O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yosh mutaxassisni malakaviy pedagogik amaliyotini o'tash va kelgusida ish bilan ta'minlashga ko'maklashish to'g'risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

YOSH MUTAXASSISNI MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTINI O‘TASH VA KELGUSIDA ISH BILAN TA’MINLASHGA KO‘MAKLASHISH TO‘GʻRISIDA

SHARTNOMA NAMUNASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3151-son hamda2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-son qarorlariga asosan bitiruvchini malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tkazish va ularni kelgusida ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida Oliy ta’lim muassasasining nomi (keyingi o‘rinlarda “Oliy ta’lim muassasasi” deb yuritiladi) nomidan ta’lim muassasasi Ustavi hamda malakaviy pedagogik amaliyot Nizomiga asoslanib ish yurituvchi rektor Oliy ta’lim muassasasi rektorining familiyasi, ismi, otasining ismi bir tomondan, Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasa nomi nomidan tashkilot Ustaviga asoslanib ish ko‘ruvchi Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasa rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi ikkinchi

tomondan, (keyingi o‘rinlarda “Qabul qiluvchi muassasa” deb yuritiladi) va oliy ta’lim muassasasi Amaliyotchi talabaning fakulteti va ta’lim yo‘nalishi nomi

ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabasi Amaliyotchi talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi

(keyingi o‘rinlarda “amaliyotchi-talaba” deb yuritiladi) uchinchi tomondan ushbu shartnoma quyidagilar haqida tuziladi.

 

I. SHARTNOMANING PREDMETI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ–3151-son hamda 2018-yil 5-iyundagi PQ–3775-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyotchi-talabani malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tashi, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yosh mutaxassis (bakalavr)larning intellektual salohiyatidan unumli foydalanish va ularni ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish.

 

II. TOMONLARNING HUQUQLARI

Oliy ta’lim muassasasi:

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ehtiyoj ko‘p bo‘lgan taqdirda “qabul qiluvchi muassasa”larni tender asosida tanlash;

Amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tashi va OTMni bitirgandan so‘ng ish bilan ta’minlanishi uchun “qabul qiluvchi muassasa”ning moddiy-texnikaviy bazasini o‘rganish va shu asosida tegishli takliflar kiritadi.

“Qabul qiluvchi muassasa”:

“Oliy ta’lim muassasasi” o‘quv reja va dasturlari bilan tanishish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berish;

“Amaliyotchi-talaba”ning Davlat imtihonlarida attestatsiya komissiyasi a’zosi sifatida qatnashish;

Oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga muvofiq amaliyotchi-talabaning malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tkazishga sharoit yaratish;

Amaliyotchi-talabani ta’lim muassasasi o‘quv fanlari dasturlari hamda darsliklari bilan tanishtirish;

Amaliyotchi-talabaga malakaviy mutaxassislarni biriktirish;

Amaliyotchi-talabani tarbiyaviy ishlarini o‘tkazishga tayyorlash va o‘z tajribalarini ularga o‘rgatish;

Amaliyotchi-talabani malakaviy pedagogik amaliyotga qatnashishini nazorat qilish va o‘rnatilgan tartibda baholashni amalga oshiradi.

“Amaliyotchi-talaba”:

Ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida belgilangan malakaviy amaliyotni “Qabul qiluvchi muassasa”da o‘tashi;

Malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyot davrida belgilangan vazifalarni to‘liq bajarishi;

Malakaviy pedagogik amaliyot tugagandan keyin mas’ul kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilariga o‘rnatilgan tartibda hisobot topshirishi;

Qabul qiluvchi muassasaning ichki tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilishi;

Oliy ta’lim muassasasini bitirgandan so‘ng hududiy boshqarmalardan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashini talab qiladi.

