O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Temir yo‘lda tashish jarayonida yuzaga keladigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Yuk tashuvchi” taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
“Mijoz” taraf to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

Temir yoʻlda tashish jarayonida yuzaga keladigan qoʻshimcha

xizmatlar koʻrsatish boʻyicha

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan joy

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Yuk tashuvchi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyinchalik matnda “Yuk tashuvchi” deb yuritiladi) nomidan Yuk tashuvchi tashkilot vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Yuk tashuvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Mijoz yuridik shaxsning nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyinchalik matnda “Mijoz” deb yuritiladi) nomidan Mijoz nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Mijoz nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.siikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.

Shartnomaning predmeti.

 

1.1. Ushbu shartnoma temir yoʻlda tashish jarayonida yuzaga keladigan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun shartnoma tarifini qoʻllash tartibini belgilaydi.

1.2. Stansiyalarda koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun toʻlov miqdori ushbu shartnomaga ilova qilingan, koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati asosida xisob-kitob qilish tartibi bilan aniqlanadi.

Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi.

 

“Mijoz” majburiyati:

2.1. Mijoz koʻrsatiladigan qoʻshimcha temir yoʻl xizmatlari uchun oldindan Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun mijoz tomonidan amalga oshiriladigan oldindan to‘lov miqdori (foizda)miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.

2.2. Koʻrsatiladigan qoʻshimcha temir yoʻl xizmatlari uchun oldindan toʻlov summasi, toʻlov hisobi (vipiska)ni rasmiylashtirish vaqtida yuk tashish va roʻyxatda keltirilgan qoʻshimcha xizmatlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.

Toʻlovlarni yigʻish ish jarayonida xaqiqiy koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar uchun temir yoʻl stansiyalarida rasmiylashtirilgan hisob xujjatlariga asosan amalga oshiriladi.

2.3. Oldindan toʻlov Oldindan to‘lovni amalga oshirish usuli (naqd pul, pul ko‘chirish, va boshqa turdagi to‘lov turi) koʻrinishida yuk tashuvchining To‘lovni amalga oshirish manzili hisob raqam va rekvizitlarga amalga oshiradi.

2.4. Belgilangan toʻlov summasini mijoz tomonidan oʻz vaqtida hisob-kitob qilmasdan oʻtkazib yuborilganligi natijasida paydo boʻlgan muddati oʻtgan debitor qarzning har bir toʻlanmagan kuni uchun qonunda belgilanganidek 0,4% miqdorida, asosiy qarzning 50% miqdoridan oshmagan xolda penya xisoblanadi. Penya hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiliga muvofiq amalga oshiriladi. Debitor qarzdorlikni bartaraf etish ushbu kelishuvning 2.4. bandiga asosan amalga oshiriladi.

Mijozning boshqa majburiyatlari.

“Yuk tashuvchining” majburiyati:

2.5. Yuk operatsiyalari amalga oshirish vaqtidagi, soʻngi indeksatsiya va belgilangan QQS bilan ushbu shartnomaga ilova qilingan xizmatlar kalkulyatsiyasiga asosan belgilangan xarajatlar koʻrib chiqilgan holda, qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni oʻz vaqtida taʼminlaydi.

2.6. Agar stansiya mijoz tomonidan toʻlangan xizmatlarni bajara olmasa, bu miqdor keyingi temir yoʻl xizmatlari uchun toʻlovni xisobga olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yuk tashuvchining boshqa majburiyatlari.

 

Nizolarni koʻrib chiqish tartibi.

 

3.1. Mazkur shartnoma shartlarini bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklar shuningdek, shartnomaga oʻzgartirish kiritish va bekor qilish tomonlar oʻrtasida muzokara yoʻli bilan xal etiladi.

3.2. Shartnomada koʻzda tutilmagan barcha masalalar temir yoʻl Ustavi va amaldagi qonunchilik asosida belgilangan tartibda xal qilinadi.

3.3. Nizolarni tomonlarning muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, tomonlar kelishmovchiliklarni bartaraf qilish borasida, qonunchilikda koʻzda tutilgan sudgacha boʻlgan jarayonlarni amalga oshirganlaridan soʻng, ularni Taraflarning kelishuvi yoki qonun talabiga ko‘ra nizolarni ko‘rib chiqadigan sud nomi sudiga koʻrib chiqishga topshiriladilar.

Amal qilish muddati, oʻzgartirishlar va bekor qilish.

 

4.1. Mazkur shartnoma oʻzaro kelishuv bilan 3 nusxada tuzilib, shu jumladan bitta nusxa stansiyaga beriladi va har biri teng yuridik kuchga ega, tomonlar imzolaganlaridan keyin.

4.2. Mazkur Shartnoma bekor qilinmagunga qadar amalda boʻladi, agar taraflardan biri yozma ravishda shartnomani bekor qilish maqsadida murojaat etmasa, shartnoma kelasi yilga uzaytirilgan deb xisoblanadi.

4.3. Shartnomani bekor qilish kamida 30 kun avval ikkinchi tomonni ogoxlantirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

4.4. Ushbu shartnoma imzolangandan keyin qonuniy kuchga kiradi.

 

Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari.

 

Yuk tashuvchi

 

Mijoz:

Manzil: Yuk tashuvchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Mijozning manzili

Bank: Yuk tashuvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Mijozning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Yuk tashuvchi tashkilotning hisob raqami

 

H/R: Mijozning hisob raqami

STIR: Yuk tashuvchi tashkilotning STIR raqami

 

STIR: Mijozning STIR raqami

Telefon: Yuk tashuvchi tashkilotning telefon raqami

Yuk tashuvchi tashkilot nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si

 

Telefon: Mijozning telefon raqami

Mijoz nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi, F.I.O.si

 

___________________

(imzo, muhr)

 

 

 

___________________

(imzo, muhr)

 

 

 

Temir yo‘lda tashish jarayonida yuzaga keladigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma

Temir yo‘lda tashish jarayoni — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirish va tugallash chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan o‘zaro bog‘liq harakatlar va operatsiyalar majmui bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qonunchilikka asoslangan holda temir yo‘lda tashish jarayonida yuzaga keladigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.