O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maishiy isteʼmolchilar uchun elektr energiya taʼminoti shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

 

MAISHIY ISTEʼMOLCHILAR UCHUN ELEKTR ENERGIYATAʼMINOTI SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

 

Korxonaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Korxona” deb yuritiladi) ning Shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjatasosida faoliyat koʻrsatuvchi rahbari Korxona rahbari lavozimi va F.I.Osibir tarafdan va Isteʼmolchining F.I.Osi (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi), ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

SHARTNOMANING PREDMETI

Ushbu shartnomaga asosan Korxona ulangan tarmoq orqali Isteʼmolchiga maishiy ehtiyojlari uchun elektr energiyasini (keyinchalik “Energiya”) yetkazib berish, Isteʼmolchi esa, olingan energiya uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.

Shartnoma tuzilgan kunida yetkazib beriladigan Energiyaning umumiy narxi Energiyaning umumiy narxisoʻmni tashkil qiladi.

HISOB-KITOBLAR TARTIBI

2.1. Yetkazib berilgan Energiya uchun hisob-kitob davri bir oy.

2.2. Energiya uchun toʻlovlar Isteʼmolchi tomonidan har oyning 10-sanasigacha aholidan toʻlovlarni qabul qilish punktlari va tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.

2.3. Bank hujjatida koʻrsatilgan sana toʻlov vaqti deb hisoblanadi.

Energiya uchun hisob-kitoblar Korxona yoki Isteʼmolchining oʻzi tomonidan yoziladigan toʻlov hujjatlari boʻyicha amalga oshiriladi.

Agar toʻlov hujjatlarida koʻrsatilgan summalar oʻrtasida tafovut boʻlsa, unda bank hujjatida koʻrsatilgan summa (bank shtampi bilan) qabul qilinadi.

Isteʼmolchilardan Energiya uchun belgilangan tarif qiymatidan ortiqcha biron-bir qoʻshimcha mablagʻ undirish taqiqlanadi.

2.4. Isteʼmolchi ushbu shartnomaga asosan xonadonlarda, xususiy uylarda, yordamchi xoʻjalikda, bogʻ va shaxsiy tomorqalarda maishiy ehtiyojlarga ishlatiladigan Energiya uchun hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida, hisobga olish priborlari va turmushda qoʻllaniladigan elektr qabul qilgichlarning oʻrnatish joylaridan qatʼi nazar aholi uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlaydi.

Korxona Energiya isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha yoki oldingi davr uchun amaldagi Energiya isteʼmolining hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan toʻlov hisobvaragʻini yozib berish huquqiga egadir. Belgilangan muddatlarda haq toʻlanmasa, elektr taʼminoti shartnomasi toʻxtatilishi haqidagi ogohlantirish yozuvi toʻlov hisobvaragʻiga kiritiladi.

Hisobvaragʻi Isteʼmolchiga, u boʻlmagan taqdirda esa, u bilan birga bir xonadonda yashovchi voyaga yetgan istalgan shaxsga topshiriladi yoki bildirishnoma bilan birga buyurtma xat orqali joʻnatiladi.

2.5.Isteʼmolchi hisob-kitob davrida isteʼmol qilingan Energiya uchun toʻlovlarni belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasi boʻyicha, hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida amalga oshiradi, uning har bir varagʻi bildirishnoma va kvitansiyadan iborat. Shuningdek, belgilangan muddatlarda haq toʻlanmasa, ushbu shartnomaning bekor qilinishi haqida ogohlantirish yozuvi kiritiladi.

2.6.Oldindan haq toʻlash qurilmasiga ega hisobga olish priborlari oʻrnatilgan Isteʼmolchilar Energiya uchun oldindan toʻlov shaklida haq toʻlaydi.

2.7.Energiya isteʼmolini avtomatlashtirilgan hisobga olish va nazorat qilish tizimiga ulangan Isteʼmolchilarga Energiya amalga oshirilgan oldindan toʻlov doirasida yetkazib beriladi.

2.8.Isteʼmolchi tomonidan Energiya isteʼmolining haqikiy hajmlarini aniqlash uchun Korxona vakili Isteʼmolchi bilan birgalikda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini nazorat tartibida yozib olish huquqiga ega.

Bunda, hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari yozib olinganidan keyin Korxona vakili Isteʼmolchi bilan birgalikda Energiyaning haqikiy isteʼmoli uchun qayta hisob-kitob qiladi.

Hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib olish ulanish sxemasini tekshirish deb hisoblanmaydi.

2.9.Isteʼmolchi tomonidan ortiqcha haq toʻlangan boʻlsa, u kelgusi toʻlovlar hisobiga kiritiladi.

Toʻlanmagan summalar aniqlansa, korxona tomonidan toʻlash uchun qoʻshimcha hisobvaragʻi yozib beriladi.

Qoʻshimcha toʻlov hisobvaragʻi Isteʼmolchi tomonidan olingan kunidan keyin 10 kundan oshmagan muddatda toʻlanishi kerak.

