KORXONANI SOTISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana Shartnoma tuzilgan hudud
Keyingi oʻrinlarda “Sotuvchi” deb Sotuvchining nomi (tashkilot, korxona, yoki tadbirkorning F.I.O.) Korxonaning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida harakat qiluvchi Sotuvchi nomidan harakatlanuvchining F.I.O. orqali bir tomondan, keyingi oʻrinlarda “Sotib oluvchi” deb ataladigan Sotib oluvchi korxonaning nomi (tashkilot, korxona yoki tadbirkorning F.I.O.) Koxonaning faoliyatini belgilovchi hujjat turi asosida harakat qiluvchi Sotib oluvchining nomidan harakatlanuvchining F.I.O. ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Sotuvchi Korxonaning to‘liq nomi ni (keyingi oʻrinlarda “korxona” deb yuritiladi) mulkiy majmua sifatida topshirish, Sotib oluvchi esa uni qabul qilib olish va haqini toʻlash majburiyatini oladi.
1.2. Sotuvchining firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va Sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki koʻrsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari Sotib oluvchiga oʻtadi.
1.3. Sotilayotgan korxona tarkibi mazkur shartnomaga ilova qilinayotgan inventarizatsiya dalolatnomasiga muvofiq aniqlangan boʻlib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Sotilayotgan korxonaning mol-mulk ro‘yxati
2. Shartnoma summasi va hisob-kitob qilish tartibi
2.1. Korxona qiymati shartnomada inventarizatsiyalashning belgilangan qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan korxonani toʻliq inventarizatsiyalash asosida aniqlanadi.
Shu tarzda aniqlangan korxona qiymati Korxonaning baholangan qiymati (yozma ravishda) soʻmni tashkil etadi.
2.2. Shartnoma imzolangunga qadar inventarizatsiya dalolatnomasi, buxgalteriya balansi, mustaqil auditorning korxona tarkibi va uning qiymati toʻgʻrisidagi xulosasini, shuningdek kreditorlar, ular qoʻyayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari koʻrsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarz (majburiyat)lar roʻyxatini taraflar tuzgan va koʻrib chiqqan boʻlishi kerak.
2.3. Sotuvchi va Sotib oluvchi oʻrtasida hisob-kitoblar quyidagi shaklda va tartibda amalga oshiriladi:
3. Taraflarning majburiyatlari
3.1. Sotuvchining majburiyatlari:
korxonani Sotib oluvchiga topshirishni topshirish dalolatnomasiga muvofiq amalga oshirish va unda korxonaning tarkibi va kreditorlar korxona sotilishi toʻgʻrisida xabardor qilinganligi, shuningdek topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar haqida maʼlumotlar va yoʻqolganligi tufayli topshirish majburiyatlari vujudga kelishi mumkin boʻlmaydigan mol-mulkning roʻyxatini koʻrsatish;
oʻz hisobidan korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish;
mazkur shartnomaning 2.2-bandida koʻrsatilgan barcha hujjatlarni Sotuv oluvchiga topshirish;
korxona tarkibiga kiritilgan majburiyatlar boʻyicha uning sotilishi toʻgʻrisida barcha kreditorlarni xabardor qilish.
3.2. Sotib oluvchining majburiyatlari:
korxona qiymatini shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda toʻlash;
korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmaganligi uchun bajara olmaydigan majburiyatlar kiritilganligi sababli tegishli litsenziyani olish va yuklatilgan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarish uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshirish.
4. Taraflarning javobgarligi va nizolarni hal qilish tartibi
4.1. Korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlmaganligi uchun Sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlar kiritilganligi sababli, Sotuvchi shu kreditorlar oldida solidar javobgar boʻladi.
4.2. Korxona Sotib oluvchiga topshirilganidan soʻng Sotuvchi va Sotib oluvchi topshirilgan korxona tarkibiga kiritilgan, Sotib oluvchiga kreditorning roziligisiz oʻtkazilgan qarzlar boʻyicha solidar javobgar boʻladilar.
