O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlarni investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy shaxslarga berish boʻyicha ijara shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

Yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlarni investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy shaxslarga berish boʻyicha

IJARA SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Ijaraga beruvchi tashkilotining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “ijaraga beruvchi” deb yuritiladi) nomidan ish yurituvchi Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O bir tomondan, Ijaraga oluvchi shaxsning F.I.O (keyingi oʻrinlarda – “ijarachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ushbu shartnomani tuzdilar.

 

I. Umumiy qoidalar

1. Shartnomaning obyekti boʻlib, Ijaraga beruvchi tashkilotining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yerlaridan jami Jami ijaraga beriladigan yer maydoni hajmi gektar, shundan, Ijaraga berilayotgan ekin yerlari maydoni gektar ekin yeri Ijaraga berilayotgan yaylov yerlari maydoni gektar yaylov, Ijaraga berilayotgan boz yerlar maydoni gektar boshqa foydalanilmaydigan boʻz yerlardan iborat.

2.  Yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlarni Ijaraga oluvchi tomonidan taklif etilayotgan investitsion loyihalar mazmuni

boʻyicha investitsion loyiha (biznes rejasi)ga muvofiq Ijarachi tomonidan kiritilayotgan investitsiya miqdorisoʻm investitsiya kiritishi hamda Yangi tashkil qilinayotgan ish o‘rinlari yangi ish oʻrinlari yaratishi belgilandi.

3. Shartnoma Shartnomaning amal qilishi boshlanadigan sanadan Shartnomaning amal qilishi tugaydigan sana bo‘lgan muddatga imzolandi.

4. Shartnomaning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega hamda taraflarga yoki taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra ularning tegishli huquq va majburiyatlari berilishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

5. Shartnomaning amal qilish muddati davomida ijaraga berish maqsadi, faoliyat turi va yoʻnalishini oʻzgartirishlar tomonlarning yozma qoʻshimcha kelishuvi bilan amalga oshiriladi.

6. Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan va qoʻmitadan roʻyxatdan oʻtgandan boshlab kuchga kiradi va shartnoma muddati tugagunga qadar yoki bekor qilinishiga qadar shartlar majburiy hisoblanadi.

II. Ijara haqi boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi

1. Ijara haqi taraflar tomonidan har yili belgilanadigan alohida kelishuv orqali tasdiqlanadi.

2. Ijara toʻlovining belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya hisoblanishiga sabab boʻladi. Bunda penya miqdori ijara toʻlovining qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. Penya va jarimalarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish tomonidan amalga oshiriladi.

3. Ijarachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari ijarachiga xato va kamchiliklarni bajarish muddatini koʻrsatgan holda talabnoma bildirishga, talabnoma bajarilmaganda, ijara shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ijaraga beruvchi bilan kelishgan holda sudga murojaat qilishga haqli boʻladi.

 

 

III. Ijaraga beruvchi tashkilotining huquqlari va majburiyatlari

1.Ijaraga beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga beruvchi tashkilot ijarachi tomonidan shartnoma shartlari buzilganda yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish zarur boʻlganda, xarajatlar belgilangan tartibda qoplash, ushbu shartnomani oʻzgartirishni yoki bekor qilish haqida ijaraga beruvchiga xabar berish;

ijarachining qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilish;

shartnoma shartlari ijarachi tomonidan buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda shartnomani bir tomonlama yoki sud tartibida bekor qilish chorasini koʻrish;

ijara haqini muddatida toʻlanishini talab qilish.

2. Ijaraga beruvchi tashkilot quyidagilarga majbur:

ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, shartnoma shartlariga muvofiq holatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida berilishini taʼminlash;

ijarachining faoliyatiga davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan noqonuniy aralashishga yoʻl qoʻymaslik chorasini koʻrish.

tabiiy ofatlarni bartaraf etishga koʻmaklashish, muhofaza qilish ishlarini qonun va qonun osti hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;

 

IV. Ijarachining huquq va majburiyatlari

1. Ijarachi quyidagi huquqlarga ega:

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq ravishda xoʻjalik yuritish;

yer uchastkasida mavjud boʻlgan oʻrmonzorlar, suv obyektlaridan xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy oʻgʻitlar bilan oziqlantirish orqali yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;

ijarachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.

