O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Даъво ариза реквизитлари
  • (рақам ва сўз билан ёзилади)
Даъвогар
  • (вилоят, туман (шаҳар) кўча, МФЙ (қишлоқ), уй, хонадон рақамлари тўлиқ ёзилади)
Жавобгар
  • (вилоят, туман (шаҳар) кўча, МФЙ (қишлоқ), уй, хонадон рақамлари тўлиқ ёзилади)
Даъво ариза мазмуни
  • (фоизда кўрсатилади)
  • (фоиз кўрсатилади)
  • (рақам ва сўз билан ёзилади)
Илова қисми

Yuklab oling

Daʼvo ariza berilgan sud nomi ga

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqami

Daʼvogarning elektron manzili

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

Javobgarning yashash manzili

Javobgarning telefon raqami

Javobgarning elektron manzili

 

Daʼvo mazmuni: (Ijara toʻlovlari boʻyicha Undirilishi soʻralayotgan ijara haqi va penyaning umumiy summasi soʻm

qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida)

 

Daʼvo ariza

Men va Javobgarning F.I.O. oʻrtamizda Ijara shartnomasi tuzilgan sanada Ijara shartnomasining raqami-sonli ijara shartnomasi tuzilgan, ushbu shartnomaga koʻra, belgilangan ijara toʻlovini oʻz vaqtida, belgilangan muddatda va miqdorda mening tranzit hisob raqamimga toʻlashi, ijaraga oluvchi shartnomada koʻrsatilgan, ijara haqi toʻlashi, birinchi toʻlovni shartnoma roʻyxatga olingan sanadan boshlab Shartnomaga asosan ijara haqi toʻlash muddati kun ichida amalga oshirishi va kelgusi toʻlovlarni shartnomaning koʻrsatilgan jadvalga asosan har chorakning birinchi oyining yigirmanchi kunidan kechiktirmasdan toʻlashi belgilangan, ijaraga oluvchi shartnoma majburiyatini buzib, Ijara toʻlovlari boʻyicha kelib chiqqan qarzdorlik miqdori soʻm qarzdorlikni toʻlamasdan kelgan, shartnomada ijaraga oluvchi belgilangan ijara toʻlovini oʻz vaqtida va miqdorda toʻlamaganligi uchun ijaraga beruvchiga kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlov summasining Ijara toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan penya miqdori foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining Ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan penyaning umumiy summasi miqdori foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi belgilangan. Shartnoma shartlaridan kelib chiqqan holda belgilangan muddatda toʻlanmagan ijara toʻlovlari uchun jami Belgilangan muddatda toʻlanmagan ijara toʻlovlari uchun hisoblangan jami penya miqdori soʻm penya hisoblandi. Qarzdorga bu haqda xabarnoma yuborilgan boʻlsada, u tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksini 535-moddasiga binoan, mulk ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.

Shuningdek, 543-moddasida ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni oʻz vaqtida toʻlab turishi shart.

Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni oʻxshash holatlarda ijaraga berishda qoʻllaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.

Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha mol-mulk uchun yaxlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi uchun alohida-alohida holda quyidagi koʻrinishlarda belgilanadi:

vaqti-vaqti bilan yoki bir yoʻla toʻlanadigan qatʼiy summada belgilangan toʻlovlar tariqasida;

ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlarning belgilangan ulushi tariqasida;

ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatiladigan maʼlum xizmatlar tariqasida;

ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchiga shartnomada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida;

ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash boʻyicha shartnomada kelishilgan xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida.

Taraflar mulk ijarasi shartnomasida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq toʻlashning boshqa shakllarini nazarda tutishlari mumkin.

Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda koʻpi bilan bir marta taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin. Qonun hujjatlarida mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta koʻrib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi oʻzi javobgar boʻlmagan holatlarga koʻra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan boʻlsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini toʻlash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini muddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan muddatda toʻlashni talab qilishga haqli. Bunda ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun koʻpi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin toʻlashni talab qilishga haqli.

“Ijara toʻgʻrisida” gi qonuni 12-moddasiga muvofiq, ijara haqi ijara shartnomasida tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan belgilanadi, bunda yer va tabiiy resurslar uchun ijara haqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻrsatilgan tartibda va doirada belgilanadi.

Ijara haqi ijaraga olingan mol-mulkning egasiga toʻlanadi. Bunda, basharti davlat mol-mulk ijaraga berilgan boʻlsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim.

Ijara haqi ijaraga olingan butun mol-mulk uchun yaxlit yoki har bir obyekt boʻyicha alohida-alohida natura, pul yoki aralash shakllarda belgilab qoʻyilishi mumkin. Ijara haqini toʻlash shartlari va muddatlari shartnomada belgilab qoʻyiladi.

Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq shartnomada koʻzda tutilgan muddatlarda oʻzgartirilishi mumkin. Ijara haqining miqdori smarkazlashtirilgan tartibda belgilab qoʻyiladigan narx-navo va tariflar oʻzgargan taqdirda hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda tomonlardan birining talabiga muvofiq muddatidan oldin qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining "Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-dekabr 234-sonli qarorini 9-bandiga asosan, Mulk ijarasi shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi, shu sababli ijaraga oluvchining asosiy majburiyatlaridan biri mulkdan foydalanganlik uchun haqni, yaʼni ijara haqini oʻz vaqtida toʻlashdir. Ijara haqini toʻlash muddatlari taraflar tomonidan belgilanadi va shartnomada koʻrsatiladi. Ijara haqini toʻlash muddati muayyan sana yoki davr bilan belgilanishi mumkin. Ijara shartnomasida ijara haqini toʻlash muddati koʻrsatilmagan hollarda FK 544-moddasining ikkinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi.

Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ijaraga oluvchining ijara haqini toʻlash majburiyati ijaraga berilgan mulk unga topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Agar ijaraga beruvchi ijara obyektini ijaraga oluvchiga shartnomani tuzish paytida yoki shartnomada belgilangan boshqa muddatda topshirmagan boʻlsa, u mulkdan foydalanganlik uchun toʻlovlarni tegishli davrda amalga oshirishni talab qilishga haqli emas.

Shuningdek, ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin ham ijarachi ijaraga olingan mulkdan amalda foydalanishni davom ettiraversa, ijaraga oluvchi butun foydalangan davr uchun ijara haqini toʻlashga majbur.

Yuqoridagilarga asosan suddan, Fuqarolik kodeksining 543, 237-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan,

Soʻrayman:

Javobgar Javobgarning F.I.O.dan mening foydamga Ijara toʻlovlari boʻyicha kelib chiqqan qarzdorlik miqdori soʻm miqdoridagi ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni hamda unga hisoblangan Belgilangan muddatda toʻlanmagan ijara toʻlovlari uchun hisoblangan jami penya miqdori soʻm penyani, jami Undirilishi soʻralayotgan ijara haqi va penyaning umumiy summasi soʻmni undirib berishingizni.

Ilova:

Daʼvo arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati

 

Daʼvogarning F.I.O. ___________ imzo

 

Daʼvo ariza berilgan sana

Ijara to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza