MIKROQARZ SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan joy
|
KreditorKreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli banki nomidan Bank boshqaruvchisiga ishonchnoma berilgan sanadagi Bank boshqaruvchisiga berilgan ishonchnoma raqami-sonli ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi Bank boshqaruvchisining F.I.O.si (keyinchalik matnda – “Kreditor” deb yuritiladi) bir tomondan, Qarz oluvchining manzilimanzilida yashovchi fuqaroQarz oluvchining F.I.Osisi, (keyinchalik matnda – “Qarz oluvchi”) ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
Bank Qarz oluvchiga mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilgan miqdorda va shartlarda mikroqarz ajratish, qarz oluvchi esa olingan mikroqarzni belgilangan muddatda Kreditorga qaytarish va pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlash majburiyatini oladi.
SHARTNOMA BAHOSI VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI.
Mikroqarz summasi: Mikroqarz summasi soʻm.
Mikroqarzdan foydalanish muddati: Mikroqarzdan foydalanish muddati (oy) oy.
Mikroqarz summasining soʻnggi qaytarish sanasi: Mikroqarz summasining soʻnggi qaytarish sanasi
Mikroqarz boʻyicha foiz stavkasi: Yillik Mikroqarz boʻyicha yillik foiz stavkasi
Mikroqarz naqd pulsiz shaklda bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan ajratiladi.
Mikroqarz boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati ushbu shartnomaning ilovasi va ajralmas qismi boʻlgan qaytarish jadvali asosida amalga oshiriladi.
Mikroqarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish Qarz oluvchining istagiga koʻra, bankning masofaviy bank xizmatlari dasturi orqali, naqd pul, pul oʻtkazish yoʻli bilan va qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa toʻlov usullari bilan amalga oshiriladi.
Qarz oluvchi tomonidan kredit va foizlarni qoplash uchun amalga oshirilgan toʻlovlar quyidagi navbatda kreditni soʻndirishga yoʻnaltiriladi:
-neustoyka;
-muddati oʻtgan kredit foizi;
-muddati oʻtgan kredit boʻyicha asosiy qarz;
-muddatli kredit foizi;
-muddatli kredit boʻyicha asosiy qarz.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI.
3.1. Qarz oluvchining majburiyatlari:
3.1.1. Mikroqarz va unga hisoblangan foizlarni ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovaga muvofiq mikroqarzni soʻndirish jadvalida belgilangan muddatlarda toʻlash;
3.1.2. Mikroqarzdan foydalanish davomida mikroqarzning asosiy tamoyillari: muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilikka hamda taʼminlanganlikka rioya qilish;
3.1.3. Kreditorka yashash manzilini, telefon raqamlarini (uyali, uy, ish) elektron pochta manzili haqidagi haqiqiy maʼlumotlarni taqdim etish;
3.1.4. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar toʻgʻrisida yozma shaklda yoki oʻzlari uchun maqbul boʻlgan boshqa aloqa kanallari orqali 5 (besh) kun ichida Kreditorga xabar berish. Ushbu talab bajarilmasligi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlarga Qarz oluvchi javobgar hisoblanadi;
3.1.5. Garovga qoʻyilgan mulkka shikast yetkazilganda, turli sabablarga koʻra yaroqsiz holga kelib qolganda yoki mikroqarz taʼminoti sifatida uchinchi shaxslar kafilligi olingan holda kafil toʻlovga qobiliyatini yoʻqotganda yoki vafot etganda yoxud turli sabablarga koʻra mehnatga yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda zudlik bilan Kreditorga xabar berish va garov mulkini Garovga qoʻyilgan mulkka shikast yetkazilganda, yaroqsiz holga kelganda yoki kafil toʻlov qobiliyatini yoʻqotganda qarz oluvchi bu haqida necha ish kuni ichida kreditorga xabar berishi lozim ish kunida yuqori likvidli boshqa mulkka almashtirish;
3.1.6. Kreditni qaytarish jadvalidagidan ortiqcha toʻlangan mablagʻ kelgusi davrlardagi asosiy qarzni soʻndirishga rejalashtirilgan boʻlsa, u holda toʻlov amalga oshirilgan kundan kechiktirmay Kreditorga bu haqida yozma yoki shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
3.1.7. Shaxsiy bank kartasini Kreditorning masofaviy bank xizmatlari dasturlariga ulash.
3.2. Kreditorning majburiyatlari:
3.2.1. Qarz oluvchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan mikroqarz berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida Qarz oluvchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni taqdim qilish;
3.2.2. Shartnomaning taʼminotga oid shartlari bajarilgach uch ish kunida mikroqarz berish;
3.2.3. Qarz oluvchi nomiga ssuda hisobvaragʻi ochish;
3.2.4. Qarz oluvchini mikrokqarzni muddatidan oldin undirish holati va sabablari haqida xabardor qilish;
3.2.5. Qarz oluvchining tegishli soʻrovi Kreditorda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Qarz oluvchi tomonidan berilgan ariza va Qarz oluvchiga mikroqarz berilganligini tasdiqlovchi hujjatni hamda bir ish kuni ichida shartnoma boʻyicha Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlari toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish;
3.2.6. Shartnoma boʻyicha Qarz oluvchidan majburiyatlari bajarilmasligi sabablari, holati, muddati, summalari, tarkibi haqida soʻrash, shuningdek majburiyatlar buzilgani uchun neustoyka qoʻllanishi natijasida xarajatlar summasi ortishi ehtimoli haqida ogohlantirish;
3.2.7. Shartnoma boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, Qarz oluvchi bilan har qanday aloqa bogʻlash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki boshqa usullardan foydalanib, Qarz oluvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berish;
3.2.8. Mazkur shartnomaning 3.1.6-bandiga muvofiq Qarz oluvchining arizasi mavjud boʻlmagan holda, kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushgan taqdirda, ushbu mablagʻning ortiqcha qismini toʻlov amalga oshirilgan kunning ertasidan kechiktirmay kreditning asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltirish xamda kelgusi ish kunidan qoldiq summaga nisbatan foiz hisoblash;
3.2.9. Ushbu shartnoma amal qilish davrida Qarz oluvchining soʻrovi olinganidan soʻng bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlarni yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etish: kreditlash limiti, kredit boʻyicha toʻlangan pul mablagʻlari summasi, asosiy summa boʻyicha qarz qoldigʻi, navbatdagi toʻlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʻlovlar jadvali), kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʻliq soʻndirish istagi bildirilgan taqdirda toʻlash lozim boʻlgan summalar miqdori, muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi, kelib tushayotgan pul mablagʻlari kredit boʻyicha qarzni soʻndirishga yoʻnaltirilishi haqida axborotlar;
3.2.10. Qarz oluvchi shartnoma boʻyicha barcha toʻlov majburiyatini toʻliq bajargan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur kredit boʻyicha garov mulkini taqiqdan chiqarish hamda garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari toʻgʻrisidagi yozuvni garov reyestridan oʻchirish;
3.2.11. Shartnomada nazarda tutilgan mikroqarzni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, bu haqda tegishli qaror qabul qilingan sananing ertasidan kechikmasdan Qarz oluvchiga yozma xabarnoma yuborish;
3.2.12. Kredit shartnomasida koʻrsatib oʻtilgan foiz stavkasi oʻzgarganda yoki mazkur shartnomaning 3.2.8.-bandida belgilangan vaziyat yuz bergan taqdirda, kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirish va Qarz oluvchiga taqdim etish. Bunda, shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan qaytarish jadvali kuchini yoʻqotadi va taraflar uchun yangi qaytarish jadvali majburiy hisoblanadi;
3.2.13. Ushbu shartnoma va qonunchilik hujjatlaridagi boshqa majburiyatlar.
TOMONLARNING HUQUQLARI.
4.1. Qarz oluvchining huquqlari:
4.1.1. Oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan mikroqarz berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish.
