O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Isteʼmolchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Yetkazib beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun

tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Isteʼmolchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (Keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb ataluvchi) nomidan Isteʼmolchi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Isteʼmolchi tashkilot rahbari lavozimi Isteʼmolchi tashkilotning rahbari F.I.O.si bir tomondan va Yetkazib beruvchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyinchalik “Yetkazib beruvchi”deb ataluvchi) nomidan Yetkazib beruvchi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi, Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari lavozimi Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari F.I.O.si,ikkinchi tomondan, ushbu Shartnomani quyidagilar haqida imzoladilar:

 

I. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Yetkazib beruvchi oʻz zimmasiga gaz tarmoqlari orqali Isteʼmolchining kelishilgan buyurtmanomasi boʻyicha tabiiy gazni (keyinlarda oʻrinlarda gaz deb ataladi) mazkur shartnomaning 1.4-bandida koʻrsatilgan hajmlarda yetkazib berish majburiyatini oladi, Isteʼmolchi esa oʻz zimmasiga ushbu hajmda koʻrsatilgan gazni qabul qilish majburiyatini oladi hamda toʻlovlarni belgilangan narx boʻyicha oʻz muddatida amalga oshiradi.

1.2. Yetkazib beruvchi ushbu shartnomaga muvofiq gaz taʼminoti loyihasi asosida standartlashtirilgan va sertifikatlangan gaz yoqish moslamalari va gazdan foydalanish uchun uskunalar, shuningdek, gaz sarfini hisobga olish priborlari (keyingi oʻrinlarda oʻlchash moslamalari deb ataladi) mavjud boʻlganda gaz yetkazib beradi.

1.3. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchiga tasdiqlangan meʼyorlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 6-bandi) asosan kelgusi yilda gazga boʻlgan asoslangan ehtiyojni taqdim etadi.

Isteʼmolchi har yili 15-iyulgacha boʻlgan muddatda yetkazib beruvchiga choraklar boʻyicha (qish davri uchun – oylar boʻyicha) taqsimlanadigan kelgusi yilgi gaz isteʼmolining prognoz qilinayotgan hajmi uchun, shu jumladan shaxsiy elektron kabinet orqali, buyurtma beradi.

1.4. Isteʼmolchining asoslantirilgan buyurtmanomasiga asosan Isteʼmolchiga gazni yetkazib berish mo‘ljallangan yil yil uchun yetkazib beriladigan gaz hajmi Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi kub metrni,narxi Isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz narxi soʻmni tashkil qilib, belgilangan hajmdagi bosim bilan texnik shartlar asosida, shu jumladan choraklar va oylar boʻyicha quyidagicha aniqlanadi:

Ichorak

Ichorak uchun isteʼmolchiga yetkaziladigan gaz hajmi (ming kub.m)

ming kub.m.,

yanvar

Yanvar oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

fevral

Fevral oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

mart

Mart oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

II chorak

II chorak uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi (ming kub.m)

ming kub.m.,

aprel

Aprel oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

may

May oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

iyun

Iyun oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

III chorak

III chorak uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi (ming kub.m)

ming kub.m.,

iyul

Iyul oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

avgust

Avgust oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

sentyabr

Sentyabr oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

IV chorak

IV chorak uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi (ming kub.m)

ming kub.m.,

oktyabr

Oktyabr oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

noyabr

Noyabr oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

dekabr

Dekabr oyi uchun isteʼmolchiga yetkazib beriladigan gaz hajmi

1.5. Agar, Isteʼmolchi oylar boʻyicha boʻlingan buyurtmanomani takdim etmasa, Yetkazib beruvchi tomonidan tabiiy gaz hajmi choraklar boʻyicha (qish davri uchun — oylar boʻyicha) teng taksimlanadi.

1.6. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchining kelgusi oy uchun kutilayotgan oʻzgarish toʻgʻrisidagi arizasini tasdiqlangan resurslar balansi va tabiiy gaz taqsimotiga muvofiq ajratilgan hajmlar darajasida koʻrib chiqishi mumkin.

1.7 Ushbu shartnoma shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22–sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish Qoidalariga talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Taraflar shartnoma shartlariga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.

 

II. GAZ YETKAZIB BERISH SHARTLARI

 

2.1. Gaz ushbu shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va hajmlarda hamda GOST 5542-2014 (Sanoat va kommunal foydalanish uchun tabiiy yonuvchi gazlar)ga muvofiq yetkazib beriladi.

2.2. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchidan ushbu shartnomaning 1.4-bandiga asosan har bir oy uchun kunlik (soat) kesimida teng taqsimlangan holda gazni qabul qilib oladi, shuningdek, 4.11-bandiga asosan gazni yetkazish-qabul qilish dalolatnomasini imzolaydi.

2.3. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga gazni yetkazib berish va qabul qilish tartibi va shartlari oʻzgarganligi haqida 3 sutka oldin qayd qilingan xabarnomani mavjud usullar orqali maʼlum qilishi shart.  

Yetkazib beruvchining favqulodda-dispetcherlik xizmati telefon raqami:

Yetkazib beruvchining favqulodda holat uchun telefon aloqa raqami

Isteʼmolchining manzili va telefon raqami:

Isteʼmolchining manzili va raqami

2.4. Yetkazib beruvchi gaz yetkazib berishning qisqartirilishi haqida qayd qilingan xabarnomani mavjud usullar orqali Isteʼmolchini amalda gaz yetkazib berish qisqartirilishidan 3 kun oldin xabardor qiladi.

