O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kurerlik yetkazib berish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Buyurtmachi
III. Kuryerlik xizmati
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

KURYERLIK XIZMATINI KOʻRSATISH TOʻGʻRISIDA

SHARTNOMA

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Shartnoma ikki taraflama boʻlib birinchi tomondan Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shaklining rahbar Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si kelgusida “Buyurtmachi” deb yuritiluvchi, ikkinchi tomonidan Kuryerlik xizmatini amalga oshiruvchi tashkilot nomi tashkiliy huquqiy shakli rahbari Kuryerlik xizmati tashkilotining rahbari lavozimi va F.I.O.si kelgusida “Kuryerlik xizmati” deb yuritiladi va quyidagilar haqida ushbu shartnoma tuzildi.

 

1. SHARTNOMA MAZMUNI

 

1.1. “Buyurtmachi” xat xabarlarni “Kuryerlik xizmat”ga topshiradi, “Kuryerlik xizmati” oʻziga “Buyurtmachi” tomonidan topshirgan xat xabarlarni Kuryerlik xizmat amalga oshiriluvchi hudud hududiga quyidagi shartlarga asosan yetkazib berish majburiyatlarini oladi.

 

2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

2.1. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

2.1.1. Xar kuni shanba va yakshanbadan tashqari soat 09-00 dan 17-00 gacha xat xabar olish uchun kelgan kuryerga xat xabarlarni topshiradi.

2.1.2. Belgilangan hudud boʻyicha shahar, tumanlarga yetkazib berish uchun xat xabarlarni roʻyxatga asosan “Kuryerlik xizmati”ga taqdim etadi.

2.1.3. Xat xabarlar konvertlarida ikkita manzil koʻrsatilgan boʻlsa “Kuryerlik xizmati” xatlarni ikkinchi manzilga yetkazib beradi.

2.1.4. Xar oyning 25-sanasigacha bajarilgan ishlar yuzasidan “Kuryerlik xizmati” tuzgan dalolatnomalarni imzolaydi va hisob kitob qiladi.

2.1.5. Xatlarda joʻnatuvchi va oluvchilarning manzillari toʻliq va aniq koʻrsatilishi shart.

2.2. “Kuryerlik xizmati”ning majburiyatlari:

2.2.1. Buyurtmachi joylashgan manzilga kelib “Buyurtmachi”dan Kuryerlik xizmat amalga oshiriluvchi hududga yetkazib berish uchun xat xabarlarni qabul qiladi.

2.2.2. Xatlarda manzillar noaniq koʻrsatilgan boʻlsa “Buyurtmachi”ga qaytariladi.

2.2.3. “Buyurtmachi”dan olgan xatlarni shakl.119 yoki shakl.22 xabarnomalar orqali shahar va tumanlarga yuboriladi.

2.2.4. “Buyurtmachi”dan qabul qilib olingan xatlarni belgilangan hududda 3 (uch) ish kunida, qolgan shahar va tumanlarga 5 (besh) ish kunida oluvchilar manzillariga yetkazib beradi.

2.2.5. “Buyurtmachi”ga 10 (oʻn) ish kuni ichida yetkazib berilgan xatlarni shakl.119 topshirganlik haqidagi xabarnomani qaytaradi.

2.2.6. Xar oyning 25-sanasigacha “Buyurtmachi” “Kuryerlik xizmatiga” topshirgan roʻyxat asosidagi xatlarga “Kuryerlik xizmati” bajargan ishlari boʻyicha dalolatnoma tuzib “Buyurtmachi”ga taqdim etadi.

2.2.7. Biror holatga koʻra “Buyurtmachi” xatlari oluvchiga yetkazib berilmasa bu toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi (shakl-20 maʼlumotnomasi).

 

3. XIZMATGA HAQ TOʻLASH TARTIBI

 

3.1. Xar bir yetkazib berilgan xat uchun “Buyurtmachi”, “Kuryerlik xizmati”ga ilovada tasdiqlangan mahalliy taʼrif asosida Buyurtmachi tomonidan kuryerlik xizmatiga yetkazib berilgan har bir xat uchun amalga oshiriladigan to‘lov narxi soʻmdan xizmat haqi toʻlaydi.

3.2. “Buyurtmachi” oʻz tashabbusiga koʻra “Kuryerlik xizmati” ga kelgusida koʻrsatilgan xizmatlari uchun oldindan Buyurtmachi tomonidan kuryerlik xizmatiga to‘lanadigan oldindan to‘lov narxi % miqdorda mablagʻ oʻtkazib beradi.

3.3. “Kuryerlik xizmati” oldindan toʻlangan mablagʻ hisobiga shartnoma shartlari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajaradi.

3.4. Agar topshirilgan xatlarda “Buyurtmachi”ning aybi bilan manzil noaniq koʻrsatilgan boʻlsa, “Buyurtmachi” Kuryerlik xizmatiga 100% xizmat haqini toʻlaydi.

