Umrbod renta shartnomasi
Shartnoma tuzilgan notarial idora nomi
Shartnoma tuzilgan sana
Shartnomani tasdiqlagan notarial idora manzilidagi Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O. ishtirokida,
Biz Renta oluvchining manzilida yashovchi – Renta oluvchining tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Renta oluvchining F.I.O. (pasport Renta oluvchining pasport seriyasi va raqami,Renta oluvchiga pasportni bergan IIB nomi tomonidan Renta oluvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda RENTA OLUVCHI deb yuritiluvchi bir tarafdan va Renta to‘lovchining manzilida yashovchi – Renta to‘lovchining tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Renta to‘lovchining F.I.O (pasport Renta to‘lovchining pasport seriyasi va raqami,Renta to‘lovchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Renta to‘lovchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda RENTA TOʻLOVCHI deb yuritiluvchi ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Men – RENTA OLUVCHI oʻzimga tegishli boʻlgan Rentaga berilayotgan uy-joyning manzili manzilida joylashgan Rentaga berilayotgan uy-joyning kv.m.maydoni kv.m. yer maydonida joylashgan uy-joyimni RENTA TOʻLOVCHIGA umrbod renta toʻlash sharti bilan mulk qilib berdim, men – RENTA TOʻLOVCHI yuqorida koʻrsatilgan uy-joyni qabul qilib oldim.
2. Umrbod rentaga berilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat:
umumiy foydalanish maydoni Rentaga berilayotgan uy-joyning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etib - turar-joy maydoni Rentaga berilayotgan uy-joydagi turar-joy maydoni kv.m. boʻlgan Rentaga berilayotgan uy-joydagi xonalar nomi va soni xonalardan iborat;
inventar bahosi Rentaga berilayotgan uy-joyning inventar bahosi soʻm boʻlib, ushbu holatlar Rentaga berilayotgan uy-joyning inventar bahosini belgilagan tuman (shahar) kadastr bo‘limi nomi tuman kadastr agentligi (yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi) tomonidan Rentaga berilayotgan uy-joyning inventar bahosi to‘g‘risida maʼlumotnoma berilgan sana yilda berilgan Rentaga berilayotgan uy-joyning inventar bahosi to‘g‘risida berilgan maʼlumotnoma raqami-raqamli maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi.
3. Rentaga berilayotgan uy-joy RENTA OLUVCHIGA Rentaga berilayotgan uy-joyga nisbatan renta oluvchining mulk huquqini keltirib chiqargan shartnomani tasdiqlagan notarial idora tumanidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Rentaga berilayotgan uy-joyga nisbatan renta oluvchining mulk huquqini keltirib chiqargan shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O. tomonidan Rentaga berilayotgan uy-joyga nisbatan renta oluvchining mulk huquqini keltirib chiqargan shartnoma tasdiqlangan sana yilda Rentaga berilayotgan uy-joyga nisbatan renta oluvchining mulk huquqini keltirib chiqargan shartnomaning reyestr raqami-reestr raqami bilan qayd qilingan oldi-sotdi shartnomasiga asosan tegishli boʻlib, shartnoma Rentaga berilayotgan uy-joy bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazgan tuman (shahar) kadastr bo‘limi nomi tuman kadastr agentligida (yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasida) Rentaga berilayotgan uy-joy bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuman (shahar) kadastr bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana yilda Rentaga berilayotgan uy-joy bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasining tuman (shahar) kadastr bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami-tartib raqami bilan roʻyxatga olingan.
4. Yuqorida koʻrsatilgan uy-joy taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra Taraflarning kelishuviga asosan uy-joyning qiymati soʻmga baholandi.
5. RENTA TOʻLOVCHI RENTA OLUVCHIGA uni hayot boʻlgan davrda kelayotgan har oyning oxirgi kunida Taraflarning kelishuviga asosan belgilangan renta to‘lovi miqdori soʻmdan toʻlashga majbur. Agar RENTA TOʻLOVCHI toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlay olmasa, toʻlanmagan summadan Renta to‘lovi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun to‘lanadigan penya miqdori necha foizni tashkil etadi foiz RENTA OLUVCHIga toʻlaydi.
Ushbu renta toʻlovining miqdori eng kam ish haqining miqdori oshirilishiga mutanosib ravishda koʻpaytirib boriladi.
6. Renta toʻlash sharti bilan berilgan uy-joyga RENTA TOʻLOVCHI oʻz majburiyatlarining bajarishini taʼminlash maqsadida RENTA OLUVCHI bu mulkka garov huquqini oladi.
RENTA TOʻLOVCHI oʻz majburiyatlari bajarilishining garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sugʻurtalashga majbur.
7. RENTA OLUVCHIning roziligi bilan RENTA TOʻLOVCHI rentaga berilgan uy-joyni tasarruf etishga haqli.
8. RENTA OLUVCHI vafot etgan taqdirda renta toʻlash majburiyati bekor qilinadi.
9. Umrbod renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlishi yoki tasodifan buzilishi RENTA TOʻLOVCHINI shartnomada nazarda tutilgan shartlarda toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.
10. Mazkur shartnomaga qadar rentaga berilayotgan butun uy-joy boshqa shaxsga oʻtkazilmagan, garovga qoʻyilmagan, ijaraga berilmagan, nizoda yoʻq va tasarruf etilishi taqiqlanmagangan.
11. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni RENTA TOʻLOVCHI toʻladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185, 524–529-moddalari mazmuni biz – taraflarga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
13. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni RENTA TOʻLOVCHI toʻladi.
14. Ushbu shartnoma belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab RENTA TOʻLOVCHIda rentaga berilgan uy-joyga nisbatan egalik huquqi vujudga keladi.
15. Men – RENTA OLUVCHI rentaga berilayotgan uy-joyning qarzlari yuzasidan daʼvo qiluvchilar yoʻqligini hamda telefon aloqasi xizmati uchun, kommunal xizmatlar uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar (issiq va sovuq suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi), soliq hamda boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzimiz yoʻqligini tasdiqlayman.
16. Mazkur shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuvi bilan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Renta shartnomasi qanday shaklda tuzilgan boʻlsa, shunday tartibda oʻzgartiriladi yoki bekor qilinadi.
17. RENTA TOʻLOVCHI umrbod renta shartnomasini jiddiy buzgan hollarda RENTA OLUVCHI shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni RENTA TOʻLOVCHIdan talab qilishga haqli.
Taraflar oʻrtasida nizo kelib chiqsa, u sud tartibida hal qilinadi.
18. Biz – taraflar shartnoma matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni va mohiyati, huquqiy oqibatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 113–128-moddalari mazmuni notarius tomonidan tushuntirildi va bizga tushunarli, shartnomaning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi. Mazkur shartnomani tuzib imzolaganimizda muomala layoqatiga ega boʻlganimizni, oʻz xatti-harakatlarimiz ahamiyatini toʻliq tushunganligimizni, hech kim bizni aldamaganligini, shartnomani tuzib imzolash haqida zoʻrlamaganligini, tazyiq oʻtkazmaganligini, ushbu bitimni tuzishga majbur qilishga olib kelgan ogʻir holatlar yoʻqligini bildiramiz.
19. Ushbu shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O.da saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga berildi.
Imzolar:
1. Renta oluvchi Renta oluvchining F.I.O. _________(imzo)
2. Renta toʻlovchi Renta to‘lovchining F.I.O ________(imzo)