YURIDIK SHAXSLAR UCHUN MIKROQARZ
SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Bankning joylashgan manzilida joylashgan Bankga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yuritayotgan Bankning nomi, tashkiliy huquqiy shakli bankining (keyingi oʻrinlarda – Bank) boshqaruvchisi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si bir tomondan, va Bankga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatayotgan Qarz oluvchi yuridik shaxsning nomi, tashkiliy huquqiy shaklining nomidan qatnashuvchi Qarz oluvchi yuridik shaxsning rahbari F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda – Qarz oluvchi), ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdik.
1-§. Shartnoma predmeti
1. Bank ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida Qarz oluvchiga Qarz oluvchiga Bank tomonidan berilayotgan qarzning umumiy miqdori mikroqarz beradi.
2. Mikroqarz Bank tomonidan Qarz oluvchiga qarz miqdorini o‘tkazib berish shakli shaklida ajratiladi.
3. Qarz oluvchi tomonidan olingan mikroqarz hisobini yuritish uchun Bank unga tegishli mikroqarz hisobvaragʻi ochadi.
2-§. Shartnoma qiymati
4. Mikroqarzdan foydalanganlik uchun Qarz oluvchi Bankka yillik Qarz oluvchining mikorqarzdan foydalanagnlik uchun yillik to‘lov miqdori foiz hisobidan mikroqarzning amaldagi qoldigʻiga hisoblangan foiz toʻlaydi. Mikroqarz ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq oʻz vaqtida qaytarilishi lozim.
5. Mikroqarz boʻyicha foiz Bank tomonidan har kuni ushbu Shartnomaning 4-bandida belgilangan foiz stavkasi boʻyicha berilgan sanadan boshlab amaldagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda Qarz oluvchining mikroqarz hisobvaragʻi qoldigʻiga nisbatan hisoblab boriladi va har oyning 5-sanasida undiriladi. Mikroqarz toʻlovi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, hisoblangan foizni toʻlash dam olish kunidan keyingi birinchi bank ish kunida, dam olish kunlarda hisoblangan foizni hisobga olgan holda, amalga oshiriladi. Mikroqarz foizi boʻyicha toʻlov muddati oʻtgan qarzdorlik vujudga kelganda, Qarz oluvchi toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan foiz qiymatining 0,5 foizi, biroq muddatida toʻlanmagan foiz qiymatining 50 foizidan oshmagan, miqdorda penya toʻlaydi, penya toʻlanishi Qarz oluvchini muddati oʻtgan foizni toʻlashdan ozod qilmaydi.
3-§. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
6. Bank quyidagi huquqlarga ega:
a) Qarz oluvchining toʻlovga layoqatlilik qobiliyatini yanada toʻlaroq tahlil qilish uchun undan qoʻshimcha hujjatlar talab qilish;
b) mikroqarz belgilangan muddatda soʻndirilmaganda, mikroqarz qaytarilishi yuzasidan ushbu Shartnoma shartlarida belgilangan tegishli choralarni koʻrish;
v) Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va hisoblangan foizni toʻlash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini Mikroqarz oluvchiga yetkazish;
g) talabnoma yetkazilgandan soʻng oʻttiz kun ichida Qarz oluvchi unda koʻrsatilgan talablarni lozim darajada bajarmaganda, tegishli talab bilan sudga murojaat qilish;
d) mikroqarz yuzasidan asosiy qarz va foiz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik paydo boʻlganda, ushbu qarzdorlikni kafildan akseptsiz tartibda undirish;
Bankning boshqa huquqlari
7. Bank quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
a) mikroqarzni Mikroqarz oluvchiga Mikroqarzni Qarz oluvchiga berish muddatigacha boʻlgan muddatga berish;
b) qarz oluvchining soʻrovi boʻyicha mikroqarz hisobvaragʻining holatiga oid koʻchirmani taqdim qilish;
v) mikroqarzni muddatidan oldin undirish sabablari haqida Qarz oluvchini xabardor etish;
g) kredit boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda Qarz oluvchi zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan boshlab 7 kalendar kuni davomida har qanday aloqa bogʻlash usulidan, shu jumladan elektron aloqa vositasidan foydalanib, Mikroqarz oluvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida kreditni qaytarish grafigini ilova qilgan holda xabar berish;
d) qarz oluvchini ushbu shartnoma boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, qiymati, tarkibi va oqibatlari haqida xabardor qilish, Qarz oluvchidan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi sabablari haqida soʻrash;
ye) qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va hisoblangan foizni toʻlash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan oʻz talabnomasini Qarz oluvchiga yetkazish.