3.5. Xizmat haqi narxnomasiga oʻzgartirish kiritilganda “Kuryerlik xizmati” bu haqida “Buyurtmachi”ga Xizmat haqi narxnomasiga o‘zgartirish kiritilishi to‘g‘risida kuryerlik xizmati buyurtmachiga necha kun oldin xabar berishi lozim kun oldin xabar beradi.

3.6. Shartnomaning umumiy summasi Shartnomaning umumiy summasi soʻmni tashkil qiladi.

3.7. “Kuryerlik xizmati” “Buyurtmachi”ga oʻn ish kuni ichida yetkazib berilgan xatlarning xabarnomalarini qaytarmasa yoki ushbu xabarnomalar toʻliq toʻldirilmagan xolda (yaʼni xabarnomaning orqa tarafida xat xabarni olgan shaxsning ismi, familiyasi va sharifi koʻrsatilmasa) qaytarilsa bu haqda tomonlar oʻrtasida dalolatnoma tuziladi va mazkur xabarnomalar boʻyicha xizmat haqqidan 0,5% miqdorida jarima toʻlaydi, lekin umumiy toʻlov summasining 50% oshmasligi kerak.

3.8. “Kuryerlik xizmati” bajargan ishlariga xizmat haqi “Buyurtmachi” tomonidan oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirilmasa xar bir kechiktirilgan kun uchun “Buyurtmachi” “Kuryerlik xizmati”ga toʻlanmagan summaning 0,4% miqdorida jarima toʻlaydi, lekin umumiy toʻlov summasining 50% dan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

4. TOMONLAR JAVOBGARLIGI

 

4.1. “Buyurtmachi” bajargan ishlar uchun “Kuryerlik xizmati”ga xizmat haqini oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda xar bir kechiktirilgan kun uchun 0,5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi, lekin toʻlanadigan summa majburiyatning bajarilmagan qismining 50% oshmaslik kerak.

 

5. NIZOLARNING HAL ETISH TARTIBI

 

5.1. Taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizo, kelishmovchilik va boshqa masalalar tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan hal etiladi.

5.2. Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishmagan hollarda nizolar Iqtisodiy sud orqali hal etiladi.

 

6. FORS-MAJOR

 

6.1. Tomonlar ushbu shartnomada koʻrsatib oʻtilgan shartlarni nazorat qila olmagan taqdirda, majburiyatlarni qisman yoki umuman bajara olmaganda (harbiy harakatlar, yongʻin chiqishi, suv toshqini, yer qimirlashi va boshqa holatlarda) agar ushbu holatlar taʼsiri boʻlsa javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday holatlarda shartnomaning amal qilish muddati yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar tugagunga qadar uzaytiriladi va oʻz kuchida qoladi.

 

7. QOʻSHIMCHA SHARTLAR

 

7.1. Birorta tomon oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa tomonga yozma ravishda kelishilmagan xolda berishga haqi yoʻq.

7.2. Shartnomaga kiritiladigan xar qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar yozma ravishda taqdim etganda va imzolanganida amalga oshiriladi.

7.3. Barcha maʼlumotlar, hujjatlar va yoʻriqnomalar davlat tilida olib boriladi.

 

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

 

8.1. Ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha amal qiladi. Agar shartnoma muddati tugagunga qadar bir oy muddat qolguncha tomonlarning birortasi yozma ravishda uning toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabar bermasa, shartnoma kelgusi yilga amal qilish muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi.

8.2. Ushbu shartnoma tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga asosan yoki bir tomonning shartnomalari buzilganligi toʻgʻrisida ogohlantirishiga koʻra bekor qilinishi mumkin.

8.3. Shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, gʻaznachilik boshqarmasi (boʻlimi)da belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng qonuniy kuchga kiradi.

8.4. Ushbu shartnoma ikki-nusxada tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega.

 

9. TOMONLARNING MANZILI VA HISOB RAQAMLARI:

 

“Buyurtmachi”

“Kuryerlik xizmati”

Yuridik manzil:Buyurtmachining manzili

Yuridik manzil: Kuryerlik xizmati tashkilotining manzili

Hisob-kitob raqami:Buyurtmachining hisob raqami

Hisob-kitob raqami: Kuryerlik xizmati tashkilotining hisob raqami

Bank nomi: Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

Bank nomi Kuryerning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

Bank kodi: Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

Bank kodi Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

STIR: Kuryerning STIR raqami

Aloqa telefon: Buyurtmachining aloqa raqami

Aloqa telefon Kuryerning aloqa raqami

Buyurtmachi: Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si

 

(imzo)___

Kuryerlik xizmati:Kuryerlik xizmati tashkilotining rahbari lavozimi va F.I.O.si

 

(imzo)_______

 

 

M.Oʻ.

 

 

M.Oʻ.

 

Kurerlik yetkazib berish shartnomasi.

Kurerlik shartnomasiga muvofiq, kurer yetkazib berish uchun topshirilgan moddiy buyumni (yuk, pochta va b.sh.) shartnomada belgilangan manzilga, belgilangan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi.

Buyurtmachi esa ko‘rstatilgan xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Kurerlik shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.