4.1.2. Mikroqarzni muddatidan oldin qaytarish. Bunda, mikroqarz uchun foizlar mikroqarz toʻliq qaytarilgan kungacha mazkur shartnomaning 2.4.-bandiga muvofiq hisoblanadi;
4.1.4. Mikroqarz ajratish va hisob-kitoblar boʻyicha amaldagi qonunchilik va Kreditorning ichki meʼyoriy hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida Kreditordan maʼlumot olish;
4.1.5. Kreditordan majburiyatlarning oʻz vaqtida va lozim darajada bajarilishini talab qilish, majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish;
4.1.6. Olingan mikroqarz toʻlovlarini masofaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish;
4.1.7. Mikroqarz toʻlovlari shaklini hamda mikroqarzni qaytarish turini (differensial va annuitet), shuningdek sugʻurta yoki baholash xizmatlarini mustaqil tanlash.
Qarz oluvchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari
4.2. Kreditorning huquqlari:
4.2.1. Qarz oluvchidan mikroqarz berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida va lozim darajada bajarishni talab qilish, shuningdek zarur hujjatlarni soʻrab olish;
4.2.2. Oʻzaro muzokaralarni (bayonnoma shaklida, telefon qoʻngʻiroqlari, audio, video va boshqa istalgan usullarda) yozib olish, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda murojaatni tasdiqlash uchun ushbu dalilni ishlatish;
4.2.3. Mikroqarz shartnomasi boʻyicha Qarz oluvchining majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, har qanday qonuniy choralarni koʻrishga, shu jumladan Qarz oluvchining har qanday mol-mulki va mulkiy huquqlaridan majburiy ravishda undirib olish;
4.2.5. Qarz oluvchining joriy yoki muddati oʻtgan majburiyatlari (qarzlari)ni soʻndirish maqsadida, mablagʻlarni Qarz oluvchining boshqa banklardagi hisobvaraqlariga akseptsiz toʻlov talablarini qoʻyish.
Kreditorning shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Qarz oluvchining javobgarligi:
5.1.1. Asosiy qarz va foizlarni oʻz muddatida toʻlamagan taqdirda, toʻlov kechikkan har bir kun uchun kechiktirilgan summaning Asosiy qarz va foizlar oʻz muddatida toʻlanmagan taqdirda, toʻlov kechikkan har bir kun uchun toʻlanishi lozi boʻlgan penya miqdori foizi miqdorida Kreditorga penya toʻlaydi.
5.1.2. Shartnoma boʻyicha hisoblangan penyani toʻlash taraflarni shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Shuningdek, ikkinchi tarafni majburiyatlar bajarilmaganligi sababli tegishli choralar qoʻllash huquqidan mahrum qilmaydi.
5.1.3. Qarzdorlik boʻyicha hisoblangan foizlar va neustoykalarning eng koʻp summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligi lozim.
5.2. Kreditorning javobgarligi:
5.2.1. Mikroqarz mablagʻlarini berish majburiyatini bajarmaganida yoki oʻz vaqtida bajarmaganida Qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining Mikroqarz mablagʻlarini bermaganlik yoki oʻz vaqtida bermaganlik uchun kreditor har bir kun uchun toʻlashi lozi boʻlgan penya miqdori foizi miqdorida penya toʻlaydi.
5.2.2. Qarz oluvchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha majburiyatlarini toʻliq bajargach, Kreditor ushbu shartnomaning 3.2.10-bandidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida yoki toʻliq bajarmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kun uchun garovga olingan mulk qiymatining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlaydi.
5.2.3. Shartnoma boʻyicha hisoblangan penyani ixtiyoriy toʻlash tomonlarni shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. Shuningdek, ikkinchi tarafni majburiyatlar bajarilmaganligi sababli tegishli choralar qoʻllash huquqidan mahrum qilmaydi.
5.2.4. Qarzdorlik boʻyicha hisoblangan foizlar va neustoykalarning eng koʻp summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligi lozim.
KREDIT TAʼMINOTI.
Mazkur shartnoma asosida ajratilgan mikroqarzning qaytarilishi uchun Ajratilgan mikroqarz qaytarilishi uchun taʼminot nomi yoki kafilning F.I.Shsisi bilan taʼminlanadi.
Kafillik shartnomasi/garov shartnomasi amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi.
Garov mulki boʻyicha garov reyestriga yozuvlar kiritiladi va garov mulkiga nisbatan taqiq qoʻyiladi.
