Yer usti transport vositalarini ixtiyoriy sugʻurta qilish hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish bitimi
Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy
Sugʻurta kompaniyasining nomi Sugʻurta kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Kompaniya” deb yuritiladi) nomidan Sugʻurta kompaniyasiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Sugʻurta kompaniyasi rahbari F.I.O, bir tomondan Agentning F.I.O (keyingi oʻrinlarda “Agent” deb yuritiladi), ikkinchi tomondan keyingi oʻrinda birga va/yoki alohida “Tomonlar”, mazkur Kelishuv (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb yuritiladi)ni quyidagilar haqida tuzdilar:
I. BITIM PREDMETI
1.1. Agent Kompaniya nomidan quyidagi xizmatlar (keyingi oʻrinlarda “Xizmatlar” deb yuritiladi)ni amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi:
Agent Kompaniya nomidan amalga oshirishi ko‘zda tutilgan xizmatlar nomi
Ushbu Bitim predmeti bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida taʼqiqlanmagan Kompaniyaning boshqa topshiriqlarini bajarish.
II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. AGENTning huquqlari:
Sugʻurta masalalari boʻyicha Kompaniya bilan maslahatlashish;
Sugʻurtalovchidan litsenziya, ustav kapitali miqdori, shuningdek uning moliyaviy barqarorligi va toʻlov qobiliyatliligini koʻrsatuvchi boshqa koʻrsatkichlarni olish;
Kompaniya tomonidan tasdiqlangan sugʻurta agentlariga aloqador boʻlgan meʼyoriy hujjatlar va buyruqlardan xabardor boʻlish (tanishish);
2.2. AGENTning majburiyatlari:
Xizmatlarni Bitimda belgilangan hajmda va muddatlarda bajarish;
Kompaniyaning topshiriqlarini oʻzining mavjud imkoniyatlari va ashyolaridan foydalangan holda bajarish. Topshiriqni uchinchi shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Topshiriq Agent tomonidan uchinchi shaxsga topshiriladigan boʻlsa, u holda Agent uchinchi shaxsning har qanday harakati uchun javobgar boʻladi;
Jismoniy shaxslarga sugʻurta polislarini rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni Kompaniyaning qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlash hamda rasmiylashtirish;
Koʻrsatiladigan xizmat (ish) bilan bogʻliq malumotlar maxfiyligini taminlash;
Agent Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi “Sugʻurtalovchilar va sugʻurta vositachilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari”da taqiqlangan shubhali operatsiyalar xususida ogohlantirilgan. Ushbu Qarorga rioya qilishning yuridik masʼuliyati Agent zimmasiga yuklatiladi.
2.3. Kompaniyaning huquqlari:
2.3.1. Agentdan Bitimda koʻzda tutilgan Xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni toʻliq bajarilishini talab qilish.
2.4. Kompaniyaning majburiyatlari:
Bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Agentga berish;
Agentni reklama materiallari va zaruriy hollarda ish yuritish jihozlari bilan taʼminlash;
Agentni raqamlangan sugʻurta polisi blanklari bilan taʼminlash;
Agentni sugʻurta agentlari reyestriga kiritish.
III. TOMONLAR OʻRTASIDA OʻZARO HISOB-KITOB TARTIBI
3.1. Agentning komission mukofot miqdori:
–Yer usti transport vositalarini ixtiyoriy sugʻurta qilish sugʻurta turi boʻyicha – Yer usti transport vositalarini ixtiyoriy sugʻurta qilish sugʻurta turi boʻyicha Agentga beriladigan foiz miqdori%;
–Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sugʻurta turi boʻyicha – Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish sugʻurta turi boʻyicha Agentga beriladigan foiz miqdori%.
Agentga komission mukofot Tomonlar oʻrtasida Agent tomonidan taqdim etilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan soʻng (bajarilgan ishlar dalolatnomasi haqqoniyligi va undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi tasdiqlangan holda)toʻlanadi.
IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIKLARI
4.1. Bitim boʻyicha Agentning javobgarligi:
4.1.1.Agar Agent sugʻurta shartnomalari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotini Kompaniyaga oʻtkazib berish majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan toʻlov kuni uchun Agent rasmiylashtirgan (tuzilgan) sugʻurta shartnoma (polis)lari boʻyicha uning hisob raqamiga kelib tushgan va Kompaniyaga oʻtkazib berilmagan sugʻurta mukofotining Taraflar tomonidan to‘lanishi mumkin bo‘lgan penya miqdori % miqdorida Kompaniyaga penya toʻlaydi. Bunda penyaning umumiy miqdori bajarilmagan majburiyat qiymatining 50 foizidan oshmasligi kerak.
