SOTUVCHI TOMONIDAN MAHSULOT YETKAZIB BERISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Sotuvchi korxonaning nomi (keyingi o‘rinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Sotuvchi korxonaning rahbari familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va Sotib oluvchi korxonaning nomi (keyingi o‘rinlarda “Sotib oluvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Sotib oluvchi korxona rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Yetkazib beruvchi mazkur shartnomaning 1.2-bandida nazarda tutilgan tovarlarni shartnomada belgilangan muddatda Sotib oluvchiga mulk qilib topshirish majburiyatini oladi, Sotib oluvchi esa, o‘znavbatida, ushbu tovarlarni qabul qilib olish va mazkur shartnoma shartlari asosida o‘zvaqtida haqini to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. Yetkazib berish narsasi bo‘lib quyidagi tovarlar (keyingi o‘rinlarda “Tovarlar” deb yuritiladi) hisoblanadi. Yetkazib berilayotgan tovarlarning nomi
Tovar haqi shartnoma boʻyicha har bir yetkazilgan tovar va xarajatlar summasi miqdorida toʻlanadi. Tovar yetkazib berilganligi bilan tasdiqlanadi.
1.3. Mazkur shartnomaning umumiy amal qilish muddati Shartnomaning amal qilish muddati ni tashkil qiladi.
Shartnomaning umumiy amal qilish muddati mazkur shartnoma imzolangan paytdan boshlanadi.
1.4. Sotib oluvchi Yetkazib beruvchi tomonidan etkazib berilgan tovarlar uchun Yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lanadigan haq miqdori haq to‘laydi.
2. TOVARLARNI YETKAZIB BERISH TARTIBI
2.1. Tovarlar Yetkazib beruvchi tomonidan Sotib oluvchiga jo‘natish yo‘li bilan yetkazib beriladi.
2.2. Tovarlarni yetkazib berish ularni Tovarlarni yetkazib berish vositasi orqali yetkazib beruvchi tomonidan jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2.3. Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni toʻliq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi-sotuvchi yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda yoki davrlarda toʻldirishi lozim.
2.4. Sotib oluvchi yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan tovarlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
2.5. Sotib oluvchi shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini taʼminlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Sotib oluvchi sotib olgan tovarlarni tovarlar yetkazib berilganidan keyin darhol koʻzdan kechirishi, agarda yetkazib berish bilan bogʻliq kamchiliklar aniqlangan taqdirda, tovar yetkazib beruvchi-sotuvchini zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
3. SHARTNOMA TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Sotuvchining huquqlari:
–sotilgan tovar haqini toʻlashni;
–tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olishni;
–shartnoma shartlariga toʻliq rioya etishni;
–sotib oluvchi tomonidan oʻziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish.
Sotib oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan asoslarsiz mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchidan tovarni qabul qilib olmagan yoki tovarni rad etgan hollarda mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi sotib oluvchidan tovar haqini toʻlashni talab qilishga haqli.
3.2. Sotuvchining majburiyatlari:
–tovarni sotib oluvchiga mulk qilib topshirish;
–shartnomada nazarda tutilgan tovarni topshirish;
–shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirish;
–shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarni topshirish;
–uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirish;
–shartnomada nazarda tutilgan tovarni sotib oluvchiga idishda yoki oʻralgan holda topshirish;
–tovarni sotib oluvchiga topshirgunga qadar saqlash.
3.3. Sotib oluvchining huquqlari:
–sotib olayotgan tovarni oʻziga mulk qilib topshirishni;
–shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi tovarni topshirishni;
–shartnomada koʻrsatilgan sifatdagi tovarni topshirishni;
–uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi boʻlgan tovarni topshirishni talab qilish.
3.4. Sotib oluvchining majburiyatlari:
–sotib olgan tovar haqini oʻz vaqtida toʻlash;
–tovarni oʻz vaqtida qabul qilib olish;
–shartnoma shartlariga toʻliq rioya etish;
–sotuvchiga yetkazilgan zararni qoplash.
Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga oʻn kun muddat ichida maʼlum qilishi shart.
4. TOVARLARNING SIFATI VA BUTLANISHI
4.1. Yetkazib berilayotgan tovarlar sifati va butlanishi jihatidan Yetkazib berilayotgan tovarlar sifati va butlanishi talablari asosi
talablariga javob berishi shart.
4.2. Tovarning sifatliligi va butlanganligi Yetkazib beruvchi tomonidan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
4.3. Mazkur shartnomaning 4.1. va 4.3-bandlarida nazarda tutilmagan tovarlarning sifati va butlanishi jihatidan qo‘shimcha talablar va aniqlashtiruvchi tavsiflar taraflarning alohida kelishuviga muvofiq belgilanadi.
5. SHARTNOMA BOʻYICHA JAVOBGARLIK
5.1. Agar sotib oluvchiga uning talabiga koʻra sotish joyida darhol tovar toʻgʻrisidagi axborotni olish imkoni berilmagan yoxud uning tovarni koʻzdan kechirish, tovarning xossalarini tekshirish yoki tovardan foydalanishni koʻrsatishni talab qilish huquqi taʼminlanmagan boʻlsa, uchakana oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli oʻzi koʻrgan zararni toʻlashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan boʻlsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, tovar uchun toʻlangan summani qaytarishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Sotib oluvchiga tovar toʻgʻrisida tegishli axborot olish imkonini bermagan sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng tovarda paydo boʻlgan kamchiliklar uchun ham, agar sotib oluvchi bu kamchiliklar oʻzida bunday axborot boʻlmagani sababli paydo boʻlganini isbotlasa, javobgar boʻladi.
