O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Vakillik shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

VAKILLIK SHARTNOMASI NAMUNASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Vakolat beruvchining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Vakolat beruvchi” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Vakolat beruvchi rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan va Vakillik qiluvchi tashkilot nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda “Vakil” deb yuritiladi) nomidan harakat qiluvchi rahbari Vakillik qiluvchi tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Vakolat beruvchi Vakilga, keyingi o‘rinlarda “Vakillik hududi” deb nomlanuvchi belgilangan vakillik hududida quyidagi bitimlarni tuzishga mutlaq huquqni beradi: Vakilga vakillik hududida tuzishga ruxsat berilgan bitimlarning turlari

 

2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. Vakil vakolat beruvchining mafaatlarini ifodalashi va mazkur shartnomaning barcha shartlarini vijdonan bajarishi shart.

2.2. Vakil mazkur shartnomani bajarish jarayonida Vakolat beruvchidan olingan va unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlashi shart.

2.3. Vakil muntazam, lekin oyiga kamida bir marta Vakolat beruvchiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida (tuzilgan va tuzish rejalashtirilayotgan bitimlar bo‘yicha) hisobotlarni taqdim etib borishi lozim.

 

3. SHARTNOMA BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR

3.1. Vakilning vositachilik haqqi Vakil tomonidan Vakolat beruvchi foydasiga tuzilgan barcha bitimlar summasining Vakilning vositachilik haqqi miqdori foizini tashkil etadi.

3.2. Vakolat beruvchi oldindan to‘lov tartibida Vakilga Vakolat beruvchi tomonidan oldindan to‘lanadigan summa miqdori so‘m miqdorida haq to‘laydi va so‘nggi hisob-kitob paytida oldindan to‘langan summa chegirib tashlanadi.

3.3. Taraflar o‘rtasida hisob-kitoblar to‘lov topshiriqnomasi bilan pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

 

4. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

 

4.1. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

4.2. Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nizo talabnoma bildirish tartibiga rioya qilingandan keyin fuqarolik yoki iqtisodiy sudda koʻrib chiqiladi.

 

5. MAXSUS SHARTLAR

5.1. Mazkur shartnomaning amal qilishi Vakil tomonidan 1.1-bandda ko‘zda tutilgan bitimlarni tuzish bilan chegaralanadi.

Vakil Vakolat beruvchini ogohlantirmagan holda uning foydasiga boshqa yangi bitimlarni tuzsa va bu bitimlar sezilarli iqtisodiy naf keltirgan bo‘lsa, to‘lanadigan haq miqdori va to‘lov tartibini Vakilning o‘zi belgilaydi.

5.2. Ushbu shartnomaning bir yoki bir necha shartlari o‘z kuchini yo‘qotgan taqdirda, bu holat shartnomaning boshqa alohida shartlariga daxl qilmaydi.

6. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

 

6.1. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilgan va ikkala tarafning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan holdagina, haqiqiy hisoblanadi.

6.2. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnoma amalda bo‘ladigan sana gacha amal qiladi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

VAKOLAT BERUVCHI:

Yuridik manzili: Vakolat beruvchining yuridik manzili

H/R: Vakolat beruvchining hisob raqami

Bank kodi: Vakolat beruvchining bank kodi

STIR: Vakolat beruvchining STIR raqami

Vakolat beruvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqam

 

Muhr orni

VAKIL:

Yuridik manzili: Vakilning yuridik manzili

H/R: Vakilning hisob raqami

Bank kodi: Vakilning bank kodi

STIR: Vakilning STIR raqami

Vakil bilan bog‘lanish uchun telefon raqam

 

Muhr orni

 

 

Vakillik shartnomasi