O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) shartnomasi

Hujjat tavsifi
Саволлар
Шартнома реквизитлари
Хўжалик
Етказиб берувчи
Шартнома шартлари
  • Изоҳ: Ундириладиган пеня миқдори 0,5 % дан ошмаслиги лозим.
  • Изоҳ: Ундириладиган пеня миқдори 50 % дан ошмаслиги лозим.
  • Изоҳ: Ундириладиган пеня миқдори 0,5 % дан ошмаслиги лозим.
  • Изоҳ: Ундириладиган пеня миқдори 50 % дан ошмаслиги лозим.

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) toʻgʻrisida)

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan vaqt

Nizom asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Xoʻjalikning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Xoʻjalik rahbarining lavozimi Xoʻjalik rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi oʻrinlarda “Xoʻjalik” deb yuritiladi) bir tomondan va asosida faoliyat koʻrsatuvchi, Yetkazib beruvchining toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi Yetkazib beruvchi rahbarining F.I.O orqali bir tomondan (keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi

I. Shartnoma predmeti

1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka Yetkazib beriladigan moddiy texnika resurslarining nomi va rusumi (keyingi oʻrinlarda “Xizmatlar” deb yuritiladi) yetkazib berish, “Xoʻjalik” esa ularni qabul qilish va qiymatini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

“Xizmatlari”ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek yetkazib berish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. “Xoʻjalik”ning huquqlari:

“Yetkazib beruvchi”dan shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;

“Xizmatlari” “Xoʻjalik”ning hisobidan transportda tashilganda “Yetkazib beruvchi”dan transport xarajatlarini qoplashni talab qilish;

“Yetkazib beruvchi”dan mazkur shartnomaga muvofiq beriladigan buyurtmanomaga muvofiq tegishli sifat va assortimentdagi “Xizmatlar” yetkazib berilishini talab qilish;

zarur sifatga ega boʻlmagan “Xizmatlari” yetkazib berilmagan taqdirda oʻz tanlashiga koʻra:

zarur sifatga ega boʻlmagan “Xizmatlar” shunga oʻxshash “Xizmatlar” bilan almashtirilishini;

kamchiliklar bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar “Xoʻjalik” yoxud uchinchi shaxslar tomonidan toʻgʻrilanishi xarajatlarini qoplashni;

bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish;

mazkur shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Yetkazib beruvchi”dan talab qilish.

Xoʻjalikning shartnomada koʻrsatilmagan boshqa huquqlari

2.2. “Xoʻjalik”ning majburiyatlari:

oʻz buyurtmanomasi boʻyicha yetkazib berilgan “Xizmatlari”ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish;

“Xizmatlar”ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan narx boʻyicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab Yetkazib berilgan xizmatlar uchun haq toʻlash muddati kun mobaynida haq toʻlash.

Xoʻjalikning shartnomada koʻrsatilmagan boshqa majburiyatlari

2.3. “Yetkazib beruvchi”ning huquqlari:

Yetkazib berilgan “Xizmatlar” uchun oldindan haq toʻlanishini va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hajmda uzil-kesil hisob qilinishini xoʻjalikdan talab qilish;

berilgan buyurtmanomaga muvofiq yetkazib berilgan “Xizmatlari”ni qabul qilish asossiz rad etilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.

Yetkazib beruvchining shartnomada koʻrsatilmagan boshqa huquqlari

2.4. “Yetkazib beruvchi”ning majburiyatlari:

“Xoʻjalik”ka “Xizmatlar”ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda yetkazib berish;

agar “Xizmatlar”ni yetkazib berish jarayonida “Yetkazib beruvchi” shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, “Xoʻjalik”ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni Yetkazib berilgan xizmatlarda aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati kun muddatda tekin tuzatib berish.

Yetkazib beruvchining shartnomada koʻrsatilmagan boshqa majburiyatlari

III. Shartnomaning bahosi va hisob-kitob tartibi

3.1. Mazkur shartnomaning bahosi Shartnomaning umumiy qiymati soʻmni tashkil etadi. Yetkazib beriladigan “Xizmatlar”ning bahosi mazkur shartnomaga ilovada koʻrsatilgan.

3.2. Mahsulotni transportda tashish va tushirish boʻyicha barcha xarajatlarni “Yetkazib beruvchi” koʻtaradi.

Mahsulot “Xoʻjalik”ning transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda “Yetkazib beruvchi” transportda tashish xarajatlarini unga qoplaydi (idishni ham oʻz ichiga olgan holda amaldagi massa boʻyicha).

3.3. “Xoʻjalik” yetkazib beriladigan “Xizmatlar” summasining Yetkazib beriladigan xizmatlar uchun oldindan toʻlanadigan summa miqdori (umumiy summaning foizi hisobida) foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Yetkazib berilgan “Xizmatlar” uchun qabul qilish–topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin Xizmatlar uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin necha kunda uzil-kesil hisob-kitob qilinishi lozim kun muddatda uzil-kesil hisob-kitob qilinadi.

3.4. Yetkazib berilgan “Xizmatlari” uchun qarzni hisobdan chiqarish yoʻli bilan hisob-kitob qilinadi

IV. Shartnomaning bajarilishi

4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.

Agar tomonlar oʻz zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.

4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.

4.3. “Xizmatlar” qabul qilish-topshirish dalolatnomalari tuzilgan sana shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.

