O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Oilaviy poliklinikada Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida SHARTNOMA

Hujjat tavsifi
Shartnoma ma’lumotlari

Yuklab oling

Oilaviy poliklinikada Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida

SHARTNOMA

Shartnoma imzolanadigan vaqt (kun, oy, yil)

Shartnoma raqami

Shartnoma imzolanadigan joy (tuman/shahar nomi)

 

Ushbu shartnoma oilaviy poliklinika tibbiyot brigadasi va jismoniy shaxs o‘rtasida tuzildi.

Bir tomondan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi nomi, oilaviy shifokorning F.I.O.

keyingi o‘rinlarda — “tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi”, ikkinchi tomondan jismoniy shaxs sifatida Shartnoma imzolayotgan jismoniy shaxsning F.I.O, tug‘ilgan yili, yashash manzili mazkur muassasa tibbiyot brigadasiga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shaxslarning qonuniy vakillari,keyingi o‘rinlarda — “tibbiy xizmat oluvchi” bilan (keyingi o‘rinlarda — “tomonlar”) Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (keyingi o‘rinlarda — kafolatlangan paket) doirasida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tuzildi.

1. Shartnoma predmeti

1.1. “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” oilaviy poliklinika tomonidan kafolatlangan paket doirasida quyidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi:

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ni qabul qilish, tibbiy ko‘rik va maslahat berish;

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga tibbiy-profilaktika xizmatlarini ko‘rsatish;

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ni belgilangan tartibda profilaktik va skrining tekshiruvlardan o‘tkazish;

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga kafolatlangan paket doirasida kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlari hamda klinik protokollarga muvofiq klinik-laborator, funksional va instrumental tekshiruvlarni o‘tkazish, tashxis qo‘yish, davolash, reabilitatsiya hamda palliativ xizmatlarini ko‘rsatish;

kafolatlangan paket doirasida dori va sarflash vositalariga retsept rasmiylashtirish yoki ularni poliklinika orqali berish;

oilaviy poliklinika kunduzgi statsionarida kafolatlangan paket doirasida davolash, muolaja va amaliyotlarni o‘tkazish;

mehnatga vaqtincha layoqatsizligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, natijasiga ko‘ra “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga mehnatga vaqtincha layoqatsizlik varaqasini berish;

o‘limni qayd qilish va rasmiylashtirish;

sog‘lom turmush tarzi tamoyillari (zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, gigiyenik tarbiya va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumot berib borish.

1.2. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” doimiy yoki vaqtinchalik yashash hududiga biriktirilgan tibbiyot brigadasidan boshqa tibbiyot brigadasiga o‘z xohishiga ko‘ra biriktirilganda, “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” tomonidan patronaj xizmati va uyda tibbiy xizmat ko‘rsatilmaydi.

2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi”ning huquqlari:

2.1.1. Kafolatlangan paketdan tashqari qo‘shimcha tibbiy xizmatlarni “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning o‘z mablag‘lari yoki ixtiyoriy sug‘urta tizimi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan taqdim etish;

2.1.2. Tibbiy qarorlarni o‘z kompetensiyasi doirasida mustaqil ravishda qabul qilish.

2.2.Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi”ning majburiyatlari:

2.2.1. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmda ko‘rsatish;

2.2.2. Belgilangan muddatlarda “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ni qabul qilish, uni tegishli tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish va maslahat berish, Milliy emlash kalendariga muvofiq profilaktik emlashlarni o‘tkazish;

2.2.3. Tashxis qo‘yish va davolash standartlari hamda klinik protokollarga muvofiq tor soha mutaxassislariga, zarur hollarda shifoxonalarga yo‘llanma berish;

2.2.4. Oilaviy poliklinikada mavjud hamda kafolatlangan paket doirasidagi dori va sarflash vositalariga (amaldagi tartibga ko‘ra) retsept rasmiylashtirish yoki ularni berish;

2.2.5. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning ambulator sharoitda davolanishi uchun amaldagi tashxis qo‘yish va davolash standartlari va klinik protokollarga rioya etgan holda, kunduzgi statsionarda davolanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

2.2.6. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga dori vositalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilish tartibini tushuntirish hamda dori vositasining nojo‘ya ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot berish;

2.2.7. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga sog‘lom turmush tarzi tamoyillari (zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish va boshqalar), kasalliklarning oldini olish to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;

