O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Саволлар
Shartnoma rekvizitlari
Yuboruvchi
Talabgor
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Ushbu bandga to‘lovning ikkinchi qismini amalga oshirishdan oldin yuboruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar (masalan talabgorni til yoki mutaxasislik bo‘yicha o‘qitish va boshqalar) yoziladi.
  • Izoh: Ushbu joyga yuboruvchining shartnoma matnida yozilmagan huquqlari yozilishi mumkin.
  • Izoh: Ushbu joyga yuboruvchining shartnoma matnida yozilmagan boshqa majburiyatlari yozilishi mumkin.
  • Izoh: Ushbu joyga yuboruvchining shartnoma matnida yozilmagan huquqlari yozilishi mumkin.
  • Izoh: Ushbu joyga yuboruvchining shartnoma matnida yozilmagan boshqa majburiyatlari yozilishi mumkin.

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida)

 

 

Shartnoma tuzilgan joy

 

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan vaqt

 

Ushbu shartnoma Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Yuboruvchiga mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berilgan sana yilda berilgan Yuboruvchiga mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziya raqami-son litsenziya asosida faoliyat koʻrsatuvchi Yuboruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli nomidan mazkur tashkilot Yuboruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Yuboruvchi tashkilot rahbari F.I.O (keyingi oʻrinlarda Yuboruvchi tashkilot deb ataladi) va Talabgorning manzili da yashovchi Talabgorning tug‘ilgan yiliyilda tugʻilgan, (pasport: Talabgorning pasport seriyasi va raqami Talabgorga pasport bergan IIB nomi tomonidan Talabgorga pasport berilgan sana berilgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Talabgorning F.I.O (keyingi oʻrinlarda Talabgor deb ataladi) quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani (keyingi oʻrinlarda Shartnoma deb ataladi) tuzdi:

1. Shartnoma maqsadi

1.1. Yuboruvchi Talabgorga Talabgar ishga yuboriladigan mutaxassislikmutaxassisligi/kasbi boʻyicha Talabgor kelgusida ishga yuboriladigan davlat nomi davlatida boʻsh ish oʻrinlarini tanlash, ketishdan oldin moslashtirish va Talabgor kelgusida ishga yuboriladigan davlat nomida ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.

1.2. Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat shartnoma mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olingach, ishga joylashtiriladigan davlat hududida imzolanadi.

2. Shartnomaning amal qilish muddati

2.1. Ushbu Shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati yilga qadar amal qiladi.

3. Hisob-kitoblar miqdori va tartibi

3.1. Yuboruvchi tashkilot tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun talabgor jami Talabgor tomonidan yuboruvchiga to‘lanadigan xizmat haqi (Shartnoma qiymati) soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini taraflarning kelishuviga asosan naqd pul koʻrinishida toʻlaydi.

3.2. Toʻlovlarning To‘lovning birinchi qismini tashkil etuvchi shartnoma qiymati foizi foiz qismi mazkur shartnoma tuzilganidan soʻng To‘lovning birinchi qismi to‘lanadigan muddat ish kunida toʻlanadi.

Toʻlovning qolgan To‘lovning ikkinchi qismini tashkil etuvchi shartnoma qiymati foizi foiz qismi yuboruvchi tomonidan To‘lovning ikkinchi qismini amalga oshirish shartlari ishlar amalga oshirilgan soʻng To‘lovning ikkinchi qismini amalga oshirish muddati ish kunida toʻlanadi.

4. Ishga joylashtiriladigan davlatda ishlash shartlari

4.1. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Talabgor, agar ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, maxsus ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.

4.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida yashash va boshqa ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bogʻliq xarajatlar, kelgusida Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida imzolanadigan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.

4.3. Mehnat faoliyati davrida, ish haqi va boshqa toʻlov summalari mehnat shartnomasi asosida Talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida aniqlanadi. Talabgorning ish haqi summasi xodimlarning tegishli toifasi uchun ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.

4.4. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantining ish vaqti qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak. Shunga muvofiq mehnat shartnomasi asosida hafta davomida ish vaqtining davomiyligi aniqlanadi. 

4.5. Xodimni ish vaqtidan keyin ishga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida xodimning roziligi bilan oʻzaro bitim tuzilgan holat bundan mustasno.

