O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Obuna shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Yetkazib beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Obunachi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Misol uchun, A-3, A-4 va hokazolar

Yuklab oling

 

OBUNA SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Yetkazib beruvchi tashkilotning to‘liq nomi nomidan Yetkazib beruvchi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida Yetkazib beruvchi tashkilot direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i,(keyingi oʻrinlarda - “Yetkazib beruvchi”) bir tomondan va Obunachi tashkilotning to‘liq nomi nomidan Obunachi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida Obunachi tashkilot direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i (keyingi oʻrinlarda - “Obunachi”) ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar.

 

I. SHARTNOMA PREDMETI

1. Yetkazib beruvchining obuna indeksi Obuna indeksi raqami.Obunaning nomi mazkur shartnomaga asosan Obunaning chop etilishi kunlari kunlari, Qog‘oz formatining hajmi formatda, Sahifalar soni sahifada (ayrim hollarda Ayrim hollarda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan sahifalar soni sahifada), Birinchi va oxirgi sahifalarining rangi koʻrinishda chop etiladi, YETKAZIB BERUVCHI ushbu obunani OBUNACHIga obuna toʻlovi asosida yetkazib beradi.

 

II. MAHSULOT SONI, HAJMI, BAHOSI

2. Shartnomaning umumiy bahosi quyidagi tartibda belgilanadi.

T/r

Mahsulot nomi

Komplekt soni

1komplekt narxi (QQS bilan)

Jami narxi

(QQS bilan)

1

Mahsulot nomi

Komplekt soni

1komplekt narxi (QQS bilan)

Jami narxi (QQS bilan)

Ushbu shartnoma boʻyicha obunaning umumiy narxi obunaning umumiy summasi (dastlab sonlar bilan keyin qavsni ichida harflar bilan yoziladi) soʻmni tashkil etadi.

 

III. GAZETA SONLARINI YETKAZIB BERISH MUDDATI VA TARTIBI

3. Yetkazib beruvchi obunachiga gazeta sonlarini bosmaxonada uning toʻliq adadi chop qilinganidan keyin Yetkazib berish muddati ish kuni ichida yetkazib beradi. Gazeta sonlarini yetkazib berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar YETKAZIB BERUVCHI hisobidan qoplanadi.

 

IV. TOʻLOV TARTIBI

4. Obunachi ushbu shartnoma boʻyicha obuna uchun toʻlov summasini ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab besh bank kuni ichida, shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachilik boʻlimlarida roʻyxatga olinishi lozim boʻlganda, shartnoma tegishli tartibda roʻyxatga olingan kundan boshlab 10 bank ish kunidan kechiktirmasdan YETKAZIB BERUVCHI hisob raqamiga pul oʻtkazish yoki naqd pul orqali toʻliq oldindan (100 foiz) amalga oshiradi.

Toʻlov naqd pulsiz shaklda toʻlov topshiriqnomasi asosida yoki naqd pul mablagʻlarini bank muassasalari orqali nashriyotning hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

 

V. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI

5.1. Yetkazib beruvchi obunachini ushbu shartnomada belgilangan muddat va miqdorda Obunaning nomi sonlari bilan taʼminlaydi.

5.2. Obunachi ushbu shartnomaning belgilangan qismida va toʻlov topshiriqnomasida oʻzining toʻliq nomi va manzilini, pochta indeksi, STIR, OKED, bank hisob raqami, bank kodi, telefon raqamlarini toʻliq koʻrsatishi shart.

5.3. Obunachi 5.2.-bandda koʻrsatilgan shartlarni obuna shartnomasi hamda toʻlov topshiriqnomasida (yoxud pochta kvitansiyasida) aniq va ravshan koʻrsatmagan holda taqdim etsa, Yetkazib beruvchi gazetani ushbu kamchiliklar obunachi tarafidan bartaraf etilmaguncha yetkazib berishni kafolatlamaydi.