2. Ijarachi quyidagilarga majbur:

shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga beruvchidan 10 (oʻn) kun muddatda yer uchastkasining chegaralari koʻrsatilgan xaritaga muvofiq, yer maydonidagi daraxtlar, irrigatsiya, melioratsiya tizimlari, yoʻllar va boshqa infratuzilma obyektlari hamda yerning holati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar bayon qilingan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida foydalanishga biriktirib olish;

ijaradan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlash;

ijarachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.

 

V. Shartnomaga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va bekor qilish tartibi

1. Shartnoma quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:

Jismoniy shaxs yuridik shaxsning muassisi boʻlganda shu yuridik shaxs nomiga, yuridik shaxs muassisiga, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, jismoniy shaxs vafot etganda uning merosxoʻrlariga va boshqa hollarda shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra, kelishuviga erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

2. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;

yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, samarasiz foydalanilganda, ijarachining bir yil davomida ijara haqi toʻlanmaganda;

yerlarning ekologik holati ijarachining aybi bilan yomonlashganda;

shartnoma shartlari bajarilmaganda;

shartnomaning muddati tugaganda;

yuridik shaxs bankrot boʻlganda yoki tugatilganda;

jismoniy shaxs vafot etganda;

yer uchastkasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda;

sudning qaroriga asosan;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham bekor qilinishi mumkin.

3. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda rasmiylashtiriladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.

 

VI. “Ijarachi”ning yaylovlarni yoki koʻp yillik daraxtzorlar yerlarini qaytarish tartibi

1. Shartnoma muddati tugagandan soʻng 5 kunlik muddat ichida topshirish-qabul qilish dalolatnomasini ijaraga bergan tashkilot tomonidan tuziladi va belgilangan tartibga rioya qilgan holda ijarachi tomonidan yer maydonlari qaytariladi.

2. Shartnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran, ijarachining ushbu yaylov yoki koʻp yillik daraxtzorlar yer maydonlariga nisbatan ijara huquqi ham bekor qilinadi.

 

VII. Nizolarni hal qilish tartibi

1.  Nizolar boʻyicha taraflar sudga murojaat etishdan oldin oʻzaro muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan koʻrib chiqish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:

2. Shartnomalarini tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha taraflar kelishuvga erishilmaganda, sud tomonidan hal etiladi.

 

VIII. Fors-major holatlar

28. Shartnoma majburiyatlarni lozim darajada bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi yengib boʻlmas kuch va boshqa tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan oqibatlar uchun tomonlar javobgar boʻlmaydi.

 

IX. Yakuniy qoidalar

30. Mazkur shartnoma taraflar oʻrtasida ikki nusxada oʻzbek tilida, taraflarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi. Barcha nusxalar bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.

31. Mazkur shartnoma oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi, roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI

 

Ijaraga beruvchi:

 

Ijaraga oluvchi:

Yuridik manzil:Ijaraga beruvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Ijaraga oluvchining manzili

H/r: Ijaraga beruvchi tashkilotning hisob raqami

 

INN: Ijaraga oluvchining INN raqami

Bank nomi: Ijaraga beruvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

 

Bank kodi: Ijaraga beruvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi

 

 

STIR: Ijaraga beruvchi tashkilotning STIR raqami

 

 

Telefon raqami: Ijaraga beruvchi tashkilotning aloqa uchun telefon raqami

 

Telefon raqami: Ijaraga oluvchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

 

 

 

 

 

Yaylovlar, boʻz yerlar, koʻp yillik dov-daraxtlarni investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida jismoniy shaxslarga berish boʻyicha ijara shartnomasi