4.6. Ish vaqtidan keyin, shuningdek, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun ishga joylashtiriladigan davlatning mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi. 

4.7. Talabgor kelgusida ishga joylashtiriladigan davlatda mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzsa va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsa u oʻz mablagʻlari hisobidan oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytariladi.

5. Yuboruvchi tashkilotning huquqlari va majburiyatlari

5.1. Yuboruvchi tashkilot fuqarolarni ishga joylashtirish, ularning malakasini oshirish/ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ishga joylashtiriladigan davlatga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborishda quyidagi huquqlarga ega:

mazkur Shartnoma talablarini buzgan va joʻnab ketishdan oldin moslashtirish jarayonida ishtirok etmagan Talabgorlarni chetlashtirish;

5.1-bandning ikkinchi xatboshiga muvofiq chetlashtirilgan fuqarolardan ishlab chiqarish xarajatlarini oʻqitish soatlariga yoki yetkazilgan zararni undirish.

Юборувчининг ҳуқуқлари

5.2. Ishga joylashtiriladigan davlat hududida Talabgorlar huquqlarini va kafolatlarini taʼminlash boʻyicha Yuboruvchi tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

xorijiy ish beruvchi bilan tuziladigan mehnat shartnomasi loyihasini Talabgorga taqdim etish va uni mazkur loyiha shartlari bilan batafsil tanishtirish; 

xorijiy ish beruvchining asosiy talablari va ishga joylashtirish shartlari boʻyicha Talabgorlarga umumiy axborot va tavsiyalar berish; 

tibbiy koʻrik yakunlari boʻyicha sogʻlom deb topilgan Talabgorni mehnat faoliyatiga joʻnab ketishdan oldin tayyorlash jarayonini malakali oʻqituvchilar/mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etish;

ishga joylashtiriladigan davlatning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Talabgorning oʻquv-tayyorgarlik, moslashish (til boʻyicha, ixtisoslashtirilgan va kasb bilan bogʻliq) kurslari hamda tadbirlarida ishtirok etishini tashkil qilish; 

imtiyozli chiptalarni xarid qilish uchun Talabgorni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bazasida albatta roʻyxatdan oʻtkazish; 

chiptalar xarid qilishda amaliy yordam berish va Talabgorlarni ishga joylashtiriladigan davlatga uyushgan holda joʻnatish;

Talabgorlarga ishga joylashtiriladigan davlatda hamrohliq qilish; mehnat shartnomasi tugaguniga qadar ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;

xorijiy ish beruvchining talablariga muvofiq Talabgorlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil etish;

mehnat migrantlariga xorijiy ish beruvchilar tomonidan ish haqi oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish; 

ishga joylashtiriladigan davlat fuqarolari uchun moʻljallangan darajadan past boʻlmagan darajada munosib mehnat qilish va yashash sharoitlari normalariga rioya etish; 

xodim mehnat faoliyatini boshlagan davrdan boshlab, uni ishlab chiqarishdagi koʻngilsiz hodisalardan, shu jumladan ish vaqtidan tashqari koʻngilsiz hodisalardan tibbiy sugʻurta qilishni xorijiy ish beruvchi bilan birgalikda taʼminlash.

Yuboruvchining majburiyatlari

6. Talabgorning huquqlari va majburiyatlari

6.1. Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

talabgor va xorijiy ish beruvchi oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish; 

ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilingan taqdirda, shaxsiy huquqlar va erkinliklar, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan foydalanish;

ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida olingan ish haqidan va boshqa daromadlardan erkin foydalanish;

sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini talab qilish va ulardan foydalanish; 

xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrida yuzaga kelgan nizolarni hal etish uchun Yuboruvchi tashkilotga va Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasiga/konsullik muassasalariga bevosita murojaat qilish. 