Gaz quvurlarida avariya holatlarida Yetkazib beruvchi Isteʼmolchini gaz yetkazib berish kamaytirilganligi yoki toʻxtatilganligi toʻgʻrisida tezkor xabardor qiladi.

2.5. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy isteʼmolchilarni, idoraviy va munitsipal uy-joy fondini, aholi ehtiyojlarini, shuningdek strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmolchilarni ob-havo sovib ketishi davrida gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida belgilangan tartibda Isteʼmolchiga gaz yetkazib berish qisqartirilishi yoki butunlay toʻxtatilishi mumkin.

2.6. Isteʼmolchi oʻz tasarrufidagi gaz tarmoqlari va ularga oʻrnatilgan uskunalar, gaz taqsimlash punktlari (GTP) va gazdan foydalanish qurilmalari, gaz tarmoqlarining saqlanishi va texnik xizmat koʻrsatilishi, foydalanilishi va ularning yaroqliligi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

2.7. Isteʼmolchida gaz isteʼmoli hajmi oʻzgarishi munosabati bilan qoʻshimcha gazdan foydalanish qurilmalarining oʻrnatilishi, rekonstruksiya yoki taʼmirlanishi lozim boʻlganda Isteʼmolchi Yetkazib beruvchidan rekonstruksiya qilishning texnik shartlarini olishi shart. Gaz tarmoqlariga ulanish Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

2.8. Isteʼmolchi yoki Yetkazib beruvchining toʻlov rekvizitlari oʻzgargan taqdirda ular darhol bu haqda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim. 

2.9. Gazni ishlab chiqarish, qayta ishlash, transportirovka qilish, taqsimlash va isteʼmol qilishning yagona ajralmas texnologik jarayonini hisobga olgan holda, gazni ishlab chiqaruvchi, transportirovka qiluvchi korxonalarning va Yetkazib beruvchining amaldagi qonunchilik talablariga mos boʻlgan koʻrsatmalari bajarilishi Isteʼmolchi uchun majburiydir.

2.10. Isteʼmolchi gaz hisoblash pribori maʼlumotlarini Tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda TGNHAT deb ataladi)ga onlayn tarzda muntazam uzatilishini taʼminlash choralarini koʻradi.

Maʼlumotlarni TGNHATga onlayn tarzda uzatilishida Yetkazib beruvchiga aloqador boʻlgan holatlar bundan mustasno.

 

III. YETKAZILGAN GAZNING HISOBINI YURITISH

 

3.1. Gaz faqat hisobga olingan holda yetkazib beriladi.

3.2. Yetkazib berilgan gaz miqdori har oyda gaz tarmoqlari boʻlinishi chegarasida oʻrnatilgan hisoblash priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi hamda har ikki tomon imzolaydigan gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Gaz tarmogʻi boʻlinishi chegarasi Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi oʻrtasidagi, tegishliligi boʻyicha aniqlanadigan gaz tarmogʻi boʻlinishi nuqtasi hisoblanadi va unda hisoblash priborlari oʻrnatilishi shart.

Yetkazib berilgan gaz uchun hisob-kitob standart shartlarga nisbatan gaz hajmini – kub metrlarga keltirgan holda (T = 200S, R = 760 mm simob ustuni shartda) amalga oshiriladi.

Isteʼmolchi tomonidan gazni tijoriy hisobga olish uchun moʻljallangan toraytiruvchi qurilmaga ega oʻlchov kompleksidan foydalanilgan taqdirda, Yetkazib beruvchi gazni yozgi va qishki mavsumlarda isteʼmol qilish hajmidan kelib chiqib, toraytiruvchi uskunalarni oʻz vaqtida almashtirilishini va oʻlchov kompleksi ishini “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlashi lozim.

3.3. Gaz sarflanishini hisoblashda quyidagi koʻrsatkichlar inobatga olinadi:

a) manometrlar va termometrlar sozligi, ularning davlat tekshiruvi amal qilishi muddati;

b) gaz taqsimlash shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda GTSH deb ataladi)ni yurgizish (tartibga solish) muddati, shuningdek, haqiqiy ishchi bosimning GTSHni tartibga solish dalolatnomasida qayd etilgan koʻrsatkichlarga muvofiqligi.

Qayd etilgan koʻrsatkichlarga rioya etilmaganda Rortiqcha = 1,0 kg/sm2 koeffitsiyenti qoʻllanadi.

Yetkazib beruvchi Isteʼmolchi bilan birgalikda hisoblash priboriga, uning sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi boʻyicha tuzatuvchi oʻzgartirishlarni 12 soatdan kechiktirmasdan kiritishi kerak. Gaz tarkibi boʻyicha koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va haqqoniy kiritilishi uchun javobgarlik Yetkazib beruvchi zimmasida boʻladi.

Gazning fizik-kimyoviy parametrlari standart sharoitdagi zichlik, azot (N2)va uglerod dioksidi (CO2)Standart toraytiruvchi qurilmalar asosidagi oʻlchov komplekslarining konfiguratsiyasiga kiritiladi.

Isteʼmolchi va Yetkazib beruvchi oʻzaro kelishuvga muvofiq ularning vakillari tomonidan gazning fizik-kimyoviy parametrlarini oʻz vaqtida hisoblash pribori konfiguratsiyasiga kiritilishni taʼminlaydi. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga gazning fizik-kimyoviy parametrlarini oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlaydi.

Isteʼmolchi tomonidan hisoblash pribori va/yoki oʻlchov kompleksi tanlovi tegishli qoidalar va meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi va Yetkazib beruvchi bilan kelishiladi. Isteʼmolchi tomonidan hisoblash pribori va/yoki oʻlchov kompleksi TGHNATga ulanishi lozim.