5.2. Agarda tovar sotib oluvchiga idishsiz va oʻramagan holda yoki tegishli idishga joylamagan va tegishli darajada oʻramagan holda topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi sotuvchidan tovarni idishga joylashtirish va oʻrashni yoxud tegishli boʻlmagan idish va oʻrashni almashtirishni talab qilish yoki bu talablarni qoʻyish oʻrniga ushbu shartnomaning 4.3-bandi birinchi qismidagi talablarni qoʻyishga haqli.
5.3. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 434-moddasiga koʻra, sotib oluvchiga sifati tegishli darajada boʻlmagan tovar sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida maʼlum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz xohishiga koʻra:
xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
xarid narxini tegishincha qayta hisoblagan holda boshqa markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada boʻlgan tovarga almashtirishni;
tovarning kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki sotib oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovarning kamchiliklarini bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
koʻrilgan zarar oʻrnini qoplagan holda shartnoma bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Tovar uchun toʻlangan pul summasini sotib oluvchiga qaytarish vaqtda sotuvchi undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
4.4. Sotuvchi shartnoma boʻyicha majburiyatni bajarmagan taqdirda, zararni qoplash va neustoyka toʻlash sotuvchini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
4.5. Agarda sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, sifati, idishi va oʻralishi toʻgʻrisidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga oʻn kun muddat ichida maʼlum qilmasa, sotuvchi shartlar buzilganligi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
4.6. Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun neustoyka penya shaklida undiriladi. Bunda penyaning miqdori har bir yetkazib berilmagan yoki yetkazib berish muddatlari buzilgan tovarlar umumiy summasining Tovarlarni toʻliq yetkazib bermaganlik yoki yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborganlik uchun undiriladigan penya miqdori foizda miqdorida majburiyat amalda bajarilguniga qadar undiriladi.
5.KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SHARTLARI
5.1. Tomonlar amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq holda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlarini buzadigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaslik, shu jumladan noqonuniy to‘lovlar taklif qilmaslik, bunday to‘lovlarga ruxsat bermaslik, va’da qilmaslik, shuningdek har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan (lekin ular bilan cheklanmagan holda) tijorat tashkilotlariga, davlat va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, davlat xizmatchilariga, xususiy kompaniyalarga va ularning vakillariga naqd pul yoki boshqa shaklda (lekin cheklanmagan holda) pora bermaslik va pora talab qilmaslik hamda qonunga xilof boshqa xatti-harakatlar sodir etmaslik majburiyatini oladilar.
5.2. Tomonlardan biri ushbu bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa tomon bir tomonlama va sudgacha bo‘lgan tartibda ushbu shartnomani bajarishni rad etishga haqli. Ushbu bandga muvofiq shartnoma bekor qilingan taqdirda tomonlar bir-birlariga kompensatsiya to‘lamaydilar.
6. FORS-MAJOR HOLATLAR
6.1. Mahsulot yetkazib beruvchi-sotuvchi fors-major holatlar (majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch taʼsiri: tovar yetkazilayotgan paytda sodir boʻlgan tasodifiy shikastlanish, sotib oluvchi egaligida suv tegishi natijasida tovarning yomon holatga kelishi va boshqa holatlar) natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
7. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
7.1. Taraflar oʻrtasida ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq yuzaga kelgan barcha kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokara yoʻli bilan hal qilinadi.
7.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud orqali hal qilinadi.
8. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
8.1. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama (toʻliq yoki qisman) bosh tortishga taraflardan biri shartnomani jidddiy buzgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Shartnomani buzish quyidagi hollarda jiddiy deb topiladi:
–tegishli darajada sifatli boʻlmagan, sotib oluvchi uchun maqbul muddatda bartaraf qilib boʻlmaydigan kamchiliklarga ega boʻlgan tovarlarni yetkazib berish;
–tovarlarni yetkazib berish muddatlarini bir necha bor buzish.
8.2. Agar mahsulot yetkazib berish shartnomasini bekor qilish yoki oʻzgartirishning boshqa muddati bildirish xatida nazarda tutilmagan boʻlsa, shartnoma bir taraf boshqa tarafdan shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bir taraflama bosh tortish toʻgʻrisida bildirish xati olgan paytdan boshlab oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi.
8.3. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega.
9. TARAFLARNING REKVIZITLARI
SOTUVCHI: Yuridik manzili: Sotuvchining yuridik manzili H/R: Sotuvchining hisob raqami Bank kodi: Sotuvchining bank kodi STIR: Sotuvchining STIR raqami Sotuvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami Rahbar imzosi
Muhr o‘rni |
SOTIB OLUVCHI: Yuridik manzili: Sotib oluvchining yuridik manzili H/R: Sotib oluvchining hisob raqami Bank kodi: Sotib oluvchining bank kodi STIR: Sotib oluvchining STIR raqami Sotib oluvchining telefon raqami Rahbar imzosi
Muhr o‘rni |