5.4. Obunachi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani, manzili oʻzgargani, tashkilot oʻz faoliyatini respublika hududida toʻxtatgani haqida tahririyatga bir oy muddatda xabar qilmasa, obuna qoldigʻi summasi miqdoridan qatʼi nazar, qayta hisob-kitob qilinmaydi.

5.5. YETKAZIB BERUVCHI aybi bilan (fors-major holatlaridan tashqari) gazetaning chop etilmagan sonlari uchun ushbu sonlar summasi miqdoridagi pul mablagʻi OBUNACHIga qaytariladi.

 

VI. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SHARTLARI

6.1. Taraflar shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarayotganda Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, vaʼda bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul toʻlamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, oʻz xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrilishiga kafolat beradi.

VII. FORS-MAJOR

7.1. Taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati boʻlmagan holatlar (yengib boʻlmas kuch) oqibatida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun taraflardan birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar emasdir. Bunday holatlar jumlasiga epidemiyalar, tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar kiradi.

7.2. Vakolatli organ tomonidan berilgan guvohnoma yengib boʻlmas kuch mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli hujjatdir.

7.3. Oʻz majburiyatlarini bajara olmayotgan taraf yengib boʻlmas kuchning mavjudligi va uning shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishga taʼsiri haqida ikkinchi tarafga xabarnoma berishi lozim. Agar yengib boʻlmas kuch holatlari uzluksiz 15 kun davomida amal qilib tursa va yaqin muddat ichida bekor qilinishi ehtimoli boʻlmasa, mazkur shartnoma taraflardan birining tashabbusi bilan ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborish yoʻli bilan bekor qilinishi mumkin.

 

VIII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

8. Ushbu shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish bilan bogʻliq, tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar taraflarning oʻzaro kelishuvi yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

 

IX. YAKUNIY QISM

9.1. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi, ulardan biri obunachida qoladi, boshqa nusxasi tahririyatga topshiriladi.

9.2. Shartnoma muddati ushbu shartnomada koʻrsatilgan gazeta sonlarining yetkazib berilishi bilan tugagan hisoblanadi.

9.3. Ushbu shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan, shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachilik boʻlimlarida davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan taqdirda, tegishli tartibda roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi va Obuna shartnomasi amal qiladigan muddatga qadar, shartnoma yillik toʻliq obuna miqdoriga tuzilganda esa, davriy nashrning soʻnggi soni yetkazib berilgunga qadar amal qiladi.

 

X. TOMONLARNING YURIDIK MANZILI VA TOʻLOV REKVIZITLARI

 

YETKAZIB BERUVCHI:

 

OBUNACHI:

Manzil: Yetkazib beruvchining manzili

 

Manzil: Obunachining manzili

Bank manzili: Yetkazib beruvchining bank manzili

 

Bank manzili: Obunachining bank manzili

H/r: Yetkazib beruvchining hisob raqam

 

H/r: Obunachining hisob raqam

MFO:Yetkazib beruvchining MFO raqami

 

MFO: Obunachining MFO raqami

OKED:Yetkazib beruvchining OKED raqami

 

OKED: Obunachining OKED raqami

STIR: Yetkazib beruvchining STIR raqami

 

STIR: Obunachining STIR raqami

Telefon raqam: Yetkazib beruvchining telefon raqami

 

Telefon raqam: Obunachining telefon raqami

Yetkazib beruvchi tashkilot direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i

 

_________

Imzo

 

Obunachi tashkilot direktori yoki vakilining lavozimi va F.I.Sh.i

_________

Imzo

Muhr

 

Muhr

 

Obuna shartnomasi.

Obuna shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan davriy nashrlar va tegishli bosma kitoblar uchun oldindan buyurtma to‘plash, byurtmalarni yetkazib berish, buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Obuna shartnomasi hozirgi kunda tadbirkorlar tomonidan eng ko‘p qo‘llaniladigan shartnomalardan biri bo‘lib bormoqda.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirishlari, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.