3.4. Gaz sarfini hisoblash pribori hajmini oʻlchash diapazoni oʻrnatilgan gazdan foydalanish uskunalari quvvatiga muvofiq boʻlishi lozim.

Gazni hisoblash priborining hatoligi hisoblash priborining pasportida belgilangan chegaralar oraligʻida, shuningdek toraytiruvchi qurilma asosida ishlovchi hisoblash komplekslarida esa toraytiruvchi qurilmalar uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan chegaralar oraligʻida koʻrsatilgan hatolik chegarasiga mos kelishi lozim.

Oʻlchov kompleksi va oʻlchash priborlari ishlashida nostandart holatlar yuzaga kelgan taqdirda gaz hajmi meʼyoriy xujjatlarga asosan qayta tiklanadi.

Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib beriladigan gaz hajmining ishonchliligiga taʼsir koʻrsatuvchi oʻlchov komplekslari va hisoblash priborlarining ishlashi buzilishi holatlar aniqlanganda, Yetkazib beruvchi yoki Isteʼmolchi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” boʻlinmalarida oʻlchov komplekslari va hisoblash priborlarini ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish huquqiga ega.

Agar oʻlchov komplekslari va hisoblash priborlari nosoz holda boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar Isteʼmolchi tomonidan, soz holatda boʻlsa esa Yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

3.5. Quyidagi holatlarda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada toʻliq quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi:

gazni hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati tugaganda va Isteʼmolchi davlat qiyoslovini oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan holatda, tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati tugagan vaqtdan boshlab u oʻtkazilgandan keyin gazni hisobga olish priborini oʻrnatishgacha boʻlgan davrga.

Isteʼmolchi tomonidan quyida koʻrsatilgan qoida buzilishlari sodir etilgan taqdirda, undan isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmlari narxi (amaldagi tariflar boʻyicha) Yetkazib beruvchining vakolatli xodimi soʻnggi koʻrikdan oʻtkazish vaqtidan boshlab, gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida toʻliq quvvat bilan ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda, biroq mazkur hisob-kitob davri (oy)dan ortiq boʻlmagan muddatga undiriladi:

a)tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priboriga qasddan shikast yetkazish;

b) oʻchirish qurilmalari, gazdan foydalanadigan uskuna yoki tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborida oʻrnatilgan tamgʻalarni qasddan buzish;

v) tabiiy gaz hisobini yuritmasdan yoki oʻrnatilgan tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlaridan foydalanmasdan tabiiy gazni ishlatish, oylik meʼyorlar boʻyicha aholi maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha xizmat koʻrsatish bundan mustasno;

g) gaz quvurlari yoki GTSHlarda, gaz taqsimlash tarmoqlarini texnologik ish rejimini buzishga olib keladigan qurilmalarni oʻrnatish.

Oxirgi koʻrik yoki oxirgi tashrif – gaz taʼminoti tashkilotining vakolatli xodimi tomonidan hisoblagichni texnik va metrologik holatini hamda gaz uskunalarini joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirish (tasdiqlovlovchi xujjatlar taqdim etilganida) hisoblanadi.

Xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi mavjud boʻlmaganda tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun yechib olish sanasi oxirgi xatlov oʻtkazilgan kun hisoblanadi.

Isteʼmolchilar tomonidan gazlashtirish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirmasdan gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulangan taqdirda, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslardan ruxsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymati Isteʼmolchi davlat roʻyxatidan rasmiy oʻtkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) oʻtgan vaqt mobaynida gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida toʻliq quvvat bilan ishlashi (yoki standart gazdan foydalanish uskunasi mavjud emasligida quvurning oʻtkazish imkoniyati) hisobidan kelib chiqqan holda, biroq daʼvo muddatidan ortiq boʻlmagan miqdorda undiriladi.

Shuningdek, tarmoqqa ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada maksimal (toʻliq) quvvat bilan 24 soat ishlashi hisobidan kelib chiqib, isteʼmol qilingan tabiiy gaz hajmlarining qiymati quyidagi hollarda undiriladi:

a) hisobga olishni notoʻgʻri koʻrsatish maqsadida hisobga olish priborining konfiguratsiyasi va sozligini oʻzgartirish uchun tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priboriga modem yoki boshqa aloqa vositalarining ruxsatsiz ulangani aniqlanganda – ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda), lekin daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan davrda;

b) tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborining xotirasidan isteʼmolchining aybi bilan nazorat qilinadigan maʼlumotlar qisman yoki toʻliq yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganda – maʼlumotlar yoʻqotilgan vaqtdan nosozlik aniqlangan vaqtgacha (aralashish holati va sanasini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda), vaqtni (davrni) aniqlash imkoni boʻlmaganda – oxirgi koʻrik yoki gaz taʼminoti tashkiloti vakili borib koʻrgan vaqtdan boshlab, lekin daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan davrda;

v) gaz isteʼmoli hajmlari hisobga olish priborining ruxsat etilgan maksimal oʻlchov chegarasidan ortiqcha boʻlganda. Ushbu holatda plombalanmagan gaz jihozlarida foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar oxirgi xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, xatlov dalolatnomasi mavjud boʻlmaganda esa – gaz taʼminoti tashkiloti vakili tomonidan oxirgi marta borib koʻrilgan kunda amalga oshiriladi;

g) hisobga olish priborini ulash tartibi va sxemasi oʻzgartirilganda, pribordan tashqari vizual aniqlab boʻlmaydigan yashirin yoʻl bilan ulanishlar (gaz quvurlari, baypas liniyalari va boshqalarni yashirincha montaj qilinishi) aniqlanganda – oxirgi xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin daʼvo muddatidan koʻp boʻlmagan davrda;

d) hisobga olish pribori buzilganda yoki mavjud boʻlmaganda (isteʼmolchi aybi bilan), plombalar uzilganda va vizual aniqlanadigan tabiiy gazning haqiqiy isteʼmoli koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadidagi boshqa qoidabuzarliklarda (jumladan, hisobga olish priboridan tashqari yoki undan oldin gaz quvurlari va baypas liniyalari ulanganda) – bir hisob-kitob davridan koʻp boʻlmagan vaqtda;

ye) gazlashtirish hujjatlarini rasmiylashtirmasdan qoʻshimcha gaz qurilmasi oʻrnatish holati aniqlanganda (qoʻshimcha gaz anjomlarini oʻrnatib olib foydalanayotganlik fakti boʻyicha asoslantiruvchi hujjatlar mavjud boʻlganida), -oxirgi xatlov dalolatnomasi tuzilgan kundan, lekin bir hisob-kitob davridan koʻp boʻlmagan vaqtda.

Gaz uzib qoʻyilganidan soʻng oʻzboshimchalik bilan qayta ulanganda, isteʼmol qilingan gaz hajmi va uning qiymati gaz uzib qoʻyilgan kundan boshlab, ulangan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada 24 soat ichida toʻliq quvvat bilan ishlab turishi hisobidan aniqlanadi.

Bunda qoidabuzarlik toʻgʻrisidagi dalolatnomaga muvofiq amalga oshirilgan qayta hisob-kitob hajmi va summasi qonun buzilishi natijasida keltirilgan zararni hisoblash uchun asos hisoblanadi.

3.6. Hisoblash pribori Isteʼmolchining aybi bilan nosoz holga kelganda, yetkazilgan gaz hajmi tamgʻalanmagan gazdan foydalanish uskunasining eng yuqori quvvat bilan ishlab turishiga nisbatan aniqlanadi, biroq mazkur hisob-kitob davri (oy)dan ortiq boʻlmagan muddatga qoʻllanadi.

Hisoblash pribori Isteʼmolchining aybisiz nosoz holga kelganda, hisoblash pribori TGNHATga ulangan boʻlib, tizimdan arxiv maʼlumotlar olish imkoni boʻlganda, hisob-kitob amalga oshirishda ushbu maʼlumotlardan foydalaniladi.

Hisoblash pribori nosoz holga kelganda, Isteʼmolchi 24 soatdan kechiktirmasdan bu haqida Yetkazib beruvchiga xabar berishi, shuningdek, Isteʼmolchini va gazdan foydalanuvchi uskunalari ish jadvalini tuzishi va gazdan foydalanilmaydigan gaz uskunalarini Yetkazib beruvchi Isteʼmolchi ishtirokida tamgʻalab qoʻyishi va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirishi shart.

3.7. Hisoblash priborlarini oʻrnatish, foydalanish va tekshirish amaldagi meʼyorlar va qoidalarga asosan oʻtkaziladi.

3.8. Gazni hisoblash uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi oʻlchov vositalari Davlat reestriga kiritilgan turdagi priborlardan foydalanish shart.

3.9. Priborlar ularning foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan joylarda tegishli shakldagi amal qiluvchi belgilar va tamgʻalarga ega boʻlishi shart.

3.10. Hisoblash priborlarining texnik holati, taʼmirlanishi va oʻz vaqtida davlat qiyoslovidan oʻtkazilishi uchun javobgarlik hisoblash pribori egasi zimmasiga yuklatiladi.

3.11. Gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish metrologiya xizmati organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

3.12. Hisoblash priborlarini qiyoslov davriyligi meʼyoriy-texnik hujjatlar asosida belgilanadi.

3.13. Hisoblash priboriga tamgʻa oʻrnatish Yetkazib beruvchi vakillari bilan birga dalolatnoma tuzgan holda Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

3.14. Hisoblash priborlarining, shu jumladan oʻrnatilgan tamgʻalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik Isteʼmolchiga yuklatiladi.

3.15. Hisoblash pribori oʻrnatilgandan soʻng Yetkazib beruvchi tomonidan roʻyxatga olinadi.

3.16. Gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarini almashtirish, taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, davlat qiyoslovidan oʻtkazish va sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Yetkazib beruvchi vakillari tomonidan Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

Bunday holatda hisobga olish pribori oʻrniga tekshirilgan boshqa hisobga olish priborini hisoblagich egasi hisobidan Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi ishtirokida oʻrnatiladi.

3.17. Hisoblash priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati tugaganligi sababli yechib olish Yetkazib beruvchi vakillari ishtirokida davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati tugashidan kamida bir kun avval amalga oshiriladi.

3.18. Hisoblash priborini sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Yetkazib beruvchi vakillari talabi bilan Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

3.19. Shartnomaning 3.16-bandida qayd etilgan holatlarda yechib olingan hisoblash priborini oʻrnatish uchun Isteʼmolchi sertifikatda koʻrsatilgan kundan boshlab ikki kun ichida buyurtma berishi lozim.

3.20. Shartnomaning 3.16-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha yechib olingan hisoblash priborini oʻrnatish Isteʼmolchining buyurtmasiga koʻra ikki kun ichida Yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi va tamgʻalanadi.