4.4. “Xoʻjalik”ning roziligi bilan “Xizmatlar” muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. Yetkazib berilgan va “Xoʻjalik” tomonidan qabul qilingan “Xizmatlar” uchun keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak boʻlgan “Xizmatlar” hisobiga haq toʻlanadi va ular hisobiga oʻtkaziladi.

4.5. “Xoʻjalik” muddatlar buzilgan holda yetkazib berilgan “Xizmatlar”ni qabul qilishni rad etishga haqli.

4.6. Nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha bir nomda “Xizmatlar” yetkazib berilishi ushbu assortimentga kiruvchi boshqa nomdagi yetkazib berilmagan “Xizmatlar” oʻrnini toʻldirish sifatida qaralmaydi va yetkazib berilmagan “Xizmatlar”ning oʻrni toʻldirilishi kerak, bunday “Xizmatlar” yetkazib berish “Xoʻjalik”ning oldindan berilgan yozma roziligi boʻyicha amalga oshirilgan hollar bundan mustasno.

4.7. Yetkazib berilgan “Xizmatlar” bevosita “Xoʻjalik”ning masʼul xodimi tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi. Dalolatnomada yetkazib berilgan “Xizmatlari” miqdori, ularning sifati koʻrsatiladi.

4.8. Mazkur shartnomada nazarda tutilgan “Xizmatlar” yetkazib berish mazkur shartnomaga muvofiq yoki “Xoʻjalik”ning buyurtmanomasida koʻrsatilgan muddatlar va hajmda mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.

V. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Tomonlar oʻrtasida kelishilgan jadval boʻyicha kelgan transportning belgilangan muddatlardan ortiqcha turib qolganligi uchun aybdor tomon bekor turib qolganlik bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni toʻlaydi. Bekor turib qolish vaqti tomonlar oʻrtasida imzolangan dalolatnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.

5.2. Agar yetkazib berilgan “Xizmatlar”ning sifati, assortimenti, navlari, texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, namunalarga (etalonlarga) yoki shartnomada belgilangan boshqa shartlarga javob bermagan taqdirda, aybdor tomon yetkazib berilgan, sifati zarur darajada boʻlmagan “Xizmatlar” qiymatining Yetkazib berilgan Xizmatlarining sifati, assortimenti shartnomada belgilanganidan farq qilganda toʻlanishi lozim boʻlgan jarima foizi foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

5.3. “Xizmatlar”ni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmagan taqdirda “Yetkazib beruvchi” “Xoʻjalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining Xizmatlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun bir kunda toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan “Xizmatlar” qiymatining Xizmatlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun jami toʻlanadigan penya miqdori foizidan ortiq boʻlmasligi kerak. Penya toʻlanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur tarzda bajarishdan va “Xizmatlar”ni yetkazib berish muddati kechiktirilishi yoki toʻliq yetkazib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.

5.4. Yetkazib berilgan “Xizmatlar” uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmaganda “Xoʻjalik” “Yetkazib beruvchi”ga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Xizmatlarni yetkazib berish kechiktirilgan yoki toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun bir kunda toʻlanadigan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bu kechiktirilgan toʻlov summasining Xizmatlarr uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun toʻlanadigan bir kunlik penya miqdori. foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.

5.5. “Xoʻjalik” tomonidan tegishli kontraktatsiya shartnomasi bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda shuningdek uning xatti-harakatlari (harakatsizligi) “Xoʻjalik” tomonidan kontraktatsiya shartnomasi boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga (zarur tarzda bajarilmasligiga) olib kelgan “Yetkazib beruvchi”ning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.

“Yetkazib beruvchi”ning aybi bilan kontraktatsiya shartnomasining “Xoʻjalik” tomonidan bajarilmasligi (zarur tarzda bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda “Yetkazib beruvchi” tomonidan qoplanadi.

5.6. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan tomonlarning javobgarligi chora-tadbirlari fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

VI. Nizolarni hal etish tartibi

6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni hal etish uchun bevosita Xizmatlar haqi oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun undiriladigan penyaning umumiy miqdori sudiga murojaat qilishga haqlidir.

VII. Shartnomaning amal qilishi

7.1. Mazkur shartnoma mazkur shartnomaning 8.4-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.

7.2. Tomonlar oʻrtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning barcha shartlari bajarilgan va hisob-kitob toʻliq tugallangan taqdirda toʻxtatiladi.

VIII. Yakuniy qoidalar

8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga koʻra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

8.2. Mazkur shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

8.3. Mazkur shartnoma tomonlarning har biri va qishloq xoʻjaligi boʻlimi uchun bir nusxadan uch nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng yuridik kuchga egadir.

8.4. Mazkur shartnoma, unga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) “Xoʻjalik” joylashgan joy boʻyicha tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bajarilishi kerak.

 

 

IX. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari:

Xoʻjalik:

Xoʻjalikning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Xoʻjalikning manzili

Xoʻjalikning hisob raqami

Xoʻjalikning STIR raqami

Xoʻjalikning MFO raqami

Yetkazib berilgan xizmatlarda aniqlangan kamchiliklarni tekin tuzatib berish muddati

Xoʻjalikning OKED raqami

Xoʻjalik rahbarining lavozimi

 

Yetkazib beruvchi:

Yetkazib beruvchining toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Yetkazib beruvchining manzili

Yetkazib beruvchining hisob raqami

Yetkazib beruvchining STIR raqami

Yetkazib beruvchining MFO raqami

Yetkazib beruvchining OKED raqami

Yetkazib beruvchi rahbarining lavozimi

 

 

Xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) shartnomasi