Qonun asosida ipoteka bilan taʼminlangan ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma
№Shartnoma raqami
Shartnoma tuzilgan hudud Shartnoma tuzilgan sana
Bank nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Nizom va Ishonchnoma berilgan sana Ishonchnoma berilgan raqam-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan Bank filialining nomi filiali boshqaruvchisi Bank filiali boshqaruvchisining F.I.O.,keyingi oʻrinlarda “Bank” deb ataladi, bir tomondan va Qarz oluvchiga pasport berilgan sanada berilgan pasporti seriyasi, Qarz oluvchining pasport seriyasi va raqami,keyingi oʻrinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qarz oluvchining F.I.O. ikkinchi tomondan hamda va Birgalikda qarz oluvchiga pasport berilgan sanada berilgan pasporti seriyasi, Birgalikda qarz oluvchining pasport seriyasi va raqami,keyingi oʻrinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Birgalikda qarz oluvchining F.I.O. uchinchi tomondan, keyingi oʻrinda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Bank Qarz oluvchiga Oʻzbekiston Respublikasi, Qurilishi nazarda tutilgan uy-joyning joylashgan manzili,Uy-joy joylashgan aholi punkti nomi aholi punktida umumiy maydoni Turar joyning umumiy maydoni kv. m, turar joy maydoni Turar joy maydoni kv. m boʻlgan Xonalar sonita xonali Uy raqami-uyni (keyingi oʻrinlarda uy-joy yoki arzon uy-joy deb ataladi) yakka tartibda qurish uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda Kredit summasi soʻm miqdorida maqsadli ipoteka krediti mablagʻlari beradi, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchilar esa kredit berishning umumiy qoidalariga (maqsadli xarakteri, moddiy taʼminlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va toʻlanuvchanligiga) rioya etgan holda ipoteka kreditidan foydalanadi.
2. Asosiy tushunchalar
2.1. Ushbu shartnoma matni boʻyicha keyingi oʻrinlarda uchraydigan barcha atamalar (agar kontekstdan boshqacha maʼno anglashilmasa) ushbu boʻlimda bayon qilingan maʼnolarni anglatadi:
ipoteka krediti – qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy yoki arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy yoki arzon uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;
yakka tartibdagi uy-joy (uy-joy) – doimiy yashash, dam olish va xoʻjalik yuritish uchun moʻljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, oʻziga qarashli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turar joylar;
arzon uy-joy – ikki, uch, toʻrt, besh qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar, 0,02 ga boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar, 0,04 ga yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli toʻrt xonali birlashtirilgan uylar va 0,06 ga yer uchastkasida joylashtirilgan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uylar;
namunaviy loyiha – zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relyefini, ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda qoʻllanib namunaviy uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan holdagi yer uchastkasi rejasidan; uy-joyning poydevorlari, yertoʻlalari, qavatlari, kesimlari va fasadlarining rejalaridan; smeta-moliyaviy hisob-kitobdan iborat boʻladi;
Qarz oluvchi – qishloq joyda yashaydigan, qishloqda injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joy qurish uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
Birgalikda qarz oluvchi – qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit boʻyicha foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaxslar;
pudratchi – foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari boʻyicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida yakka tartibda uy-joy quradigan pudrat qurilish tashkiloti;
toʻlovga qodirlik – Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarish boʻyicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan qobiliyati;
kredit boʻyicha taʼminlash – belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy garovi;
boshlangʻich badal – Qarz oluvchining ikki, uch, toʻrt, besh qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar, 0,02 ga boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi yoki hovlidagi imoratlari bilan maydoni 0,04 ga boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning – Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qoʻyilma hisob raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlari shaklidagi oʻz mablagʻlari;
uzil-kesil toʻlov – uy-joyning boshlangʻich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng boʻlgan miqdordagi toʻlov;
ipoteka – belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi koʻchmas mulk garovi;
qonun asosidagi ipoteka – kredit shartnomasi boʻyicha qarz oluvchining majburiyatlarini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan ipoteka turi boʻlib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi, qonun asosidagi ipotekaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;
kredit boʻyicha foizlar – kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov;
imtiyozli davr – kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
kredit berilgan sana – mablagʻlarni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyasining depozit hisob raqamiga oʻtkazish sanasi;
kreditni toʻlash sanasi – Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarning jami qoldigʻini va qarz qoldigʻini qoplaydigan oxirgi toʻlov tushgan sana;
toʻlov majburiyatlari – Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning boʻyicha foizlarni ushbu shartnomada koʻrsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa toʻlovlar (ipotekani rasmiylashtirish, sugʻurtalash va shu kabilar uchun xarajatlar) boʻyicha majburiyatlari;
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarz – Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan, ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik boʻyicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa toʻlov majburiyatlari boʻyicha qarzlar summasi;
kredit boʻyicha qarz – kreditning hammasi yoxud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldigʻi, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.
3. Qarz oluvchining tasdiqnomasi
3.1. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:
Bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va maʼlumotlar bunday hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnomaga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻlishiga olib keladi;
agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir boʻlmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblab yozilgan foizlarni, shuningdek boshqa toʻlovlarning muddatidan oldin toʻlanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni taʼminlash boʻyicha va Qarz oluvchi(Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga undirishni qaratishga haqlidir;
chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit boʻyicha har qanday taʼminlashni amalga oshirishga va foydalanishga va/yoki Bank tomonidan oʻz huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni koʻrishga Bankni vakil qiladi.
4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi
4.1. Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati Qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati soʻmni tashkil qiladi. Ipoteka krediti summasi Ipoteka kredit summasi soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Ipoteka krediti summasi uy-joy umumiy qiymatining necha foizini tashkil etishi foiziga tengdir.
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlangʻich badali Boshlang‘ich badali soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Qurilayotgan uy-joy qiymatining boshlang‘ich badali foiziga tengdir. Uzil-kesil toʻlov qiymati Uzil-kesil to‘lov qiymati soʻmni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining Uzil-kesil to‘lov qiymatining foizi %ga teng (bunday tafovut mavjud boʻlganda toʻldiriladi).
4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi: dastlabki 5 yil davomida – yillik 7 foiz miqdorida;
keyingi davrlarda – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu shartnoma tuzilganda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, yaʼni yillik Kreditning yillik foiz stavkasi miqdorida.
4.3. Ipoteka krediti boʻyicha foizlar Bank tomonidan har kuni ushbu shartnomaning
4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab amaldagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida Bank tomonidan hisobga olinadigan kredit summasi qoldigʻiga hisoblab qoʻshiladi.
5. Ipoteka krediti boʻyicha taʼminlash
5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha berilgan kredit yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan belgilangan tartibda taʼminlanadi.
5.2. Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashning bir nechta usullari mavjudligi bir-biriga zid boʻlmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bogʻliq boʻlmaydi.
5.3. Zarurat boʻlganda, undirishni majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashni qaratishning usullarini tanlash huquqi Bankda qoladi, u oʻz xohishiga koʻra talabni usullardan istalganiga qoʻyishi yoki majburiyatlarni bajarishni taʼminlashning barcha usullariga qoʻyishi mumkin.
5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni taʼminlashni kredit summasi darajasida tutish, Bank foydasiga kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning toʻliq qiymatida yoʻqotish va shikastlanish xavfi yuzasidan sugʻurta qilish majburiyatini oladi.
5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish boʻyicha har qanday xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
5.6. Kreditning taʼminlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
6. Ipoteka krediti berish tartibi
6.1. Kredit uch yildan iborat boʻlgan imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.
6.2. Kreditni berish Qarz oluvchi bilan injiniring kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq bosqichma-bosqich, Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida mablagʻlarni Bank ochgan alohida ssuda hisob raqamiga oʻtkazish, keyinchalik injiniring kompaniyasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga yuqorida koʻrsatilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6.3. Bankning kredit berish boʻyicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yuzaga keladi:
tuman hokimining yer uchastkasi berish toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish xavfidan sugʻurta shartnomasi va sugʻurta polisi.
