O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan yuridik tashkilotlar oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga oid shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan

yuridik tashkilotlar oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga oid

NAMUNAVIY SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

 

 

Kelgusida “Xizmat ko‘rsatuvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va kelgusida “Buyurtmachi” deb ataluvchi yuridik shaxs Buyurtmachi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan ish yurituvchi rahbari Buyurtmachi yuridik shaxs rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan birgalikda (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataladi) ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

Oʻzbekiston Respublikasining alohida hududlari boʻyicha tasdiqlangan qattiq maishiy chiqindilarning (keyingi oʻrinlarda – QMCH deb ataladi) toʻplanish meʼyorlariga, muvofiq Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan Buyurtmachida toʻplanadigan va amalda olib chiqib ketiladigan QMCHlarning yillik miqdori Qattiq maishiy chiqindilarning yillik miqdori kub metrda kub metr etib belgilandi, bunda, xizmat haqi toʻlovlari belgilangan tartibda kelishilgan reja-jadvalga muvofiq amalda (haqiqatda) olib chiqib ketilgan QMCH miqdorlari uchun toʻlanadi.

1. Shartnomaning mavzusi

 

1.1. Quyidagilar shartnomaning mavzusi hisoblanadi:

Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan maxsus texnikalar va ishchi kuchlari (inson resurslari) bilan oʻziga biriktirilgan obyektda faoliyat yurituvchi Buyurtmachi tomonidan toʻplanadigan va amalda olib chiqib ketiladigan maishiy chiqindilarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida ortish va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish;

Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilash;

Tomonlar oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish infratuzilmasini amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida takomillashtirish va rivojlantirish;

Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan Buyurtmachiga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqini belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar asosida toʻlanishi tartibi va muddatlarini belgilash;

Tomonlar oʻrtasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal qilish tartibini belgilash.

2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Xizmat koʻrsatuvchining majburiyatlari:

maishiy chiqindilarni Buyurtmachi bilan kelishilgan reja-jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda va sifatli yigʻib olib chiqib ketish uchun yetarli miqdorda maxsus transport vositalari, maxsus texnikalar va ishchi kuchlariga ega boʻlish;

QMCHlarni Buyurtmachi bilan kelishilgan reja-jadvalga muvofiq Buyurtmachiga tegishli hududdagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida oʻrnatilgan konteynerlar va maxsus chiqindi qutilardan muntazam ravishda olib chiqib ketilishini taʼminlash;

maishiy chiqindilarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida yigʻib olib chiqib ketilishida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;

maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Buyurtmachilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;

QMCHlarni ortish va olib chiqib ketilishida Buyurtmachiga tegishli boʻlgan chiqindi konteynerlari va maxsus chiqindi qutilarining bus-butunligini, texnik holatiga zarar yetkazilmasligini taʼminlash;

maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish xizmati uchun belgilangan tariflar oʻzgargan hollarda bu haqda Buyurtmachini kamida bir oy oldin xabardor qilish.

Buyurtmachilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish.

 

2.2. Xizmat koʻrsatuvchining huquqlari:

 

Buyurtmachiga tegishli hududlarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida konteynerlar va maxsus chiqindi qutilari belgilangan tartibda oʻrnatilishini Buyurtmachidan talab qilish;

maxsus transport vositalari, maxsus texnikalar va ishchilarning chiqindi konteynerlari va maxsus chiqindi qutilari joylashgan obyektlarga bevosita kirib borilishini Buyurtmachidan talab qilish;

yirik gabaritli qurilish chiqindilari va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;

maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar haqini oʻz muddatida toʻlanishini Buyurtmachidan talab qilish.