2.2.8. Kasalliklarni erta aniqlash va dispanser ro‘yxatiga olish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish hamda berilgan tavsiyalarning bajarilishini doimiy nazorat qilish;

2.2.9. Agar “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” tibbiyot brigadasiga biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilsa, tibbiyot brigadasi tomonidan kafolatlangan paket doirasida patronaj xizmatini ko‘rsatish, ambulator davolash ishlarini tashkil qilish, “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning doimiy yoki vaqtincha yashash joyida va (yoki) oilaviy poliklinikada unga palliativ tibbiy yordamlarni ko‘rsatish;

2.2.10. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ni mehnatga vaqtincha layoqatsizligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, tekshiruv natijasiga ko‘ra “tibbiy xizmat oluvchi”ga mehnatga vaqtincha layoqatsizlik varaqasini belgilangan tartibda rasmiylashtirish yoki asoslantirgan holda rasmiylashtirishni rad etish;

2.2.11. Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlarning sir saqlanishini, “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning roziligisiz uchinchi shaxslarga oshkor qilinmasligini ta’minlash;

2.2.12. “Avvalo zarar yetkazma” tamoyiliga rioya qilish;

2.2.13. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ni uning sog‘lig‘i va davolash jarayoni haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumot bilan ta’minlash;

2.2.14. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ga ishonch, hurmat va tibbiy etika tamoyillariga asoslangan munosabatda bo‘lish, bunda ochiq va tushunarli muloqotni ta’minlash, “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning huquqlarini hurmat qilish va har qanday tibbiy aralashuvga “tibbiy xizmat oluvchi” uning roziligini olish.

2.3. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” quyidagi huquqlarga ega:

2.3.1. Kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmatlardan foydalanish;

2.3.2. O‘z sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumot, shu jumladan, tekshirish natijalari, qanday tashxis qo‘yilgani, kasallikning bundan buyon qanday kechishiga oid taxminlar, davolash usullari va bu usullar bilan bog‘liq xavf-xatar, buyurilgan tibbiy aralashuvlar, ularning ehtimoliy oqibat va asoratlari, amalga oshirilgan davolashning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq va tushunarli tarzda olish;

2.3.3. O‘ziga nisbatan tibbiyot xodimlari tomonidan xushmuomalalik bilan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini talab qilish;

2.3.4. Tibbiy aralashuvga rozilik berish;

2.3.5. Tibbiy aralashuvni rad etish;

2.3.6. Kafolatlangan paket doirasidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq dori va sarflash vositalari uchun (amaldagi tartibga ko‘ra) retsept olish yoki oilaviy poliklinikadan bepul dori va sarflash vositalarini olish;

2.3.7. Qabul qiladigan dori va sarflash vositalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilish tartibi hamda ularning nojo‘ya ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumot olish;

2.3.8. Sog‘lom turmush tarzi tamoyillari (zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish va boshqalar), kasalliklarning oldini olish to‘g‘risida ma’lumot olish;

2.3.9. Oilaviy shifokor tavsiyasiga ko‘ra tashxis qo‘yish va davolash standartlariga muvofiq tor soha mutaxassislariga, zarur hollarda shifoxonalarga yo‘llanma olish;

2.3.10. Amaldagi tashxis qo‘yish va davolash standartlari va klinik protokollarga muvofiq kafolatlangan paket doirasida kunduzgi statsionarda davolanish;

2.3.11. Agar “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” o‘zi shartnoma tuzgan tibbiyot brigadasiga biriktirilgan hududda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilsa, tibbiyot brigadasi tomonidan patronaj xizmatidan foydalanishga, ko‘rsatmaga ko‘ra uy shifoxonasida davolanishga, o‘zining doimiy yashash joyi yoki vaqtincha yashash joyida va (yoki) oilaviy poliklinikada palliativ tibbiy yordamlar olish;

2.3.12. Mehnatga vaqtincha layoqatsizligini aniqlash va qayd etish uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda natijasi bo‘yicha ma’lumot olish;

2.3.13. Shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;

2.3.14. O‘zi bitim tuzgan tibbiyot brigadasini chorak davomida bir marta, biroq bir moliya yilida ko‘pi bilan ikki marta o‘zgartirish;

2.3.15. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq noroziligini bildirish.