7. Ipoteka kreditini toʻlash tartibi
7.1. Kredit boʻyicha qarzni toʻlash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yoʻnaltiriladigan toʻlovlar quyidagicha navbat bilan toʻlanadi:
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan foizlarni toʻlash;
kredit boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni toʻlash;
muddatli foizlarni toʻlash;
kredit boʻyicha muddatli qarzlarni toʻlash;
Qarz oluvchining boshqa toʻlov majburiyatlarini toʻlash.
7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni toʻlashni muddatidan oldin – ushbu shartnomada belgilangan toʻlov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega. Kreditni muddatidan oldin toʻlashda Bank biron-bir qoʻshimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.
7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni toʻlaydi. Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlar oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda toʻlash jadvali toʻlanmagan summalar hisobga olingan holda oʻzgartiriladi.
7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini toʻlash:
ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qogʻozlar boʻyicha boshqa daromadlar hisobiga mablagʻlarni naqdsiz shaklda oʻtkazish;
naqd pullar toʻlash;
mablagʻlarni omonat qoʻyilmalar boʻyicha hisob raqamlaridan oʻtkazish;
mablagʻlarni plastik kartochkalardan oʻtkazish yoʻli bilan;
pul mablagʻlarini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini toʻlash uchun ajratilgan boshqa mablagʻlar hisobidan naqdsiz shaklda oʻtkazish yoʻli bilan;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
7.5. Agar ushbu shartnoma boʻyicha istalgan summalarni toʻlash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, u holda ushbu summalarni toʻlash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
8. Tomonlarning huquqlari
8.1. Bankning huquqlari:
8.1.1. Qarz oluvchining aybi bilan ushbu shartnomaning 6.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlar shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (oʻttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
8.1.2. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirilib, Qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olinganidan keyin kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi, ipoteka krediti va uning boʻyicha foizlarning toʻlanishi, garovga qoʻyilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda oʻz ixtiyoriga koʻra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:
Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi oʻgʻrisidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;
ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini qoʻshimcha ravishda taʼminlanishini talab qilish;
Qarz oluvchidan (Birgalikda qarz oluvchidan) ushbu shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
undirishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit boʻyicha taʼminlashga qaratish;
ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);
ushbu shartnomaga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.
8.1.4. Uy-joyni qurish boʻyicha kredit hisobiga bajarilgan ishlarni nazorat tartibida hisoblab chiqishni amalga oshirish.
8.1.5. Ushbu shartnoma boʻyicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgaga berishni amalga oshirish.
8.1.6. Qarz oluvchidan garovga qoʻyilgan mulkni saqlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishni talab qilish.
8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:
8.2.1. Bankda boʻsh resurslar mavjud boʻlgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.
8.2.2. Olingan kreditni toʻliq qaytarib va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlab Bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.
9. Tomonlarning majburiyatlari
9.1. Bankning majburiyatlari:
9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.
9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni muddatidan oldin undirib olish toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish.
9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:
9.2.1. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi boʻyicha Qarz oluvchiga berilgandan keyin Qarz oluvchi bir oy muddatda qurilgan uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qumitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlashi, shundan keyin bankka uy-joyga yoki arzon uy-joyga mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp qoʻyilgan kredit shartnomasini taqdim etishi.
9.2.2. Ilova qilinayotgan toʻlovlar jadvaliga muvofiq har oylik toʻlovlarni amalga oshirish yoʻli bilan kreditni va uning boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni toʻlash.