3.21. Shartnomaning 3.18-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha yechib olingan hisoblash pribori belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, monitoring tugaganidan soʻng kechiktirmasdan, darhol Yetkazib beruvchining vakillari tomonidan Isteʼmolchi ishtirokida oʻrnatiladi va tamgʻalanadi.

Hisoblash pribori belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, mulkdor nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taʼminlashi shart, shundan soʻng 3.19 va 3.20-bandlarga muvofiq oʻrnatilishi amalga oshiriladi.

3.22. Hisoblash priborini monitoring qilish yoki tekshiruv natijalaridan norozi boʻlgan Isteʼmolchi, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilishi mumkin.

3.23. Shartnomaning har ikki tomoni belgilangan qonunchilikka muvofiq, Yetkazib beruvchining vakolatli xodimiga tegishli guvohnoma koʻrsatilgan taqdirda sutkaning istalgan vaqtida hisoblash priborlarini moneliksiz koʻzdan kechirish uchun kirish imkoniyatini taʼminlashi shart.

3.24. Yetkazib beruvchining vakolatli xodimini hisoblash priborlariga qoʻymaslik holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Isteʼmolchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim. Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etgan holatda, dalolatnomada bu haqda qayd etiladi. Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega, bu haqida dalolatnomaga qayd etiladi.

Dalolatnomaga imzo qoʻyishni rad etish Isteʼmolchini gaz tarmogʻidan uzib qoʻyish uchun asos boʻladi va bu haqida ogohlantirilishi shart.

 

IV. YETKAZIB BERILGAN GAZ UCHUN HISOB-KITOBNI AMALGA OSHIRISH

 

4.1. Isteʼmolchi ushbu shartnoma asosida yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovni amalga oshirishi shart.

4.2. Gaz uchun narxlar vakolatli organ tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

4.3. Isteʼmolchi hisob-kitob qilish davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin Yetkazib beruvchi hisob raqamiga ushbu shartnomaning 1.4 va 1.5-bandlarida koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 70 foiz summasini oldindan toʻlaydi.

Hisob-kitob davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin hisob-kitobni 50 foiz oldindan haq toʻlash asosida amalga oshirish hohishini bildirgan Isteʼmolchi hisob-kitob amalga oshiriladigan davrni koʻrsatib yetkazib berilgan gaz uchun 50 foiz oldindan haq toʻlash asosida hisob-kitob qilish toʻgʻrisida Yetkazib beruvchiga bildirgi tartibida murojaat qilishga haqlidir. Bunday holatlarda Isteʼmolchi hisob-kitob davri boshlanishidan kamida 5 kun oldin Yetkazib beruvchining hisob raqamiga gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymati summasining 50 foizi miqdorida oldindan haq toʻlashlari shart. Amalda isteʼmol qilingan gaz hajmi uchun yakuniy hisob-kitob hisobot oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

4.4. Isteʼmolchiga gaz oldindan toʻlovsiz yetkazib berilmaydi.

4.5. Oldindan toʻlov summasi oʻtkazilmagan taqdirda, Isteʼmolchiga gaz yetkazib berish amalga oshirilmaydi.

4.6. Isteʼmolchi tomonidan olingan gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.

4.7. Gazdan foydalanishda Isteʼmolchining aybi bilan gaz yetkazib berishga shartnomada koʻrsatilgan hajmdan kam foydalanilgan taqdirda, avans tarzida toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi, koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi.

4.8. Isteʼmolchi tomonidan gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomada hisob-kitob oyi davomida belgilanganidan koʻp hajmda va Yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan takdirda, Isteʼmolchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.

Bunda, gazning hisobini yuritilishida isteʼmolchi aybdorligi asoslantirilib kamchiliklari aniqlanganda, isteʼmol qilingan gaz hajmini oʻrnatilgan gaz asbob-uskunalarini toʻliq quvvati boʻyicha qayta hisob-kitob qilingan taqdirda, isteʼmolchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undirilmaydi.

Navbatdagi oy (chorak) uchun koʻrsatilgan gaz hajmlari boʻyicha ushbu shartnoma oʻzgartirilishidan oldin Isteʼmolchi Yetkazib beruvchiga bu haqida oʻn kundan kechikmay xabar bergan taqdirda, bunday holatlar ortiqcha olingan miqdor deb hisoblanmaydi.

4.9. Gaz uchun isteʼmolchining toʻlov muddati oʻtgan qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari isteʼmolchini xabardor qilgan holda, toʻlov muddati oʻtgan qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.

4.10. Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi oʻrtasidagi hisob-kitob haqqoniyligini taʼminlash uchun hisobot davrida Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

Dalolatnomani rasmiylashtirishda quyidagilar inobatga olinadi:

a) gaz hisoblash pribori koʻrsatkichlari, avtomatik tarzda toʻgʻrilanadigan gazni hisoblash priboridan hisobot davri uchun olingan (koʻchirma) arxiv maʼlumotlari;

b) isteʼmolchi gaz tarmoqlari va GTSHdagi texnologik yoʻqotishlarning hisoblangan hajmi koʻrsatilgan holda rasmiylashtirilgan dalolatnoma.

4.11. Koʻrsatkichlar olinganidan soʻng keyingi oyning 5-kuniga qadar Yetkazib beruvchi tomonidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi va schet-faktura rasmiylashtiriladi.

4.12. Isteʼmolchi oyning 7 kunidan kechiktirmasdan Yetkazib beruvchidan hisob-kitob oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini va schet-fakturani qabul qilib oladi va imzolaydi hamda bir nusxasini Yetkazib beruvchiga joʻnatadi.

