O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Umumiy mulk bo‘lgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomisudiga

 

Daʼvogar: Daʼvogar shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

Telefon: Daʼvogar tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Daʼvogar tarafning elektron pochta manzili

 

Javobgar: Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron pochta manzili

Daʼvo mazmuni: Umumiy mulk boʻlgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilash haqida

 

DAʼVO ARIZA

(Umumiy mulk boʻlgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilash haqida)

 

Men yuqorida koʻrsatilgan manzilda roʻyxatdan oʻtgan holda yashab kelaman. Men Daʼvogar tomonidan javobgar bilan umumiy mudk bo‘lgan mol-mulkning sotib olingan sana kuni Javobgarning F.I.O.si bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzib unga tegishli boʻlgan uy-joyning Uy-joyning sotib olingan qismiqismini sotib olganman.

Men oʻzimga tegishli boʻlgan uy-joyning qismini buzmoqchi boʻlganimda Javobgarning F.I.O.si bunga qarshilik koʻrsatib sudga murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Nizoni ko‘rib chiqqan sudning nomi sudi tomonidan tayinlangan sud qurilish ekspertizasini xulosasiga asosan uy-joyni ikkiga boʻlishni imkoni yoʻqligi koʻrsatilgan. Shundan soʻng nizoli uyga meni va javobgarni nomiga kadastr hujjatlari tayyorlangan. Lekin uydan har ikkimiz foydalanganimiz yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 219-moddasiga koʻra, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2001-yil 14-sentyabrdagi “Uy-joy nizolari buyicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 6-bandiga koʻra, ulushli mulkdagi uy-joylarni boʻlishda mulkdorlar oʻzaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilinadi.

Ulushli yoki umumiy mulkda boʻlgan uy-joylarni boʻlishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud boʻlgan xonalar va foydalanishda boʻlgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa boʻyicha teng yoki hissadan uncha koʻp, uncha kam boʻlmagan holda boʻlishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni boʻlish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni boʻlishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qoʻshimcha va yordamchi imoratlarni oʻz qarorida aniq koʻrsatishi lozim.

Ulushli mulk sifatida boʻlgan turar-joylar mulkdorlarga ularning ulushini asl holda ajratib berish oʻrniga boshqa mulkdor tomonidan kompensatsiya toʻlanishiga mulkdorlarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Mulkdorlarning ulushi shu turar-joyga nisbatan boshqa mulkdorning ulushidan ancha kam boʻlsa, ulushga teng taqsimlashning imkoni boʻlmasa, mulkdor nizoli uyda yashamayotgan boʻlsa, u boshqa uy-joy bilan taʼminlangan boʻlsa, mulkdan foydalanishda katta manfaatga ega boʻlmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin.

Turar-joyni umumiy egalik ishtirokchilari oʻrtasida ularning hissasi boʻyicha boʻlishda alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni, alohida kirish-chiqish yoʻllari mavjudligini yoki ularni jihozlash yoʻli bilan boʻlishga imkoniyat boʻlgan taqdirdagina daʼvo qanoatlantirilishi lozim. Bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda, sud daʼvogarning iltimosiga koʻra, taraflarga turar-joydan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar-joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish yoxud ikkinchi tarafga hissasiga teng boshqa turar-joy olib berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi lozim.

Qayd qilingan holatlar va qonun talabidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 219-moddaciga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentyabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori va Oliy sudi Plenumning 1997-yil 2-maydagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorlariga asosan,

 

SOʻRAYMAN:

 

Nizoli uy-joyning joylashgan manzilida joylashgan kadastr raqami Nizoli uy-joyning kadastr raqami boʻlgan nizoli uy-joydan meni va javobgarning foydalanish tartibini belgilab berishingizni soʻrayman.

 

Ilova:

Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

 

_________________

(imzo)

 

 

 

 

 

Ariza berilgan sana

 

 

 

 

 

Umumiy mulk bo‘lgan uy-joydan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risida.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi. Ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng bo‘lgan qismi o‘zining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji bo‘lmagan taqdirda esa — o‘z ulushi bo‘lgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega. Ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilinadi.

Ulushli yoki umumiy mulkda bo‘lgan uy-joylarni bo‘lishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud bo‘lgan xonalar va foydalanishda bo‘lgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa bo‘yicha teng yoki hissadan uncha ko‘p, uncha kam bo‘lmagan holda bo‘lishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni bo‘lish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qo‘shimcha va yordamchi imoratlarni o‘z qarorida aniq ko‘rsatishi lozim.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.