O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ижтимоий соҳа объектларига суюлтирилган углеводород газини етказиб бериш

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (tuman (shahar) ko‘rsatiladi)
Shartnoma predmeti
Gaz taʼminoti tashkiloti to‘g‘risida maʼlumotlar
Isteʼmolchi haqida maʼlumotlar

Yuklab oling

Ijtimoiy soha obyektlariga suyultirilgan

uglevodorod gazini yetkazib berish boʻyicha

NAMUNAVIY SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma raqami-con Shartnoma tuzilgan hudud

 

I. Shartnomaning predmeti

1.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish, isteʼmolchi esa suyultirilgan uglevodorod gazini maishiy ehtiyoj uchun foydalanishga qabul qilish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.

II. Yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining sifati va hajmi

2.1. Gaz taʼminoti tashkiloti suyultirilgan uglevodorod gazini GOST 20448-90 “Gazы uglevodorodnыe sjijennыe toplivnыe dlya kommunalno-bыtovogo potrebleniya” talablariga muvofiq yetkazib berish majburiyatini oladi.

2.2. Gaz taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga maishiy ehtiyoj uchun bir oyda Bir oyda yetkazib beriladigan gaz miqdori kg.(m3)suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish majburiyatini oladi. Yetkazib berilgan gaz qayta sotilmaydi.

Yetkazib berish respublika boʻyicha suyultirilgan uglevodorod gazi resurslari va taqsimotining tasdiqlangan balansi doirasida amalga oshiriladi.

III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

3.1. Gaz taʼminoti tashkiloti:

a) ushbu Shartnomaning 3.4-bandi talablariga rioya qilinmagan taqdirda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirgan holda isteʼmolchiga suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishni toʻxtatish;

b) isteʼmolchidan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etishni talab qilish huquqiga ega.

3.2. Gaz taʼminoti tashkiloti:

a) tasdiqlangan jadvalga muvofiq suyultirilgan uglevodorod gazini oʻz vaqtida yetkazib berishga;

b) isteʼmolchiga belgilangan tartibda suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanish toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq berishga;

v) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan maishiy gaz ballonlarini isteʼmolchi manziligacha yetkazishga;

g) texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan maishiy gaz ballonlaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaslikka;

d) maishiy gaz ballonlarini muvofiqlik sertifikati boʻlmagan rezinali shlanglarga ulamaslikka;

ye) isteʼmolchining buyurtmalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashga;

j) yetkazib beruvchi zavodning kutilayotgan kechikishlar yoki suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishi toʻxtatilishi haqidagi bildirishnomasi olingan kundan boshlab oʻn kalendar kun mobaynida bu haqda isteʼmolchini xabardor qilishga;

z) isteʼmolchidagi maishiy gaz ballonini suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirish uchun yigʻish va olib ketishga;

i) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona foydalanish hamda amaldagi meʼyoriy talablarga rioya qilish boʻyicha isteʼmolchilarga targʻibot va tashviqot ishlarini olib borishga;

k) gazdan foydalanish uskunasi tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili texnik va profilaktik koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etishga;

l) isteʼmolchining buyurtmanomalari boʻyicha texnologik va gazdan foydalanish uskunasining nosozliklarini maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkazgan holda bartaraf etish choralarini koʻrishga;

m) nosozliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishga, keyinchalik uni uch yil mobaynida saqlashga majburdir.

3.3. Isteʼmolchi:

a) suyultirilgan uglevodorod gazi belgilangan sifatda yetkazib berilishini talab qilishga;

b) belgilangan sifatga muvofiq boʻlmagan suyultirilgan uglevodorod gazini qabul qilishni rad etishga;

v) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilishini vaqtincha toʻxtatishni talab qilishga;

g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishda tuzilgan shartnomani uzaytirishga yoki gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish huquqiga egadir.

3.4. Isteʼmolchi:

a) suyultirilgan uglevodorod gazidan oqilona va faqat maishiy maqsadlar uchun foydalanishga;

b) gazdan foydalanish uskunasini (individual, guruhli gaz balloni va rezervuar sigʻim) oʻrnatishga loyiha yoki eskizga ega boʻlishga;

v) gazlashtirish loyihasi yoki eskizi saqlanishini taʼminlashga va uni gaz taʼminoti tashkiloti va vakolatli davlat organlari vakilining talabiga koʻra koʻrsatishga;

g) suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilganligi uchun tasdiqlangan tarifga muvofiq haq toʻlashga;

d) gaz priborlari va maishiy gaz ballonlaridan (individual, guruhli) xavfsiz foydalanishni va oʻrnatishni taʼminlash uchun buyruq asosida masʼul shaxs tayinlashga;

ye) xonada, gaz priborlari va maishiy gaz ballonlari oʻrnatilgan joylarda gaz hidi aniqlanganda darhol gazdan foydalanishni toʻxtatish choralarini koʻrishga, xonani shamollatishga va bu haqda darhol gaz taʼminoti tashkilotiga xabar berishga;

j) gazdan foydalanish uskunasi, maishiy gaz balloni (individual, guruhli) va shamollatish yoʻllarini amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq soz holatda saqlashga;

j1)gazdan foydalanish uskunasini tasdiqlangan jadvallar va tariflarga muvofiq har yili texnik va profilaktik koʻrikdan oʻtkazishga;

z) gazdan foydalanish uskunasini va maishiy gaz ballonini koʻzdan kechirish uchun gaz taʼminoti tashkilotining vakillari erkin kirishini taʼminlashga (tegishli guvohnoma koʻrsatilganda) majburdir.