2.10.Isteʼmolchining aybi bilan hisobga olish priborlari shikastlanganida, hisobga olish priborlarini almashtirish, taʼmirlash, davlat tekshiruvidan oʻtkazish va oʻrnatish ishlari Isteʼmolchi hisobidan amalga oshiriladi.

Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda Energiya isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanadigan Energiyani hisobga olish priborlari uy-joy egasi tomonidan sotib olinadi, uning hisobidan davlat qiyoslashidan oʻtkaziladi va roʻyxatga olish uchun Korxonaga topshiriladi.

2.11.Mavjud hisobga olish priborlarini almashtirish va elektron hisobga olish priborlarini oʻrnatish ishlari (ushbu shartnomaning 3.10-bandi bundan mustasno) Korxona hisobidan bajariladi.

2.12.Isteʼmolchi tomonidan amaldagi Energiya isteʼmoli koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida hisobga olish priborini ulash sxemasi oʻzgartirilgani, uning (isteʼmolchi aybi) bilan buzilgani yoki yoʻqligi, plombalar koʻchirilgani, elektr qabul qilgichlar hisobga olish priboridan tashqari ulangani va boshqa qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda, Korxona oxirgi tekshirish kunidan boshlab oʻtgan (lekin daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan) davr uchun Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan Energiya haqini qayta hisob-kitob qilishi shart. Korxona tomonidan Isteʼmolchiga 10 kun mobaynida Toʻlash uchun qoʻshimcha Toʻlov hujjati yozib beriladi.

Bunda qayta hisob-kitob qilinishi Isteʼmolchini qonunchilikda belgilangan tartibdagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Qayta hisob-kitob quyidagicha amalga oshiriladi:

a)yorituvchi tok qabul qilgichlarning quvvati va ularni ishlatish soatlari soni boʻyicha;

b)Isteʼmolchida shtepsel rozetkalari mavjud boʻlganida (rozetkalar va elektr qabul qilgichlarning sonidan qatʼi nazar) har sutkada 24 soat davomida soatiga 600 Vt quvvatdan foydalanish hisobidan, quvvati 600 Vtdan ortiq boʻlgan isitish priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida Isteʼmolchi foydalanayotgan uskunalarning amaldagi quvvati boʻyicha ularning har sutkada 24 soat ishlatilishi hisobidan.

2.13.Energiyani hisobga olish sxemasining oʻzgarishi va buzilishi bilan bogʻliq barcha turdagi ishlarni bajarish uchun Isteʼmolchi bu haqda ishlarni boshlashdan oldin korxonani yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Ishlarni bajarish davrida Energiya vaqtinchalik sxemalar yoki korxona bilan kelishilgan hisob-kitoblar boʻyicha hisobga olinishi mumkin.

2.14.Energiyani hisobga olish Isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganida, yetkazib berilgan Energiya uchun hisob-kitob Korxonaning qarori bilan hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklanganidan keyingi davrdagi oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi.

Energiyaning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi va shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi kerak.

Agar obyektiv sabablarga koʻra koʻrsatilgan muddatda hisobga olish priborini tiklashning imkoniyati boʻlmasa, Isteʼmolchiga yetkazib berilgan Energiya uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati ushbu shartnoma taraflarining oʻzaro kelishuviga binoan belgilanadi.

2.15.Tarif oʻzgarganda, tarif uzgargan sanagacha isteʼmol qilingan Energiya hajmi oldingi toʻlov vaqtidan boshlab oʻrtacha sutkalik isteʼmol boʻyicha aniqlanadi va unga eski tarif boʻyicha haq toʻlanadi. Hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari toʻlov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.

2.16.Xona (hovli joy, xonadon) ijaraga (yuridik shaxslarga) topshirilishi haqida shartnoma tuzilgan taqdirda, ijarachi uch kun muddatda Korxonaga ijaraga olingan xonada Energiyadan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun murojaat qilishi shart. Ijarachi chiqib ketganida, Isteʼmolchi ijarachidan chiqib ketish kuniga foydalanilgan energiya uchun amalga oshirilgan hisob-kitoblar haqida maʼlumotnomani talab qilish huquqiga ega. Isteʼmolchi avvalgi ijarachilarning energiya uchun qarzdorligi boʻyicha javobgardir.

Turar joy binolari ijarachilarga yoki yollovchilarga (yuridik shaxs boʻlgan isteʼmolchilar bundan mustasno) topshirilganda ular bilan Energiya yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzilmaydi, shartnoma mulk egalar bilan tuziladi va ular yetkazib berilgan energiya uchun hisob-kitob qilishlari shart.

ENERGIYANI ChEKLASH VA TXTATISH TARTIBI

Energiya yetkazib berish faqat qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.