Xizmat koʻrsatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

2.3. Buyurtmachining majburiyatlari:

Oʻziga tegishli hududda oʻz hisobidan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida konteynerlar va maxsus chiqindi qutilari oʻrnatish;

chiqindi konteynerlari va maxsus chiqindi qutilarini joylashtirishda maxsus transport vositalari, maxsus texnikalarning ortish joyiga bemalol (bevosita) kirib borishi va ishchilar uchun qulay ish sharoitlari boʻlishini taʼminlash;

oʻziga tegishli hududda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirishda Xizmat koʻrsatuvchiga koʻmaklashish;

chiqindi konteynerlari va maxsus chiqindi qutilarini tozalash va belgilangan tartibda dezinfeksiya ishlari oʻtkazilishini taʼminlash;

QMCHlarni chiqindi konteynerlari va chiqindi qutilarida belgilangan tartibda alohida saralab yigʻish tamoyili asosida yigʻishni, shuningdek, qurilish chiqindilari va yirik gabaritli chiqindilarni alohida yigʻilishini taʼminlash;

hisobot oyidan keyingi oyning 4-kunidan kechiktirmay, amalda bajarilgan ish hajmlarini tasdiqlovchi dalolatnomalarini tuzish;

har oyning 10-kuniga qadar Xizmat koʻrsatuvchining hisob raqamiga shartnoma qiymati hajmining 15% miqdorida avans toʻlovlarini amalga oshirish. Tomonlarning kelishuviga koʻra oyning 10-kunidan oldin 100% oldindan toʻlov varianti qabul qilinishi mumkin.

 

2.4. Buyurtmachining huquqlari:

Xizmat koʻrsatuvchi tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini monitoring qilish (shu jumladan, chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda);

maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya etilishini talab qilish;

xizmatlar koʻrsatish jarayonida Xizmat koʻrsatuvchi aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish;

muayyan davrda yoki biriktirilgan hududdagi muayyan belgilangan joylarda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmagan yoki qisman koʻrsatilmagan taqdirda xizmatlar qiymatini toʻlamaslik yoki qisman toʻlamaslik;

har oyda amalda bajarilgan ishlar/xizmatlar miqdorini tasdiqlovchi dalolatnomalarni belgilangan muddatlarda talab qilish;

ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etilishini talab qilish;

koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini baholashni amalga oshirish;

Xizmat koʻrsatuvchining maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish tariflariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi (asosli hisob-kitoblarni taqdim etgan holda) hisob-kitoblarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqish.

 

3. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha quyidagi xizmat koʻrsatish tarif turlari qo‘llanadi:

 

 

Xizmat koʻrsatish turlari

Ish hajmi turlari birliklari boʻyicha tarif turi

1

QMCHlarni ortish va olib chiqib ketish xizmati:

 

 

byudjet tashkilotlaridan

1kub.m uchun Qattiq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga byudjet tashkilotlari uchun soʻm

 

xoʻjalik hisobidagi korxonalardan

1kub.m uchun Qattiq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga xo‘jalik hisobidagi korxonalar uchun soʻm

2

Suyuq maishiy chiqindilarni ortish va olib chiqib ketish xizmati:

 

 

byudjet tashkilotlaridan

1tn uchun Suyuq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga byudjet tashkilotlari uchun soʻm

 

 

xoʻjalik hisobidagi korxonalardan

1tn uchun Suyuq maishiy chiqindilarni ortish va olib ketish xizmati narxi 1 kub metrga xo‘jalik hisobidagi korxonalar uchun soʻm

 

3.2. Hisobot oyida amalga oshirilgan ish hajmlari uchun toʻlovlar Buyurtmachi tomonidan toʻlov-faktura qabul qilingan kundan keyin amalga oshiriladi. Bunda, Buyurtmachi Xizmat koʻrsatuvchiga oldindan pul oʻtkazib, keyinchalik amalda bajarilgan ish hajmlari uchun toʻlovlarni tegishli dalolatnomalar orqali hisob-kitobini yuritishi mumkin.

3.3. Toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda Buyurtmachi shartnomada koʻrsatilgan muddatdan kechiktirilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4% miqdorida, lekin kechiktirilgan toʻlov summasining 50% dan oshmagan miqdorida penya toʻlaydi.

 

4. Tomonlarning javobgarligi

4.1. Shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlari Tomonlar tarafidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilib, tomonlardan biriga zarar yetkazilgan taqdirda, aybdor tomon yetkazilgan barcha zararlarni tasdiqlangan hujjatlar asosida toʻliq qoplaydi.

4.2. Ushbu shartnoma boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim boʻlgan darajada bajarilmaganligi uchun Tomonlar qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq javob beradilar.