2.4.Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning majburiyatlari:

2.4.1. Sog‘lom turmush tarziga rioya etish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish;

2.4.2. Belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida va (yoki) oilaviy shifokor tavsiyasiga ko‘ra profilaktik tibbiy ko‘riklar hamda skrining tekshiruvlardan o‘tish;

2.4.3. Tibbiyot xodimlari bilan hamkorlik qilish, ular bilan muloqot qilishda hurmat ko‘rsatish hamda sog‘lig‘ida yuz bergan barcha holatlar haqida biriktirilgan tibbiyot brigadasi oilaviy shifokori yoki hamshiralarini xabardor qilish;

2.4.4. Dori va sarflash vositalarini uy sharoitida ko‘rsatmalarga muvofiq holda saqlash va shifokor tomonidan berilgan tavsiyalarga binoan qabul qilish;

2.4.5. Kafolatlangan paket doirasida ambulator tibbiy xizmatlarni, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rejali statsionar xizmatlardan bepul foydalanish maqsadida oilaviy shifokorning tegishli yo‘llanmasini olish;

2.4.6. O‘z sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning avj olishi va asoratlanishini oldini olish, o‘z vaqtida va (yoki) shifokor tavsiyasiga ko‘ra davolanish.

3. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi

3.1. Ushbu shartnomaning shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish tomonlar o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

3.2. Qo‘shimcha kelishuv shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, shunday shaklda tuziladi.

Qo‘shimcha kelishuv tuzishga muzokaralar yo‘li bilan erishilmasa, tomonlardan birining talabi bilan bitim sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

3.3. Ushbu shartnoma quyidagi hollarda bekor qilingan deb hisoblanadi:

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” boshqa tibbiyot brigadasi oilaviy shifokori bilan xuddi shunday kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatishni nazarda tutuvchi bitim imzolaganda;

“tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” (shaxs) vafot etganda;

oilaviy poliklinika va (yoki) tibbiyot brigadasi faoliyati tugatilganda.

3.4. Barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.

4. Maxfiylik

4.1. “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” va “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” shartnoma bo‘yicha ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun javob beradi.

4.2. “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” va “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning bir-biriga bitim predmeti bilan bog‘liq taqdim etgan ma’lumotlari maxfiy hisoblanadi. Tomonlar olingan ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi uchun barcha zarur va yetarli choralarni ko‘radilar.

4.3. “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” va “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” ushbu shartnoma bo‘yicha shifokor siri va shaxsga doir ma’lumotlarning xavfsizligi uchun javob beradi.

5. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Mazkur shartnoma tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi hamda basharti qonunchilik hujjatlarida boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.

6. Tomonlarning javobgarligi

6.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha belgilangan majburiyatlarning bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani uchun tomonlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

6.2. “Tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” tomonidan mazkur shartnomaning 2.4-bandida belgilangan talablar bajarilmasligi natijasida sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda, javobgarlik to‘liq “tibbiy xizmat oluvchi” zimmasiga yuklanadi hamda unga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha (kafolatlangan paketga kiritilmagan yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq) tibbiy xizmatlar pulli asosda amalga oshiriladi.

6.3. “Tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi” ushbu shartnomaning 2.2-bandida belgilangan talablar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi hamda uning bajarilmasligi natijasida “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi” tomonidan shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi mumkin, shuningdek, “tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi”ga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan choralar qo‘llaniladi.

7. Yakunlovchi qoidalar

7.1. Ushbu shartnomada belgilangan huquq va majburiyatlarning bajarilishi jarayonida “tomonlar” o‘rtasida yuzaga kelgan har qanday tushunmovchilik va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi yoki “tibbiy xizmatdan foydalanuvchi”ning yozma murojaati asosida e’tiroz tartibida ko‘rib chiqiladi. Murojaatni ko‘rib chiqish va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.

7.2. Kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq sud orqali hal etiladi.

Tibbiyot brigadasi oilaviy shifokori

Jismoniy shaxs

Tibbiyot brigadasi oilaviy shifokori F.I.O. va imzosi (oilaviy shifokor vaqtincha mavjud bo‘lmagan hollarda amaliyotchi hamshirasi)

Tug‘ilgan vaqti Shartnoma imzolayotgan jismoniy shaxsning tug‘ilgan vaqti

 

Pasport seriyasi Shartnoma imzolayotgan jismoniy shaxsning pasport seriyasi va raqami

 

Shartnoma imzolayotgan jismoniy shaxsning F.I.O. va imzosi

 

 

 

Oilaviy poliklinikada Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida SHARTNOMA