 

III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

Oliy ta’lim muassasasi:

Bitiruvchini O‘zbekiston Respublikasining yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga oid hududiy-me’moriy hujjatlar talablari asosida mutaxassis etib tayyorlash;

Bitiruvchini zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va mutaxassisligi bo‘yicha chet el adabiyotlaridan foydalana oladigan mutaxassis etib tayyorlash;

Bitiruvchida yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim standartlarini, o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish qobiliyatini shakllantirish;

“Qabul qiluvchi muassasaga amaliyotchi-talaba to‘gʻrisida tegishli ma’lumotlar berish”;

Bitiruvchi ishga joylashgandan keyin 3 yil davomida unga zarur metodik yordam ko‘rsatish;

Shuningdek, tomonlarning roziligiga asosan quyidagi shartlarni bajarish majburiyatini ham oladi: Oliy ta’lim muassasasi tomonlarning roziligiga asosan bajarish majburiyatini oladigan shartlar

 

“QABUL QILUVCHI MUASSASA”:

Oliy ta’lim muassasasi o‘quv rejasiga muvofiq Amaliyotchi talabaning fakulteti va ta’lim yo‘nalishi nomi ta’lim yo‘nalishi talabasining malakaviy pedagogik amaliyotini o‘tkazishga sharoit yaratish, ta’lim muassasasining ilgʻor pedagogik xodimi va muassasa psixologidan iborat tarkib bo‘yicha o‘quv, ilmiy hamda metodik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

Amaliyotchi-talabani malakaviy pedagogik amaliyotiga qatnashishini nazorat qilish va o‘rnatilgan tartibda baholashni amalga oshirish;

Amaliyotchi-talabani amaliyot davrida bitiruv malakaviy ishi yuzasidan aprobatsiyasini o‘tkazishga amaliy yordam berish;

Bitiruvchini oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin mutaxassislik bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ish bilan ta’minlash;

Bitiruvchiga mehnat faoliyati davomida uslubiy yordam ko‘rsatish;

Quyidagi ijtimoiy yordam va imtiyozlar ko‘rsatish;

3.2.7. Bitiruvchiga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish bilan ta’minlash kafolati beriladi.

 

3.3. “AMALIYOTCHI-TALABA”:

3.3.1. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha malaka tavsifnomasida nazarda tutilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yuqori malakali pedagogik kadrlar tayyorlashga oid huquqiy-me’moriy hujjatlar talablari asosida mustaqil faoliyat olib borish uchun bilim va malakaga ega bo‘lishi;

3.3.2. Malakaviy pedagogik amaliyot davrida “amaliyotchi portfoliosi”ni muntazam yuritib borish lozim.

3.3.3. Bitiruvchi ta’lim muassasasiga oliy ta’lim muassasasini to‘liq bitirgandan so‘ng 2 (ikki) oy muddatda yetib kelishi;

3.3.4. Bitiruvchi ta’lim muassasasida kamida uch yil o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlab berishi talab etiladi.

 

IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. Tomonlarning har biri ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarmagan taqdirda boshqa tarafga yetkazilgan zararni amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda to‘laydi.

 

V. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

5.1. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

5.1.1. Bitiruvchining malakasi, bilimi ushbu mutaxassis uchun amalda o‘rnatilgan davlat ta’lim standartlari talablariga javob bermasa;

5.1.2. Ta’lim muassasasi tegishli hujjatlar asosida tugatilganda;

5.1.3. Ushbu shartnoma tomonlarning barchasi imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi hamda shartnoma to‘liq bajarilgunga qadar amalda bo‘ladi.

 

TOMONLARNING MANZILLARI

Oliy ta’lim muassasasi

 

Manzil: Oliy ta’lim muassasasining to‘liq manzili

STIR: Oliy ta’lim muassasasining STIR raqami

H/R: Oliy ta’lim muassasasining bank hisob raqami

Telefon: Oliy ta’lim muassasasining telefon raqami

 

Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot, muassasa

Manzil: Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasaning to‘liq manzili

STIR: Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasaning STIR raqami

H/R: Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasaning bank hisob raqami

Telefon: Amaliyotchi talabani qabul qiluvchi tashkilot yoki muassasaning telefon raqami

Amaliyotchi talaba

 

Manzil: Amaliyotchi talabaning to‘liq manzili

Pasport ma’lumotlar: Amaliyotchi talabaning pasport ma’lumotlari

Telefon: Amaliyotchi talabaning telefon raqami

 

 

Yosh mutaxassisni malakaviy pedagogik amaliyotini o'tash va kelgusida ish bilan ta'minlashga ko'maklashish to'g'risida shartnoma