O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uy-joyga majburiy kiritish to‘g‘risida.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Ariza mazmuni
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, qishloq (ko‘cha) nomi va uy raqami
  • Izoh: Ushbu bandda yil, oy va kun ko‘rsatilishi lozim

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomisudiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning yashash manzilida yashovchi

 

Daʼvogarning F.I.O.si

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Daʼvogarning elektron manzili

 

Javobgar: Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron manzili

Daʼvo mazmuni: Farzandim va meni uy-joyga majburiy tartibda kiritish xaqida

 

 

DA ʼ V O A R I Z A

(Uy-joyga majburiy tartibda kiritish xaqida)

 

Men Daʼvogar va javobgar o‘rtasida nikohni qayd etgan FXDYO bo‘limi nomi FXDYO boʻlimi tomonidan Daʼvogar va javobgar o‘rtasida nikoh qayd etilgan sana kuni qonuniy nikoh roʻyxatidan oʻtib, javobgar Javobgarning F.I.O.siga turmushga chiqdim. Men Daʼvogar turmushga chiqib, ko‘chib kelgan uyining manzili uyga kelin boʻlib kelganman. Javobgar bilan birgalikdagi turmushimiz davomida Daʼvogar va javobgarning farzandlarining F.I.Sh.lari va tug‘ilgan sanalari (farzandlarining ismi va tug‘ilgan sanalari ko‘rsatiladi) ismli jami Nizolashayotgan taraflarning Farzandlari soni nafar farzandli boʻlganmiz.

Men va farzandlarim javobgar Javobgarning F.I.O.si bilan Daʼvogar va javobgar nizosiz yashagan davrning oxirgi sanasiga qadar yuqorida koʻrsatilgan uy-joyda birgalikda yashab keldik. Keyinchalik javobgar oʻzgarib qolib men bilan janjallashib kelganligi sababli men yuqorida koʻrsatilgan u-joydan chiqib ketishga majbur boʻlganman. Men Nizolashayotgan taraflarning Farzandlari soni nafar voyaga yetmagan farzandlarim borligi uchun va ularning kelajagini oʻylab, turmush oʻrtogʻim bilan yarashib, birgalikda yashamoqchiman. Biroq javobgar Javobgarning F.I.O.si uyga kirishimga toʻsqinlik qilib kelmoqda.

Men shunda ham oilamni tiklash uchun koʻp marotaba harakat qildim, mahalla fuqarolar yigʻiniga murojaat qilib, turmush oʻrtogʻim bilan yarashib yashashim uchun uyga kiritib qoʻyishlarini iltimos qildim. Lekin javobgar meni Nizolashayotgan taraflarning Farzandlari soni nafar voyaga yetmagan farzandlarim bilan uyga kiritishdan bosh tortdi. Bu haqida mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan bayonnoma ham tuzilgan (ilova qilinadi). Shu sababli men sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga koʻra, uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanishi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 164-moddasiga muvofiq mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk huquqini, kim tomonidan boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir.

Shuningdek, Oila kodeksining 24-moddasi birinchi qismiga koʻra er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga ega ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan.

Qayd qilingan holatlar va qonun talabidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddaciga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentyabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qaroriga  asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Yuqoridagilarga asosan, meni Nizolashayotgan taraflarning Farzandlari soni nafar voyaga yetmagan farzandlarim bilan birga Daʼvogar turmushga chiqib, ko‘chib kelgan uyining manzili uyga barcha asosiy va yordamchi xonalardan foydalanish huquqi bilan kiritib qoʻyish haqida hal qiluv qarori qabul qilishingizni soʻrayman.

 

Ilova qilingan hujjatlar:

Daʼvo arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogarning F.I.O.si

 

 

 

(imzo)

 

Ariza berilgan sana

 

 

 

 

 

Uy-joyga majburiy kiritish to‘g‘risida.

Uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko‘chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a’zolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko‘chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.

Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir. Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.