4.1.2. Jarima va penyaning toʻlanishi Agentni Kompaniyaga yetkazgan zararini hamda yoʻqotilgan foydani qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi;
4.1.3. Agent sugʻurta polisini voqea (hodisa) sodir etilganidan soʻng rasmiylashtirganligi, shuningdek sugʻurta polisi blankini uchinchi shaxsga berishi natijasida Kompaniyaga yetkazilgan zararni toʻliq hajmda, lekin muayyan sugʻurta polisida belgilangan sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplaydi.
V. AMAL QILISH MUDDATI
5.1.Bitim Tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanib, muhrlangan kundan boshlab kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati muddatga amal qiladi.
5.2. Agar Tomonlarning hech biri Bitim muddatining tugashigacha 10 (oʻn) ish kuni ichida Bitimni bekor qilish istagini bildirmasa, Bitim mavjud shartlar asosida keyingi muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
VI. FORS–MAJOR HOLATLARI
6.1. Agar ushbu Bitim boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa hamda bu holatlar mazkur Bitimning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, Tomonlar bunda qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur Bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
6.2. Fors-major holatlar sababli oʻz majburiyatlarini bajarish imkoni boʻlmagan Tomon, fors-major holat yuzaga kelgan kundan boshlab 10 kun ichida holatning yuzaga kelganligi, yuqoridagi holatlarning davomiyligi hamda tugashining taxminiy muddati toʻgʻrisida ikkinchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Xabarda keltirilgan dalillar tegishli davlat organlari hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.
6.3.Agar majburiyatlarni toʻliq yoki qisman bajarish imkoniyatiga toʻsqinlik qiluvchi holat 3 (uch) oydan oshiq muddat davom etsa, Tomonlar yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar (shu jumladan harajatlar)larni qoplamaslik huquqi bilan Bitimni toʻliq yoki qisman bekor qilishga haqlidir.
VII. NIZOLARNI HAL ETISH
7.1. Bitim boʻyicha Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va kelishmovchiliklar, imkon qadar Tomonlar oʻrtasida olib boriladigan muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda nizolar aybdor joylashgan joydagi xoʻjalik sudi yoki hakamlik sudi orqali hal etiladi.
VIII. BITIMNI BEKOR QILISH TARTIBI
8.1. Mazkur Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Agent tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta faoliyatiga oid qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanganda;
Tomonlarning ixtiyoriga koʻra.
Agar Bitim shartlari bir Tomondan bajarilmasa (talab darajasida bajarilmasa), Tomonlarning yetkazilgan zararning toʻliq qoplanishi sharti bilan Bitim bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligida belgilangan holatlarda.
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
9.1. Tomonlar oʻrtasida Bitim imzolangandan soʻng Bitimga tegishli boʻlgan, oldindan amalga oshirilgan barcha muzokara, yozishma, kelishuv va bayonnomalar oʻzining yuridik kuchini yoʻqotadi.
9.2.Bitimga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ularni yozma ravishda amalga oshirilishi va Tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanganidan soʻng kuchga ega boʻladi.
9.3.Tomonlarning hech biri Bitim boʻyicha huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma roziligisiz uchinchi tomonga berish huquqiga ega emas.
9.4.Bitimda koʻzda tutilmagan hollarda Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida faoliyat yuritadilar.
9.5. Tomonlarning firma nomi, manzillari, telefon/faks raqamlari va bank hisob raqamlari oʻzgargan taqdirda 5 (besh) ish kuni ichida bir-birlarini xabardor qilishlari shart.
9.6. Bitim har bir TOMON uchun bir xil nusxada boʻlib, teng yuridik kuchga ega.
X. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI, BANK REKVIZITLARI VA IMZOLARI
SUGʻURTA KOMPANIYASI: Yuridik manzili: Sugʻurta kompaniyasining yuridik manzili H/R: Sugʻurta kompaniyasining hisob raqami Bank kodi: Sugʻurta kompaniyasining bank kodi STIR: Sugʻurta kompaniyasining STIR raqami Sugʻurta kompaniyasi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami Rahbar imzosi Muhr o‘rni |
AGENT: Manzili: Agentning manzili INN: Agentning INN raqami Agentning telefon raqami Agent imzosi Muhr o‘rni |