O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

kredit shartnomasini bekor qilish, undiruvni garovga qo`yilgan mol-mulkka qaratish yo`li bilan qarzni muddatidan oldin undirish to`g`risida da'vo arizasi

Hujjat tavsifi
Da’vo ariza rekvizitlari
Taraflarning rekvizitlari
Da’vo ariza mazmuni

Yuklab oling

Da’vo arizasi berilayotgan sudning nomi ga

Da’vogar: Da’vogarning nomi

Da’vogarning yuridik manzili

Da’vogarning STIR raqami

Da’vogarning bank hisobraqami

Da’vogarning telefon raqami

Da’vogarning elektron manzili

Javobgar: Javobgarning nomi

Javobgarning yuridik manzili

Javobgarning bank hisobraqami

Javobgarning STIR raqami

Javobgarning telefon raqami

Javobgarning elektron manzili

 

DAʼVO ARIZA

(kredit shartnomasini bekor qilish, undiruvnigarovga qo`yilgan mol-mulkka qaratish yo`li bilan qarznimuddatidan oldin undirish to`g`risida)

Kredit shartnomasi tuzilgan yil-yilda Da’vogarning nomi (keyingi o`rinlarda - daʼvogar) va Javobgarning nomi (keyingi o`rinlarda - javobgar) o`rtasida Kredit shartnomasi soni-sonli Kredit ajratish maqsadi uchun kredit berish shartnomasi imzolangan.

Bundan tashdari, kredit shartnomasining taʼminoti sifatida Kredit shartnomasi ta’minoti sifatida belgilangan garov shartnomasi tuzilgan sana dagi, Kredit shartnomasi ta’minoti sifatida belgilangan garov shartnomasi soni-sonli garov shartnomasiga asosan Garov narsasi nomi qo`yilgan.

Mazkur kredit shartnomasiga ko`ra, kredit shartnomasining summasi Ajratilgan kredit shartnomasining summasiso`m deb belgilangan. Shuningdek, shartnomaga ko`ra, javobgar kredit va undan foydalanganlik uchun foiz tulovlarini shartnomaga muvofiq har oyda to`lab borishi shartligi belgilangan.

Kredit shartnomasi, kredit berilgan kundan boshlab Kredit shartnomasi tugaydigan sana gacha to`liq qaytarilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, shartnomasiga ko`ra, kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi – yillik Kreditning yillik foiz stavkasi%qilib belgilangan.

Mazkur kredit shartnomasi shartlariga asosan daʼvogar javobgar hisob raqamiga shartnomada ko`rsatilgan pul mablag`larini o`tkazib berib, shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini lozim darajada bajargan.

Kredit shartnomasiga ko`ra, javobgar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganlik holatlari aniqlangan taqdirda, daʼvogar javobgarga majburiyat bajarilmaganligi holati kelib chiqqanligini bildirib, uni bartaraf etish muddatlarini ko`rsatgan dolda yozma bildirishnoma yuborish yoki bo`lmasa mazkur shartnomada belgilangan tartibda kredit shartnomasini bekor qilish, foizlarni hamda kredit bo`yicha asosiy qarzni muddatidan oldin undirish, shuningdek undiruvni kredit taʼminotiga qaratishi va boshqa choralarni ko`rishi mumkinligi belgilangan.

Daʼvogar tomonidan javobgarga kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarishni talab qilib yozma ravishda murojaat qilingan bo`lsa-da, javobgar tomonidan qarzdorlikni so`ndirish choralari ko`rilmagan.

Bugungi kunga qadar javobgar tomonidan Kredit shartnomasi shartlari qo`pol tarzda buzilib, shartnomada belgilangan kredit va foiz to`lovlari o`z vaqtida amalga oshirilmagan.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 236-moddasiga muvofiq, majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo`lmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo`yiladigan boshqa talablarga muvofiq, lozim darajada bajarilishi kerak.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 279-moddasiga asosan garovga oluvchining (kreditorning) talablarini qondirish uchun undiruvni qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatni o`zi javobgar bo`lgan vaziyatlarda bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, garovga qo`yilgan mol-mulkka qaratish mumkin.

O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 280-moddasiga muvofiq, garovga oluvchining (kreditorning) talablari garovga qo`yilgan ko`chmas mol-mulk qiymatidan sudning qaroriga muvofiq qondiriladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 236, 279, 280, 735, 736 va 744-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 148, 149 va 151-moddalariga asosan:

SO`RAYMAN:

Kredit shartnomasi tuzilgan yil-yilgi Kredit shartnomasi soni-sonli kredit shartnomasini bekor qilishingizni;

undiruvni javobgarning garovga qo`yilgan mol-mulkiga qaratishingizni;

 

Ilova: Daʼvo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

Daʼvogar: Da’vogarning nomi ______________ (imzo)

 

Da’vo ariza berilgan sana

 

kredit shartnomasini bekor qilish, undiruvni garovga qo`yilgan mol-mulkka qaratish yo`li bilan qarzni muddatidan oldin undirish to`g`risida da'vo arizasi