Korxona quyidagi hollarda Isteʼmolchiga Energiya yetkazib berishni belgilangan tartibda toʻxtatishi mumkin:

a) Isteʼmolchi Korxonaning elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganda yoki elektr qabul qilgichlar hisobga olish priborlaridan tashqari ulanganida, Energiyani hisobga olish sxemalari, hisobga olish priborlari tamgʻalari buzilganida;

b)shartnomada belgilangan muddatda Energiya uchun Toʻlov amalga oshirilmaganida;

v)Isteʼmolchida Energiyani hisobga olish pribori mavjud boʻlmasa;

g)avariyalarning oldini olish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish yoki ularni Korxona tizimida bartaraf etish zaruriyatida, Isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda;

d)elektr taʼminoti shartnomasini tuzmasdan energiya isteʼmol kilinganida;

ye)«Oʻzstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan Energiyani hisobga olish priborlari boʻlmaganida;

j)Korxona vakili hisobga olish priborlarini koʻrishga qoʻyilmaganida.

3.2.Barcha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vaziyatlarda yagona elektr energetika tizimi elektr tarmoqlariga qayta ulash va energiya yetkazib berilishini tiklash ishlari Isteʼmolchi tomonidan shu bilan bogʻliq xarajatlar qoplanganidan keyin navbat boʻyicha amalga oshiriladi.

TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

Korxona tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning shartnomada belgilangan tartibda va lozim darajada bajarilishini talab qilish;

Korxona tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda yoki shartnoma shartlari buzilganda, bu harakatlar natijasida Isteʼmolchiga yetkazilgan haqikiy zararning qoplanishini talab qilish.

Isteʼmolchining majburiyatlari:

shartnomaviy majburiyatlarini shartnomada belgilangan tartibda va lozim darajada bajarish;

xonadonda, uyda oʻrnatilgan elektr tarmoqlarining tegishli texnik holati va xavfsizligini, Energiyani hisobga olish priborlari va ulardagi plombalarning butligini taʼminlash;

Toʻlov hujjatida xatolar yoki Energiyani hisobga olish pribori koʻrsatkichidagi noaniqliklar, nosozliklar aniqlanganda darhol Korxonaga xabar berish;

Korxona nazoratchisini, unga tegishli amal qilish muddati koʻrsatilgan shaxsiy guvohnomasi boʻlganida, soat 8:00 dan 20:00 gacha Energiya qabul qilgichlarini koʻrish va hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib olish uchun kiritish.

Korxona quyidagi huquqlarga ega:

Isteʼmolchi tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning shartnomada belgilangan tartibda va lozim darajada bajarilishini talab qilish;

Isteʼmolchi tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganda yoki shartnoma shartlari buzilganda, bu harakatlar natijasida Korxonaga yetkazilgan haqikiy zararning qoplanishini talab qilish.

Korxonaning majburiyatlari:

Isteʼmolchiga Energiyani kerakli miqdorda yetkazib berish, Energiyaning tegishli sifatda elektr tarmoqlarining bulinish chegarasigacha uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;

elektr tarmoq xoʻjaligining rejaviy taʼmirlanishi tufayli energiyani yetkazib berishdagi sodir boʻlishi mumkin boʻlgan uzilishlar haqida uzishdan 3 sutka oldin Isteʼmolchini ogohlantirish;

joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini koʻrsatgan holda, oʻz vaqtida xabar qilish.

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI VA FORS-MAJOR

 

Shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik oqibatida yetkazilgan hakikiy zarar aybdor taraf tomonidan ikkinchi tarafga Toʻlanishi shart.

Foydalanilgan energiya uchun oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmasa, Isteʼmolchi Korxonaga har bir muddati oʻtgan kun uchun 0,1 foiz miqdorida, lekin muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

Taraflar shartnomani fors-major holatlari, yaʼni yengib boʻlmaydigan kuch (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydilar.

YAKUNLOVCHI QOIDALAR

Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi, shu kundan kuchga kiradi va taraflar uchun majburiy boʻladi.

Shartnomaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Isteʼmolchi tomonidan shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi mumkin, bunda u Korxonani bekor qilishdan 30 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi va foydalanilgan energiya uchun toʻliq haq toʻlaydi.

Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektr energetika toʻgʻrisida”, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirgan holda hal etiladi.

Mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar “Demokratiya va inson huquqlari instituti” respublika jamoat birlashmasi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Haqamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

HISOBGA OLISH PRIBORLARI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Hisobga olish pribori turi va raqami Hisobga olish pribori turi va raqami,Oʻzstandart tamgʻasi raqami Oʻzstandart tamgʻasi raqami,klemma qopqogʻidagi tamgʻa raqami Klemma qopqogʻidagi tamgʻa raqami.

 

 

 

 

 

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

 

YETISHTIRUVCHI:

Yuridik manzili: Korxonaning yuridik manzili

H/R: Korxonaning hisob raqami

Bank kodi Korxonaning bank kodi

STIR: Korxonaning STIR raqami

Korxona bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

TAYYORLOVCHI:

Jismoniy shaxsning manzili: Isteʼmolchi jismoniy shaxsning yashash manzili

Pasport maʼlumotlari Isteʼmolchi jismoniy shaxsning pasport maʼlumoti

Jismoniy shaxsning INN

raqami: Isteʼmolchi jismoniy shaxsning INN raqami

Isteʼmolchining telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

Maishiy isteʼmolchilar uchun elektr energiya taʼminoti shartnomasi