9.2.3. Bank talabiga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun boʻyicha axborot taqdim etish.
9.2.4. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼsir koʻrsata oladigan boshqa holatlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari
10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi:
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki hamda boshqa toʻlovlarning ushbu shartnoma, unga toʻlovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar boʻyicha zarur sanada toʻlashni amalga oshirmaganlik;
Bankni haqiqiy boʻlmagan hujjatlar taqdim etish yoʻli bilan ataylab chalgʻitish;
Bankka kredit, Bank xulosasi boʻyicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday taʼminlashning oʻz qimmatini qisman yoki toʻliq yoʻqotganligi yoki haqiqiy boʻlmay qolganligi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) toʻlov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi;
ushbu shartnoma shartlarining buzilishi;
ushbu shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnomalar (ipoteka, sugʻurta va shu kabilar) shartlarining buzilishi.
11. Undirishni kreditni taʼminlashga qaratish
11.1. Bank ushbu shartnoma va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari bilan garov bilan taʼminlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni taʼminlash sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.2. “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa – undirishni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.3. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank oʻz talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank oʻrtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.
11.4. Undirishni majburiyatni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlovlarni toʻlash muddatlari muntazam ravishda, yaʼni oʻn ikki oy mobaynida uch martadan koʻp buzilgan taqdirda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
11.5. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
11.6. Undiruv sud tartibida majburiyatlarni taʼminlash uchun garovga qoʻyilgan ipoteka predmeti boʻlgan uy-joyga qaratilganda, boshlangʻich sotuv bahosi Bank bilan Qarz oluvchi tomonidan imzolangan ipoteka predmetini kelishuv baholash dalolatnomasiga asosan belgilanadi.
12. Alohida shartlar
12.1. Bank oʻz ixtiyoriga koʻra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu shartnoma boʻyicha oʻzi ega boʻlgan huquqlardan istalganini qoʻllashi yoxud qoʻllamasligi mumkin.
12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qoʻllanmasligi yoxud qisman qoʻllanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qoʻllanishi mumkin.
13. Qoʻshimcha shartlar
13.1. Uy-joyning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni oʻz hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, oʻzgaga berishga, ijaraga topshirishga, tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili boʻyicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishga Bankning yozma roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
13.3. Tomonlar ushbu shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.
13.4. Injiniring kompaniyasi bilan Qarz oluvchi (yakka tartibda imorat quruvchi) oʻrtasida tuzilgan asosiy shartnoma bekor qilingan taqdirda Bank ushbu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha asosiy qarz summasi, agar Tomonlar oʻrtasida boshqacha ahdlashuv mavjud boʻlmasa, qurilgan uy-joy sotilgandan keyin Qarz oluvchiga qaytariladi. Bunda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan toʻlangan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar unga qaytarilmaydi.
14. Fors-major holatlari
14.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan koʻra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir boʻlgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.
14.2. Yengib boʻlmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga koʻra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
14.3. Agar shartnomaning ushbu boʻlimida koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari boʻyicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.
15. Shartnomaning amal qilish muddati
15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgungacha amal qiladi.
16. Nizolarni hal etish
16.1. Ushbu shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yoʻli bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun sud organlariga oʻtkaziladi.
17. Yakunlovchi qoidalar
17.1. Mazkur shartnomaning 14.3-bandini istisno qilgan holda, ushbu shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
17.2. Ushbu shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Tomonlar imzolagan qoʻshimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
17.3. Ushbu shartnoma har qaysi Tomon uchun bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzildi.
Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari:
Bank: Filialning to‘liq nomi Filialning indeksi, manzili, telefon raqamiBank revizitlari Bank filialining STIR raqami Filial boshqaruvchisining F.I.O. imzo ____________ M.Oʻ. |
Qarz oluvchi: Qarz oluvchining F.I.O. Qarz oluvchining indeksi, manzili va telefon raqami Qarz oluvchining tug‘ilgan sanasi Qarz oluvchining tug‘ilgan joyiQarz oluvchining STIR raqami imzo _____________
|
Birgalikda qarz oluvchi: Birgalikda qarz oluvchining F.I.O. Birgalikda qarz oluvchining indeksi, manzili telefon raqami Birgalikda qarz oluvchining tug‘ilgan sanasi Birgalikda qarz oluvchining tug‘ilgan joyi Birgalikda qarz oluvchining STIR raqami imzo_________________ |