlari 3 oydan ortiq vaqtga cho‘ziladigan bo‘lsa, Loyihachi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki noma’lum vaqtga to‘xtatish uchun chora-tadbirlar ko‘rishni muhokama qiladilar. Agar tomonlar ikki oy mobaynida bir to‘xtamga kela olmasalar, tomonlarning har qaysisi Shartnomani bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.

9. QO‘SHIMCHA SHARTLAR

9.I. Buyurtmachi shartnomaning 1.1 bandda ko‘rsatilgan obyektdan tashqari, Loyihachi tomonidan taqdim etilgan – bajarilgan ish natijalaridan foydalanishga haqli emas, Loyihachidan olingan birlamchi ma’lumotlardan boshqa maqsadlar uchun foydalanish huquqiga ega emas.

 

10. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA SHARTLARI

10.1.Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va uning shartlari to‘liq bajarilguncha o‘z kuchida qoladi.

10.2.Shartnomaning muddati tugashiga qaramay, tomonlar javobgarlikdan ozod etilmaydi.

10.3.Shartnomaning amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati

 

11. BAHSLARNI HAL ETISH TARTIBI

11.1. Shartnomani tuzish, ijro etish, o‘zgartirish va bekor qilish, shuningdek keltirilgan zararni qoplash chog‘ida tomonlar o‘rtasida vujudga keladigan bahslar o‘zaro muhokama qilinib kelishuvga erishish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

12. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA UNGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

12.1. Ushbu Shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma ravishda rasmiylashtirilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.

12.2. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga taraflarning kelishuviga ko‘ra, yetkazilgan zararni qoplash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.

12.3.Loyihachining aybi bilan ishlarning borishi to‘xtab qolsa va ishlarning tugatilishi Shartnomada belgilangan muddatdan bir oydan oshiq muddatga kechiktirilsa, berilgan topshiriqda nazarda tutilgan ishlar sifati mavjud talablarga javob bermasa, Buyurtmachi Shartnomani bekor qilishga haqli.

12.4.Loyihachiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Loyiha ishlari Buyurtmachi tomonidan bir oydan oshiq muddatga to‘xtatilsa, Buyurtmachi Loyihalash ishlarining haqini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, Loyihachi Shartnomani bekor qilishga haqli.

12.5.Shartnomani bekor qilish haqida qarorga kelgan tomon ikkinchi tomonga 10 kun oldin yozma bildirishnoma yuboradi, ikkinchi tomon 10 kungacha e’tiroz bildirmasa Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.

12.6.Mazkur Shartnoma bil xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 2 nusxada tuziladi.

 

7. TARAFLARNING REKVIZITLARI

BUYURTMACHI:

Yuridik manzili: Buyurtmachining yuridik manzili

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

Bank kodi: Buyurtmachining bank kodi

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

Buyurtmachining telefon raqami

 

LOYIHACHI:

Yuridik manzili: Loyihachining yuridik manzili

H/R: Loyihachining hisob raqami

Bank kodi: Loyihachining bank kodi

STIR: Loyihachining STIR raqami

Loyihachining telefon raqami

 

 

 

Loyiha ishlari pudrati shartnomasi