Talabgorning huquqlari

6.2. Ushbu shartnomaga muvofiq Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishda oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:

ishga joylashtiriladigan davlat qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etish va mazkur davlat anʼanalarini hurmat qilish; 

ushbu Shartnomaning 3.1-bandida koʻrsatilgan summani 3.2 bandda belgilangan muddatda toʻlash;

belgilangan ichki tartibga rioya qilish hamda oʻqitish va moslashtirish jarayonida ishtirok etish; 

ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish, mehnat faoliyatini xorijiy ish beruvchi va mehnat migranti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshirish;

ishga joylashtiriladigan davlat hududida boʻlish tartibiga rioya qilish; 

ushbu Shartnoma majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qiladigan/uni murakkablashtiradigan holatlar yuzaga kelganda, Yuboruvchi tashkilotga murojaat qilish;

mehnat shartnomasi muddati va ishga joylashtiriladigan davlatda vaqtincha roʻyxatdan oʻtish (viza) muddati tugagach (yoki xorijiy ish beruvchi bilan kelishilgan holda muddat tugashidan oldin) oʻzi yashaydigan mamlakatga oʻz vaqtida qaytib ketish;

mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat (patent) olgunlariga qadar yashash va ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz mablagʻlari hisobidan qoplash.

Talabgorning majburiyatlari

6.3. Talabgor ishga joylashtiriladigan davlat hududida fuqarolik-huquqiy munosabatlar (oʻzi tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar, zarar yetkazish) doirasida yuzaga keladigan majburiyatlar va ularning oqibatlari uchun shaxsan oʻzi javob beradi

 

7. Qoʻshimcha shartlar

7.1. Mehnat migranti ishlab chiqarishda jarohat olsa/mayib boʻlsa, tibbiy xizmat koʻrsatish va/yoki oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Yuboruvchi tashkilot tomonidan qoplanadi. 

7.2. Mehnat migranti halok boʻlsa/ishlab chiqarishda jarohat olsa, uning hayotiga va/yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik Yuboruvchi tashkilot/sugʻurta kompaniyasi zimmasiga yuklanadi. Mehnat migranti halok boʻlsa, jasadni (jasad qoldiqlarini) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish boʻyicha xarajatlar yuboruvchi tashkilot hisobidan amalga oshiriladi. 

7.4. Mehnat migranti ishlab chiqarish jarayonidan boshqa vaqtda jarohat olganligi tufayli mehnat faoliyatini davom ettirish imkoni boʻlmasa, tibbiy xizmat koʻrsatish va/yoki oʻzi yashaydigan mamlakatga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Yuboruvchining mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi. 

7.5. Talabgor oʻzining aybli harakatlari sababli deportatsiya qilingan taqdirda, chiqarib yuborish bilan bogʻliq xarajatlar oʻzining zimmasiga yuklanadi.

 

8. Fors-major holatlar

8.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan bilishi, oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin boʻlmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida vujudga kelgan yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major holatlari)tufayli yuzaga kelganligini va Tomonlar oʻz majburiyatlarini tegishlicha bajarish yuzasidan barcha mumkin boʻlgan va oʻzlariga bogʻliq boʻlgan choralarni koʻrganligini isbotlasa, javob bermaydi.

8.2. Fors-major holatlariga harbiy harakatlar, tabiat kuchlari taʼsiri (zilzila, suv toshqini va hokazolar), davlat organlari qarorlari va boshqa holatlar kiradi.

8.3. Fors-major holatlar yuzaga kelishi toʻgʻrisida Tomonlar bunday holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

8.4. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amal qiladigan davrga koʻchiriladi.

 

9. Nizolarni hal qilish

9.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan yoki mazkur majburiyatlarni bajarish chogʻida yuzaga keladigan barcha nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.

9.2. Tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan nizolar hal etilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiquvchi sud da hal etiladi.

 

10. Yakunlovchi qoidalar

10.1. Ushbu Shartnoma 2 ta (ikkita) nusxada tuzilib, ular bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. 

10.2. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

10.3.Ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

11. Tomonlarning manzillari va bank rekvizitlari:

 

 

Yuboruvchi tashkilotning manzili

 

Yuboruvchi tashkilotning hisob raqami

 

Yuboruvchi tashkilotning STIR raqami

 

Yuboruvchi tashkilotning MFO raqami

 

Yuboruvchi tashkilotning OKED raqami

 

Yuboruvchi tashkilotning telefon raqami

 

 

 

Talabgorning F.I.O

 

Talabgorning manziliuyda yashovchi

 

Talabgorning tug‘ilgan yili

 

Talabgorning pasport seriyasi va raqami

 

Talabgorga pasport bergan IIB nomitomonidan berilgan

 

Talabgorga pasport bergan IIB nomiyilda berilgan

 

Talabgorning telefon raqami

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi