O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sug'urta shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnomaning rekvizitlari
Taraflar
Shartnoma shartlari
Taraflarning rekvizitlari

Yuklab oling

SUGʻURTA SHARTNOMASI

Shartnoma tuzilgan vaqt Shartnoma raqami – son Shartnoma tuzilgan joy

Sugʻurtalovchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Sugʻurtalovchi” deb yuritiladi) nomidan Sugʻurtalovchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Sugʻurtalovchining rahbari lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Sugʻurta qildiruvchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Sugʻurta qildiruvchi” deb yuritiladi) nomidan Sugʻurta qildiruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Sugʻurta qildiruvchining rahbari lavozimi va F.I.Osi ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

SHARTNOMA PREDMETI

Mazkur shartnomaga muvofiq Sugʻurtalovchi shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga shartnomaning 1.3-bandida nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda Sugʻurta qildiruvchiga bu hodisa oqibatida sugʻurtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sugʻurtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bogʻliq zararni shartnomada belgilangan summa (sugʻurta puli) doirasida toʻlash (sugʻurta tovoni toʻlash), Sugʻurta qildiruvchi esa, Sugʻurtalovchiga sugʻurta mukofotini toʻlash majburiyatini oladi.

Shartnoma boʻyicha quyidagi mulklar sugʻurta qilinadi:

Sugʻurta qilinadigan mulklarning nomi

Sugʻurta qilinayotgan mulkning qiymati Sugʻurta qilinayotgan mulkning qiymati soʻm.

Mazkur shartnoma boʻyicha sugʻurta qilingan mulkning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;

yongʻin;

energiya taʼminoti tizimidagi avariya;

suv toshqini;

yashin urishi;

yer qimirlashi;

boshqa tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelsa Sugʻurta hodisasi hisoblanadi.

Sugʻurta tovoni miqdori sugʻurta qilinayotgan mol-mulkning shartnomaning 1.2.1-bandida koʻrsatilgan qiymatida teng miqdorda belgilanadi.

SUGʻURTA MUKOFOTI

Sugʻurta mukofoti Sugʻurta mukofoti miqdori soʻmni tashkil etadi.

TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Sugʻurta qildiruvchi:

mazkur shartnoma 2.1-bandida belgilangan tartib va muddatlarda sugʻurta mukofotini Sugʻurtalovchi hisob raqamiga oʻtkazishi;

shartnoma tuzilayotganda oʻziga maʼlum boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni Sugʻurtalovchiga xabar qilishi;

sugʻurta qilingan mulkni saqlash uchun barcha choralarni koʻrishi;

mazkur shartnoma amal qilish davrida shartnoma tuzilayotganda Sugʻurtalovchiga maʼlum qilingan holatlarda yuz bergan, oʻziga maʼlum boʻlgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida, agar bu oʻzgarishlar sugʻurta xavfi ortishiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, Sugʻurtalovchiga darhol xabar qilishi;

shartnomada nazarda tutilgan sugʻurta hodisasi yuz berganida, ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun oqilona va mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi hamda agar oʻziga maʼlum qilingan boʻlsa, bu borada Sugʻurtalovchining koʻrsatmalariga amal qilishi shart.

 

Sugʻurtalovchi:

Sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini undan sugʻurta hodisasi yuz berganligi toʻgʻrisida xabar olgan kundan boshlab 3 kun ichida toʻlashi;

sugʻurta tovonini toʻlash bilan birgalikda Sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta hodisasi yuz berganda zararni kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlarni ham toʻlashi shart.

Sugʻurtalovchi Sugʻurta qildiruvchining mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi oʻz kasb faoliyati natijasida oʻzi olgan maʼlumotlarni (sugʻurta sirini) oshkor qilishga haqli emas.

 

Sugʻurta qildiruvchining:

3.3.1. Sugʻurta muddati mobaynida sugʻurta masalalari boʻyicha sugʻurtalovchining maslahatlarini olishi;

3.3.2. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurtalovchidan sugʻurta tovonini olishi;

3.3.3. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda mustaqil tekshiruv oʻtkazilishini talab qilishi;

3.3.4. Qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan sugʻurtalovchi bilan kelishgan holda sugʻurta shartnomasiga oʻzgarishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritishi;

3.3.5. Sugʻurtalovchi xabardor qilinishi sharti bilan shartnomani bekor qilishi;

3.3.6.Sugʻurta qildiruvchi shartnomaning 3.1.5-bandida nazarda tutilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, agar u sugʻurta hodisasi yuz berganini oʻz vaqtida bilganligi yoxud bu haqda sugʻurtalovchida maʼlumotlar yoʻqligi uning sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatiga taʼsir etmasligi isbotlanmasa, sugʻurta tovonini toʻlashni rad etishga haqli.

 

Sugʻurtalovchi:

agar shartnoma tuzilganidan keyin Sugʻurta qildiruvchi oʻziga maʼlum boʻlib, sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimolini va uning yuz berishi tufayli kutilajak zarar miqdori (sugʻurta xavfi)ni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisida unga bila turib yolgʻon maʼlumot berganligi aniqlansa, shartnomani haqikiy emas deb topishni va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 123-moddasining ikkinchi kismida nazarda tutilgan oqibatlar qoʻllanilishini talab qilishga;

shartnoma tuzilayotganida sugʻurta qilinayotgan mol-mulkni koʻzdan kechirishga, zaruriyat boʻlgan taqdirda, uning haqikiy qiymatini belgilash maqsadida ekspertiza tayinlashga;

agar Sugʻurta hodisasi toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan navbatdagi sugʻurta badali toʻlanishidan oldin yuz bergan boʻlsa, shartnoma boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovonini sugʻurta mukofotining oʻziga toʻlangan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati oʻtkazib yuborilgan sugʻurta badali summasini hisobga olishga;

sugʻurta xavfi ortishiga sabab boʻladigan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilinganda shartnomaning shartlarini oʻzgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda Sugʻurta qildiruvchidan qoʻshimcha sugʻurta mukofoti toʻlashni talab qilishga;

agar Sugʻurta qildiruvchi shartnomaning shartlari oʻzgartirilishiga yoki sugʻurta mukofotiga qoʻshimcha toʻlashga eʼtiroz bildirsa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga;

3.3.6.Sugʻurta qildiruvchi shartnomaning 3.1.4-bandida nazarda tutilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, shartnomani bekor qilishni va shartnomani bekor qilish tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqli;

TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

Sugʻurtalovchi Sugʻurta qildiruvchining mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi oʻz kasb faoliyati natijasida oʻzi olgan maʼlumotlarni oshkor qilganligi (sugʻurta sirini buzganligi) uchun buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 985, 1021 va 1022-moddalari qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.

Sugʻurta qildiruvchi ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun qasddan choralar koʻrmagani oqibatida koʻrilgan zararni koplashdan Sugʻurtalovchi ozod qilinadi.

Agar sugʻurta hodisasi Sugʻurta qildiruvchining qasd qilishi oqibatida yuz bergan boʻlsa, Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilinadi, qasddan qilingan harakatlar ular tomonidan zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishi bundan mustasno.

Sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa:

yadro portlashi, radiatsiya yoki radioaktiv zaxarlanish taʼsirida;

harbiy harakatlar, manyovrlar yoki boshqa harbiy tadbirlar;

sugʻurtalangan mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qoʻyilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yoʻq qilib tashlanishi natijasida koʻrilgan zarar uchun sugʻurta tovonini toʻlashdan ozod qilinadi.

Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.

NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

 

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda taraflar murojaat etadigan sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

 

 

SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

Shartnoma, agar u kuchga kirganidan keyin sugʻurta hodisasi yuz berishi ehtimoli yoʻqolgan va sugʻurta xavfining mavjud boʻlishi sugʻurta hodisasidan boshqa holatlar boʻyicha tugagan boʻlsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor boʻladi.

Sugʻurta qildiruvchi shartnoma muddatidan ilgari voz kechgan taqdirda, Sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofoti, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qaytarib berilmaydi.

Shartnoma boʻyicha Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi yuz berganidan keyin Sugʻurtalovchining roziligi bilan sugʻurtalangan mulkka boʻlgan oʻz huquqlarini unga oʻtkazishi va sugʻurta tovonini sugʻurta pulining toʻliq hajmida olishi mumkin.

Sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 955-moddasida koʻrsatilgan hollarda rad etishi mumkin.

YAKUNLOVCHI QOIDALAR

Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda, haqikiy hisoblanadi.

Mazkur shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan boʻlib, birinchisi Sugʻurta qildiruvchida, ikkinchisi Sugʻurtalovchida saqlanadi.

Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana gacha boʻlgan muddatga tuzildi va sugʻurta mukofoti toʻlangan paytda kuchga kiradi.

Shartnomada shartlashilgan sugʻurta mazkur shartnoma kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbik etiladi.

Shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI:

SUGʻURTALOVCHI:

Yuridik manzili: Sugʻurtalovchining yuridik manzili

H/R: Sugʻurtalovchining hisob raqami

Bank kodi Sugʻurtalovchining bank kodi

STIR: Sugʻurtalovchining STIR raqami

Sugʻurtalovchi bilan bogʻlanish uchun telefon raqami

SUGʻURTA QILDIRUVCHI:

Yuridik manzili: Sugʻurta qildiruvchining yuridik manzili

H/R Sugʻurta qildiruvchining hisob raqami

Bank kodi Sugʻurta qildiruvchining bank kodi

STIR: Sugʻurta qildiruvchining STIR raqami

Sugʻurta qildiruvchining telefon raqami

 

Muhr oʻrni Muhr oʻrni

 

 

Sug'urta shartnomasi