IV. Hisob-kitoblar tartibi

4.1. Isteʼmolchi yetkazib beriladigan suyultirilgan uglevodorod gazining bir oylik hajmining Oldindan to‘lanadigan pul miqdori (foizda) foizi miqdorida oldindan haq toʻlaydi. Uzil-kesil hisob-kitob suyultirilgan uglevodorod gazi haqiqatda yetkazib berilgandan keyin amalga oshiriladi. Hisob-kitob oʻlchov birligi uchun belgilangan yagona chakana narxga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan chakana narx oʻzgarganda hisob-kitob oʻzgargan narx boʻyicha amalga oshiriladi.

4.2. Toʻlov toʻlov summasini isteʼmolchining hisob-kitob raqamidan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

4.3. Suyultirilgan uglevodorod gazi gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi tomonidan toʻlovni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganidan keyin yetkazib beriladi.

V. Shartnomaning amal qilish muddati

5.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlgach, agar taraflardan hech biri Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, u kelgusi yilga uzaytirilgan deb hisoblanadi.

5.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda rasmiylashtirilishi va taraflar tomonidan imzolanishi kerak.

VI. Taraflarning javobgarligi

6.1. Shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda taraflar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

VII. Fors-major

7.1. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) – bu taraflarning irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy hodisalar (zilzila, koʻchki, dovul, qurgʻoqchilik va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlaridan kelib chiqib import va eksportga taqiqlar va shu kabilar) tufayli kelib chiqqan, ular munosabati bilan taraflar ushbu sharoitlarda qabul qilingan majburiyatlarni bajara olmaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va oldindan koʻrilmagan holat.

7.2. Taraflar, agar majburiyatlarni zarur tarzda bajarish uchun ularga bogʻliq barcha choralar koʻrilganligini isbot qilsalar, aybdor deb hisoblanmaydilar.

7.3. Ushbu Shartnoma ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlari yuz bergan taqdirda taraflar aloqa vositalari orqali bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

7.4. Gaz taʼminoti tashkiloti ishlab chiqaruvchi zavodlarda avariya yuz bergan hollarda suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berilmaganligi uchun javob bermaydi.

VIII. Nizolarni hal etish tartibi

8.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda taraflar, qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

8.2. Taraflar oʻrtasidagi taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinmagan har qanday nizomlar sud tomonidan hal etiladi.

IX. Yakunlovchi qoidalar

9.1. Taraflarning roziligi bilan ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda kiritiladi va vakolatli shaxslar tomonidan imzolanadi.

9.2. Ushbu Shartnoma Shartnomaning har bir tarafi uchun ikki nusxada tuzildi, har ikki nusxa bir xil yuridik kuchga egadir.

9.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan holatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

X. Taraflarning rekvizitlari

 

Gaz taʼminoti tashkiloti

Gaz taʼminoti tashkilotining nomi

Pochta manzili: Gaz taʼminoti tashkilotining manzili

XXTUT kodi: Gaz taʼminoti tashkilotining mulkchilik shakli

Aloqa qilinadigan telefon:Gaz taʼminoti tashkiloti telefon raqami

Toʻlov uchun bankdagi hisob raqami:

Gaz taʼminoti tashkiloti hisob raqami

Bank nomi: Gaz taʼminoti tashkiloti banki nomi

MFO: Gaz taʼminoti tashkiloti bank kodi MFO

STIR: Gaz taʼminoti tashkiloti STIR raqami

Rahbar F.I.O. Gaz taʼminoti tashkiloti rahbarining F.I.O.

M.Oʻ. (imzo) ___________________

Isteʼmolchi

Isteʼmolchining nomi

Pochta manzili: Isteʼmolchining manzili

XXTUT kodi: Isteʼmolchining mulkchilik shakli

Aloqa qilinadigan telefon:

Isteʼmolchining telefon raqami

Bankning nomi: Isteʼmolchining banki nomi

Isteʼmolchining hisob raqami

MFO: Isteʼmolchi bank kodi MFO

STIR:Isteʼmolchi STIR raqami

Rahbar F.I.O.: Isteʼmolchi rahbarining F.I.O.

M.Oʻ (imzo) ________________

 

Ижтимоий соҳа объектларига суюлтирилган углеводород газини етказиб бериш