O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘lda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Temir yo‘l
Mijoz
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Qonunchilikka ko‘ra bir kunlik penya miqdori kechiktirilgan summaning 0.4 foizidan oshmasligi lozim
  • Izoh: Masalan 30 kun, 60 kun, 90 kun

Yuklab oling

SHARTNOMA

qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish xaqida

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

 

Shartnoma tuzilgan joy

 

Bundan buyon matnda “Temir yoʻl” deb yuritiluvchi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Temur yo‘l tashkilotining nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Temur yo‘l tashkiloti nomidan ish olib boruvchi vakilga ishonchnoma berilgan sanadagi Temur yo‘l tashkiloti nomidan ish olib boruvchi vakilga berilgan ishonchnoma raqami-sonli ishonchnomaga asosan xarakat qiluvchi, korxonaning Temur yo‘l tashkiloti nomidan ish olib boruvchi vakilning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va bundan buyon matnda “Mijoz” deb yuritiluvchi Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan korxona Nizomiga asosan harakat qiluvchi Mijoz tashkilot vakilining lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining sharnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” gi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomiga asosan ushbu shartnomani quyidagilar xaqida tuzdik

I. SHARTNOMA MAVZUSI:

 

1.1. Ushbu shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi demonopolizatsiya va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan 25.11.2011 da kelishilgan va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ning 29.11.2011-yildagi 543-N-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan shartnomaviy (erkin) tariflar boʻyicha bajariladigan ishlar va xizmatlar roʻyxatini amalda joriy etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan temir yoʻl transportida tashish jarayonida yuzaga keladigan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.

1.2. Temir yoʻl stansiyasida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlov miqdori va toʻlov tartibini belgilaydi (narxlarni kelishish bayonnomasi ilova qilinadi ).

II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI.

 

“Mijoz” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi:

2.1. “Mijoz” kutilayotgan qoʻshimcha temir yoʻl xizmatlari uchun 100% oldindan toʻlovni amalga oshiradi.

2.2. Yuk tashish qoidalariga muvofiq, belgilangan muddatlarda vagonlarni yuklash va tushirishni amalga oshiradi.

2.3. Qoʻshimcha xizmatlar uchun oldindan toʻlov miqdori yuk tashish uchun va shartnomaviy tariflarga narxlarni kelishish bayonnomasiga asosan amal qiluvchi qoʻshimcha xizmatlarga toʻlovlarni xisobga oluvchi xisob – varaqani tuzishda aniqlanadi.

2.4. Oldindan toʻlovlar “Mijoz” tomonidan “Oʻztemiryoʻlxisob” markazi texnologik markazlari (TexPD) xisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan, “Mijoz” va TexPD oʻrtasida aloxida tuzilgan “Temir yoʻl transportida tashishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xisob kitob qilishning tartibi va aloxida xususiyatlari toʻgʻrisidagi Kelishuv” ga asosan amalga oshiriladi.

2.5. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar kechikib amalga oshirilgan taqdirda “Mijoz” kechiktirilgan har bir kun uchun bajarilgan xizmatlar qiymatining Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar kechikib amalga oshirilgan har bir kun uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan penya miqdori miqdorida, lekin muddati oʻtgan toʻlov summasining 50% dan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima toʻlaydi.

Jarimani xisoblash yuk operatsiyalari bajarilgandan va hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilgandan keyin toʻlovlar toʻlanmaganidan Jarima (penya)ni xisoblash boshlanadaigan sana keyin amalga oshiriladi.

2.6. Vagonlarni oʻz vaqtida yuklash va tushirish ishlari amalga oshirilmaganda va bu vagonlar belgilangan meʼyoriy vaqtlardan ortiq turib qolgan taqdirda “Mijoz” Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomining 132-bandi talablariga asosan vagonlarning belgilangan meʼyoriy vaqtlardan ortiq turib qolganligi uchun “Temir yoʻlga” jarima toʻlaydi.

“Temir yoʻl” quyidagilarni oʻz zimmasiga oladi :

 

2.7. Xarajatlar xisob-kitobi boʻyicha roʻyxatga muvofiq, yuk operatsiyalari vaqtida keyingi indeksatsiya va belgilangan QQS bilan qoʻshimcha xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatilishini taʼminlaydi.

2.8. Agar stansiyada “Mijoz” tomonidan toʻlangan xizmatlar koʻrsatilmasa,“Temir yoʻl” foydalanilmagan summani qaytaradi yoki bu summa keyingi temir yoʻl xizmatlari uchun toʻlov sifatida hisobga olinadi

 

 

III. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

 

3.1. Shartnoma uch nusxada tuziladi, har bir tomon uchun bittadan, shu jumladan stansiya uchun bitta nusxada, va u taraflar tomonidan imzolangandan keyin bir xil yuridik kuchga ega.

3.2. Ushbu shartnomani bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish yuzasidan kelib chiqadigan nizo va kelishmovchiliklar oʻzaro muzokaralar, eʼtirozlar va daʼvolar kiritish orqali, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.

3.3. Ushbu shartnoma taraflar tomonidan imzolangandan keyin kuchga kiradi va bekor qilingunga qadar amal qiladi, bir tomon ikkinchi tomonni bekor qilinishi kutilayotgan sanadan 30 kun oldin xabardor qilgan taqdirda, shartnoma taraflardan birining yozma iltimosiga binoan bekor qilinishi mumkin.

3.4. Energoresurslar, materiallar va x.k.z. lar uchun narxlar oshgan taqdirda yigʻimlar miqdori indeksatsiya qilinadi.

 

IV. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Temir yoʻl

 

 

 

 

Mijoz

Temur yo‘l tashkilotining nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Mijoz tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Temur yo‘l tashkilotining manzili

 

Manzil: Mijoz tashkilotning manzili

H/r: Temur yo‘l tashkilotining hisob raqam

 

H/r: Mijoz tashkilotning hisob raqami

STIR: Temur yo‘l tashkilotining STIR raqami

 

STIR: Mijoz tashkilotning STIR raqami

Tel: Temur yo‘l tashkilotining telefon raqami

El. Pochta: Temur yo‘l tashkilotining elektron pochtasi

 

Tel: Mijoz tashkilotning telefon raqami

El. Pochta: Mijoz tashkilotning elektron pochtasi

Temur yo‘l tashkiloti nomidan ish olib boruvchi vakilning lavozimi va F.I.O.si

 

Mijoz tashkilot vakilining lavozimi va F.I.O.si

(Imzo, muhr)

 

(Imzo, muhr)

 

 

 

 

Temir yo‘lda qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish shartnomasi

Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda, aholi hayotida muhim o‘rin tutadi.

Qo‘shimcha xizmatlar uchun oldindan to‘lov miqdori yuk tashish uchun va shartnomaviy tariflarga narxlarni kelishish bayonnomasiga asosan amal qiluvchi qo‘shimcha xizmatlarga to‘lovlarni xisobga oluvchi xisob – varaqani tuzishda aniqlanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilikka asoslangan holda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.