O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xususiy universtitet va “Talaba” o‘rtasidagi shartnoma.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Universtitet
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. “Talaba”
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Xususiy universtitet va “Talaba” oʻrtasidagi

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Universtitetning nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Universtitet” deb ataladi) nomidan Universtitetga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi rektori Universtitet tomonidan imzo chekuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tarafdan, hamda “Talaba”ning tug‘ilgan sanasi sanasida tugʻilgan “Talaba”ning yashash manzili manzilida yashovchi (keyingi “Talaba” deb ataladi) “Talaba”ning F.I.O.si bakalavr mutaxassisi etib tayyorlash toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar.

 

I. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “Universtitet” “Talaba”ni mazkur shartnomaning shartlarida koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishi “Talaba” o‘qishi mo‘ljallanayotgan mutaxassislik nomi boʻyicha toʻlov shartnomasi asosida oʻqitish, “Talaba” esa mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlov shartnoma summasini oʻrnatilgan tartibda toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.2. Birinchi kursdan boshlab oʻqishning davomiyligi 4 (toʻrt) yil boʻlib, “Talaba” o‘qishga qabul qilingan yil oʻquv yilida 1-kursga qabul qilingan “Talaba” (akademik taʼtil, akademik qarzdor va “Talaba”lar safidan chetlashtirilish holatlari boʻlmaganda) “Talaba” o‘qishni bitiradigan yil oʻquv yilida tamomlaydi.

 

II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. “Universtitet” quyidagi majburiyatlarga ega:

-oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq taʼlim muassasalari Ustavida nazarda tutilgan zarur shart sharoitlarni yaratish;

-“Talaba”larga qonun bilan berilgan huquqlarining erkin amalga oshirilishini va taʼlim muassasasi Ustaviga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;

-mutaxassisni tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat taʼlim standarti talablari darajasida tayyorlash;

-boshlanadigan oʻquv yilida oʻqitish uchun toʻlovning belgilangan miqdori toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berish;

-taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish, diplom oldi amaliyoti oʻtish va shu davrda «Talaba”ni (oʻquvchini) haq toʻlanadigan shtat lavozimida ishlashga sharoit yaratish, kelgusida ish joyi va uning xususiyati bilan tanishtirish;

-“Talaba” ni oʻqishni tugatishi bilan lavozim (ish) bilan taʼminlash;

-mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori yoki tariflar (oʻqitish uchun toʻlov qiymati) oʻzgarganda taʼlimning qolgan muddati uchun toʻlov miqdori haqida xabar berish.

Universtitetning boshqa majburiyatlari

Universtitet quyidagi huquqlarga ega:

-“Talaba” universtitet nizom qoidalariga zid ish qilgan hollarda yoki belgilangan imtihonlardan oʻta olmaganda u bilan shartnomani bekor qilish;

-“Talaba”dan toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini talab qilish;

-“Talaba” toʻlovlarni vaqtida amalga oshirmagan holatlarda shartnomani bekor qilish;

Universtitetning boshqa huquqlari

2.2. “Talaba” quyidagi majburiyatlarga ega:

- oʻqitish uchun toʻlov haqini kamida 50 foizini “Talaba” to‘lov pulining yarmini to‘lash muddatigacha, qolgan 50 foiz qismini To‘lovning qolgan qismini to‘lash muddatigacha toʻlash;

- keyingi oʻquv yillari uchun toʻlov shartnoma summasini oʻrnatilgan tartibda belgilangan miqdorda amalga oshirish;

- Universtitetning amaldagi nizom va qoidalariga rioya qilish;

“Talaba”ning boshqa majburiyatlari

“Talaba” quyidagi huquqlarga ega:

Oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻtkazilishini talab qilish;

-“Talaba”larga qonun bilan berilgan huquqlarining erkin amalga oshirilishini va taʼlim muassasasi Ustaviga muvofiq majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;

-Darslar tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq davlat taʼlim standarti talablari darajasida olib borilishini talab qilish;

-malakasiz oʻqituvchilarni almashtirishni universtitetdan talab qilish.

“Talaba”ning boshqa huquqlari

 

III. OʻQITISH UCHUN TOʻLOV QIYMATI, TARTIBI VA SHARTLARI

 

3.1. Taʼlim muassasasi har oʻquv yili uchun oʻqitish qiymatini mustaqil belgilaydi.

3.2. “Talaba” tomonidan to‘lovlar to‘lash yili oʻquv yili uchun oʻqitish qiymati Bir o‘quv yili uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori soʻmni tashkil etadi.

3.3. Buyurtmachi mazkur oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov miqdorini toʻliq yoki qismlarga boʻlib toʻlaydi. Bunda, shartnoma pulining kamida 50 foiz toʻlovini “Talaba” to‘lov pulining yarmini to‘lash muddatigacha, qolgan To‘lovning qolgan qismini to‘lash muddatigacha (oyma-oy qismlarga boʻlib toʻlaganda ham) amalga oshiradi.

3.4. Alohida holatlarda shartnoma pulini toʻlash muddatlari Taʼlim muassasasi rahbariyatining qarori (buyrugʻi)ga asosan uzaytirilshi mumkin.

3.5. Shartnoma pulini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar “Talaba” tomonidan qoplanadi.

3.6. “Talaba” Taʼlim muassasasi ichki tartib-qoidalari va oʻquv intizomini buzganligi, fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (qarzdorligi), bir semestr davomida uzrli sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganligi, oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirmaganligi uchun oʻqishdan chetlashtirilganda ilgari toʻlangan pullar qaytarilib berilmaydi.

 

IV. FORS-MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH

 

4.1. Taraflardan biri shartnomani yengib boʻlmaydigan kuch holat (fors-major)lari (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) sababli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

4.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida tomonlar zudlik bilan bir-birlarini yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

4.3. Fors-major holatlari boʻyicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda kelishib olishlari lozim yoki kelishuvga erishmagan taqdirda sudga murojaat qilishlari mumkin.

 

V. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

5.1. Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda oʻzlari yoki boshqa vakillar ishtirokida hal etish choralarini koʻradilar.

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda Mediatsiya tartibida nizolarni hal qilishga haqli.

5.2. Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda murojaat qilinishi belgilangan sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

 

VI. SHARTNOMANI BEKOR QILISH, OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH

 

4.1. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: - tomonlarning oʻzaro roziligi bilan; - taʼlim muassasi ustaviga muvofiq maʼmuriyatning tashabbusiga koʻra, taʼlim oluvchi oʻqishdan chetlashtirilganda; - tomonlardan birining shartnoma shartlarini bajarmaganida; - uzrli sabablar bilan taʼlim oluvchining tashabbusiga koʻra; - taʼlim muassasasi yoki tashkilot-buyurtmachi tugatilganida (Ushbu holda tegishli tomonlar oʻrtasida yangi shartnoma rasmiylashtiriladi); - amaldagi qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa hollarda.

4.2. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlarning kelishuviga asosan kiritiladi.

4.4. Shartnoma ikkala tomon uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatigacha amal qiladi.

 

V. TOMONLARNING YURIDIK MANZILLARI: TAʼLIM MUASSASASI BUYURTMACHI

 

Universtitet:

 

Talaba:

Universtitetning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

“Talaba”ning F.I.O.si

Manzil: Universtitetning joylashgan manzili

 

Manzil: “Talaba”ning yashash manzili

H/R: Universtitetning hisob raqami

 

Pasport maʼlumotlari:

Pasport seriya: “Talaba”ning pasport seriyasi raqami

STIR: Universtitetning STIR raqami

 

“Talaba”ga pasport berilgan yil yilda berilgan

Bank: Universtitetning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

“Talaba”ga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

Telefon: Universtitetning telefon raqami

 

 

Telefon: “Talaba”ning telefon raqami

 

Universtitet tomonidan imzo chekuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

_____________

 

“Talaba”ning F.I.O.si

____________

 

(Imzo, M.Oʻ)

 

 

(Imzo)

 

Xususiy universtitet va “Talaba” o‘rtasidagi shartnoma.

Ta’lim dargohi va talaba o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra oliygoh talabani belgilangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish majburiyatini, talaba esa shartlashilgan mablag‘ni oliygoh hisob raqamiga o‘tkazib berish majburiyatini oladi.

Shuningdek, taraflar boshqa huquq va majburiyatlarni kelishilgan holda shartnoma shartlariga kiritishi mumkin.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.