 

5. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish

5.1. Ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning roziligi boʻyicha yoki fors-major holati vujudga kelganda amalga oshiriladi.

5.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar qoʻshimcha kelishuvlar tuzish orqali yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

5.3. Tomonlar kelisha olmagan taqdirda, ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoki bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5.4. Tomonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.

5.5. Shartnomani bir tomonlama bekor qilish tashabbusi quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyiladi:

tomonlardan biri tomonidan shartnoma shartlarining surunkali bajarilmasligi tufayli;

tomonlardan biri faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi yoki toʻxtatib qoʻyilishi hollarida;

oʻz faoliyatini toʻxtatish maqsadi toʻgʻrisida faoliyatning toʻxtatilishi kutilayotgan sanadan uch oy oldin Buyurtmachini xabardor qilgan holda, Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning tashabbusi bilan.

5.6. Ushbu shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan Tomon ikkinchi tomonga bu toʻgʻridagi bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish orqali yozma bildirishnoma yuboradi.

 

6. Nizolarni hal qilish tartibi

 

6.1. Ushbu shartnoma doirasida kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha hal etiladi.

6.2. Kelishuv bilan hal etilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

 

7. Shartnomaning amal qilish muddati

7.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati gacha amal qiladi.

7.2. Shartnoma muddati tugagach, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar qoniqarli bajarilgan taqdirda shartnomaning amal qilish muddati Tomonlarning kelishuvi boʻyicha uzaytiriladi.

7.3. Shartnomaning amal qilish muddati davomida tomonlarning kelishuviga muvofiq ushbu shartnomaga uning ajralmas qismini tashkil etadigan ilova sifatida qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

 

8. Yengib boʻlmaydigan kuch

(fors-major) holati

 

8.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha biron-bir majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim boʻlmagan darajada bajarilganligi uchun, agar bunday majburiyatlarning bajarilmasligini yoki lozim boʻlmagan darajada bajarilganligini yengib boʻlmaydigan kuch holati keltirib chiqargan taqdirda, javob bermaydilar.

8.2. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlariga Tomonlarning ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan, mazkur sharoitlarda favqulodda va kutilmagan vaziyatlar kiradi. Keltirilgan roʻyxat toʻliq hisoblanmaydi. Bunday vaziyatlarga bozorda ishlarni amalga oshirish uchun zarur xizmatlar yoki materiallar mavjud emasligi yoki yetishmasligiga taalluqli holatlar kirmaydi.

8.3. Tomon darhol (yoki boshlangan sanadan boshlab uch kalendar kunidan kechikmay) fors-major holatining boshlanish sanasi va tavsifini aniqlashtiruvchi yozma ravishda bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborish orqali xabar beradi.

8.4. Fors-major holatlari vujudga kelgan taqdirda, Tomonlar darhol yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yoʻllarini qidirish uchun muzokaralar olib boradilar va bunday holatlarning oqibatlarini kamaytirish uchun barcha vositalarni qoʻllaydilar.

8.5. Ushbu shartnoma boʻyicha ishlarning fors-major holatlari tufayli toʻliq yoki qisman toʻxtatilishida mazkur ishlarni olib borish davri fors-majorning amal qilish muddatiga uzaytiriladi va fors-major tugagan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

 

9. Yakunlovchi qoidalar

 

9.1. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 asl nusxada tuzildi. Bir nusxasi Buyurtmachida, ikkinchisi Xizmat koʻrsatuvchida saqlanadi.

9.2. Ushbu shartnoma ilovalari va qoʻshimcha kelishuvlar uning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

XIZMAT KO‘RSATUVCHI:

Yuridik manzili: Xizmat ko‘rsatuvchining yuridik manzili

H/R: Xizmat ko‘rsatuvchining hisob raqami

Bank kodi: Xizmat ko‘rsatuvchining bank kodi

STIR: Xizmat ko‘rsatuvchining STIR raqami

Xizmat ko‘rsatuvchining telefon raqami

 

BUYURTMACHI:

Yuridik manzili: Buyurtmachining yuridik manzili

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

Bank kodi: Buyurtmachining bank kodi

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

Buyurtmachining telefon raqami

 

Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar bilan yuridik tashkilotlar oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga oid shartnoma