4.13. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni eʼtirozlar bilan imzolash Isteʼmolchini koʻrsatib oʻtilgan tabiiy gaz hajmlari uchun toʻlovlardan ozod qilmaydi. Yetkazib berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi boʻlgan tomon dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yoʻli bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tomonga bu toʻgʻrisida dalolatnomaning bir nusxasini taqdim qiladi. Ushbu masalani oʻzaro hal etish imkoniyati boʻlmaganda, kelishmovchilik sabablari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi kerak.

4.14. Gaz uchun amaldagi tariflar (narxlar) oʻzgargan holatda, Yetkazib beruvchi bu haqidagi axborotni oʻn besh kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qiladi. Gaz uchun tariflar oʻzgarganida, mazkur Shartnoma oʻz kuchida qoladi, isteʼmol qilingan gaz uchun toʻlov esa yangi tarif asosida, u qonunda belgilangan tatibda kuchga kirganidan soʻng amalga oshiriladi.

Bunda isteʼmolchi tabiiy gazning avans tariqasida toʻlangan hajmi uchun toʻlov kunidan boshlab koʻpi bilan keyingi 1 oy qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod qilinadi.

Foydalanilgan gaz uchun toʻlov summasi gaz isteʼmolini hisobga olish priborlaridan koʻrsatgichlarni olish vaqtida amal qilingan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar oʻzgarganda, avval hisoblangan summa boʻyicha tariflar oʻzgarishiga qadar toʻlov amalga oshirilmagan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.

 

V. HUQUQBUZARLIKLAR VA GAZDAN NOQONUNIY

FOYDALANISH UCHUN JAVOBGARLIK

 

5.1. Gazdan foydalanishda Isteʼmolchi tomonidan 3.5-bandida koʻrsatib oʻtilgan huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilishi, Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi vakillari tomonidan imzolanadigan va ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

5.2. Ushbu shartnomaning 5.1-bandiga asosan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga muvofiq Isteʼmolchidan, Yetkazib beruvchi vakilining soʻnggi koʻzdan kechirish kunidan boshlab, foydalangan gaz hajmi qiymati (amaldagi tariflar boʻyicha) undiriladi.

5.3. Bunda mazkur shartnomaning 5.2-bandida koʻrsatilgan holatlarda gaz hajmi qiymatining undirilishi Isteʼmolchini qonunchilikda belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.

 

VI. TARMOQDAN UZIB QOʻYISH VA QAYTA

ULANISH TARTIBI

 

6.1. Isteʼmolchi gaz tarmoqlaridan quyidagi holatlarda uzib qoʻyiladi:

foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida qarzdorlik mavjud boʻlganda;

Yetkazib beruvchining qonunchilikda belgilangan koʻrsatmalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillari hisoblash priborlaridan koʻrsatkichni olishiga qoʻyilmaganda;

hisoblash priborlariga qasddan zarar yetkazilganda, pribor koʻrsatgichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilgan va boshqa Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlarida;

gazni talon-taroj qilish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanganda.

TGNHAT nosoz yoki mavjud boʻlmasa.

6.2. Yetkazib beruvchi yetkazib berilgan gaz uchun qarzdor boʻlgan Isteʼmolchiga qarzni besh kun ichida uzishi lozimligi haqida xabardor qiladi.

Yetkazib beruvchi Isteʼmolchini xabardor qilgan vaqtdan boshlab besh kun muddat oʻtgandan soʻng, Isteʼmolchini debitor qarzdorlik uchun gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish va ularni qaytadan ulashni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Qayta ulanishda Isteʼmolchidan toʻlov kuni amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida haq undiriladi. Bunda, TGNHATga ulangan hamda hisobga olish pribori avtomatik tarzda oʻchirib-yoqish qurilmasiga ega boʻlgan isteʼmolchilarni gaz tarmoqlariga qayta ulanishi uchun haq undirilmaydi.

 

VII. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI.

 

7.1. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

-oʻziga qarashli boʻlgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularni oʻz hisobidan taʼmirlash-tiklashga;

-oʻz gaz tarmoqlarining texnik holatini va ularda ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun davriy koʻzdan kechirishga;

-gaz yetkazib berish qisqartirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida ushbu shartnomaning 2.4 va 2.5-bandlari talablariga koʻra Isteʼmolchini xabardor qilishga;

-oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-taroj qilinganligi toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilishga;

-isteʼmolchiga gaz yetkazib berish shartnomasida kelishilgan shartlar asosida gaz yetkazib berishga;

-vakolatli davlat organlarining majburiy koʻrsatmalarini bajarishga;

-qonunchilik hujjatlarida belgilangan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmolchilarni ob-havo sovib ketishi davrida tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ushbu shartnomaning 2.5-bandi talablaridan kelib chiqqan holda tabiiy gazni qisqartirish yoki toʻxtatib qoʻyishga.

Yetkazib beruvchi Qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Yetkazib beruvchining boshqa majburiyatlari

7.2. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

-isteʼmolchini belgilangan tartibda ushbu shartnomaning 2.4 va 2.5-bandlari talablariga muvofiq xabardor qilgan holda, gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki toʻxtatish;

-oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda, ularni gaz tarmogʻidan uzib qoʻyish;

-isteʼmolchilardan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari va gazni yetkazib berish shartnomasi talablariga rioya etishini talab qilish;

-shartnomani qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

-gaz tarmoqlarida avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish zarurati yuzaga kelganda, isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan hamda zudlik bilan xabardor qilgan holda, tabiiy gazni yetkazib berishni toʻxtatish yoki cheklash.