SHARTNOMANING AMAL KILISH MUDDATI, SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI.
7.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va taraflar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunlariga qadar amalda boʻladi.
7.2. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
7.3. Quyidagi asoslar yuzaga kelganida, Kreditor mazkur shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va undiruvni garovdagi yoki boshqa likvidli mol-mulklarga qaratishi mumkin:
-Qarz oluvchi tomonidan shartnoma tuzishda yoki kredit operatsiyalarini bajarish vaqtida Kreditorga notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etish faktlari aniqlanganda;
-Qarz oluvchi kreditni qaytarish jadvaliga necha marta amal qilmaganda Kreditor shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilish huquqiga egakreditni qaytarish jadvalini kamida marotaba buzgan taqdirda;
-kredit va unga hisoblangan foizlarni kreditni qaytarish jadvalida belgilangan muddatdan 30 kun va undan ortiq muddatga sababsiz kechiktirilganida;
-garov mulkini oʻz muddatida sugʻurtalanib, garovga taqdim etilmaganida;
-Qarz oluvchi garovga olingan mulkni monitoring qilinishiga toʻsqinlik qilganida, uni yashirganida.
MAXFIYLIK
8.1. Tomonlar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish chogʻida boshqa tomonning maʼlumotlarini axborot egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.
8.2. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni toʻliq hajmda qoplaydi.
ALOHIDA SHARTLAR
9.1. Mazkur shartnomani imzolash bilan Qarz oluvchi Kreditorga uning shaxsiy maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, saqlash va undan foydalanishga quyidagi hollarda rozilik beradi:
Qarz oluvchi manfaatdor boʻlgan shartnomalarni tuzishda va ijrosini taʼminlashda;
Qarz oluvchining shartnomada belgilangan huquqlari va majburiyatlarining bajarilishini taʼminlashda, ularning bajarilishini talab qilish va qarzdorlikni undirishda.
9.2. Ushbu bilan Qarz oluvchi toʻlov jadvali asosida kredit toʻlovi boʻyicha telefon qoʻngʻiroqlari qilinishiga, SMS-xabarnomalarni uyali telefon raqamlariga, shuningdek Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan boshqa manzillarga (rekvizitlarga), barcha aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilishiga rozilik beradi.
9.3. Kreditor tomonidan yuborilgan SMS xabarnomalar, qilingan qoʻngʻiroqlar, yuborilgan ogoxlantirish xatlari va boshqalar qarzni qaytarishning zarur choralari boʻlib, sudda dalil boʻlib xizmat qiladi.
FORS-MAJOR HOLATLARI
10.1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu tomonlarning irodasi, xohishi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron toʻlov hamda taʼminot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan taxdid (uchinchi shaxslar tomonidan qilingan xujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.
10.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar.
10.3. Yuzaga kelgan fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, Fors-major holatiga tushgan taraf bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qilishi uchun belgilangan muddat bank ish kuni ichida bu haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
10.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar tomonlarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
11.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
11.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
11.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
11.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.
11.5. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirilishi, elektron pochta manziliga yoki pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi mumkin.
11.6. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Qarz oluvchida saqlanadi.
TOMONLARNING REKVIZITLARI.
Qarz oluvchi |
Kreditor |
|
Qarz oluvchining tugʻilgan sanasi kuni tugʻilgan |
KreditorKreditor bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli |
|
Manzil: Qarz oluvchining manzili |
Bank manzili |
|
Pasport: Qarz oluvchiga pasport berilgan sana kuni |
H/r: Bank hisob raqami |
|
Qarz oluvchining pasport seriyasi va raqami |
STIR: Bank STIR raqami |
|
Qarz oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan berilgan |
Tel: Bankning telefon raqami |
|
STIR: Qarz oluvchining STIR raqami |
||
Tel: Qarz oluvchining telefon raqami |
Bank boshqaruvchisining F.I.O.si ___________________________ (Imzo, muhr) |
|
Qarz oluvchining F.I.Osi ________________________ |
||
imzo |
Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqd yoki bank kartasiga nadq pulsiz ko‘rinishda taqdim etiladi. Shu bilan birga, bank kartasi debet yoki kredit kartasi bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida kredit shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.