O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Nikoh shartnomasi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari:
  • (davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idora nomi. Masalan, 1-son davlat notarial idorasi)
  • ( yil, oy, kun so‘z bilan yoziladi)
Notarial idora:
  • (viloyat, tuman (shahar), ko‘cha nomi, uy raqami)
  • (davlat notarial idorasi yoki xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idora nomi. Masalan, 1-son davlat notarial idorasi)
Shartnoma taraflari:
  • (viloyat, tuman (shahar),MFY va ko‘cha nomi, uy raqami)
  • (pasport seriyasi va raqami probel bilan yoziladi. Masalan, AA 1234567)
  • (raqam bilan yoziladi)
  • (viloyat, tuman (shahar),MFY va ko‘cha nomi, uy raqami)
  • (pasport seriyasi va raqami probel bilan yoziladi. Masalan, AA 1234567)
  • (raqam bilan yoziladi)
Shartnoma mazmuni:
  • (ҳаражатларни тўлайдиган тарафнинг Ф.И.О си ёзилади)

Yuklab oling

Nikoh shartnomasi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Shartnoma tuzilgan notarial idora nomiShartnoma tuzilgan sana

 

Shartnomani tasdiqlagan notarial idora manzilida joylashgan Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O ishtirokida,

 

Biz – Shartnoma birinchi tomonining manzilida yashovchi – Shartnoma birinchi tomonining F.I.O (pasport Shartnoma birinchi tomonining pasport seriyasi va raqami,Shartnoma birinchi tomoniga pasport bergan IIB nomi tomonidan Shartnoma birinchi tomoniga pasport berilgan sana yilda berilgan) bir tarafdan va Shartnoma ikkinchi tomonining manzilida yashovchi – Shartnoma ikkinchi tomonining F.I.Oga (pasport Shartnoma ikkinchi tomonining pasport seriyasi va raqami,Shartnoma ikkinchi tomoniga pasport bergan IIB nomi tomonidan Shartnoma ikkinchi tomoniga pasport berilgan sana yilda berilgan), er-xotinning nikohda boʻlgan davrida va nikohdan ajratilgan taqdirda mulkiy huquq hamda majburiyatlarimizni belgilash maqsadida mazkur nikoh shartnomasini quyidagilar haqida tuzdik:

1. Biz – nikohimiz qayd qilingandan soʻng birgalikda yashash davrimizda oilada teng huquqlardan foydalanib, teng majburiyatlarga ega boʻlamiz.

2. Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya va meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining shaxsiy mulki hisoblanadi va ularning boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

4. Qimmatbaho buyumlar, zebu ziynatlar va boshqa shaxsiy foydalanish buyumlari (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar nikoh davomida er va xotinning umumiy mablagʻi hisobiga olingan boʻlsa ham) ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi va nikohdan ajralganda boʻlinmaydi.

5. Nikoh davomida biz har birimizning mehnat faoliyatimizdan, tadbirkorlik faoliyatimizdan va intelektual faoliyat natijalarimizdan orttirgan daromadlarimiz, pensiya, nafaqa, shuningdek maxsus maqsadlarga moʻljallangan boshqa toʻlovlar, umumiy daromadlarimiz hisobiga olingan barcha koʻchar va koʻchmas mol-mulklar, pul mablagʻlari kimning nomidan yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan boʻlishidan qatʼi nazar, bunday koʻchar va koʻchmas mol-mulklar qaysi birimizning nomimizga rasmiylashtirilgan boʻlsa, shu er yoki xotinning shaxsiy mol-mulki deb hisoblanadi va uni tasarruf etish bilan bogʻliq bitim tuzilganda, bu harakat boshqasining roziligisiz amalga oshiriladi va nikohdan ajralish paytida boʻlinmaydi.

6. Er yoki xotindan biri uy-roʻzgʻor ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band boʻlgan yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlmagan taqdirda, ish haqi va boshqa daromadga ega boʻlgan taraf nikohdan ajralish vaqtida uni turar joy va moddiy taʼminot bilan taʼminlaydi.

7. Shaxsiy mulkka ega boʻlgan bir taraf ikkinchi tarafning roziligisiz oʻziga tegishli mol-mulkka egalikni oʻz ixtiyoriga binoan amalga oshiradi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunda, shaxsiy mulkka ega boʻlgan er yoki xotin ularning biriga mazkur mol-mulkdan foydalanish huquqini beradi, agar bu mol-mulk turar-joy boʻlsa, unda yashash va propiskadan oʻtish huquqini beradi.

Nikohdan ajralish hollarida mulk egasi boʻlmagan er yoki xotinning uy-joydan foydalanish huquqi tugatilib, ushbu taraf nikohdan ajralgan kundan boshlab uy-joydan va turar-joy propiskasidan chiqib ketishga majbur.

8. Bolalarimiz ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), ularning nomiga qoʻyilgan pul jamgʻarmalari, nomiga sotib olingan koʻchar va koʻchmas mol-mulklar ularning shaxsiy mulki deb hisoblanadi hamda nikohdan ajralish va umumiy mol-mulkni boʻlish paytida bolalarning mol-mulki hisobga olinmaydi.

9. Nikoh shartnomasi er-xotinning shartnomai bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

10. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik hamda Oila kodekslarida belgilangan asoslar va tartibda sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

11. Mazkur shartnoma nikoh qonuniy qayd etilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-36 moddalari mazmuni notarius tomonidan biz - taraflarga tushuntirildi va tushunarli.

13. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni Shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni to‘lovchi tomon toʻladi.

14. Biz – taraflar shartnomaning matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni, mohiyati, huquqiy oqibatlari bizga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, uning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi.

15. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan toʻrt nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.Oda saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi.

 

Imzolar:

1. Shartnoma birinchi tomonining F.I.O ______________

Imzo

2. Shartnoma ikkinchi tomonining F.I.O ______________

Imzo

Notariusning tasdiqlov yozuvi.

 

 

 

Nikoh shartnomasi