Yetkazib beruvchining boshqa huquqlari

7.3. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:

-gazdan oqilona va samarali foydalanishga;

-har oyning 5-sanasigacha Yetkazib beruvchiga uning vakili bilan birga elektron gaz hisobdonini arxiv maʼlumotlari (raspechatka) yoki gazni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini taqdim etishga;

-tasarrufidagi gaz quvurlari va uskunalarini texnik jihatdan soz holatda saqlashga;

-gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunasida vujudga kelgan tabiiy gaz sizib chiqishi holati haqida gaz taʼminoti tashkiloti dispetcherlik xizmatlarini zudlik bilan xabardor qilishga;

-oʻzining gaz tarmoqlari daxlsizligini taʼminlash va ehtimoli boʻlgan ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida ularni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda koʻzdan kechirib chiqishga;

-gaz taʼminoti tashkilotlari gaz tarmoqlariga sertifikatlanmagan, gazlashtirish loyihasiga (keyingi oʻrinlarda LTH deb ataladi)muvofiq boʻlmagan gazdan foydalanish uskunasining ulanishiga yoʻl qoʻymaslikka;

-gaz taʼminoti tashkiloti vakillarining (tegishli guvohnoma koʻrsatilgan taqdirda) gazni isteʼmol qilishni hisobga olish priborlarini va/yoki gazdan foydalanish uskunasini kunning istalgan vaqtida erkin koʻzdan kechirishini taʼminlashga;

-gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan brigadalar yoki xodim yordamida) bartaraf etishga;

-gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirmaslikka, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslikka va oʻrnatilgan tamgʻalarning butunligini taʼminlashga;

-gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari ishidagi nosozlik aniqlangan taqdirda, 24 soat ichida gaz taʼminoti tashkilotini oʻzi uchun qulay shaklda darhol xabardor qilishga;

Isteʼmolchining boshqa majburiyatlari

7.4. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchidan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:

-yetkazib berilgan gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlariga norozi boʻlgan taqdirda, Yetkazib beruvchining gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini tekshirish uchun komissiya tashkil etish;

-tabiiy gazning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan sifatda va yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzatilishi;

-shartnoma bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun toʻlangan summani qaytarish;

-shartnomani qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

-gazni yetkazib berish toʻxtatilganda, zararni qoplashni talab qilish;

-gaz yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatishni.

Isteʼmolchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.

Isteʼmolchining boshqa huquqlari

 

VIII. TARAFLARNING MODDIY JAVOBGARLIGI

 

8.1. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga shartnomaga asosan gaz yetkazib bermagan yoki toʻliq yetkazib bermaganligi oqibatida yetkazilgan aniq zarar va boy berilgan foydani belgilangan tartibda qoplaydi.

8.2. Yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmasligi natijasida Isteʼmolchiga moddiy zarar yetkazilganda, Isteʼmolchi Yetkazib beruvchining mansabdor shaxsiga nisbatan belgilangan tartibda jarima qoʻllash boʻyicha sudga murojaat etish huquqiga ega.

8.3. Shartnomada koʻrsatilgan hajmdan kam hajmda gaz yetkazib berilgan taqdirda, Yetkazib beruvchiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib asosida jarima sanksiyalari qoʻllaniladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

a) fors-major holatlar;

b) gaz tarmoqlarida avariya holatlari;

v) qish davrida vaqtincha gaz yetkazib berishni belgilangan tartibda cheklash joriy etilganda (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi277-son qarori, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlangan gaz yetkazib berish tarmogʻidan uzib qoʻyilmaydigan obyektlar roʻyxatiga kiritilgan korxonalardan tashqari).

8.4. Yetkazib berilgan gazning sifati shartnoma yoki normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda, Isteʼmolchi gaz qabul qilish yoki uning uchun haq toʻlashni rad etganda Yetkazib beruvchidan yetkazib berilgan sifati zarur darajada boʻlmagan gaz hajmi qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlashni talab qilish huquqiga ega. Agar, gaz qiymati toʻlangan boʻlsa, Isteʼmolchi Yetkazib beruvchidan belgilangan tartibda toʻlangan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

8.5. Yetkazib beruvchi tomonidan shartnomada koʻrsatilgan hajmlardan kam gaz yetkazib berilganda, Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga muddati oʻtgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan summasining 0,5 foizi miqdorida, biroq yetkazib berilmagan gaz qiymatining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

8.6. Shartnomada koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, Isteʼmolchi muddati oʻtgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.

 

IX. KORRUPSIYAGA QARSHI SHARTLASHUV

 

9. Ushbu shartnomaning har bir tomoni oʻziga nisbatan qoʻllaniladigan barcha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlaridagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi.

Isteʼmolchi ushbu shartnoma amalda boʻlgan butun davr mobaynida u (shuningdek uning mansabdor shaxslari, direktori, xodimlari, agentlari va boshqa vakillari) Yetkazib beruvchining manfaatlarida uning agenti yoki vakili sifatida harakat qilib, Yetkazib beruvchining hamda Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarining Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlari va talablariga qatʼiy rioya etish majburiyatini oladi.

 

X. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 

10.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda tomonlar qonunchilik talablariga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

Kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni hal etish uchun taraflar belgilangan tartibda vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilishga haqlidir.