Bankning boshqa majburiyatlari
8. Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) mikroqarzning oʻz vaqtida ajratilishini talab qilish;
b) mikroqarzni muddatidan oldin qaytarish;
v) Mikroqarz hisobvaragʻining holatiga oid koʻchirmani taqdim qilishni talab qilish;
g) Bankdan oʻz majburiyatlarini ijro qilishini talab qilish.
Qarz oluvchining boshqa huquqlari
9. Qarz oluvchi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) mikroqarz ajratilgunga qadar mikroqarz taʼminotiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish va Bankka taqdim etish;
b) mikroqarz boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizni oʻz vaqtida soʻndirish;
v) yashash joyi, ish joyi, familiyasi ѐki ismi va ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarga oid oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborotni 5 (besh) bank ish kuni mobaynida Bankka taqdim etish;
Qarz oluvchining boshqa majburiyatlari
4-§. Tomonlarning javobgarligi
10. Tomonlar ushbu Shartnoma shartlarini bajarmaganda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi va jarimaga tortiladi.
5-§. Nizolarni hal qilish
11. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etishning barcha zarur choralarini koʻrish majburiyatini oladi.
12. Nizoni muzokara yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmasa, u Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Nizo kelib chiqqan holda taraflar murojaat qiladigan sud nomi sudida hal qilinadi.
6-§. Shartnomaning boshqa shartlari
13. Ushbu Shartnomaning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bank qarz oluvchi uchun ushbu shartnoma boʻyicha asosiy qarzni qaytarishning va hisoblangan foizni toʻlashning masofadan turib amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
14. Qarz oluvchi vafot etganda uning huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
15. Mazkur Shartnoma u imzolangan kundan boshlab to Qarz oluvchi tomonidan ushbu Shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi.
16. Mazkur Shartnomaning bekor qilinishi tomonlarni u bekor qilingunga qadar bildirilgan oʻzaro daʼvolarni (talablarni) qondirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
17. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanganda qonuniy kuchga ega boʻladi.
18. Mazkur Shartnomada koʻzda tutilmagan holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari qoʻllaniladi.
7-§. Tomonlarning pochta manzillari va rekvizitlari
Bank: |
|
Qarz oluvchi: |
||
Yuridik manzil: Bankning joylashgan manzili |
|
Yuridik manzil: Qarz oluvchining manzili |
||
Hisob-kitob raqami: Ijaraga beruvchining hisob raqami |
|
Hisob raqami: Qarz oluvchining hisob raqami |
||
Bank kodi: Bank kodi |
|
Bank kodi: Qarz oluvchining bank kodi |
||
STIR: Bankning STIR raqami |
|
STIR: Qarz oluvchining STIR raqami |
||
Telefon raqami: Bankning telefon raqami |
|
Telefon telefon: Qarz oluvchining telefon raqami |
||
Boshqaruvchi: Bank boshqaruvchisining F.I.O.si |
_________ |
|
Qarz oluvchi: Qarz oluvchi yuridik shaxsning rahbari F.I.O.si |
________ |
|
(imzo, M.Oʻ) |
|
|
(imzo, M.Oʻ) |
Qonunchilikka ko‘ra, qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Qarz – shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.