O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral oʻgʻitlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

 

QISHLOQ XOʻJALIK MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHILARGAMINERAL OʻGʻITLAR YETKAZIB BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Taʼminotchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Taʼminotchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Taʼminotchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osibir tomondan va Xoʻjalik tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Xoʻjalik” deb yuritiladi) nomidan Xoʻjalik shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Xoʻjalik tashkilot rahbari lavozimi va F.I.Osiikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

SHARTNOMA PREDMETI

Taʼminotchi Taʼminotchi tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shaklining taqsimoti boʻyicha qoʻyidagi assortimentda, miqdorda va muddatlarda tegishli standartlar va texnik shartlar talablariga javob beradigan mineral oʻgʻitlarni (keyingi oʻrinlarda mahsulot deb yuritiladi) shartnomaning amal qilish muddati davomida muntazam yetkazib berishni, Xoʻjalik esa, yetkazib berilgan mahsulotni qabul qilib olish, ushbu shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatda uning haqini toʻlash majburiyatini zimmasiga oladi:

Mineral oʻgʻit nomi

Tovar birligi bahosi

Jami yillik miqdor

Yetkazib beriladigan mahsulot foydalanishga tayyorlangan boʻlishi, belgilangan tartibda turlarga ajratilgan va idishlarga joylashtirilgan boʻlishi lozim.

Mahsulotlar koʻp marta foydalaniladigan va qaytarilishi lozim boʻlgan idishlarda yetkazib beriladigan taqdirda, Xoʻjalik mahsulotni qabul qilgandan soʻng idishlarni qaytarishi lozim.

MAHSULOTNI YETKAZIB BERISH SHARTLARI VA ASSORTIMENTI

2.1. Taʼminotchi mazkur shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan assortimentdagi mahsulotlarni oʻz kuchi, vositalari va hisobidan ortish va ushbu shartnomaning 2.3-bandida belgilangan joyga oʻz hisobidan yetkazib berish majburiyatini oladi.

Qabul qilish joyida mahsulotni tushirib olish Xoʻjalikning kuchi, vositalari va hisobidan amalga oshiriladi.

Taʼminotchi Xoʻjalikning roziligi bilan mahsulotni muddatidan oldin yetkazib berishga haqli. Bu holda, muddatidan oldin yetkazilgan va Xoʻjalik tomonidan qabul kilingan mahsulot keyingi davrda yetkazib berilishi lozim boʻlgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.

Mahsulotni qabul kilib olish joyi etib Mahsulotni qabul qilib olish joyibelgilanadi.

Mahsulotni yetkazib berish majburiyati mahsulot Xoʻjalikning oʻgʻit omboriga tushirilgan paytdan bajarilgan hisoblanadi.

Xoʻjalik mahsulotni saqlash joylarini tegishli standart talablariga muvofiq holda jihozlashi, mahsulotning sifatli saqlanishi va maqsadli foydalanilishini, olingan mahsulotning uchinchi shaxslarga sotilmasligini taʼminlashi shart.

Qoʻshimcha turdagi va miqdordagi mahsulotga talab boʻlgan taqdirda, Taʼminotchi Xoʻjalik bilan uning miqdori va yetkazib berish muddatlarini kelishgan holda tuziladigan tafsilotli roʻyxat (spetsifikatsiya)da nazarda tutilgan qoʻshimcha turkum mahsulotni yetkazib beradi.

MAHSULOT SIFATI. IDISH VA OʻRASH

Yetkazib berilayotgan mahsulot oʻzining sifati, idishi, butlanishi, markirovkasi va joylashtirilishi jihatidan belgilangan talablarga javob berishi shart.

Taʼminotchi tomonidan mahsulot sifati Mahsulotning sifatini tasdiqlovchi hujjat nomini berish bilan tasdiqlanadi.

Taʼminotchi yetkazib berilayotgan mahsulotning sifatiga mahsulot yetkazib berilgan paytdan boshlab kafolat beradi.

Kafolat muddati davomida mahsulotda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Xoʻjalik sifati lozim darajada boʻlmagan yoki boshqa kamchiliklarga ega boʻlgan mahsulotni almashtirish haqida ushbu kamchiliklar aniqlangan paytdan boshlab 3 kun ichida yozma ravishda eʼtiroz bildirishi va 10 kunlik muddat ichida boshqa shu turdagi mahsulotga almashtirishni yoki qonunchilikda belgilangan boshqa talablarni qoʻyishga haqli.

BAHO VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

Shartnomaning bahosi Shartnomaning umumiy bahosi ming soʻmni tashkil etadi va oʻz ichiga idish va oʻrash vositalari (materiallari)ning qiymatini oladi.

Yetkazib beriladigan mahsulot uchun haq toʻlash miqdori taraflar tomonidan har kelishiladigan va mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadigan mahsulot bahosini kelishish bayonnomasida qayd etiladi.

Taraflar yetkazib berilayotgan mahsulot uchun toʻlov 100% miqdorda amalga oshirilishi haqida kelishishlari mumkin va bu shart mazkur shartnomaning «qoʻshimcha shartlar» boʻlimida maxsus qayd etiladi.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGIVA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

Mazkur shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq belgilanadi.

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

FORS-MAJOR

Taraflar oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan favqulodda, yengib boʻlmas kuch (fors-major holatlari) taʼsirida oʻzlarining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bu holda majburiyatlarni bajarish muddatlari fors-major holatining davom etish muddatiga mutanosib tarzda uzaytiriladi. Fors-major holati 2 oydan ortiq muddat davom etgan taqdirda, shartnoma taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin.

Fors-major holati yuz berganligi vakolatli davlat organing maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi.

SHARTNOMA NUSXALARI VA AMAL QILISH MUDDATI

Ushbu shartnoma taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va taraflar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amal qiladi.

Shartnoma ikki asl nusxada tuzilgan boʻlib, ikki nusxasi ham bir xil yuridik kuchga ega va bir nusxasi Taʼminotchida, ikkinchi nusxasi saqlanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

TAʼMINOTCHI:

Yuridik manzili: Taʼminotchining yuridik manzili

H/R:Taʼminotchining hisob raqami

Bank kodi Taʼminotchining bank kodi

STIR: Taʼminotchining STIR raqami

Taʼminotchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

XOʻJALIK:

Yuridik manzili: Xoʻjalikning yuridik manzili

H/R Xoʻjalikning hisob raqami

Bank kodi Xoʻjalikning bank kodi

STIR: Xoʻjalikning STIR raqami

Xoʻjalikning telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

 

Qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral oʻgʻitlar yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma