O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Asbob uskunalar va anjomlarni ijaraga berish shartnomasi

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Ijaraga beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Ijaraga oluvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
IV. Shartnoma shartlari
  • Izoh: Mazkur bandda ijaraga olinayotgan asbob-uskunalar va anjomlardan nima maqsadda foydalanilishi ko‘rsatiladi

Yuklab oling

Asbob-uskunalar va anjomlarni ijaraga berish shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan vaqt (kalendar)

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy (ro‘yxat)

 

Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladigan Ijaraga beruvchi tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ijaraga beruvchi tashkilot vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yuritadigan Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si,bir tomondan va Ijaraga oluvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ijaraga oluvchi tashkilot vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yuritadigan Ijaraga oluvchi tashkilot rahbarining lavozimi Ijaraga oluvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:

I. Shartnoma predmeti

 

1.1 Ijara beruvchiga tegishli quyidagi asbob-uskunalar va anjomlarni (keyingi oʻrinlarda “mol-mulk” deb ataladi) foydalanish uchun beradi, Ijaraga oluvchi esa qabul qilib oladi:

T/r

Nomi

Miqdori, ta

Inventar №

Berilgan kundagi balans qiymati

Mol-mulk berilayotgan muddat

Izohlar

1.

 

 

 

 

 

 

2.

 

 

 

 

 

 

3.

 

 

 

 

 

 

4.

 

 

 

 

 

 

5.

 

 

 

 

 

 

 

1.2. Mazkur shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan boʻlib, taraflarning oʻzaro munosabatlari mazkur qonun doirasida tartibga solinadi.

 

II. Shartnoma boʻyicha toʻlov narxlari va toʻlov tartibi

 

2.1 Shartnomaning 1.1 bandida koʻrsatilgan ijaraga berilayotgan mol-mulklarning umumiy summasi Ijaraga berilgan mol-mulkning qiymati (umumiy summasi) soʻmni tashkil qiladi.

2.2. Koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk Ijaraga oluvchi tomonidan Ijaraga olinayotgan mol-mulkdan foydalanish maqsadi maqsadida ishlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

2.3 Mol-mulk ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab ijaraga berilgan hisoblanadi.

2.4 Ijaraga oluvchi ilova qilinayotgan hisob-kitoblar boʻyicha yiliga umumiy summasi Taraflarning kelishuviga asosan ijara to‘lovi miqdori soʻm miqdoridagi ijara haqini oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini oladi.

Ijara haqi Ijaraga beruvchiningning hisob raqamiga har chorakda teng ulushlarda (chorakdan keyingi oyning Ijara to‘lovlarni amalga oshirish sanasi kunidan kechikmay) oʻtkaziladi.

Toʻlovning bir oydan ortiq muddatga kechiktirilganligi uchun Ijaraga oluvchi navbatdagi toʻlov summasining To‘lov kechiktirilganligi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima miqdori (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

2.5 Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. Markazlashtirilgan tartibda belgilanadigan narxlar va tariflar oʻzgargan taqdirda ijara haqi miqdorlari tomonlardan birining talabiga koʻra muddatidan oldin qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

 

III. Taraflarning huquq va majburiyatlari

 

3.1 Ijaraga beruvchining huquqlari.

Ijaraga berilgan mol-mulkning “ijaraga oluvchi” tomonidan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini, ularning soz holatdaligini tekshirish, dalolatnoma yoki boshqa hujjatlar tuzish;

Ijara haqini tegishli muddatlarda toʻlanishini talab qilish, “ijaraga oluvchi” bilan birgalikda hisob kitoblarni solishtirish dalolatnomalarini tuzish.

Shartnoma shartlarini oʻzaro yoki sud orqali tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari

3.2 Ijaraga beruvchining majburiyatlari:

Soz holatdagi va yaroqli mol-mulkni ijaraga berish;

Ijaraga berilgan asbob-uskunalarning oʻziga tegishli ekanligini tegishli hujjatlar bilan asoslash;

Shartnoma tuzilganidan soʻng 5 kun ichida ijara obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi orqali “ijaraga oluvchi”ga topshirish;

Ijara obyektini sotishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirishi toʻgʻrisida 15 kun oldin “ijaraga oluvchi”ga maʼlum qilish.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari

3.3 Ijaraga oluvchining huquqlari:

Ijara obyektidan ushbu shartnomada belgilangan muddatda va tegishli maqsadga muvofiq foydalanish;

Shartnomani bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa xujjatlarni talab qilish va olish.

Ijaraga beruvchi mol-mulkni undan zarur darajada foydalanish imkonini beradigan holatdaligini tekshirish.

Ijaraga oluvchining boshqa huquqlari

3.4 Ijaraga oluvchining majburiyatlari:

Ijaraga berilgan mol-mulkdan maqsadga muvofiq foydalanish;

Mol-mulkdan foydalanish qoidalariga amal qilish;

“ijaraga beruvchi” ning yozma roziligisiz ijara obyekti bilan bogʻliq huquq va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, shuningdek ijara obyektini subijaraga bermaslik.

ijaraga olingan mol-mulkdan Ijaraga beruvchi buyurtmasiga koʻra ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maqsadlar uchun foydalanish;

mol-mulkni toʻliq ishga tayyor holatda saqlash.

Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkning buzilganligi uchun javob beradi.

Asbob-uskuna ijarasi shartnomasi toʻxtatilganda Ijaraga oluvchi mol-mulkni Ijaraga beruvchiga qaysi holatda olgan boʻlsa, normal eskirishini hisobga olgan holda, oʻsha holatda qaytarishi lozim.

Agar Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni qaytarmagan boʻlsa yoxud oʻz vaqtida qaytarmasa Ijaraga beruvchi muddati oʻtkazib yuborilgan vaqt uchun mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlashni talab qilishga haqlidir. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlov Ijaraga beruvchiga yetkazilgan zararni qoplamagan taqdirda Ijaraga beruvchi zararni qoplashni talab qilishi mumkin.

Ijaraga oluvchining boshqa majburiyatlari

IV. Boshqa shartlar

 

4.1 Shartnoma shartlari tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, bekor qilinishi va toʻxtatilishi mumkin.

Boshqa tomon shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tomonlardan birining talabiga binoan shartnoma sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

4.2 Ijaraga olingan mol-mulk yana ijaraga (subijaraga) berilishi mumkin emas.

4.3 Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi, shartnomaning bir tomonlama oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi uchun tomonlar yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplaydilar (ushbu shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalaridan tashqari).

4.4 Tomonlarning ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

4.5 Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan Nizolarni hal qilish uchun murojaat qilinadigan sud nomi sudiga murojaat qilinadi.

4.6 Mazkur shartnomaga tomonlar imzo chekkan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati ga qadar amalda boʻladi.

4.7 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.

 

Taraflarning rekvizitlari

 

Ijaraga beruvchi:

 

Ijaraga oluvchi:

Manzil: Ijaraga beruvchi tashkilotning joylashgan manzili

 

Manzil: Ijaraga oluvchi tashkilot joylashgan manzil

Bank: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank Ijaraga oluvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Tashkilotning hisob raqami

 

H/R: Ijaraga oluvchi tashkilotning hisob raqami

STIR: Tashkilotning STIR raqami

 

STIR: Ijaraga oluvchi tashkilotning STIR raqami

Telefon: Tashkilotning telefon raqami

 

Telefon: Ijaraga oluvchi tashkilotning aloqa raqami

Ijaraga beruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si __________

 

Ijaraga oluvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si __________

 

Asbob uskunalar va anjomlarni ijaraga berish shartnomasi

Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki mulkdor tomonidan mol-mulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo‘lishlari mumkin. Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

Ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida to‘lab turishi shart. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanmagan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni o‘xshash holatlarda ijaraga berishda qo‘llaniladigan tartib, shartlar va muddatlar belgilangan deb hisoblanadi.

Mazkur shartnomaning mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, shartnomani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.