10.2. Shartnoma shartlarini bir tomonlama rad etish va bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.

 

XI. FORS-MAJOR HOLATLAR

 

11.1. Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib boʻlmaydigan va oldindan bilib boʻlmaydigan favqulodda holatlarni oʻz ichiga olgan yengib boʻlmas kuch (fors-major) oqibatida oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.

11.2. Agar koʻrsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga taʼsir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarining amal qilish vaqtiga, ammo tabiiy taʼminoti shartnomasining amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan vaqtga uzaytiriladi.

 

XII. SHARTNOMANING AMAL QILISHI

 

12.1. Ushbu shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilgan va tomonlar oʻrtasida imzolangan boʻlishi lozim.

12.2. Ushbu shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kungacha boʻlgan muddatga tuziladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan tomonlardan hech biri uni bekor qilish haqida murojaat qilmagan taqdirda, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi.

12.3. Tomonlarning ushbu shartnoma boʻyicha daʼvolari daʼvo qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga asosan hal etilmagan nizolar javobgarning joylashgan joyidagi Iqtisodiy sud tomonidan hal qilinadi.

 

XIII. SHARTNOMANING OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

 

13.1 Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki mazkur shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollarda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

a) ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;

b) Fuqarolik Kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan oʻzga hollarda.

Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli boʻlgan narsadan koʻp darajada mahrum boʻladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.

Bir taraf shartnomani bajarishdan toʻla yoki qisman bosh tortib, qonun yohud taraflarning kelishuvida bunga yoʻl qoʻyilsa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan hisoblanadi.

13.2 Fuqarolik Kodeksining 455, 476-moddalarida nazazarda tutilgan asoslarga koʻra tabiiy gaz yetkazib berish Yetkazib beruvchi bir tomonlama bekor qilishga xaqli.

13.3 Shartnomani amal qilish davrida shartnoma VI-boʻlimida nazarda tutilgan bandlarini bir necha bor buzish holatlarida bekor qilinishi mumkin.

13.4. Isteʼmolchi tomonidan shartnomaning 13.1–bandida koʻrsatilgan qoida–buzarliklar bartaraf etilib, ushbu qoidabuzarliklar natijasida yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan soʻng, isteʼmolchi bilan gaz yetkazib berish shartnomasi tuziladi.

 

XIV. YAKUNIY HOLATLAR

 

14.1. Ushbu shartnoma shartlarida nazarda tutilmagan holatlar va oʻzaro kelib chiqadigan nizolar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tartibga solinadi.

14.2. Ushbu shartnoma Shartnomaning varaqlari soni varaqdan iborat boʻlib, bir xil yuridik kuchdagi ikki nusxada tuzilgan va har bir tomonda bir nusxadan saqlanadi.

 

XIII. TOMONLARNING BANK REKVIZITLARI VA MANZILI:

“Isteʼmolchi”

 

“Yetkazib beruvchi”

Manzil:Isteʼmolchi tashkilotning manzili

 

Manzil: Yetkazib beruvchi tashkilotning manzili

Pochta manzili: Isteʼmolchi tashkilotning pochta manzili

 

KTUT kodi: Yetkazib beruvchi tashkilotning KTUT kodi

KTUT kodi: Isteʼmolchi tashkilotning KTUT kodi

 

XXTUT kodi: Yetkazib beruvchining XXTUT kodi

XXTUT: Isteʼmolchi tashkilotning XXTUT kodi

 

Bogʻlanish telefoni: Yetkazib beruvchining aloqa raqami

 

Bogʻlanish telefoni: Isteʼmolchi tashkilotning aloqa raqami

 

Toʻlovlar uchun bank hisob-raqami: Isteʼmolchi tashkilotning bank hisob-raqami

 

Toʻlovlar uchun bank hisob-raqami: Yetkazib beruvchining bank hisob raqami

Bank nomi: Isteʼmolchi tashkilotning bank nomi

 

Bank nomi: Yetkazib beruvchining banki nomi

FPM :Isteʼmolchining FPM raqami

 

FPM : Yetkazib beruvchining FPM kodi

STIR: Isteʼmolchining STIR raqami

 

STIR: Yetkazib beruvchining STIR raqami

 

Isteʼmolchi tashkilot rahbari lavozimi

 

 

_________

Imzo Muhr

 

 

 

Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari lavozimi

 

_________

Imzo Muhr

 

 

Yurist maslahatchi xulosasi:

 

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

___________________________________________________________________

____________________________

 

_______________________________

(F.I.O.)

 

_________________

(imzo, muhr)

 

 

________________

(sana)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

20___y. “____” ___________dagi

______-sonli shartnomaga

ILOVA

 

Foydalanishga qabul qilingan gaz isteʼmol qilish qurilmalari

ROʻYXATI

 

 

T/r

 

Korxona, boʻlim, sex va boshqalarning nomlanishi

 

Agregatlar

Loyiha

(pasport) boʻyicha gaz sarfi,

m3/chas

Hisobga olish priborlari turlari

 

nomlanishi

soni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kelishilgan:

 

Yetkazib beruvchi

 

Isteʼmolchi

Yetkazib beruvchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Isteʼmolchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli

Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari F.I.O.si

 

_________

 

 

Isteʼmolchi tashkilotning rahbari F.I.O.si

 

 

_________

 

 

Imzo Muhr

 

 

 

 

Imzo Muhr

 

 

 

Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari uchun tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi orqali isteʼmolchi tabiiy gazni faqat avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ehtiyojlari uchun sotib oladi.

Isteʼmolchi –  avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun tabiiy gazdan foydalanuvchi hisoblanadi.