4.3. Taraflar shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
4.4. Ushbu shartnoma yuzasidan yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.
Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizoni hal etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nizo talabnoma bildirish tartibiga rioya qilingandan keyin sudda koʻrib chiqiladi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Sotuvchining korxonani Sotib oluvchiga topshirishi topshirish dalolatnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Topshirish dalolatnomasida:
korxonaning tarkibi;
kreditorlar korxona sotilishi toʻgʻrisida xabardor qilinganligi, topshirilgan mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar haqida maʼlumotlar;
yoʻqolganligi tufayli topshirish majburiyatlari vujudga kelishi mumkin boʻlmaydigan mol-mulkning roʻyxati koʻrsatiladi.
5.2. Taraflar topshirish dalolatnomasini imzolagan kundan boshlab korxona Sotib oluvchiga topshirilgan hisoblanadi. Shu paytdan boshlab korxona tarkibida topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi xavfi Sotib oluvchiga oʻtadi.
5.3. Korxona Sotib oluvchiga topshirilgan paytdan boshlab korxonaga mulk huquqi Sotib oluvchiga oʻtadi va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Korxonaga mulk huquqining oʻtish payti bu huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi payti bilan belgilanadi.
5.4. Sotib oluvchiga korxona tarkibida Sotuvchining mazkur shartnomada yoki topshirish dalolatnomasida koʻrsatilmagan qarzlari (majburiyatlari) ham topshirilgan taqdirda, agar Sotib oluvchi shartnoma tuzish va korxonani topshirish vaqtida bunday qarz (majburiyat)lar borligini bilganini Sotuvchi isbotlamasa, Sotib oluvchi xarid narxini kamaytirishni talab qilish huquqiga ega.
5.5. Sotuvchi korxona tarkibida topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar toʻgʻrisida yoki topshirilishi lozim boʻlgan ayrim turdagi mol-mulkning bu tarkibda yoʻqligi toʻgʻrisida Sotib oluvchidan bildirish xati olgan hollarda tegishli darajada sifatli boʻlmagan mol-mulkni darhol almashtirishi yoki Sotib oluvchiga yetishmayotgan mol-mulkni berishi mumkin.
5.6. Korxonaning Sotuvchi javobgar boʻlgan kamchiliklar tufayli mazkur shartnomada aytib oʻtilgan maqsadlar uchun yaroqsizligi va bu kamchiliklar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shartlarda, tartib va muddatlarda Sotuvchi tomonidan bartaraf qilinmaganligi yoki bunday kamchiliklarni bartaraf qilib boʻlmasligi aniqlangan boʻlsa, Sotib oluvchi ushbu shartnomani bekor qilish yoki oʻzgartirishni va taraflar shartnomaga muvofiq bajarganlarini qaytarishni sud tartibida talab qilish huquqiga ega.
6. Yakuniy qoidalar
6.1. Ushbu shartnoma taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuzilib, u notarial guvohlantirilishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Mazkur shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi.
6.2. Mazkur shartnoma 3 nusxada tuzilgan boʻlib, birinchi nusxasi Sotuvchiga, ikkinchisi Sotib oluvchiga va uchinchisi (davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ nomi)ga saqlash uchun beriladi.
7. Taraflarning rekvizitlari
Sotuvchi: Sotuvchining hisob raqami Sotuvchining valyuta hisob raqami Bank nomi Bank raqami (kodi) MFO Sotuvchining STIR raqami, Sotuvchining telefon raqamlari Tovarni yuklash rekvizitlari:
_______________________________
|
Sotib oluvchi: Sotib oluvchining hisob raqami Sotib oluvchining valyuta hisob raqami Bank nomi Bank raqam (kodi) MFO Sotib oluvchining STIR raqami, Sotib oluvchining telefon raqamlari Tovarni yuklash rekvizitlari:
__________________________________
|