SHARTNOMA
(Internet tarmog‘ida reklama xizmati ko‘rsatish to‘g‘risida)
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Mazkur shartnoma bo‘yicha Bajaruvchi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Bajaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Bajaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan (keyingi o‘rinlarda «Bajaruvchi» deb yuritiladi), Buyurtmachi tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli Buyurtmachi tashkilot rahbarining lavozimi Buyurtmachi tashkilot rahbarining F.I.O.si orqali ikkinchi tomondan (keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar.
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha «Bajaruvchi» internet tarmog‘ida reklama xizmati ko‘rsatish (keyingi o‘rinlarda “Xizmat” deb yuritiladi), Buyurtmachi esa, xizmatlar haqini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
II. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. «Buyurtmachi»ning huquqlari:
2.1.1. «Bajaruvchi»dan reklamani tarqatish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishni talab qilish;
2.1.2. Reklama qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha bajaruvchidan ma’lumot berishini talab qilish;
2.1.3. «Bajaruvchi» o‘z majburiyatlarini bajarishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarsa ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni talab qilish;
Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
2.2. «Buyurtmachi»ning majburiyatlari:
2.2.1. «Bajaruvchi»ning talabiga binoan reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
2.2.2. Agar buyurtmachining faoliyati litsenziyalanishi yoki mahsuloti sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki Reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziya yoki sertifikatni taqdim etish;
2.2.3. E’lon qilinishi lozim bo‘lgan reklama (matn, rasm, ko‘rinish va hokaza) shaklini tasdiqlagan holda bajaruvchiga topshirish;
2.2.4. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda va tartibda xizmatlar haqini to‘lash;
2.2.5. O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Buyurtmachining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
2.3. Bajaruvchining huquqlari:
2.3.1. Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda Buyurtmachidan tegishli litsenziya, sertifikat hamda reklama axborotining haqiqiyligi va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish;
2.3.2. «Buyurtmachi»dan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan reklama shaklini topshirishni talab qilish;
2.3.3. Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda va tartibda xizmatlar haqi to‘lanishini talab qilish;
Bajaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
2.4. «Bajaruvchi»ning majburiyatlari:
2.4.1. O‘zbekiston Respublikasining reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan reklama faoliyati va reklama faoliyatining professional ishtirokchisi kasb etikasiga so‘zsiz rioya qilish;
2.4.2. «Buyurtmachi» qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda, uni bu haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;
2.4.3. Xizmat sifati talablariga rioya qilish, ishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
Bajaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
III. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI
3.1. Taraflarning kelishuviga ko‘ra shartnoma bahosi Shartnoma bahosi so‘m etib belgilandi. Reklama xizmatlari Internet tarmog‘idagi reklama xizmati ko‘rsatiladigan joyda Reklama xizmati ko‘rsatiladigan shakl ko‘rinishida taqdim etiladi. Ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan taraflar o‘rtasida dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
3.2. «Buyurtmachi» ko‘rsatiladigan reklama xizmatlari uchun shartnoma summasining Birinchi to‘lov miqdori foizi miqdorida oldindan to‘lovni shartnoma imzolanganidan so‘ng Birinchi to‘lovni amalga oshirish shartnoma imzolanganidan so‘ng necha kun ichida amalga oshirilishi lozim kun ichida amalga oshiradi. Shartnoma summasining qolgan Yakuniy to‘lov miqdori qismi reklama xizmati ko‘rsatilgandan so‘ng Yakuniy to‘lov reklama xizmati ko‘rsatilganidan so‘ng necha kun ichida amalga oshiriladi kunda amalga oshiriladi.
IV. XIZMAT KO‘RSATISH MUDDATLARI
4.1. «Bajaruvchi» uning hisob raqamiga dastlabki to‘lov kelib tushgan hamda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan reklama shakli taqdim etilgan kundan boshlab Internet tarmog‘ida reklama xizmatini ko‘rsatish boshlanadigan kun ish kunida xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Xizmat ko‘rsatish Internet tarmog‘ida reklama xizmatini ko‘rsatish yakunlanadigan kun kuniga qadar yakunlanadi.
4.2. Ko‘rsatilgan reklama xizmatini hisobga olish (hisobini yuritish) taraflar tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan belgilanadi.
V. SHARTNOMANING BAJARILISHI
5.1. Taraflar o‘z majburiyatlarini mazkur shartnoma, reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq bajarishlari lozim.
Agar taraflar o‘z zimmalariga qabul qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’minlasa, shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi.
5.2. Xizmatni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
5.3. Buyurtmachining roziligi bilan xizmatlar muddatidan oldin ko‘rsatilishi mumkin.
VI. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
6.1. Mazkur shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor taraf O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida” gi, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonuniga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Bajaruvchi reklama axborotining haqqoniyligi va ishonchliligi, reklama qilinadigan mahsulot (ish, xizmat) sifati, shuningdek, Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan dastlabki reklama materialining dizayni va undagi kamchiliklar uchun javob bermaydi.
VII. SHARTNOMANING AMAL QILISHI, UNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
7.1. Shartnoma taraflar imzolanganidan boshlab kuchga kiradi va taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
7.2. To‘lovning dastlabki qismini to‘lash Buyurtmachi to‘lovning dastlabki qismini to‘lashni necha kunga kechiktirganda bajaruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi ish kuniga kechiktirilganda bajaruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
VIII. NIZOLARNI XAL QILISh TARTIBI
8.1. Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha taraflar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinadi.
8.2. Nizolar taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan hal qilinmagan holda nizo «Bajaruvchi» joylashgan hududdagi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
IX. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
9.1. Shartnomada ko‘zda tutilmagan barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
9.2. Shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan yozma shaklda kiritiladi.
9.3. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, imzolangan paytdan boshlab yuridik kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan kunga qadar amal qiladi.
9.4. Taraflar zarurat bo‘lganda shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
VIII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
|